Научная статья на тему 'TA’LIM OLUVCHILARDA BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNIING NAZARIY ASOSLARI'

TA’LIM OLUVCHILARDA BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNIING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
232
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bilish / bilishga oid nazariyalar / bilish jarayonlari / bilish mexanizmlari / ta’lim oluvchi. / Cognition / theories of cognition / cognitive processes / mechanisms of cognition / learner.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yuldasheva, Malohat Erkinovna

Ushbu maqolada ta’lim oluvchining bilish faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari bayon qilingan. Maqolada ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy tamoyili sifatida bilish jarayonlarini o’rni va ahamiyati haqidagi mulohazalar tahlil qilingan. Bilish faoliyatini rivojlantirish mehanizmlari muallfning shaxsiy tadqiqotlari asosida talqin qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL BASIS OF DEVELOPMENT OF COGNITIVE ACTIVITY IN STUDENTS

This article describes the theoretical foundations of the development of the learner's cognitive activity. The article analyzes the opinions about the role and importance of knowledge processes as the main principle of the development of the educational system. The mechanisms of the development of cognitive activity are interpreted based on the author's personal research.

Текст научной работы на тему «TA’LIM OLUVCHILARDA BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNIING NAZARIY ASOSLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

TA'LIM OLUVCHILARDA BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNIING NAZARIY ASOSLARI

Yuldasheva Malohat Erkinovna

QDPI-katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta 'lim oluvchining bilish faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari bayon qilingan. Maqolada ta'lim tizimini rivojlantirishning asosiy tamoyili sifatida bilish jarayonlarini o 'rni va ahamiyati haqidagi mulohazalar tahlil qilingan. Bilish faoliyatini rivojlantirish mehanizmlari muallfning shaxsiy tadqiqotlari asosida talqin qilingan.

Kalit so'zlar: Bilish, bilishga oid nazariyalar, bilish jarayonlari, bilish mexanizmlari, ta 'lim oluvchi.

This article describes the theoretical foundations of the development of the learner's cognitive activity. The article analyzes the opinions about the role and importance of knowledge processes as the main principle of the development of the educational system. The mechanisms of the development of cognitive activity are interpreted based on the author's personal research.

Key words: Cognition, theories of cognition, cognitive processes, mechanisms of cognition, learner.

Ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bоzоri talablariga mоs keluvсhi malakali kadrlarni tayyоrlash hamda Uchinchi Renessans g'oyasini amalga oshiradigan yangi avlodni voyaga etkazish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ta'lim olubchi shaxsini ta'limga ongli munosabatini shakllantirish jahon va mamlakatimiz olimlari tomonidan o'rganilayotgan muhim muammodir. Ta'lim oluvchida bilimga faol xarakatlarni vujudga keltirishda, bilish faoliyatini avvalo rivojlantirish zarurati vujudga keladi. Bilish jarayonlarini vujudga kelishi va faol qiziqish, yangi motivlarni yaralishi ta'lim oluvchidagi barqaror bilimga asosdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogika tarixi va nazariyasida bilish faoliyatiga oid turli nazariyalar mavjud bo'lib, bulardan biri Sharq mutafakiri Al-Xorazmiydir. Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilishi haqidagi fikrni bayon etgan: «Sezgi» orqali

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bilish bu qisman bilish bo'lsa, «mantiqiy» bayon, bilish esa haqiqiy, bilishning muhim tomonini namoyon etadi.

Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo'shdi. U birinchilardan bo'lib, sinov-kuzatish va sinov usullariga asos soldi, samoviy jismlarning xarakatini aks ettiruvchi jadvad asosida, matematik masalalarni algoritm usulida yechishni ishlab chiqdi.

Farobiy[44] bilish masalasiga u inson mohiyatini tushuntirib berishning tarkibi sifatida qaraydi. U inson-bilish subekti, tabiat esa uning obekti deb biladi. Obekt subektga qadar mavjud bo'ladi. Seziluvchi narsa sezgilarga qadar mavjud bo'lgani kabi bilinuvchi narsa bilishga qadar mavjuddir, deydi. " Ilm va san'atning fazilatlari" risolasida tabiatni bilishning cheksizligini, bilishning bilmaslikdan bilishga, savaviyat bilishdan oqibatni bilishga qarab borishini ta'kidlaydi.

Farobiy bilishda ikki bosqichni-hissiy va aqliy bilishni farqlaydi: hissiy bilishni borliqning tashqi xossalari haqida bilim berish manbai deb qaraydi. Shu bilan birga u aqliy bilish hissiy bilishsiz vujudga kelmasligini ta'kidlaydi.

Ibn Sino inson bilimlari olamni bilish asosida paydo bo'ladi va rivojlanadi, deydi. Shu bilan birga u hissiy bilish inson bilimi rivojlanishining dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo'ladi.

Alisher Navoiy bilishni sezgi a'zolari orqali tashqi moddiy dunyo bilan aloqa bog'laydi va u to'g'risida aniq ma'lumotga ega bo'ladi, ularni miyasida tafakkur yordamida umumlashtiradi, qayta ishlaydi, so'ng muayyan xulosa chiqarqdi deydi.

Bilish nazariyasi yunon falasuflari ta'limotida ilk bilish nazariyalari sifatida namoyon bo'ladi. Arastu tashqi olamning mavjudligiga shubha qilmaydi va hissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Arastuning ta'kidlashicha, bilishdagi xatolar noto'g'ri tafakkurdan, ya'ni hissiy tajribaning to'g'ri talqin etishdan kelib chiqadi.

Demokrit bilish jarayonida hissiyot va tafakkurni rolini ham ko'rsatib o'tadi. Hissiy bilish orqali biz narsalarning (atomlarning qo'shilishi tufayli mavjud bo'lgan) sifat va xususiyatlarni bilsak, aqliy bilish orqali sezgilarimiz bilan bevosita sezib bo'lmaydigan hodisalarni bilib olamiz. Demokrit falsafa tarixida birinchilardan bo'lib bilish jarayonini in'ikos jarayoni ekanligi haqidagi fikrni aytadi.Uning fikricha, kishilarning besh turli sezgilari va tushunchalar narsalarning obrazidir.

Didaktik bilish nazariyasini yunon faylfsufi va notig'i M.F.Kvintiliyan quyidagicha izohlaydi "Bilishga intilish irodaga bog'liq, majburan o'qitish mumkin emas". Kvitiliyanning bilish ta'limotiga binoan bilish iroda maxsuli sifatida namoyon bo'ladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Buyuk didaktikshunos Yan Amos Komenskiy ham bilish nazariyasini rivojlantiríb o'quvchilarning bilish qobiliyatini o'stirishga, bilimga bo'lgan ishtiyoqini kuchaytirishga va ilm ishiga bo'lgan g'ayratini oshirishga intiladi. Komenskiy bilish faoliyatini ta'lim oluvchining tabiiy xususiyatlariga yo'naltirish zarurligini va bolaning bilish faoliyatini soddadan murakkabga yo'naltirish kerakligini ta'kidlaydi.

logan Genrix Pestalottsiy bilish faoliyatini sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va tasavvurlarni qayta ishlash yo'li bilan g'oyalar darajasiga ko'tariladi, g'oyalar esa garchi ravshan bo'lmasada odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjud, lekin o'zining namoyon bo'lishi va jonlanishi uchun sezgilar yetkazib beruvchi materialga muhtojdir,- deb takidlaydi[76].

Har qanday ta'lim jarayonining metodolik asosini bilish nazariyasi tashkil etadi. "Bilish faoliyati" tushunchasi "o'quv faoliyati" tushunchasiga qaraganda kengroq tushnchadir. Chunki uning mazmun jihati o'quv dasturiga asoslangan rasmiy ta'lim doirasidan chetga chiqadi. Bilish ehtiyoji shu bilan tavsiflanadiki, inson qandaydir xali o'zida bo'lmagan narsaga, ya'ni unga nomalum bo'lgan bilim va xatti -xarakat usullariga zarurat sezadi

Bizningcha esa bilish jarayonining faol psixik bosqichlari quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi An'anaviy ta'lim jarayonining asosi materialistik bilish nazariyasi hisoblanib, obektiv borliqni moddiyligini, uni o'zlashtirilishini ifodalab, bilish jarayonini mohiyatini ochib beradi. Materialistik falsafaga asosan bilish jarayoni — bu obektiv moddiy borliqni bizning ongimizda aks etishidir. Ammo bu obektiv reallikni ongimizda shunchaki aksi emas, bu jarayonlarni mavhumlashtirish, ilmiy tushunchalarni, qonun va qonuniyatlarni shakllanish jarayoni hisoblanadi. Bunda hodisa va jarayonlar, ularni ichki qonuniy bog'lanishlari mohiyati ochib beriladi[79]

Bizni o'rab turgan dunyoning mohiyati bilish va sezgilardan boshlanadi. Obektiv dunyoni bizning sezgi organlarimizga ta'siri his etishimiz va tasavvurlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun Jan Jak Russo sezgini birlamchi aql deb hisoblagan[79].

Sezish tevarak-atrofdagi, narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga ta'sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir sezgi organ, ya'ni analizator hodisa va jarayonlarni ayrim sifatlarini idrok qiladi. Ya'ni real olamdagi narsa va hodisalarni sifatlarini sezishimiz mumkin.

Sezishdan so'ng idrok qilishga o'tamiz. Idrok umuman tevarak-atrofimizdagi hodisa va narsalarni ongimizda aks etishidir. Sezgilar singari idrok qilish ham tashqi narsa va hodisalar, ularning manbalari yo'qolishi bilan to'xtaydi. Bilish jarayoni sezish va idrok qilish bilan to'xtamaydi. So'ngra tasavvur qilishga o'tamiz.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

Tasavvurlar bosh miya po'stining silliqligi tufayli odamning ongida uzoq vaqt saqlanib qoladigan idrok va sezgilarning izidir[79].

Tajriba vositasida insonda tasavvurlar ko'lami ko'payib boradi. Tasavvurlar fikrlashda, tushunсhalar tarkib topishida muhim rol o'ynaydi. Tasavvurlar muayyan umumlashmalarning mavjudligi bilan bog'liq. Sezishlar, idrok etishlar, tasavvurlar sezib bilishning tarkibiy qismi bo'lsada, ular ham real borliqni bilish muammosini to'laligicha hal qila olmaydi. Inson faqat tafakkur jarayonidagina biror jarayon va hodisa mohiyatini, munosabatning sababli bog'lanishlarini aniqlaydi va shu orqali voqelikni chuqur, to'liq, to'g'ri aks ettirishga erishadi. Tafakkur bilishning yuqori shakli hisoblanadi.

Tafakkur T.Popova ta'limotiga ko'ra, nerv bog'lanishlari yoki assotsiatsiyalarning hosil bo'lishidan iborat. Insonda analiz, sintez, induktsya, deduktsya kabi mantiqiy operatsiyalar yordamida tushuncha, fikr-mulohazalar hosil bo'ladi. Ularning oliy shakli qonuniyatlar yaratishdir. Jonli mushohada uchun birinchi signal sistemasi, abstraktsya uchun esa ikkinchi signal sistemasi asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Abstrakt tafakkur voqelik bilan aloqada bo'lgan taqdirdagina bilimlarni chuqurlashtiradi. Birinchi va ikkinchi signal sistemalarining birligi bilimlarni chuqur va haqiqiy bilimlarga aylantiradi. Jonli mushohada va tafakkur hamisha insonni amaliy faoliyatiga asoslanishi kerak.

1.-rasm. Bilish faoliyatini tashkil etish jarayoni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishda faol ta'lim usullari va ta'lim vositalarining o'rni inkor etib bo'lmaydigan darajada yuqori samaradorlikka egadir. Usullar va o'quv vositalari tizimidan foydalanish darsning an'anaviy xarakterini o'zgartiradi, talabalarni o'quv materialini faol idrok etishga tayyorlash, savol va ijodiy topshiriqlar berish, konsolidatsiyaning turli shakllarini o'tkazishni o'z ichiga olgan metodikaning asosiy elementlariga rioya qilishni talab qiladi. Bunday yondashuv o'qituvchi va talaba mehnatini faollashtiradi, o'qituvchining tashkilotchi va pedagog sifatidagi qobiliyatini oshiradi, uni auditoriyada katta hajmdagi sof texnik ishlardan ozod qiladi, ijodiy ish uchun vaqtni oshiradi. Tadqiqot ishimizda quyidagi mexanizmlar bilish jarayonini rivojlantirish mexanizimi sifatida o'rganildi hamda ularning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilindi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

Innovatsion yondoshuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning bilish faoliyatini

rivojlantirish mexanizmlari

V

l.Darslik, ma'lumotnoma, jadval, eskiz, rasmlar, plakatlar, ko'rgazmali plakatlar, laboratoriya ishlarini bajarish ko'rsatmasi, diagramma, ish daftari, sxemalar, o'qitish qo'llanmalari, ma'ruza konspekti, o'quv ob'ekti, tarqatma material, laboratoriya daftar, xarita, o'quv dastur, nazorat dasturi, maket, harakatlanuvchi model,

chizmalarlardan foydalanish maqsadga muvofiq

1 r 1 r 1 r

Faol ta'lim usullari Bilish faoliyatini individual rivojlantirish vositalari Didaktik vositalar

1 r 1 ' 1 r

dasturlashtirilgan ta'lim usullari Zamonaviy kutubxonalar l.Jihozlar va uskunalar, moslamalar

¥

1 Fan to'garaklari 1 r

muammoli ta'lim 2.Video-audio

f

usullari Ilmiy konferensiyalar uskunalar

interaktiv ta'lim usullari Y AKT markazlari 3.Kompyuter va multimediali vositalar

2.Kinofragment, televizion namoyishlar, stereofilm, slaydlar, diafilm, kinofilm, diaskop, kadroproektor, kodoskop, diaproektor,

videomagnitafon, magnitafon, mikrofon,

radiopriemnik, magnitafon-informator, maslaxat-televizion majmuasi, ko'rsatish pulti, filmoproektor, stereoproektor, videomagnitafon, televizion namoyish qurilmasi, diktafon, radiomikrofon, displey,

lazer ko'rsatkich, yorug'likni sozlovchi elektrorazetka

3.Bosma o'quv qo'llanmalari, kompyuter ta'limi, audio dasturlari, video dasturlari, bosma o'quv metodik materiallar, elektron ko'rinishdagi o'quv metodik, qo'llanmalar, radio, retranslyatsion tarmoq, audioyozuvlar, audiokonferentsiya, ovozli pochta, qayta aloqani ta'minlovchi televidenie, asta-sekin skanerdan o'tkazuvchi televidenie, televizion videokonferentsiya, videotelefon, magnit lentalarida qayd etiluvchi

2.-rasm.Ta'lim oluvchilarda bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinkt Ta'lim oluvchilarning bilish faolligini rivojlantirish mohiyatida, ta'limni intesivlashtirish, yangi bilimlarni o'zlashtirish, shaxsni rivojlantirish muammosi aks etar ekan bu muammo pedagog va psixologlar tomonidan chuqurroq o'rganilishi va tadqiq etilishi lozimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Jondor Tulenov. Falsafa tarixi-toshkent.2001y

2. Yo'ldoshev O'. " Pedagogika" Toshkent 2016-yil.

3. Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA "INOYAT'X^I) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. International scientific journal of Biruni, 2(1), 43-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.