Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINO VA UNING FALSAFIY QARASHLARI'

ABU ALI IBN SINO VA UNING FALSAFIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
233
157
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
aql / axloq / baxt-saodat / lazzat / insoniylik / fazilat / nafs / sabr-toqat / saxiylik / g‘ayratlilik.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Axmadov Furqat Karim O‘g‘li, Ortiqov Dostonbek Otabek O‘g‘li, Boymurodov G‘iyosiddin Sharofiddin O‘g‘li

Mazkur tadqiqot jarayonida Abu Ali ibn Sinoning hayoti va falsafiy qarashlari qisqacha yoritib berildi. X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida ruh, aql, ilohiy va lazzat tushunchalari tahlil qilindi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Faylasuf o‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. Shu jumladan, bugungi kunda yurtimizda Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINO VA UNING FALSAFIY QARASHLARI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 2

ABU ALI IBN SINO VA UNING FALSAFIY QARASHLARI

Axmadov Furqat Karim o'g'li

TATU Samarqand filiali talabasi Ortiqov Dostonbek Otabek o'g'li

TATU Samarqand filiali talabasi Boymurodov G'iyosiddin Sharofiddin o'g'li

TATU Samarqand filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7585993

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot jarayonida Abu Ali ibn Sinoning hayoti va falsafiy qarashlari qisqacha yoritib berildi. X-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk faylasuf va tabib Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida ruh, aql, ilohiy va lazzat tushunchalari tahlil qilindi. Ibn Sinoning falsafiy qarashlarining ahamiyati bugungi kunda beqiyos ahamiyatga egadir. Faylasuf o'zining ko'p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o'ynadi. Shu jumladan, bugungi kunda yurtimizda Ibn Sino ilmiy merosini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: aql, axloq, baxt-saodat, lazzat, insoniylik, fazilat, nafs, sabr-toqat, saxiylik, g'ayratlilik.

ABU ALI IBN SINA AND HIS PHILOSOPHICAL VIEWS

Abstract: This study briefly describes the life and philosophical views of Abu Ali ibn Sina. In the philosophical views of the great philosopher and physician Abu Ali Ibn Sina, who lived and worked in the X-XI centuries, the concepts of spirit, mind, divinity and taste are analyzed. The significance of the philosophical views of Ibn Sina today is incomparable. The philosopher, with his multifaceted work and rich heritage, played a big role in the development of world culture. In particular, today in our country much attention is paid to the study of the scientific heritage of Ibn Sina.

Keywords: intelligence, morality, happiness, pleasure, humanity, virtue, lust, patience, generosity, diligence.

O'rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug' allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar

zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir.

Abu Ali ibn Sino O'rta asrlar madaniyati daholari qatoriga kiradi, ularni o'z ruhiyati, kuchi qomusiy aqli, ilmiy-falsafiy intilishlari va talablari bilan uyg'onish davrining buyuk mutafakkirlari bilan qiyoslash mumkin. Ularning asarlarida ilmiy teranlik, tabiatni o'rganishdagi tajribaga asoslangan ijodiy yechim, falsafiy tahlil kengligi, mehnatkash inson manfaati haqida qayg'urish chuqur va uzviy bog'liqligi ko'zga tashlanadi. Ko'p tomli qomusiy "Shifo" hamda mashhur 5 kitobdan iborat "Tib qonunlari" asarlari buning yaqqol isbotidir. O'z asarlarida mantiqiy madaniyat yutuqlarini umumlashtirib hamda ularni o'zining shaxsiy yangiliklari bilan to'ldirilgan holda, Ibn Sino YUNESKO ning Bosh konferensiyasini XX sessiyasi qarorida ko'rsatib o'tilganidek, falsafa, mantiq, tibbiyot, tabiatshunoslik, sotsiologiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik she'riyati rivojlanishiga o'zining ulkan hissasini qo'shib, dunyoning barcha mamlakatlarida ilm-fan taraqqiy etishiga katta ta'sir o'tkazgan.

Ibn Sino davridan keyin 10 asr vaqt o'tdi. Bu davr ichida falsafa va ilm-fan oldinga salmoqli qadam tashladi: falsafaning yuqori shakli-dialektik va tarixiy materialism vujudga keldi, fan atom sirini ocha oldi, hamda uning kuchini insonga xizmat qilishiga erisha oldi. Barcha tirik jonzotlarni maqsadli ravishda boshqarish imkonini beradigan irsiyat kodi topildi. Biologiya jonsizdan jonlini sintez qilish bo'sag'asida turibdi, tabobatda profilaktika va kasallikni davolashning o'ta yangicha uslublari va nazariyasi ishlab chiqildi, kosmik parvozlar oddiy hodisaga aylandi va boshqa ko'plam inson ongi shu tariqa rivojlandi. Bugungi kunda Ibn Sinoning qarashlaridagi ko'plab narsalar zamonaviy tushunchalarga hamohangligi va dolzarbligi bilan ajralib turadi. Uning g'oyalari zamonaviy ilmiy bilimlar xazinasiga ham kiritilmoqda. Uning olamning abadiyligi hamda materiya buzulmasligini ta'minlovchi atributlar haqidagi g'oyalari, tabiiy qonuniyat, hodisalarining sababli bog'liqligi va umumiy o'zgaruvchanligi, olamni anglash va boshqa g'oyalari bunga misoldir.

Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda sharq allomalarining ilmiy merosini o'rganishga e'tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Abu Ali ibn Sino asarlarining qo'lyozmalari saqlanadi. Shu jumladan, yurtimizda O'zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo'lyozmasi mavjud.

Ushbu maqola bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar jarayonida asosan arab tilida yozilgan adabiyotlardan foydalanildi. Jumladan, "Ko'rsatkichlar va ogohlantirishlar", 1332-yildagi "Al-Ishorat va at-tanbihot" asari va bu asar asosida yozilgan muhokamalar va Ibn Sinoning ilmiy asarlarini tarjima qilib, bugungi kunda ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shayotgan buyuk tadqiqotchilarimizning ilmiy maqolalaridan keng foydalanildi.

Ibn Sinoning g'oyalari rivojini va qarashlari evolyutsiyasini tushunish uchun uning 20 tomlik "Kitab al-Insaf ' ("Adolatlilik kitobi") ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ming afsuski, u yo'qolib ketgan. O'zining oxirgi asarlaridan bo'lgan "Mubaxisat" ("Bahslaг") kitobining kirish qismida olim shunday yozadi: "Men "Insaf ' ("Adolat") nomli kitob yozdim. Bu kitob men olimlarni 2 guruhga bo'ldim: sharqliklar va g'arbliklar. Ular doimo bahs-munozara yuritishadi. Har bir bahsda men ularning qarama-qarshi fikrlarini ko'rsataman va shundan so'ng ushbu masalaning adolatli yechimi yo'lini ko'rsataman. Kitobda taxminan 28 mingta muammo ko'rib chiqilgan".

Mazkur maqolada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqlari va asarlari tadqiqotning metodologik asosi sifatida olindi. Abu Ali ibn Sinoning "Al-Ishorat va at-tanbihot" asarini o'rganishda tarixiylik metodi asosida tahlil qilindi. Maqolani yoritish jarayonida mantiqiylik, ob'yektivlik, tizimlilik metodlaridan foydalangan holda baxt-saodat masalasining qiyosiy tahlili ochib berildi.

Ibn Sinoning, ayniqsa insonparvarlik konsepsiyasi o'ta dolzarb bo'lib, uning asosiy mazmuni ruhiy va jismoniy sog'liq haqida qayg'urishga qaratilgan.

"O'tmishga ehtirom bilan qarash, Engels ta'rifi bilan aytganda, chinakam ma'гifatpaгvaгlik belgisidñ" Sharq meditsinasi IX - XI asrlarda o'z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko'tarilgan bir paytda Abu Ali ibn Sino tom ma'noda universal zakovati bilan ilm - fan rivojiga ulkan hissa qo'shdi desak yanglishmagan bo'lamiz. Olim o'z davrida turli sohalarda erishgan ilmiy yutuqlarni falsafiy umumlashtirish, ularni izchil bayon etish va tartibga solish bilan birga, fanning turli masalalarida ajoyib yutuqlarni qo'lga kirita oldi. Faylasuf o'z davri uchun ilg'or g'oyalarni olg'a surdi. Mutafakkirning serqirra ijodi, hayoti va ilmiy faoliyati keng o'rganilgan, dunyoning turli tillarida qator asar va maqolalar nashr etilgan.

Abu Ali ibn Sinoning "Al-Ishorat va at-Tanbihot" asaridagi ilohiyotga doir qarashlari xususida:

Ibn Sino yashagan davrda islom dinining aqidalariga binoan tanosuh ta'limoti tanqid qilinib, tan olinmas edi. Islom dinida xuddi xristian dinidagidek, jonning tanadan tanaga o'tish ta'limoti inkor etilib, jon tanaga faqat bir marta kiradi, deb hisoblangan. Ibn Sino "Nurianish" (As'haviya) asarida qayta tirilish va jonni tanadan tanaga o'tish masalasini ko'taradi. Bu masalani tahlil qilish uchun Ibn Sino ma'ad tushunchasini kiritadi. Ibn Sino ma'ad tushunchasini quyidagicha ta'riflaydi: "Ma'ad - bu narsalar va holatlarning dastlabki joyi bo'lib, narsalar va holatlar bu joydan ajralib keyin unga yana qaytib keladi" - deydi.

Ibn Sino ma'ad tushunchasining xilma - xil ta'riflarini ko'rib chiqadi. Bu masala bo'yicha O'rta asr mualliflari o'rtasida qarama - qarshi fikrlar paydo bo'ladi. Bir qism mualliflarning fikricha, ma'ad makoniga faqat tana qaytar ekan, boshqa bir qism mualliflar fikriga binoan, ma'adga ham tana, ham jon qaytadi.

"Nuñanish" asarida Ibn Sino tanosuh ta'limotining asoslarini tahlil qilib, ularga mantiqiy yondashadi. Ibn Sinoning fikricha, jon mohiyati bilan bog'liq bo'lmaydi va jon tanadan tashqarida ham mavjud bo'lishi mumkin. Demak, jon tana paydo bo'lishidan ham oldin mavjud bo'lgan 4 deb hisoblaydi. Ibn Sino deyarli barcha asarlarida jon, ruh, mumkin bo'lgan vujud kabi masalalarga doir asarlar yozgan.

Jumladan, "Hayy ibn Yaqzon", "Qush" risolasi, "ash - Shifo" ning "Ilohiyot" qismi, "Nurlanish" kabilardir.

Ibn Sino o'zining "Ash - Shifo" asarining "Ilohiyot" (Maxluqotlar va yaratish to'g'risida. Beshinchi sharh) qismida keltirishicha: "Inson^ tasavvurida maxluqot, ya'ni yaratilgan narsalar yaratuvchi deb atalmish narsa bilan bog'liqligi muhim ahamiyatga ega, chunki yaratuvchi maxluqotlarni yaratadi. Yaratuvchi yaratadi, bunyod etadi, ishlab chiqaradi, maxluqot (yaratilgan) esa yaratiladi, bunyod etiladi, ishlab chiqariladi. Bundan kelib chiqadiki, avval mavjud bo'lmagan narsa mavjud bo'lgan narsa tufayli shakllanadi. Ular aytadilar:

Maxluqot yaratilganidan so'ng, yaratuvchisiga ehtiyoji qolmaydi, hatto yaratuvchi mahv etilsa ham maxluqot yashashda davom etadi, xuddi quruvchi yo'qolsa ham bino saqlanib qolgandek. Aksariyat kishilar quyidagilarni ta'kidlaydilar

Agar Yaratuvchi Zot yo'qolib qolgan taqdirda ham dunyoning mavjudligiga zarar yetmaydi. Dunyo faqat shakllanish jarayonida, ya'ni y'oqlik borliqqa, reallikka aylanayotganligida Yaratuvchi Zotga ehtiyoj sezadi. Dunyo qachon Yaratuvchi Zotga ehtiyoj sezish uchun shakllanadi va yo'qlikdan borliqqa, reallikka aylanadi?

Ibn Sino esa quyidagilarni bayon etadi:

"UlaT aytadilar: deydi, o'zining "Ishorat va Tanbihot" asarida - "Agar dunyo mavjudligi uchun yaratilgan zotga ehtiyoj sezsa, har bir mavjudot shu jumladan yaratuvchi zot ham boshqa bir yaratuvchiga ehtiyoj sezadi va bu hol cheksiz davom etadi. Biz ushbu muammoning mohiyatini tushuntiramiz va qanday xulosaga kelishni ko'rsatamiz.

Nasihat. Biz "yaratdi", "yasadi, qildi", "bunyod etdi" kabi atamalarni sodda tarkibiy qismgacha tahlil qilishimiz kerak, bizning maqsadlarimizga mos kelmaganidan foydalanmasligimiz kerak. Agar biror bir narsa avval mavjud bo'lmagan bo'lsa, va boshqa bir narsa tufayli shakllangan bo'lsa, biz uni yaratilgan ya'ni mahluqot deb ataymiz, uning boshqa yaratilganlar bilan tengligi yoki umumiyligi, boshqa alohida xususiyatga ega ekanligi biz uchun ahamiyatga ega emas.

Mavjud bo'lmagan narsa o'zi kelib chiqqan narsa tufayli xohish-istak yoki tabiat yoki tabiiy ko'payish, yoki umuman bulardan boshqa bir vosita yordamida shakllanadi. Lekin hozir biz bunga to'xtalmaymiz. Balki bular yaratilgan narsalar uchun ortiqchalik qilar. Yaratilganning teskari tushunchasi va uning mavjudligiga

sabab bo'lgan narsani yoki birlikni yaratuvchi deb ataymiz. Bu muvozanatni isboti sifatida quyidagini keltirish mumkin. U (yaratuvchi) narsani biror bir vosita, harakat, xoxishistak yoki tabiat yordamida yaratgan. Ushbu to'ldirishlarning keltirilishi harakat borlig'iga zid kelmaydi yoki ushbu tushuncha (tarkibi) takrorlanishiga yo'l qo'ymaydi. Ziddiyatga keladigan bo'lsak yaratmoq tushunchasi tabiatda bo'lgan tushunchalarni istisno qiladi. Kimdir tabiatan yaratdi (tabiat vositasida yaratdi) deyish mumkin va bu holat oddiygina yaratdi lafzi bilan ham ifodalanishi mumkin. Yaratmoq tushunchasining tarkibida xohish-istak tushunchasi mavjud. Kimdir aytishi mumkin (xohish-istagiga ko'ra yaratdi) ushbu holat "inson hayvondir" lafziga muvofiq kelishi mumkin.

"Nomavjudlikdan so'ng shakllangan borliqdan avval hech narsa mavjud bo'lmagan zamon bo'lib o'tgan. Lekin u o'tib ketayotgan va ayni paytda keladigan zamondagi jismlarning bir vaqtda mavjud bo'lishini ifodalovchi ikkilik birligining o'tib ketganligi bilan muvofiq kelmaydi", deya ta'kidlaydi Ibn Sino va "aksincha u "avval" ning "so'ng, keyin" bilan bir vaqtda mavjud bo'lmasligi va o'tib ketishida mujassamdir. Ya'ni navbatdagi jism keyin shakllansa, undan avval o'tgan birlik nihoyalanadi. Bu o'tish noborliqning o'zi emas, noborliq "so'ng, keyin" xususiyatiga ega bo'lishi mumkin. Shuningdek, o'tish (vaqtga nisbatan) yaratuvchi zotning mohiyatida ham yo'q. Chunki yaratuvchining mohiyati "avval", "endi" va "so'ng, keyin" ham mavjud bo'lishi mumkin. Noborliq to'xtovsiz davom etadigan va yangilanib turadigan xususiyatga ega. Ma'lumki, ushbu davomiylik bo'linmas mohiyatlardan shakllanadigan harakatlar soniga muvofiq keladi"

Ibn Sino yuqoridagi fikrlariga shu asarida "Nasihat" va "Ko'satma"larni berishi bilan ularni to'ldirib borgan.

"Holatning o'zgarishisiz yangilanish mumkin emas. Holatini o'zgartirish kuchiga ega bo'lgan narsalargina holatni o'zgartirish mumkin. Men substraktni nazarda tutyapman. Ushbu aloqa harakat va harakat qiluvchiga ya'ni o'zgarish va o'zgaruvchiga, xususan, doimiy mavjud bo'lgan birlikka bog'liq bo'ladi. Bu holat bir doira tarafida muntazam aylanib turish holatidir. Bu davomiylik miqdorga ega, aks holda "avval" yoki uzoq bo'lardi yoki yaqin bo'lardi. Bu ikkalasi o'zgarishni aniqlab beruvchi miqdor hisoblanadi. Va bu harakat miqdori hisoblangan vaqtning o'zidir. Ushbu harakat miqdori masofani emas, sabab-oqibatni o'zida aks ettiradi.

Bir narsadan hech qanday qurol moddiyat va vaqt vositasisiz boshqa bir unga bog'liq jismning mavjudligi kelib chiqsa, buni yaratish (ilohiyot) deb ataymiz. Muvaqqat noborliqdan avval o'tgan narsa vositachiga ehtiyoj sezadi. Yaratish darajasi moddiylikdan va ma'lum vaqtda shakllanish darajalaridan yuqori turadi, deb e'tirof etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.

2. Abu Ali Ibn Sino. "Al-ishorat va at-tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365. - B 338

3. Диноршоев М. Абу Али ивн Сина. Избранные произведения: -Душанбе, Ирфон, 1980

4. Jurayev, S.S. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida borliq masalasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 12-14.

5. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida axloq masalasi va uning bugungi kundagi ahamiyati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

References:

1. Mirziyoyev Sh.M. "We will build a free and prosperous, democratic country of Uzbekistan together. - T.: Uzbekistan, 2016.

2. Abu Ali Ibn Sina. "Al-isharat wa al-tanbihat" (commentary of Nasriddin al-Tusi) Cairo 1365. - B 338

3. Dinorshoev M. Abu Ali ibn Sina. Izbrannye proizvedeniya: - Dushanbe, Irfon, 1980

4. Jurayev, S.S. (2021). The question of existence in the philosophical views of Abu Ali Ibn Sina. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 12-14.

5. The issue of morality in the philosophical views of Abu Ali Ibn Sina and its importance today. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.