Научная статья на тему 'UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING ANALITIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING ANALITIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
51
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / TA'LIM XIZMATLARI / FAOLIYAT / O'QUV-BILISH FAOLIYATI / INNOVATSION FAOLIYAT / NATIJA / ANALITIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Meliboyeva N.X.

Maqolada uzluksiz ta’lim tizimida talabalarning analitik tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Xususan, uzluksiz ta’lim tiziming asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oliy ta’lim talabalarining o‘quv-bilish faoliyatining muhim xususiyatlari va uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Ta’lim jarayoni uchun talabaning o‘quv-bilish faoliyati va uning muvaffaqiyati eng muhim natijadir. Talabaning bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko‘tarilishi professor-o‘qituvchiga bog’liq bo‘lib, pedagogdan yuksak mahorat, intellektual zakovatni talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING STUDENTS 'ANALYTICAL THINKING IN THE CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM

The article discusses the possibilities of developing students' analytical thinking in the system of continuing education. In particular, important features of higher education students' learning activities, which are the main link of the system of continuing education, and recommendations for its improvement are described. The most important outcome of a student's learning process is his or her academic performance and success. The rise of a student's cognitive activity to the level of creativity depends on the professor, which requires a high level of skill and intellectual intelligence from the teacher.

Текст научной работы на тему «UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING ANALITIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

Meliboyeva N.X.

Andijon davlat universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi o'qituvchisi

UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA TALABALARNING ANALITIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya: maqolada uzluksiz ta'lim tizimida talabalarning analitik tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari to'g'risida fikr yuritilgan. Xususan, uzluksiz ta 'lim tiziming asosiy bo 'g 'ini hisoblangan oliy ta 'lim talabalarining o 'quv-bilish faoliyatining muhim xususiyatlari va uni takomillashtirish bo 'yicha tavsiyalar bayon etilgan. Ta 'lim jarayoni uchun talabaning o 'quv-bilish faoliyati va uning muvaffaqiyati eng muhim natijadir. Talabaning bilish faolligi ijodiylik darajasiga ko'tarilishi professor-o'qituvchiga bog'liq bo'lib, pedagogdan yuksak mahorat, intellektual zakovatni talab etadi.

Kalit so'z va iboralar: ta'lim, ta'lim xizmatlari, faoliyat, o'quv-bilish faoliyati, innovatsion faoliyat, natija, analitik tafakkurini rivojlantirish imkoniyati.

Meliboyeva N.X. lecturer

department of general pedagogy Andijan State University

OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING STUDENTS 'ANALYTICAL THINKING IN THE CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM

Annotation: The article discusses the possibilities of developing students' analytical thinking in the system of continuing education. In particular, important features of higher education students' learning activities, which are the main link of the system of continuing education, and recommendations for its improvement are described. The most important outcome of a student's learning process is his or her academic performance and success. The rise of a student's cognitive activity to the level of creativity depends on the professor, which requires a high level of skill and intellectual intelligence from the teacher.

Keywords: education, educational services, activities, learning activities, innovative activities, results, opportunities to develop analytical thinking.

Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy extiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini amalga oshirish jarayonlari davom etmoqda. Bu sohada ta'lim-tarbiya tizimini ilg'or xorijiy tajribalar asosida yangi bosqichga ko'tarish, pedagog kadrlar tayyorlashning

innovatsion mexanizmlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga doir keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, uzluksiz ta'lim tiziming asosiy bo'g'ini hisoblangan oliy ta'lim tizimi jarayonida pedagog kadrlar tayyorlashning innovatsion tizimini yaratish, pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni istiqbolli maqsadlarni ko'zlab amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizda 2019-yil 8-oktyabrda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi [1]. Mazkur konsepsiya oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari extiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ko'zda tutadi.

Respublikamizda yoshlar, xususan talaba-yoshlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-mafkuraviy takomilining potensiali, uning kuch va quvvati sifatida baholanadi. Talaba-yoshlar davlatni himoya qilish, uning kadrlar zaxirasini ta'minlash, iqtisodiyotni o'stirish, mamlakatni inqirozlardan asrash, uning ilmiy-texnik va innovatsion taraqqiyotini ta'minlashda bosh zaxira boylik va kuch hisoblanadi. Binobarin, butun mamlakat va jamiyatning kelgusi rivoji yoshlarda innovatsion ong shakllanganligi, ularni innovatsion jarayonlarga tortilganligiga bevosita bog'liqdir.

Talabalik yillarida o'quv-bilish faoliyatining rivojlanishi qator o'ziga xosliklariga ega. Mazkur davrda o'z-o'zini tahlil etish qobiliyati va o'zi haqidagi bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish extiyojining oshib borishi kuzatiladi. O'zini ma'lum bir ideallar bilan qiyoslash yuzaga keladi, o'z-o'zini tarbiyalash imkoniyati faollashadi. O'spirinlik davridagi fikrlash uslubi shaxsiy-emotsionallik (intellektual his-tuyg'ular faol rivojlanadi) bilan ajralib turadi.

Bu borada Imom al-Buxoriy ham ilm o'rganishni yuqori darajaga qo'yib, o'z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari surib, "Kishi ilm bobida nafaqat o'zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o'zidan past bo'lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muxaddis bo'la olmaydi"[2] deya ta'kidlaganlar. Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o'quv-bilish faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg'u beradi.

Abu Nasr Forobiy esa, ko'plab asarlarida bilish masalasiga katta e'tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni - hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi. Forobiy insonlarni ilmli bo'lishga, o'quvchining ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surgan. O'qituvchi o'quvchiga bilim beraman desa, o'quvchi oldida haqiqatgo'y bo'lishi kerak, o'zi fahm-farosatli bo'lib, or-nomusini qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatan adolatli bo'lishi, ko'zlagan maqsadiga erishishida qat'iylik ko'rsata bilishi va o'rnak bo'lmog'i joiz, [3]- degan fikrlarni ilgari surgan.

Har bir faoliyatning o'z tuzilmasi mavjudligini inobatga olib o'quv-bilish faoliyatining tuzilmasiga to'xtalib o'tamiz.

O'quv-bilish faoliyati tuzilmasi deganda, xilma-xil o'zlashtiriladigan o'quv materiallari, bilim, ko'nikma va malakalar, intellektual faoliyat, o'z o'quv faoliyatini tashkil etish usullari yig'indisini tushuniladi[4]. Demak, materiallarni o'zlashtirishda xilma -xillikka duch kelinishi kuzatiladi, ammo uni bilim, ko'nikma va malakalar orqali talaba faoliyatini tashkillash imkoniyati aniqlashadi.

Н.А.Киселевская "o'quv-bilish faoliyati" tushunchasini "ma'lum bir hajmdagi bilim, ko'nikma va malakalar, faoliyat turlari va xulq-atvor shakllarini ongli tarzda o'zlashtirish maqsadi boshqariladigan inson xatti-harakatlari" sifatida talqin etadi[5]. Bu fikrlardan anglashilinadiki, talabaning xatti-harakatlari asosida ma'lumotlarni o'zlashtirish jarayonini amalga oshirish imkoni yengillashishi kuzatiladi.

M.G.Davletshin rahbarligida bu muammo yangicha ilmiy asosda o'rganilgan. Uning fikricha, yoshlar har xil sohalar mazmuniga o'zlarining ongli ravishda yondashuvlari orqali ularda ilm olishga nisbatan to'g'ri va oqilona tasavvurlar ertaroq hosil bo'ladi [6]. Talabaning har bir sohaga ongli ravishda yondashuvlarlari ilm olish jarayonida to'g'ri yo'nalishni beradi.

F.I.Haydarovning fikricha, o'quv motivlarining shakllanishi - bu bilimning kengayishi, o'qish ko'nikmasining shakllanishi bo'lib, hayotda bilimning o'rnini tushuntirishda kattalarning roli va o'qituvchining ta'siri ko'proqdir [7]. Manbalarga tayanib, amliyot natijalariga asoslanib ushbu fikrni o'rinli deya olamiz.

Sh.A.Do'stmuhamedova o'z izlanishlarida o'quvchilarning o'quv faoliyatini boshqarishga ularda ijobiy motivlarni shakllantirish orqali erishish mumkinligini ta'kidlaydi[8]. Talabalarning o'quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo'lishi - bu rivojlanib boruvchi, o'zgaruvchan jarayon bo'lib, professor-o'qituvchi yordamida talabalarning bilish faolligi quyi darajadan yuqori darajaga o'tib boradi.

Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha ixtirolar ularning olamdagi narsa va hodisalarni bilmaslikdan bilishga qarab, kam bilishdan tobora ko'proq bilishga tomon bo'lgan extiyojlari, qiziqishlari, hamisha intilib yashashga undagan va bu bilish jarayonining nima ekanligini to'la anglab olish imkonini bergan.

Bilish nazariyasida ikki bosqich ajratib ko'rsatiladi. Birinchi bosqichda his etish, idrok etish va tasavvur qilish orqali xissiy bilish aks etadi. Sezish turlari qancha ko'p bo'lsa, sezish organlari ham shuncha ko'p ishtirok etadi. Pedagogik fanlarni o'qitish jarayonida ulardan ikkitasi - ko'rish va eshitish sezgisi ko'proq harakatda bo'ladi. Idrok etishda persepsiya qonuni amal qiladi: dastlab faqat obyekt haqidagi tasavvurlar aniqlanadi, keyin butun tafsilotlarini idrok etish bilan birlashadi. Mazkur qonun kirish darslarining mavzuli qismida umumiy tarzda tarixiy mavzular haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qiladi.

Keyingi darelaráa esa mazkrn- mavzulaг bo'yicha baгcha bilimlar butun tafsilotlari bilan aniqlashadi. Tasavvur esa, esga tushirish asosida tashkillanadi yoki aks etadi. Ko'praq tasavvuгlaг o'tmish bilan kelajakka tegishli bo'ladi. Xotirani rivojlantirishning asosiy usullariga - axborotni takrorlash, uni umumlashtirish kiradi.

Bilishning ikkinchi bosqichi aqliy bilish yoki mavhum tafakkur (fikrlash)dir. Aqliy yoki mantiqiy bilishning shakllari sifatida tushuncha, hukm, xulosa aks etadi. Fikrlash tasavvur, hayolot va orzular bilan turli ranglarda bo'yaladi. Bilish ilmiy tildan, birinchi navbatda, qat'iy mavjud tushunchalaráan foydalanish bilan bog'liq. Shunday qilib, bilish jaгayoni bilish predmeti turli qiiTalarining chuquг anglanish jarayoni va biг vaqtning o'zida ilmiy til (tushuncha va atamala^ning o'zlashtirilishidir.

Talabalaming o'quv-bilish jarayonlariga didaktik, kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi o'ziga xos xususiyatla^a ega bo'lib, ulami o'qitishning oliy ta'lim tizimiga kirib kelishi, yangi - talabalik maqomiga ega bo'lishi ularáa mana shu makonga iloji boricha ko'praq muvofiq kelish uchun unga mos xulq -atvor shakllarini tarkib toptirishni talab qiladi. Mazkur jarayon uzoq muddat davom etish tavsifiga ega bo'lib, bu esa ta'lim oluvchi shaxsida turii psixologik va fiziologik darajadagi zo'riqishlami yuzaga keltirishi mumkin, natijada talabaning faolligi susayadi va talaba nafaqat yangi xulq-atvor me'yoñarini o'zlashtira oladi, balki kundalik faoliyatni ham muvafaqqiyatli amalga oshira olmay qoladi.

Oliy ta'limdagi ijtimoiy moslashuvning o'ziga xosligi ayniqsa, o'qitishning umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunaT ta'limi hamda oliy ta'limdagi shakl, metod va usullari oгasidagi tafovut natijasida vujudga keluvchi didaktik to'siqning mavjudligida yaqqol namoyon bo'ladi. O'n ikki yillik majburiy ta'limdan ixtiyoriy ta'lim sharoitiga moslashish talabadan aniq pedagogik - psixologik yo'nalganlikni talab qiladi.

Ma'lumki, oliy ta'lim muassasasiga ijtimoiy moslashuv murakkab, ko'p qiirali hodisa bo'lib, ta'lim olishni uchinchi bosqichining oxirida yakunlanadi. Mazkuг jarayonda talabalaming ijtimoiy moslashuvi o'zida ikkita muhim jihatni aks ettiradi: 1) kasbiy faoliyat soxasiga moslashuv: o'quv faoliyatining tashkil etilishi, mazmuni, shart-sharoitlariga moslashish, o'quv-ilmiy faoliyatda mustaqillik ko'nikmasini shakllantirish; 2) ijtimoiy-psixologik moslashuv: talabaning ijtimoiy gumhga, undagi o'zaгo munosabattoga moslashishi, o'zining shaxsiy xulq- atvor uslubini yaratish.

Pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarining ijtimoiy moslashuviga ta'sñ ko'reatuvchi omillami esa, uch gumhga ajratish mumkin: ijtimoiy, psixologik, pedagogik.

Ijtimoiy omillarga talabaning yoshi, uning ijtimoiy kelib chiqishi, ta'limning avvalgi bosqichida tugallagan o'quv muassasasining tun kiradi. Psixologik omillaг o'z ichiga ham individual-psixologik, ham ijtimoiy-psixologik omillami qamrab oladi: intellekt, yo'nalganlik (oгientatsiya), shaxsiy

salohiyat, guruhda o'z o'rniga egalik. Ijtimoiy moslashuvga ta'sir ko'rsatuvchi pedagogik omillarga oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilarining pedagogik mahorat darajasi, universitet va fakultetda ijobiy-emotsional muhitning tashkil etilganligi, axboriy-metodik ta'minlanganlik kabilarni kiritish mumkin.

Muvafaqqiyatli ijtimoiy moslashuv uchun ham professor-o'qituvchi, ham talaba tomonidan maqbul faoliyat yo'nalishi, ya'ni birgalikdagi samarali faoliyat yo'lga qo'yilishini talab etiladi. Talaba o'zi uchun u yoki bu ta'limiy maqsadga erishish yo'llarini izlashi va tanlay olishi kerak, professor-o'qituvchidan esa mazkur holatda qo'llab- quvvatlovchi vazifasini bajarish talab etiladi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish quyidagi bosqichli o'zaro ta'sir asosida amalga oshadi:

- shaxslararo ta 'sir: Talabaning bu bosqichdagi moslashuvining muvaffaqqiyatli kechishi uning, eng avvalo, akademik guruhga xos qadriyatlar va xulq-atvor me'yorlarini o'zlashtirishi bilan bog'liqdir;

- fakultetlararo ta 'sir bosqichi: Bu bosqichdagi moslashuv fakultetdagi mavjud qadriyatlar tizimini, fakultet ma'muriyati, o'qituvchi-professorlar bilan o'zaro muloqot usullarini qabul qilish yoki qilmaslik bilan bog'lik;

- oliy ta 'lim muassasasi (OTM) bilan o 'zaro ta 'sir bosqichi: Bu bosqichda talaba pedagogika oliy ta'lim muassasasiga xos qadriyatlar, me'yorlarni o'zlashtiradi;

- kasbiy-qadriyatli bosqich: Bunda talabaning pedagogik qadriyatlarni o'zlashtirish jarayoni yuzaga keladi.

O'quv-bilish faoliyati har doim o'zida uch:

- hissiy-yo'naltirilgan

- jarayonli

- nazorat-baholovchi jarayonlarni qamrab oladi.

- Shunga muvofiq, o'quv faoliyatida quyidagi asosiy tarkibiy qismlar aniqlanadi:

- motivlar va o'quv vazifalari

- o'quv xarakatlari, talabalarning xarakatlarini nazorat qilish

- baholash

To'liq ma'noda o'quv-bilish faoliyati har doim ushbu barcha tarkibiy qismlarning birligi va o'zaro bir-biriga o'tishidir.

Demak, pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili hamda amaliyot bilan bog'liqlik jihatlari talabalarda o'quv-bilish faolligining namoyon bo'lishi rivojlanib boruvchi, o'zgaruvchan jarayon ekanligini ko'rsatadi. Bu esa, bilish faolligining ijodiy faollik darajasiga ko'tarilishi talabalarning analitik tafakkurini rivojlantirish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni / "Qonun

hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi", 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521 -son. (9-b.)

2. Abu Rayxon Beruniy. Tarayxalar (Javohirot kitobidan). - T.: Meros, 1991. -47 b

3. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi nashriyot, 1993. - 224 b.

4. Митяева А.М. Развитие индувидуалных стилей учебной деятелности студентов в вузе. - Орел: Картуш, 2015. - 175 с.

5. Киселевская Н.А. Стили Саморегулясии учебной деятелноци и их формирований и студентов вуза. - Иркутск: ВСГАО 2013. - 124 с.

6. Davletshin M.G. Tanlangan ilmiy ishlar to'plami. -T., 2008. - 81 b.

7. Xaydarov F.I. O'quv faoliyati motivatsiyasi. - T.: Fan, 2005. - 122 b.

8. Do'stmuxamedova Sh.A. O'quvchilarning o'quv faoliyatlarini boshqarish psixologiyasi. - T., 2000. - 19 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.