Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINO ASARLARIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLAR TAHLILI'

ABU ALI IBN SINO ASARLARIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2009
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / axloq / komillik / tarbiya / “Al – Ishorat va at tanbihot” / ichki lazzat / tashqi lazzat / ma’naviy lazzat. / human / propriety / perfection / education / "Al Isharat and at tanbihot" / internal pleasure / external pleasure / spiritual pleasure.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Raximov, Bobur

Ushbu maqolada Abu Ali ibn Sinoning ijtimoiy – psixologik, axloqiy tarbiyaviy qarashlari haqida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF PSYCHOLOGICAL VIEWS IN THE WORKS OF ABU ALI IBN SINA

This article discusses the social-psychological, moral-educational views of Abu Ali ibn Sina.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINO ASARLARIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLAR TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ABU ALI IBN SINO ASARLARIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLAR

TAHLILI

Bobur Raximov

Urganch davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abu Ali ibn Sinoning ijtimoiy - psixologik, axloqiy - tarbiyaviy qarashlari haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: inson, axloq, komillik, tarbiya, "Al - Ishorat va at - tanbihot", ichki lazzat, tashqi lazzat, ma 'naviy lazzat.

В данной статье рассматриваются социально-психологические, нравственно-воспитательные взгляды Абу Али ибн Сины.

Ключевые слова: : человек, нравственность, совершенство, воспитание, «Аль-ишарат ва ат-танбихат», внутреннее удовольствие, внешнее удовольствие, духовное удовольствие.

This article discusses the social-psychological, moral-educational views of Abu Ali ibn Sina.

Key words: human, propriety, perfection, education, "Al - Isharat and at -tanbihot", internal pleasure, external pleasure, spiritual pleasure.

Bugungi kun mustaqil Yangi O'zbekistonimizdagi ilm-fan taraqqiyoti, yuksak innovatsion texnologiyalar, hamda har bir sohaning xalqaro standartlar darajasida faoliyat yuritishida avvalo muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy o'quv yurtlariga, ayniqsa yosh talaba-izlanuvchilarga ko'rsatayotgan e'tibor va g'amxo'rliklari muhim o'rin tutadi. Aslida o'zbek xalqi azaldan o'zining yetuk mutaffakir va olimlar yurti sifatida nafaqat O'rta Osiyoda balki butun dunyoga mashhur bo'lgan. Ulardan biri buyuk tibbiyot hakimi Yevropada Avitsenna nomi bilan tanilgan Abu Ali ibn Sino (980-1037) bobomizni o'rni alohida ahamiyatga egadir. Aynan Prezidentimizning 2020 yil 07 apreldagi "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4666 qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (keyingi o'rinlarda — Vazirlik), Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020/2021 o'quv yilidan boshlab 1-ilovaga muvofiq 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish belgilandi. [1]

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Mazkur qarordan ko'rinib turibdiki, Abu Ali ibn Sino bobomizning ilm-fan sohasi rivojidagi tarixiy o'rni beqiyosdir.U ilm-fanning deyarli barcha sohalariga oid asarlar yozgan, ulardan eng mashpurlari 5 jildlik "Tib qonunlari" asarida odam organizmida uchraydigan ko'plab kasalliklar va ularni davolash usullari haqida juda qimmatli ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, bu asar G'arb va Sharqda uzoq asrlardan, to bugungi kunimizgacha tibbiyot, farmokologiya va psixologiya fanlari uchun asosiy manbaa bo'lib qolmoqda. Ilmiy adabiyotlarda Ibn Sino qalamiga mansub 450 dan ortiq asar qayd etiladi. Ammo bizning zamonimizgacha ularning yarmi yoki sal koo'prog'i yetib kelgan, xolos. Olimning saqlanib qolgan asarlari o'z mazmuniga ko'ra quyidagicha taqsimlanadi: 242 ta asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan ilmiy yozishmalarga bag'ishlangan. [2]

ASOSIY QISM

Ibn Sino asosan inson va uning axloqiy kamoloti masalasiga alohida e'tibor qratadi.Uning fikricha, shaxs sifatida kamolotga erishish uchun avvalo ahloqiy kamolotga erishmoq kerak. U axloqlilik asosini ikki tushuncha ya'ni yaxshilik va yomonlik tushunchalari tashkil qilishini hamda barcha tirik mavjudotlar o'z tabiatiga ko'ra komillik, kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa yaxshilikdir. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi degan fikrni ta'kidlagan. [3] Abu Ali ibn Sinoning mazkur axloqiy-psixologik qarashlari bugungi kun uchun ham o'z dolzarbligini saqlab qolgan hamda bir vaqtning o'zida etika, psixologiya va pedagogika fanlari uchun birdek taaluqlidir. Chunki, insonda axloqiy sifatlarni tarkib topishida u yashayotgan, ta'lim olayotgan va shaxslararo munosabatlarga kirishayotgan muhit va undagi insonlar kaeta ahamiyat kasb etadi. Abu Ali ibn Sino shaxsning shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va ichki quvvatlar tushunchalariga ham to'xtalib, ichki quvvatlarning ta'sirlari va ta'sirlanishlari takrorlanishi ular uchun yangi kuchli bir malaka hosil bo'ladi. Aynan axloq ham shu tarzda hosil bo'lishini aytgan. Uning fikricha, adolat bu ruhiy lazzatning bosh mezoni hisoblanadi. Ibn Sino insondagi axloqiy xislatlar sifatida, saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi - muxabbat, mo'tadillik, aqllik, ehtiyotkorlik, qat'iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, mas'uliyat kabilarni ko'rsatadi. [4] Albatta, insonning axloqiy va irodaviy sifatlari u yashayotgan muhit, irsiyat, shaxslararo munosabatlardagi insonlar ta'siri hamda ta'lim - tarbiya jarayonlarining ta'siri natijasida yuzaga kelishi haqidagi qarash o'z tasdig'ini topgandir. Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlari boshqa allomalar qarashlaridan o'zining izchilligi va kreativligi bilan ajralib turadi. Abu Ali ibn Sinoning "Al - Ishorat va at - tanbihot" asarida inson baxti va farovonligi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

tushunchalariga batafsil ta'rif beradi1. Ibn Sino mazkur atamalarni izohlar ekan, ularni bevosita ichki va tashqi "lazzat" lar bilan bog'laydi. Ya'ni, ichki lazzatni tashqi lazzatdan ustunligi nazariyasini yaratadi. Uning fikricha, xalq ommasining tasavvur -qarshlarida eng kuchli va ahamiyatli zavq turi bu - hissiyotdir, qolganlari esa zaif, hayoliy, haqiqiy emas deya ta'riflanadi. Biroq, mazkur qarash birmuncha xato hisoblanadi. Chunki, bir qarashda mazkur fikr ovqatlanish, jinsiy aloqa va boshqa tushunchalarga qaratilganga o'xshaydi. Xususan, ma'lum obro' - e'tiborga erishgan, fazilatli hamda sog'lom inson ovqatlanish, jinsiy aloqa va boshqa nisbatan o'tkinchi tushunchalarni emas, balki, insonlar odobini, ularning ijobiy hislatlarini hurmat qilishi mumkin bo'ladi2 . Chunki ma'naviy lazzat unga ovqatlanish va tabiiy ehtiyojdan ko'ra, ko 'proq zavq bag'ishlashi mumkin ekan. [5]

Bir so'z bilan aytganda, Abu Ali ibn Sino hazratlarining psixologik qarashlari insonni kamolotga erishuviga, shaxs sifatida har kim o'zini takomillashtirib borishiga va albatta, tinimsiz harakat qilib, o'z maqsadini ro'yobga chiqarishga qaratilgandir.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 07 apreldagi "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4666 Qarori.Lex.uz.2020 y.

2. U.Uvatov "Buyuk yurt allomalari" Toshkent. «O'zbekiston». 2020 y.

3. Псядло Э. М. Темперамент и характер в истории медицины и психологии:Учебно-справочное пособие. — Одесса: Наука и техника, 2007. — С.19.

4. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

5. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

6. Masharipova, G. K. (2013). The scientific heritage of the scholars of Khorazm Mamun Academy who made great inventions of the Middle Age. Europaische Fachhochschule, (9), 13-14.

1 Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

2 Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

7. Masharipova, G. K. (2022). "DINSHUNOSLIK" FANINI O „QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 812-816.

8. Kamilovna, M. G. (2022, March). SPECIAL CHARACTERISTICS OF AYBEK'S HISTORICAL NOVEL «SACRED BLOOD» IN YOUTH EDUCATION. In Conference Zone (pp. 16-19).

9. Sapayev, V. O. O. G. L. (2022). ONG-TAFAKKURNING O 'ZGARISHI MEXANIZMLARINING IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 323-327.

10. Odilbek o'g'li, S. V. (2023). DESTRUKTIV G'OYALARGA QARSHI KURASHNINIG IJTIMOIY MEXANIZMLARI. ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY QARASHLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR, 5, 12-15.

11. Ergashev, I., & Sapayev, V. (2022). MILLIY G 'OYA TIZIMI TARKIBIY TUZILISHINING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 3(2), 198204.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.