Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLA SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM ASOSIDA TA’LIMIY FAOLIYATLARNI TASHKIL ETISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLA SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM ASOSIDA TA’LIMIY FAOLIYATLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim tashkiloti / shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim / pedagog / tarbiyalanuvchi / davlat talablari / “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi / integratsiya / muammoli ta’lim turi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bayzaqova Madina Ibragimovna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarga ta’lim berishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning ahamiyatli tomonlari ochib berilgan. Shuningdek, bu yondashuvda pedagogning o‘rni va faoliyati haqida so‘z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLA SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM ASOSIDA TA’LIMIY FAOLIYATLARNI TASHKIL ETISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLA SHAXSIGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM ASOSIDA TA'LIMIY FAOLIYATLARNI TASHKIL ETISH

Bayzaqova Madina Ibragimovna

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 15-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11242429

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarga ta'lim berishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning ahamiyatli tomonlari ochib berilgan. Shuningdek, bu yondashuvda pedagogning o'rni va faoliyati haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim tashkiloti, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, pedagog, tarbiyalanuvchi, davlat talablari, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, integratsiya, muammoli ta'lim turi.

Аннотация. В данной статье раскрываются важные аспекты личностно-ориентированного образования в обучении детей дошкольного возраста. Также при таком подходе речь шла о роли и деятельности педагога.

Ключевые слова: организация дошкольного образования, личностно-ориентированное образование, педагог, ученик, государственные требования, государственная образовательная программа «Первый шаг», интеграция, проблемный тип образования.

Abstract. This article reveals important aspects of student-centered education in teaching preschool children. Also, with this approach, we talked about the role and activities of the teacher.

Keywords: organization of preschool education, person-centered education, teacher, student, state requirements, state educational program "First Step", integration, problem-based type of education.

Maktabgacha yoshda beriladigan ta'lim-tarbiya insonning butun umri davomida farovon va baxtli hayot kechirishi uchun mustahkam asos bo'ladi. Shu bilan birga, bu davrda ta'lim-tarbiya bolaning ijtimoiy, hissiy, kognitiv va jismoniy ehtiyojlarini rivojlantirishni maqsad qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib boradigan har bir pedagog har bir bola uchun maktabgacha ta'lim-tarbiya maqsadlarini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. Shu bois ularga bolalarda ko'nikmalarni rivojlantirish va xizmatlarini ko'rsatish uchun keng imkoniyat hamda yordam berilishi kerak.

Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoning bugungi sharoitida maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldiga Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari hamda "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi asosida bir mavzu bo'yicha bir kun ichida barcha faoliyat yo'nalishlarini birlashtirgan holda faoliyatlar rejasini ishlab chiqishdek dolzarb vazifa qo'yilgan.

Bolalar hayotining asosiy qismi maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tadi. Pedagog har kun va har soatni shunday tashkil etishi lozimki, bola yangi narsalarni kashf qilsin, ongi rivojlansin va shaxs sifatida shakllansin.

Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish faoliyatining yaxlit rivojlanish tizimini yaratish va atrof-olamni tubdan idrok etish imkonini beradigan tizimli integrasiya jarayonini ta'minlash maktabgacha ta'lim tizimidagi har bir pedagogning vazifasidir.

Shuningdek, bolalarning real shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari amalga oshiriladigan, bolalar tomonidan shaxsiy tajriba va bilimlar samarali to'planadigan ta'lim muhiti - shaxsga yo'naltirilgan yondashuv demakdir.

Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv - bu pedagog e'tiborini bolaning ajralmas shaxsiga, unda nafaqat intellektual qobiliyatlar va fuqarolik mas'uliyat hissini rivojlantirishga bo'lgan e'tiborini, balki hissiy, estetik, ijodiy moyilliklari va rivojlanish imkoniyatlariga ega bo'lgan ruhiy shaxsni rivojlantirishga qaratishdir. Ta'limda asosiy qadriyatning bunday e'tirof etilishi shaxsning o'ziga xos shakllanishidir. Pedagog har bir bolaga uning xususiyatlarini, hayotiy qadriyatlarini, intilishlarini aniqlash asosida o'zlarining rivojlanish yo'llarini tanlash huquqini berishi lozim.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya - bu:

- tarbiyalanuvchi va pedagog o'rtasidagi samimiy hamkorlik munosabatlarini;

- kun davomida amalga oshirilayotgan faoliyatdan tarbiyalanuvchi ham, pedagog ham ijobiy emosional qoniqish olishni;

- muloqot va mehnat orqali ijobiy natijalarga erishish hissini;

- o'ziga va do'stlariga yordam berish ko'nikmasi kabilarni rivojlantirish orqali namoyon bo'ladi.

Bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim faoliyatlarini tashkil etishda va boshqarishda muammoli ta'lim turining ahamiyati kattadir. Pedagog tomonidan tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid muammoli vaziyatlarni yaratish, mavzu doirasida muammoning qo'yilishiga e'tibor qaratish, shuningdek, muammoning yechimini topish kabi vaziyatlarning yaratilishi samarali vosita hisoblanadi.

Maktabgcha ta'lim tashkilotlarida mazkur ta'lim turidan har qaysi pedagog samarali foydalana oladi. Ta'limiy faoliyat jarayonida muammoli vaziyatdan qay tartibda foydalanish pedagogning yondashuviga, uning ijodkorligiga bog'liq bo'ladi.

Ta'limiy faoliyat jarayonida muammoli vaziyatdan foydalanilganida, tarbiyalanuvchida qiziqish, e'tibor berish, vaziyatni hal qilishga bo'lgan intilish namoyon bo'ladi.

Masalan, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida fevral oy mavzusi "G'aroyib dunyo" etib belgilangan. Tayyorlov guruhida 1-hafta mavzusi "Qo'shni mamlakatlar" mavzusi. Mavzudan kelib chiqqan holda tarbiyachi muammoli vaziyatlarni yaratishi mumkin. Masalan, turli mamlakatlarning rasmlarini qo'yib, tarbiyalanuvchilardan qaysi rasmdagi mamlakat bizning respublikamiz bilan qo'shni ekanligini so'rash. Tarbiyalanuvchi tomonidan javob olingach, "Nima uchun shunday deb o'ylaysan?" deb so'raladi. Tarbiyalanuvchi tomonidan berilgan javob tarbiyachi tomonidan tahlil etiladi. Tarbiyalanuvchi nima uchun bu mamlakatni tanladi? Qaysidir binosiga ko'ra, insonlar tasvirlangan bo'lsa, kiyimlariga qo'ra, balki tabiat olamiga ko'ra va h.o.

Shuningdek, qo'shni mamlakatlarga xos musiqa eshittirish orqali ham tarbiyalanuvchilar uchun muammoli vaziyat yaratish va ular tomonidan berilgan javoblar albatta tahlil etilishiga e'tibor berish lozim.

Bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim faoliyatlarini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini aniqlash mezonlarini ko'rib chiqamiz:

- tarbiyachi o'z kasb mahoratini muntazam oshirib boradi, ijodiy faoliyatini rivojlantirish darajasi ortadi;

- tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan individual ishlashga, har bir bolaga alohida yondashishga xohishi ortadi,;

- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagoglar o'rtasida monitoring qilish imkoniyati paydo bo'ladi;

- tarbiyachining bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim mashg'ulotlarini tashkil etishi va boshqarishi natijasida ma'naviy-ma'rifiy salohiyati rivojlanadi;

- o'z sohasi bo'yicha yutuqlaridan xabardor bo'lish, amaliy faoliyatni tashkil etish bo'yicha ko'nikma va malakalarga ega bo'ladi;

- tarbiyachi o'z faoliyati davomida bolaning shaxsiy sifat va qobiliyatini tarbiyalash, komil inson qilib tarbiyalashning shakl va usullarini o'rganadi;

- tarbiyachining maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagoglar va ota-onalar o'rtasida obro' va hurmati ortadi.

Xulosa. Ta'lim-tarbiyada shaxsga yo'naltirilgan yondashuv, pedagog va bola o'rtasidagi yaqin munosabatni, har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hurmat qilishni va unga do'stona e'tiborni o'z ichiga oladi.

Bunday faoliyatni amalga oshirishda barchamizga ma'lumki, nafaqat bo'lajak kasb egasi, balki, ko'p yillik ish tajribasiga ega bo'lgan pedagog uchun ham o'z malakasini uzluksiz rivojlantirish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori.

2. Takomillashtirilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. Toshkent-2022 yil.

3. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., va boshqalar. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish. Metodik qo'llanma (Birinchi nashr). Toshkent - 2020.

4. Yevstafbyeva L., Nabixanova Sh., Pak S. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya faoliyatini mavzuli rejalashtirish. Tayyorlov guruhi. "Ilk qadam" dasturiga ilova. Toshkent - 2018 yil.

5. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

6. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

7. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.