Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TILSHUNOSLIGIMIZDA LINGVOMADANIY KODLARNING O'RGANILISHI HAQIDAGI MULOHAZALAR
Maxamatova Maxliyo
Termiz davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Tilimiz asrlar davomida boyigan o'zining salohiyatini boyitgan buyuk bir ne'matimizdir. Ona tilimiz o 'ziga xos betakror xususiyatlarga ega. O 'zbek shevalari va jumlalarida inikos topuvchi, milliy qadriyatlarimiz, tafakkurimiz, ruhiyatimiz, umuman olganda, tan-u jonimizda jamul-jam bo 'ladi. Zero, til ijtimoiy ahamiyatga ega bo 'lgan axborotni saqlash, avloddan avlodga uzatish madaniyatlararo muloqotni yuzaga keltirish va uni rivojlantirish xususiyatiga ega bo 'lgan noyob hodisa hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Lingvokulturologiya, maqollar, lingvokulturologik tahlil, lingvomadaniy kodlar.
АННОТАЦИЯ
Наш язык - это великое благо, которое веками обогащало свой потенциал. Наш родной язык имеет свои особенности. Узбекские диалекты и предложения отражаются в наших национальных ценностях, мышлении и духе, в общем, в нашем теле и душе. Ведь язык - это уникальное явление, обладающее способностью сохранять информацию, имеющую социальное значение, передавать ее из поколения в поколение, создавать межкультурную коммуникацию и развивать ее.
Ключевые слова: языковая культура, пословицы,
лингвокультурологический анализ, лингвокультурные коды.
KIRISH
Antropotsentrik tadqiq tamoyillari lug'atlarda ham o'z aksini topa boshladi. Prof. N.Mahmudov boshchiligida tuzilgan "O'zbek tili o'xshatishlarining izohli lug'ati"da tilimizdagi turg'un o'xshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlari yoritib berildi.
2015 yilda O'zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Ilmiy kengashda "O'zbek tilidagi badiiy matnlarning antropotsentrik talqini" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Mazkur maqola muallifi tomonidan amalga oshirilgan ushbu tadqiqotda antropotsentrik paradigmaning nazariy asoslariga doir fikrlar ilgari surildi. Shu yili chop etilgan lingvokulturologiya bo'yicha tuzilgan lug'at (D.Xudoyberganova. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati" T.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
2015) o'zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikka oid ilk lug'at hisoblanadi. Unda mazkur sohaning asosiy terminlari ma'nosi izohlab berilgan.
Bunda u ham madaniyat mahsuli, ham uning mavjudligining asosiy sharti sifatida madaniyat ko'rinishini belgilovchi, uning davomiyligini ta'minlovchi omil vazifasini bajaradi.1 Bu xususiyatlar esa tilimizning naqadar qimmatli ekanligini ko'rsatib beradi. Bugungi kunda tilshunosligimizga qiziqish yanada ortib bormoqda. Xususan, o'zbek tilshunosligida olib borilayotgan tadqiqotlarga nazar tashlasak, biz kabi yosh tadqiqotchilarning lingvokulturologiyaga katta qiziqish bildirayotganligi a'yon bo'ladi. Shu nuqtai nazardan ilmiy izlanishlarga tayangan holda ko'rishimiz mumkinki, hozirgi izlanishlar mahsuli sifatida lingvokulturologik tadqiqotlarda til vositasida olamni idrok etish va tasvirlashda o'zbek milliy tafakkurining o'rnini aniqlash, bu esa tilimizning ichki qatlam vakillarining milliy idrok tarzi, ruhiyati, dunyoqarashi, kabi omillar bilan daxldor jihatlarni tadqiq etishni taqozo qiladi. Til obyektiga yanada sinchkovlik bilan yondoshish, tilni inson fenomeniga xos aqliy va ruhiy qobiliyatlar uzviyligida tahlil qilish, tafakkur tizimining o'ziga xos qonun qoidalarini ochib berish zamonaviy o'zbek tilshunosligimizninig asosiy tamoyillari bo'lmog'i lozim.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XX asrning so'nggi choragida o'zbek tilshunosligida muhim evrilish ro'y berdi: tadqiqotlarda lingvistik antropotsentrizmning ta'siri yaqqol namoyon bo'la boshladi. Lingvopragmatika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, sotsiolingvistikaga oid tadqiqotlar natijasida tilshunosligimizda antropotsentrik paradigma ustuvorlik qila boshladi. O'zbek lingvistikasida tilni uning sohibi bo'lgan inson va u mansub bo'lgan etnosdan ayro holda o'rganish mutlaqo mumkin emasligi e'tirof etilgan va bu fikr haqiqatga aylandi. Asrimiz boshida o'zbek tilshunosligidan antropotsentrizmning muhim sohalaridan biri hisoblangan lingvomadaniyatshunoslikka oid qarashlar ham o'rin ola boshladi. Tilshunosligimizga lingvomadaniyat, til sohibi, olamning lisoniy manzarasi, lingvomadaniy birliklar, lingvomadaniy konsept tushunchalari kirib keldi. Natijada til birliklari, xususan, maqollar, o'xshatishlar, metaforik mazmunli so'z va matnlar lingvomadaniy yondashuvda tadqiq etildi. O'zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikka doir dissertatsiyalar yuzaga keldi, ularda mazkur sohaning nazariy asoslariga doir fikrlar ilgari surildi.2 Lingvomadaniyatshunoslik terminlarining izohli lug'ati, lingvomadaniy yondashuvdagi lug'atlar yaratildi.
1 Xyg0n6epraH0Ba Tun Ta^aKKyp MagaHuaT - TomKeHT: Hogupa6eruM, 2020-6-30
2 Xygon6epraHOBa Tun Ta^aKKyp MagaHuaT - TomKeHT: Hogupa6eruM, 2020-6-35
228
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bugungi kunda o'zbek lingvomadaniyatshunosligi tilshunosligimizning rivojlanib borayotgan sohalaridan biri sifatida ko'plab tadqiqotchilarning, xususan, yosh izlanuvchilarning e'tiborini tobora o'ziga tortmoqda. Bunda soha rivojiga salmoqli hissa qo'shgan A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Mamatov, D.Ashurova, Sh.Safarov kabi taniqli olimlarning ishlari nazariy asos vazifasini o'tamoqda.
Bizga ayonki, kod va belgi tushunchalari belgilarni o'rganuvchi fan semiotikaning markaziy tushunchalari hisoblanadi. Kod haqida gapirganda aynan bir jihatga e'tibor qaratmaslikning ilojisi yo'q. Kodlashtirish axborot ya'ni shifrlangan axborotdir. Bunda deshirovka bo'lishi shart. Bu borada M.L.Kovshovaning izohi diqqatga sazovor: "Semiotikada kod belgilar tizimi hamda ularning interpretator tomonidan "o'qilish" qoidalarini ifodalaydi," ular o'z navbatida, u yoki bu sohadagi bilim, u yoki bu madaniyat bilan, interpretatorning kommunikatsiyasi shartlangan bo'ladi shunday qilib, semiotikada belgi hamda uni mazmunan to'yintiruvchi interpretator uchun shifrlangan axborotni "o'qish imkonini beruvchi kod ajratiladi." Turli belgilar alohida fan sohalarida hamda kundalik turmushda keng qo'llanadi. Inson o'z olamini belgilar bilan to'ldirib borishinining asosiy sababi axborotni ixcham qobiqda yetkazish, tejamlilikka intilishda deb hisoblash mumkin. Axborotni hajman kichik birliklarda ifodalash uning hayot kechirishidagi va kommunikatsiyaga kirishuvidagi universal vosita bo'la oladi. Shunday qilib, semiosfera inson hayotida katta ahamiyatga ega. Insonning universal semiosferasidagi asosiy kod bu-tildir.3
Ma'lumki, kod va belgi tushunchalari belgilarni o'rganuvchi fan - semiotikaning markaziy tushunchalari hisoblanadi. "Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi"4. Dastlab matematika va informatika fanlari doirasida keng qo'llanilishda bo'lgan kod tushunchasi gumanitar sohalarda ham qo'llanila boshlandi. Bunda belgilik xarakteriga ega til hamda madaniyat alohida ahamiyatga ega. Ular belgilar vositasida xalqning tajribasi va me'yorlarini kelgusi avlodga yetkazadi.
Kod haqida gapirganda muhim bir jihat e'tiborga olinishi lozim - kodlashtirilgan axborot - shifrlangan axborotdir, bunda deshifrovka bosqichi bo'lishi shart. Bu borada M.L.Kovshovaning izohi diqqatga sazovor: "Semiotikada kod belgilar sinfini hamda ularning interpretator tomonidan "o'qilish" qoidalarini ifodalaydi, ular, o'z navbatida, u yoki bu sohadagi bilim, u yoki bu madaniyat bilan, interpretatorning kompetensiyasi bilan shartlangan bo'ladi. Shunday qilib, semiotikada belgi hamda uni mazmunan to'yintiruvchi, interpretator uchun shifrlangan axborotni "o'qish"
3 Усмонов Ф. Узбке тилидаги ухшатишларнинг лингвомаданий тадкщи. Андижон - 2019 - 6-39-45.
4 Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдлик. 1-жилд. - Тошкент: Академнашр, 2012. - Б. 57.
229
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
imkonini beruvchi kod ajratiladi"5 . Masalan, xitoylarda qizil rang omad va xursandchilik ramzi hisoblanadi6. Ammo rus madaniyati stereotiplariga ko'ra ahmoqning yoqtirgan rangi qizildir. Qizil qalpoq, qizil kiyim, qizil etik uning doimiy hamrohlari ekaninini rus tilidagi bir qator maqol va ertak motivlari tasdiqlaydi7. Ko'rinadiki, madaniyat kodlarini dekodlash lingvomadaniy kompetensiyani talab etadi.
Til asrlar davomida insoniyat tomomidan yaratilgan beqiyos madaniy axborotni avloddan avlodga olib o'tuvchi noyob hodisadir. Bunda u ham madaniyat mahsuli, ham uning madaniyat ifodachilaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Til va madaniyat uzviyligini tadqiq etuvchi soha hisoblangan lingvomadaniyatshunoslik asoschilaridan biri V.N Telya shunday yozadi: "Madaniyatning o'ziga xos "tili" bor u biz bilan me'morchilik, rassomchilik, musiqa, raqs, adabiyot va insoniyatning boshqa ijod mahsullari orqali so'zlashadi. Lekin madaniyat "tili"ning eng universal vositasi tabiiy tildir"8
Ma'lumki, yangi ilmiy g'oyalar har qanday fan taraqqiyotini ta'minlovchi kuch hisoblanadi. Til ilmida ilgari surilgan har qanday yangi nazariya, avvalo, o'z milliy zaminiga tayanishi bilan ayricha hodisa hisoblanadi. Har qanday nazariyotchi o'z g'oyasini birinchi navbatda o'z ona tilidan kelib chiqib asoslaydi. Shu sababli bir tilshunoslikdagi g'oyani yangilik sifatida boshqa tilshunoslikka tatbiq etish har doim ham samarali bo'lavermaydi. Ammo, dunyo tilshunosligida shunday nazariyalar ham mavjudki, ulardan boshqa tillarni tadqiq etishda ham o'rinli foydalanish mumkin. Zero, bu kabi nazariyalar til universaliyalariga daxldor bo'ladi. Tilshunoslikdagi lingvomadaniy kodlar nazariyasi ana shunday qarashlardan biri hisoblanadi. Mazkur nazariyadan olamning o'zbekcha lisoniy manzarasini tadqiq etishda, xalqimizning milliy tafakkuriga xos qonuniyatlar tadrijini aniqlashda foydalanish mumkin.9
Tilshunoslik, madaniyatshunoshlik, etnografiya, psixolingvistika, sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, 1 fanlar integrallashuvi mahsuli bo'lgan lingvomadaniyatshunoslik madaniyat ana shunday madaniyat "tili" talqini bilan shug'ullanuvchi antroposentrik soha sifatida fanga lingvomadaniy birlik, lingvomadaniyat, lingvomadaniy jamiyat, milliy-madaniy konnatativlik, madaniy sema, presedent birliklar, lisoniy ong, olamning lisoniy, manzarasi, olamning
5 Ковшова М.Л. Лингвокультурологический метод во фразеологии. Коды культуры. Изд. 2-е. - М.: Книжный дом «ЛИБРОКОМ», 2013. - С. 169.
6 https://www. epochtimes.m/content/view/32142/76/
7 Ковшова. М. Л. Курсатилган манба. - Б. 41.
8 Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият - Тошкент: Нодирабегим, 2020-6-38
9 Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият - Тошкент: Нодирабегим, 2020-6-42
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qadriyatli manzarasi kabi bir qator yangi tushunchalarni olib kiradi. Ular qatorida madaniyat kodlari tushunchasi alohida mavqega ega.10
Til o'rganishning hozirgi bosqichida lingvokulturologlar alohida bir madaniyatni ajratib ko'rsatishadi. Madaniyat kodlari deb ataladigan madaniy makon bu - har bir madaniyatga xos bo'lgan ijtimoiy amaliyotlar to'plami, jamoaviy mavjudlik o'yinining qadriyatlari va qoidalari to'plami, insonlar tomonidan ishlab chiqilgan meyoriy baholash mezonlari tizimi sifatida qaralishini rus tilshunosi V.A. Pimenova. Lingvomadaniy kod modellashtirish tizimidir, chunki mavjudlikning har qanday sohasining tarkibiy o'xshashligini (modelini) o'z ichiga oladi. Uning ichki qonuniyatlarini ochib beradi va uni tushunishga yordam beradi.11
Jamiyatdagi xulq-atvor normalari vaqt o'tishi bilan o'zgaradi, shuningdek madaniy kodlar ham. Bu esa insonlarning ongi va tafakkuridagi qarashlarning turfa ranglarda namoyon bo'lishiga olib keladi.
Madaniy kodlar taraqqiyoti qadriyatlarni qayta baholash jarayoni bilan uzviy bog'liq. Madaniy kodlar asosida insonning dunyo haqidagi arxaik va mifologik tasavvurlari bilan bog'liq bo'lgan qadimiy bilimlari yotadi. Shu sababli har qanday til tizimida mavjud bo'lgan lingvomadaniy kodlarni aniqlash, ularning o'zi mansub bo'lgan lingvomadaniyatga xos bo'lgan qadriyatlar, madaniy meyorlar hamda aksiologik qarashlar bilan uzviylikda tadqiq qilish ham nazariy ham amaliy jihatdan muayyan ahamiyatga ega.
Tilshunos, lingvokulturolog olim M.V.Pimenova madaniyat tushunchalarini bir necha guruhlarga bo'lib, o'rganishni ta'kidlaydi. Jumladan: 1) madaniyatning umuminsoniy kategoriyalari (falsafa kategoriyalari - vaqt, makon, sabab, oqibat, o'zgarish, harakat, miqdor, sifat, ); 2) ijtimoiy madaniy toifalar ( erkinlik, adolat, mehnat, boylikl); 3) milliy madaniyat toifalari (iroda, ulush, kelishuv,ruh,) ; 4) empirik kategoriyalar: (yaxshilik va yomonlik, burch, huquq va haqiqat); 5) mifologik toifalar, shu jumladan, diniy (xudolar, qo'riqchi farishta, ruhlar, jigarranang,); mifologik, kategoriyalar, mifologik tushunchalar, shuningdek, folklor va adabiy manbalardan olingan tushunchalardir. Asosiy tushuncha sifatida tilning umumiy shakllar, so'zlar, iboralar, frazeologik birliklar, maqol va matallar, topishmoqlarda ham uchraydi.12
10 Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият - Тошкент: Нодирабегим, 2020-6-43
11 Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият - Тошкент: Нодирабегим, 2020-6-45 38 Худойберганова Д. Тил тафаккур маданият - Тошкент: Нодирабегим, 2020-6-47
12 Пименова В.М. Коды лингвокультуры: Учебное пособие. -М. " Флинта: Наука", 2018. -178-б.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Tilshunos olimlarning lingvokulturologik qarashlari turfa xildir. Lotmanning fikricha, ma'lum bir madaniyatda kod virtual (xayoliy ) voqelik obyektlarining paralelligini o'rnatgan mifologik ong taqqoslash va tafakkur qilishga tayanadi.13
Til tabiiy-ijtimoiy muhitda yashovchi shaxsning tafakkur xususiyatini, uning ichki dunyosiga va uning obyektlariga antropomorfik va biomorfik xususiyatlarni o'tkazish xususiyatini namoyon etdi, bu esa metafora va metanomiya shaklida mustahkamlangan. Insonning turli sohalardagi hodisalarni o'zaro bog'lash, ularning umumiy xususiyatlarni ajratib ko'rsatish qobiliyati har bir madaniyatda mavjud bo'lgan lingvistik madaniyat kodlari, shu jumladan, o'simlik (vegetativ, fitomorf), zoomorf (hayvon,termomorf) kodlar tizimining asosini tashkil qiladi. Madaniy kodlar asosini mifologik simvolizm tashkil etadi, uning mohiyati aniq obyektlarning tasvirlarini mavhum hodisalarga o'tkazishdir. Jismoniy (haqiqiy) hamda virtual (xayoliy ) voqelik obyektlarining paralelligini o'rnatgan mifologik ong taqqoslash tafakkur qilishga tayanadi.14
XULOSA
Har bir milliy madaniyat o'ziga xos til tasvirlari, maxsus madaniyat kodini tashkil etuvchi belgilar bilan ajralib turadi. Ular yordamida ona tilida so'zlashuvchi o'z ichki dunyosini talqin qilishda uni o'rab turgan dunyoni tasvirlaydi. Xususiyatlari madaniyat kodlari bilan bog'liq bo'lgan tasvirlar o'xshashlik rejimida ishlaydi. Tushunchalar tilda turli yo'llar bilan amalga oshiriladi. Bitta va bir xil konsepsiya bir nechta belgilash usullariga ega bo'lishi. Tushunchaning obrazli belgilari tilda metafora vositasida ifodalanadi. Bunday tasvirlar ona tilida so'zlovchilarning ongida mavjud bo'lgan madaniy kodlarni amalga oshirishdir. Ta'kidlash joizki, majoziy ko'zgu dunyoni milliy ongda idrok etishni aks ettiradi. Metaforalar va ularning universalligi va o'ziga xosligi nuqtai nazaridan ko'rib chiqish bizga ichki dunyoning lingvistik rasmlarda tushunchalarimini ifodalashning umumiy mexanizmlarini aniqlashga xizmat qiladi. Aniqroq qilib izohlanganda, metafora - ma'lum bir sohaga tegishli mavhum tushunchalarni ifodalashning umumiy va aniq ko'rinishidir. Madaniy kodlarda aynan metaforik birliklar asosiy jabhaga ko'tariladi. Umumiy qabul qilingan konseptual metafora tizimi, odatda, ongsiz, avtomatik va sezilarli harakatlarsiz ishlatiladi. Fikrlar boshda yoki ongimizda deganda biz ongli ravishda ong va boshni idish sifatida o'ylamaymiz. Shuninig uchun konseptual metafora bir soha haqida boshqa obyektlar orqali fikrlashni o'rgatadi. Insonlar dunyoni o'zlari ning
13 Пименовa В.М. Коды лингвокультуры: Учебное пособие. -M. " Флинта: Шуга", 2018.
14 Пименовa B.M. Коды лингвокультуры: Учебное пособие. -M. " Флинтa: Шуга", 2018.
232
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ko'zlari orqali anglash uchun ishlatiladigan metafora ma'lum ta'rixiy davrlarda turli madaniyat vakillari va bir xil madaniyatlar o'rtasida farqliklarni oydinroq tushunishga yordam bergan.
REFERENCES
1. Худойберганова Д. Лингвакультрологияда маданият кодлари тушунчаси ва талкини // Узбек тили ва адабиёти - Тошкент, 2009.- № 3 B. 34.
2. Ойноткинова Н.Р. Соматический код культуры в пословицах и поговорках алтайцев // Сибирский филологический журнал - Новосиберск, 2011. - № 3. - С.
3. Телия В.Н. Болшой фразеолгичкский словарь руского языка. - М. 2006-С.
4. Собитова З.К. Лингвокультрология: учебних. -М. Флинта: Наука, 2013. -С
5. Красних В.В. Коды и эталоны культуры (приглашение к разговорь) // Язык, сознание коминикация: Сб. статей. - М.: МАКС Пресс, 2001. - С.6.
6. Usmonov F. О^Ьек tilidagi o'xshatisЫammg lingvomadaniy tatqiqi. // -Andijon, 2019. - B. 25-28.
5-14;
12.
8-9.