Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING SOGʻLOM VA BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISHGA OID QARASHLARI'

ABU ALI IBN SINONING SOGʻLOM VA BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISHGA OID QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
982
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Alimova G

Пока человек способен различать эмоциональные и духовные потребности, эта способность постепенно станет характеристикой человеческого поведения. В работах Ибн Сины утверждается, что внешняя среда вокруг людей играет особую роль в формировании человека, и что эта внешняя среда и люди влияют не только на познание человеком мира, но и на состав хороших и плохих качеств в его поведении. Сегодня, особенно важно более широкое использование трудов учѐного и его психологических взглядов в воспитании подрастающего поколения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

As long as a person is able to distinguish between emotional and spiritual needs, this ability will gradually become a characteristic of human behavior. Ibn Sina's works claim that the external environment around people plays a special role in the formation of man, and that this external environment and people affect not only man's knowledge of the world, but also the composition of good and bad qualities in his behavior. Today, it is especially important to use the work of the scientist and his psychological views more widely in educating the younger generation.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING SOGʻLOM VA BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISHGA OID QARASHLARI»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

ABU ALI IBN SINONING SOG'LOM VA BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISHGA OID QARASHLARI

G. K. Alimova

TDPU "Amaliy psixologiya" kafedrasi dotsenti

АННОТАЦИЯ

Пока человек способен различать эмоциональные и духовные потребности, эта способность постепенно станет характеристикой человеческого поведения. В работах Ибн Сины утверждается, что внешняя среда вокруг людей играет особую роль в формировании человека, и что эта внешняя среда и люди влияют не только на познание человеком мира, но и на состав хороших и плохих качеств в его поведении. Сегодня, особенно важно более широкое использование трудов учёного и его психологических взглядов в воспитании подрастающего поколения.

ABSTRACT

As long as a person is able to distinguish between emotional and spiritual needs, this ability will gradually become a characteristic of human behavior. Ibn Sina's works claim that the external environment around people plays a special role in the formation of man, and that this external environment and people affect not only man's knowledge of the world, but also the composition of good and bad qualities in his behavior. Today, it is especially important to use the work of the scientist and his psychological views more widely in educating the younger generation.

Sharqda «Shayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo'lgan allomalardan biri, o'rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037)dir. U qomusiy olim sifatida matematika, astronomiya, fizika, kimyo, filologiya, mantiq, psixologiya, ta'lim-tarbiya sohalarida ijod etib, dunyoga mashhur yirik asarlarni meros qilib qoldirdi.

Ibn Sino o'zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog'liq holda ifodalagan. Uning ta'biricha, shaxsning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega. U axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta'riflaydi. Dunyoda mavjud bo'lgan jami narsalar tabiatiga ko'ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o'zi esa mohiyat e'tibori bilan yaxshilikdir. Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit,

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi [2].

Ichki quwatlarning ta'sirlari va ta'sirlanishlari takrorlanaversa, ular uchun kuchli bir malaka hosil bo'ladi. Axloq ham shunday vujudga keladi. Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham tahlil etadi va har biriga ta'rif beradi. Masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, donolik, jasurlik bilan adolatga ega bo'ladi, yomon illatlardan o'zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi. Insondagi ijobiy axloqiy xislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi-muhabbat, mo''tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, qat'iyatlilik, sadoqat, initilish, uyatchanlik, mas'uliyat va boshqalarni kiritadi.

Qanoat va mo''tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g'azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik, mas'uliyat, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.

Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o'zini ta'magirlikdan tiysa, mo''tadillikka rioya etsa, o'zida hirsning namoyon bo'lishini yengadi, inson yomon illatlarni yengishda o'z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.

Ibn Sino har bir axloqiy xislatlarning ta'rifini beradi:

mo'tadillik - tan uchun zaruriy oziq va xulq me'yorlariga to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;

saxiylik - yordamga muhtoj kishilarga ko'maklashuvchi insoniy quvvat;

chidamlilik - inson o'z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;

aqllilik - biror ishni bajarishda shoma-shosharlikdan saqlovchi quvvat;

ziyraklik - narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma'nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat;

achinish - kishilar baxtsizlik, azob-uqubatga duchor bo'lganda, ular bilan xushmuomalada bo'luvchi insoniy quvvat;

kamtarlik - xudbin ishlar bilan shug'ullanishdan to'xtatuvchi kuch.

Ibn Sino insonning kamolga yetishida to'sqinlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, naftarni ko'rsatib o'tadi. Johillikni -ilmga, nodonlikni - zehni o'tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni -sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta'riflaydi. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma'rifatni egallashga da'vat etadi. Chunki ilm fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo'lmagan kishilar qatoriga qo'shadi. Ibn Sino bilim olishga, bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalashga katta ahamiyat berib, «Tadbir ul manozil» asarining maxsus bo'limini shu masalaga bag'ishlaydi. U ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:

- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik;

- ta'limda yengildan og'irga borish orqali bilim berish;

- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;

- o'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish;

- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini inobatga olish;

- o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish.

Bu talablar hozirgi davr ta'lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.

Talabaga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir. Shunga ko'ra ibn Sino o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo'l -yo'riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

• Bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish;

• Berilayotgan bilimning talabalar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;

• Ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;

• Talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

• Fanga qiziqtira olish;

• Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bera olish;

• Bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;

• Har bir so'zni bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga yetkazish zarur [1], deydi olim.

Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do'st bo'lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do'stona yashashga intiladi. Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo'shnichilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o'zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o'zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do'st muhim rol o'ynaydi, deydi. Olim do'stlikni shunday ta'riflaydi:

- har qanday qiyinchiliklarga qaramay o'z do'stini xavf-xatarda yolg'iz qoldirmaydigan do'stlik;

- manfaatlari o'xshash va g'oyaviy yaqin do'stlik;

- o'z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do'stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do'stlikni haqiqiy do'stlik, deb e'tirof etadi.

Olim haqiqiy do'stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo'lishi mumkinligini aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko'rinishiga qarab emas, u tabiiy zarurat sifatida namoyon bo'ladi, lekin inson o'z tuyg'ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan haqiqiy sevgini hirs tuyg'usidan, ehtiros kuchidan ajrata bilishi zarur deydi. shundagina inson haqiqiy kamolotga erisha oladi. Chunki haqiqiy sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko'rsatadi.

Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o'rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko'proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta'lim beradi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo'lish kerakligini, bola yomon odatlarga o'rganmasligi uchun, uni yomon odatlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.

Ibn Sinoning tarbiviy qarashlarida oila, oilaviy tarbiya masalalariga keng o'rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolga yetadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e'tibor beradi. Oila munosabatlariga to'xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb-hunarga o'rgatish borasida muhim fikrlarni bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta'sirini ta'kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug'laydi va qimorboz, sudxo'r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta'sir etishini to'g'ri talqin etadi.

Ibn Sinoning ta'lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.

Ibn Sino insonni ulug'lovchi olim sifatida uning har tomonlama rivojlanishiga ishongan holda avvalo tayanch bilimlarga ega bo'lishi va bu bilimlarni egallash vositasida aqliy tarbiyani amalga oshirishga oid qarashlari diqqatga sazovordir. Ibn

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

Sinoning axloq bobidagi qarashlarida esa sof insoniy xislatlar, munosabatlar, odob-axloq qoidalari me'yorlari o'z ifodasini topgan.

Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki, u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug'laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ'ib qiladi [3].

Shunday qilib, Ibn Sinoning yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash haqidagi fikrlaridan hozirgi ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish albatta ijobiy natija beradi.

REFERENCES

1. Raximov S. Abu ali ibn Sino ta'lim va tarbiya haqida. - T., «O'qituvchi», 1991. -75 b.

2. Псядло Э. М. Темперамент и характер в истории медицины и психологии: Учебно-справочное пособие. — Одесса: Наука и техника, 2007. — С.19.

3. Болтаев М. Н. Абу Али ибн Сина — великий мыслитель, учёный энциклопедист средневекового Востока — М.: Сампо, 2002. — 400 с.

4. Khasanova, A. R., & Ismailova, N. I. Mutual coordination of sensorimotor activity

for physical development of children with autism spectrum disorders.

5. Ismailova, N., & Grahova, S. Mythological stories about house-spirit: Themes,

structure, psychological particularities.

6. Ismailova, N., Panfilov, A., Ljdokova, G., & Farhatovich, K. Gender aspects of confounding factors in the preparation of powerlifters.

7. Ismailova, N., & Grahova, S. Bylichkas in folklore for children: Psychology of being.

8. Gaifullina, N., Ismailova, N., Makarova, O., Panfilov, A., & Ljdokova, G. Individual psychological singularities of persons with disabling diseases.

9. Ismailova, N., Tsagarelli, Y., & Shumikhin, S. (2017). Computerised system to rate junior athletes' psycho-emotional stability in team and individual sport disciplines. SCOP US00403601 -2017-8-SID85039420339.

10. Ismailova, N., Ljdokova, G., Panfilov, A., Gaifullina, N., & Makarova, O. (2015). Individual psychological singularities of persons with disabling diseases. SCOPUS-2015-7-1-SID84922724007.

11. Tashkent, D. S., Abduazizova, V., & Komilova, G. (2021). Health-Saving Problems of Children and Adolescents in Emergency Situations. Biomedical Journal of Scientific & Technical Research, 38(4), 30634-30636.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

12. Камилова, Н. Г., & Соипова, М. Л. (2020). Правовые и социокультурные основы интеграции в общество детей с ОВЗ в Узбекистане. In Инклюзивное образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели (pp. 96-103).

13. Шарипова, Д. Д., & Камилова, Н. Г. (2020). Развитие действенной мотивации к здоровому образу жизни у неорганизованной молодежи как эффективный путь становления личности. In Современная реальность в социально-психологическом контексте-2020 (pp. 71-74).

14. Комилова, Н. Г., & Шарипова, Д. Д. (2018). Повышение эффективности

формирования идеологического иммунитета у молодёжи. Наука и образование

сегодня, (4 (27)), 58-59.

15. Камилова, Н. Г., & Парпиева, Ш. А. (2018). Деформации ценностно-

смысловой системы как фактор дезадаптации личности подростка.

In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного

потенциала личности и современного общества (pp. 196-201).

16. Камилова, Н. Г., & Инагамова, Л. У. (2016). Психологические особенности

конфликтности во взаимоотношениях студенческой молодежи i. In Личность в

современном мире (pp. 109-113). 17. Khayitov, O. E. (2022). Leading Factors in the Psyche of Adolescent Girls

Gymnasts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(1), 610-615.

18. Khayitov, O. E. (2022). Socio-Psychological Views of Eastern Thinkers and

Scholars on Management. International Journal of Social Science Research and

Review, 5(1), 184-189.

19. Хайитов, О. Э. (2020). Моделирование психологической компетентности

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

руководителя: концептуальный эмпирический анализ. Academic research in

educational sciences, (3), 526-540.

20. Хайитов, О. Э. (2020). Рахбарда психологик компетентликни ривожлантиришнинг комплекс модели. Academic Research in Educational Sciences, 7(2), 120-136.

21. ХДЙИТОВ, О. (2019). Психологик компетентликни шакллантиришга замонавий ёндашув (назарий жихдт). Фан^портга, (1), 59-64.

22. Хайитов, О. Э. (2019). Научное обоснование формирования социального статуса молодежи в контексте акмеологических взглядов. Вопросы педагогики, (11-1), 261-264.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

23. Каримова, В. М., & Хдйитов ОЭ, О. Г. Иктисодий психология ва психологик иктисод тугрисида. Ицтисодиёт ва таълим, 2007(4), 145-150.

24. Hayitov, O. E., & Eshboev, A. O. (2019). Sports marketing in Uzbekistan: problems and prospects. Economics, (5), 43.

25. HAYITOV, O. E. (2021). CHARACTERISTIC OF STRUCTURAL COMPONENTS OF PSYCHOLOGICAL COMPETENCY OF A LEADER. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(1), 119-131.

26. Хдйитов, О. Э. (2021). РАХБАР ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИНГ ТАРКИБИЙ КОМПОНЕНТИ: УСТУВОР ПСИХОЛОГИК СИФАТЛАРДАН ИЖТИМОИЙ ЙУНАЛГАНЛИК САРИ. Academic research in educational sciences, 2(6), 1212-1226.

27. Эшбоевич, Х. О. (2020). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ УРТА БУГИН РАХБАРИ ПСИХОЛОГИК КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШНИНГ КОМПЛЕКС МОДЕЛИ. Современное образование (Узбекистан), (9 (94)), 38-47.

28. Исаева, У., & Джалилова, С. (2018). The usage of new pedagogical technologies in lessons. Молодой ученый, (5), 169-171.

29. Халикова, Ш. Т. (2021). РОЛЬ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ВОЛЕВЫХ

ОСОБЕННОСТЕЙ ЧЕЛОВЕКА В ЭКСТРЕМАЛЬНЫХ

СИТУАЦИЯХ. Проблемы науки, 9(68), 62-64.

30. Халикова, Ш. Т., & Саматова, З. К. (2021). ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВ

ЛИЧНОСТИ НА ФОРМИРОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

ТОЛЕРАНТНОСТИ. "ZAMONAVIY TA "LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA

UNGA QARATILGANKREATIVG"OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR", 503-

505.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.