ABU NASR FAROBIY FALSAFIY DUNYOQARASHIDA ONTOLOGIK, GNOSEOLOGIK VA IJTIMOIY-AXLOQIY QARASHLARNING
VOBASTALIGI
d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11664256
Pulatova Dildor Akmalovna
Alfraganus Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, Kayumova Nodira Zaynitdinovna
Alfraganus Universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Abu Nasr Forobiy ontologik, gnoseologik va ijtimoiy-axloqiy qarashlarining muhim jihatlari, ularning o'zaro uyg'un holda shaxs
dunyoqarashining rivojlanishiga ta 'siri haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Forobiy, ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy-axloqiy qarashlar, shaxsning ma 'naviy kamoloti.
ABSTRACT
This article examines the essential aspects of the ontological, epistemological and socio-moral views of Abu Nasr Farabi, their impact on the development of a person's worldview.
Keywords: Farabi, ontology, epistemology, socio-moral views, spiritual perfection of personality.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассмотрены существенные аспекты онтологических, эпистемологических и социально-нравственных взглядов Абу Насра Фараби, их влияние на развитие мировоззрения личности.
Ключевые слова: Фараби, онтология, эпистемология, социально-нравственные воззрения, духовное совершенство личности.
KIRISH
Abu Nasr Farobiy jahon falsafasida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan buyuk alloma olimlardandir. O'rta asrlarda alloma Aristoteldan keyingi "Ikkinchi muallim" deb e'zozlangan. Abu Nasr Farobiy falsafasi shakllanishida ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar, qadimgi yunon ijtimoiy-madaniy tafakkuri muhim ahamiyat kasb etgan. Abu Nasr Farobiy ma'naviy-axloqiy ta'limoti sharq va g'arb olimlarini uning ma'naviy-axloqiy qarashlari o'rganlishining o'ziga xosliklariga oid ilmiy-falsafiy
yondashuvlar batafsil tadqiq etib kelinishiga qaramay, hali alloma ijodining barcha qirralari yetarlicha ochib berilgan emas.
Ma'lumki, Forobiy o'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko'proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ'ib qilish va o'rganishga bag'ishlangan asarlar; 2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Adabiyotlar tahlilicha, Abu Nasr Farobiyning falsafiy qarashlari va uning ilmiy ahamiyati tarixiy evolyutsiya davomida Sharq va G'arb falsafiy qarashlariga yuqori darajada ta'sir qilib kelgan. Xususan, mutafakkir falsafiy qarashlarida yagona borliqdan emanatsiya ta'sirida turli bosqichlarda tashkillashish jarayoni haqidagi g'oyani asoslashga harakat qilgan. Shuningdek, ushbu jarayon olti bosqich ekanligini quydagicha asoslaydi. "Birinchi bosqich - birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi -samoviy jismlar borlig'i; uchinchisi - faol aql, to'rtinchisi - ruh; beshinchisi - shakl; oltinchisi - modda. Shunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog'lanishdadirlar. O'zlarining sababiy bog'lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko'rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o'zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» -shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o'zining bor bo'lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo'lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi". [1. 185-226.]
ASOSIY QISM. Birinchi sabab abadiylik mohiyatini o'zida jamlaganligini, materiya ham uning oqibati bo'lib, u ham abadiylik xusuiyatini o'zida namoyon qilishini asoslashga harakat qilgan. Jumladan, "Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko'rinishga bo'linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo'lmagan hayvonlar, o'simliklar, minerallar, to'rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo'lib, moddaning eng oddiy ko'rinishini ifodalaydilar" [2. 172.] Shuningdek, mutafakkir asoslashicha, barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo'lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo'q". Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-qarshi shakllarining bir-birlari bilan to'qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o'zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo'lganligidan, juda ham qimmatlidir.
Mutafakkir inson o'rganishi mumkin bo'lgan fanlarni amaliy va nazariy qismlarga bo'lib o'rganganligini aytish mumkin. Xususan, nazariy bilimlar falsafani kiritgan bo'lib, ushbu fanni mavjudlikning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan sifatida e'tirof etadi. "Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani»
degan qoida o'z ifodasini topgan. Farobiy o'rta asrlar davrida birinchi bo'lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o'sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Farobiy besh guruhga bo'ladi:
1. Yetti bo'limdan iborat til haqidagi fan.
2. Mantiq.
3. Yetti mustaqil fanga bo'linadigan riyoziyot, ya'ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og'irliklar haqidagi fan va mexanika.
4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom". [3. 144.]
Mutafakkir tomonidan har bir fan o'rganadigan predmetlarning xususiyatlari, va ularning o'ziga xos mexanizmlarini falsafiy va ilmiy jihatdan aoslashga harakat qilgan. Uning fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub'ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Yevropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta'sir o'tkazib, ular taraqqiyotida katta o'rin tutdi.
Alloma fikricha, tabiat qabul qiluvchidan (subyektdan) oldin keladi, his-tuyg'u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taalluqli bilimdan oldin mavjud bo'ladi.
Abu Nasr Farobiyning falsafiy-axloqiy asarlari ularda ko'rib chiqilgan inson xarakterini shakllantirish, uning o'zini-o'zi takomillashtirish yo'llari va usullari nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg'otadi. "Allomaning falsafiy-axloqiy nazariyasini o'rganish axloq fanining asosiy jihatlari va predmetini, shuningdek, mutafakkirning axloqning mohiyati va uning insoniyat jamiyatidagi o'rni haqidagi qarashlarini aniqlashga xizmat qiladi. Mutafakkirning axloq muammolari haqidagi qarashlarini o'rganish uning falsafiy-axloqiy fikrlarini shakllantirish jarayonini yanada aniqroq ko'rsatish imkonini beradi.
Mutafakkir tomonidan tabiatni bilish jarayonining cheksizligini ilgari surganligini o'ziga xos falsafiy usulda yetkazgan. "Farobiy bilishning ikki bosqichini - hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko'rsatadi. Hissiy bilimning o'rniga to'xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog'laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e'tibor qaratadi. Farobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a'zosi bilan bog'liq ravishda ko'rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a'zolariga hech kimga bog'liq bo'lmagan (obyektiv) holda mavjud bo'lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta'siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o'rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog'laydi". [4. 107.]
Shu bilan birga, uning falsafiy-axloqiy qarashlarining ana shu jihatlari tarixiy-falsafiy fanda eng kam o'rganilgani ham e'tiborga molik. Shuningdek, o'zbek xalqi tarixida barcha davrlarda uning yuksak ma'naviyatining muhim manbai bo'lib, uzoq o'tmishda ildiz otgan buyuk sharq faylasuflarining axloqiy-falsafiy tafakkuri bo'lgan. Qolaversa, hayvonlardan farqli o'laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi». [5.255.] Shuningdek, "His-tuyg'udan farqli o'laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya'ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg'ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg'udan farqli o'laroq, tushunish xosdir". [6. 105-106.]
Darhaqiqat, mutafakkir tomonidan inson aqliy bilish jarayonida o'ziga xos darajalarni tushuntirishga urinadi. Shuningdek, mutafakkir ilgari surgan ilmiy qarashlar asosida inson ratsional bilish bosqichini asoslashga falsafiy jihatdan qaraganligini ta'kidlash lozim. Bu holat mutafakkir fikricha, muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so'ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida - muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo'ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o'tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo'shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta'sirida aqliy bilim amalga oshadi.
Mutafakkir mantiq fanida ilmiy bilimning o'ziga xos mezonlari va xususiyatlarini yuqori darajaga ko'tardi. Mantiq fikriy jarayonning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini aniqlashga yordam beradi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, -qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo'llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo'lib, uning yordamida nazariy san'at nimani qamrab olgan bo'lsa, o'shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi». [7.227.] Shuningdek, Farobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo'shdi. U mantiq bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o'rtasidagi aloqani topishga harakat qildi.
Farobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e'tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Farobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo'linishlari va turli ko'rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari -ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya'ni ilmiy istilohlar masalasiga to'xtab o'tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, subyekt va predikatning o'zaro munosabatlarini o'rganadi. Biroq, Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo'ladi. Qiyosning (sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar to'rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot (xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan
haqiqatlar - aksiomalar). Farobiyning asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning yetarligiga va shunga o'xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud.
Farobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo'lib, o'z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
□ Falsafaning umumiy muammolari
□ tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari
□ borliqni bilish
□ mantiqning bahsli muammolari
□ inson va tabiat o'rtasidagi chambarchas bog'liqlik
□ ekologik muammolarni ham o'z ichiga oladi.
Abu Nasr Farobiy asarlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, mutafakkir o'zidan oldin yashab o'tgan allomalar ijodini juda yaxshi bilgan, ularning g'oyalaridan o'z ijodida mohirona, ijodiy foydalangan. Xususan, Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta'riflagan g'oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozishicha, har bir inson, o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi va ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug'uladi... bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo'lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko'payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o'rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi. E'tibor bersak bu fikrning zamirida falsafaning bosh muammosi bo'lgan bahsli masala - insonning paydo bo'lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so'z bormoqda. Mutafakkirning ma'naviy-axloqiy ta'limotining Sharq sivilizatsiyasining umumiy konsepsiyasidan kelib chiqib, butun tarixiy taraqqiyoti davomida boshqa nazariy-mafkuraviy kategoriyalar va ma'naviy qadriyatlar bilan bir qatorda ularda ilg'or axloq normalari yaqqol aks ettirilgan, umumlashtirilgan va rivojlangan. U o'z asarlarida: komil inson
□ fozil fuqaro
□ odil hukmdor
□ baxt-saodat, unga erishish yo'llari, davlatning hususiyatlari,
□ axloqiy va aqliy tarbiya,
□ ijtimoiy istiqbol tog'risida ilg'or g'oyalarni ilgari surgan.
Shunday qilib, Abu Nasr Forobiyning ontologik, gnoseologik va ijtimoiy-axloqiy qarashlarining muhim jihatlari, ularning o'zaro uyg'un holda shaxs
dunyoqarashining rivojlanishiga ta'siri haqida fikr yuritar ekanmiz, mutafakkir tomonidan ularga yagona yaxlit tizim sifatida yondoshganligini qayd etishimiz mumkin. Forobiy ijodida ontologiya, gnoseologiya, ijtimoiy-axloqiy qarashlari o'zaro vobasta holda namoyon bo'lgani kabi falsafa va din ham bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Alloma tomonidan falsafa va dinning kelib chiqishi va o'zaro munosabati haqidagi fikrlari ham alohida tadqiqotni talab etadigan masalalardan hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Fehrulloh T. "Al-Farobiyga nisbat berilgan yangi platonik asar: Risole fi'l-ilmi'l-ilohiy", "Divan ilmiy tadqiqoti", 2006 yil, 20-son: 185-226.
2. Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока. 172 б.
3. Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока. - 144 б.
4. Farobiy Al-masoyil al-falsafiya va ala javob anxa // «Majmul al-Farobiy» to'plamida. - 107 b.
5. Farobiy ta'limot // «Majmua at-risole al-hukama» («Takimlar risolalarining majmuasi» to'plamida). - Toshkent, 1963. - 255 b.
6. Farobiy Al-masoyil al-falsafiya va ala javob anxa // «Majmul al-Farobiy» to'plamida. - 105-106 b.
7. Al-Farabis intraductoty risolah on logic. The Islamic Quarterly, vol III, 3-4, 1957. - 227 b.
8. Умаржонов, С. (2023). Ibn Sinoning "Ishoralar va tanbehlar" asari va Postklassik islom falsafasining boshlanishi. Scienceproblems. uz, 3(1), 37-50.
9. Umarjonov, S.S. (2022). Imom Fahriddin Roziyning ibratli hayot yo'li va ilmiy faoliyati. Academic research in educational sciences, 3, TSTU Conference 1, 717722.
10. Умаржонов, С. С. У. (2022). Фахриддин Розийнинг материя ва шакл, шакл ва мазмун, сабаб ва окибат хакидаги онтологик таълимоти. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 249-258.