Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIM BERISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIM BERISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / samaradorlik / bolalar / pedagog tarbiyachi / ta’lim jarayonlari / O‘yin kompetensiyasi / bilish kompetensiyasi / o‘yinli mashg‘ulotlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Asralova Sh.U

Bu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar va innovatsion yondashuvlar va ta'lin samaradotligini oshirish haqida aytib o‘tilgan. Bundan tashqari ta’limda pedadog tarbiyachi, muallimlarning o‘rni samarali ta’lim tizimi tajribasi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIM BERISHDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA'LIM BERISHDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Asralova Sh.U.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar DMTT-26 diektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11257834

Annotatsiya. Bu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida olib borilayotgan o'zgarishlar, islohotlar va innovatsion yondashuvlar va ta'lin samaradotligini oshirish haqida aytib o'tilgan. Bundan tashqari ta'limda pedadog tarbiyachi, muallimlarning o'rni samarali ta'lim tizimi tajribasi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, samaradorlik, bolalar, pedagog tarbiyachi, ta'lim jarayonlari, O'yin kompetensiyasi, bilish kompetensiyasi, o 'yinli mashg'ulotlar.

Аннотация. В данной статье говорится об изменениях, реформах и инновационных подходах в системе дошкольного образования и повышении эффективности образования. Кроме того, о роли педагогов и учителей в образовании дается информация об опыте эффективной системы образования.

Ключевые слова: образовательная система, эффективность, дети, педагог, образовательный процесс, Игровая компетентность, познавательная компетентность, игровая деятельность.

Abstract. This article talks about the changes, reforms and innovative approaches in the preschool education system and improving the effectiveness of education. In addition, the role of pedagogues and teachers in education is given information about the experience of an effective educational system.

Keywords: educational system, efficiency, children, pedagogue, educational processes, Game competence, cognitive competence, game activities.

Jahon pedagogik fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ayni vaqtda ta'limning quyidagi shakllari ajratib ko'rsatiladi: individual, individual-guruhli, auditoriyadan tashqari, MTT va MTTdan tashqari. Ular pedagoglarni qamrab olishi, pedagoglar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o'qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko'ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:

> individual;

> mashg'ulotli;

> o'yinlar

Qadim zamonlarda mavjud bo'lgan oqitishning eng qadimgi shakli ta"limning individual shakli hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo'lishi bilan qavm boshlig'i turli belgilar yordamida o'zining tajribalarini yoshlarga o'rgatgan. pedagog va o'quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko'rsatish mumkin. O'qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o'rta asrlarda yagona usul bo'lgan, undan ba'zi mamlakatlarda 19 asrgacha keng foydalanilib kelingan.

Individual ta'lim bir qator afzalliklarga ega, shuning uchun bu usuli bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning usutunligi o'quv faoliyati mazmuni, metodi va

suratini to'la individualashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishidan iborat. Individual ta'lim bolaning yuqori pedagogik malakaga ega bo'lishini talab etadi. Individual o'qitishning ustunliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

> vaqtning tejamli emasligi;

> tarbiyachi pedagog ta'sirining cheklanganligi (pedagogining vazifasi pedagogga topshiriq berish va uni bajarilishini tekshirishdan iborat);

> boshqa pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi);

> jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.

Individual-guruhli shaklining mazmuni mashg'ulotlarni tarbiyachilar bir bola bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo'lgan teng yoshdagi bolalar guruhi bilan olib borishidan iborat edi. Pedagog navbat bilan har bir boladan o'tilgan materialni so'raydi, yangi savollarni tushuntiradi, mustaqil ishlash uchun individual topshiriqlar beradi, qolgan bolalar o'z ishlari bilan shug'ullanadilar. Mashg'ulotlarni bunday tashkil etishda, bolalar mashg'ulotlarga yilning turli davrlarida hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari mumkin bo'lgan. XX asr 20-yillarida maktab ishlari Ilmiy tekshirish instituti ta'limning loyihali tizimini targ'ib qila boshladi. Uni amerikalik U.Kilpatrik ishlab chiqqan. O'qitish bu tizimining mazmuni pedagog xodimlarning o'zlari loyiha ishlari mavzuni tanlab olishlaridan iborat. Hozirgi kunda MTTlarida faoliyatlar" Ilkqadam" davlat o'quv dasturi asosida olib boriladi. Bu o'rinda shuni aytish joizki, bolalar faoliyatida asosiy o'rinni o'yin tashkil etadi. Ya'ni har birtarbiyachi faoliyatlarni o'yin orqali tashkil etib, bolaga ta'lim -tarbiyaviy jarayonni tashkil etsa, bola mavzuni tez anglab oladi, hamda unda jamoa bo'lib ishlash, tengdoshlaribilan fikr almashish va ular bilan do'stona munosabatda bo'lish tuyg'ulari shakllanadi. Bu jarayonda tarbiyachining mahorati asosiy o'rin egallaydi. Chunki mashg'ulot paytida tarbiyachi bolaning nutqiga, xarakteriga, kayfiyatiga qarabbolalarga faoliyat materiallarini bo'lib berishi lozim. Bundan tashqari tarbiyachi bolalarni tabiat bilantanishtirish, tabiat bilan hamkorlikda ishlash, mehnat tarbiyasiga o'rgatish va boshqa bir qator jihatlarga e'tibor qaratishi lozim."Ilk qadam" davlat o'quv dasturida bolaning komil shaxs sifatida o'sib, kamol topishi, oila va MTTlarning hamkorlikda ish olib borilishi aytib o'tilgan. Bundan tashqari "Ilk qadam" o'quv dasturining 3-bobida bola rivojlanishida kompetensiyaviy yondashuv keltirilgan. Ya'ni kompetensiya bolaning bilim ko'nikma, malaka vaqadriyatlar majmuidir. MTTlarda bolalar quyidagi kompetensiyalar bo'yicha shakllantiriladi:

> Kommunikativ kompetensiya-muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.

> O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi. O'quv tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.

> Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'z initutish mahorati

> Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikmamalaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish ko'nikmasi.Shuning uchun hambolaning kompetensiyalarini rivojlantirish lozim.

Ya'ni tarbiyachi doim izlanuvchan tadqiqotchi bo'lishi lozim. Konfutsiy aytganidek,"Eskini o'zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo'la oladi".

Yurtimiz jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan bu davrda, uning gullab-yashnashi, rivojlanishi, farovonligi uchun o'z kasbining mohir mutaxassisi bo'lmish, yosh kadrlarimizning

o'rni muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim orasidagi ko'prikni mustahkamroq qilib qurishimiz, ta'limning sifat samaradorligiga innovatsion yo'llar orqali erishishimiz lozim. Buning uchun pedagoglardan juda katta mas'uliyat talab etiladi.

Ma'lumki, o'quv mashg'ulot jarayonida qo'llaniladigan pedagogik va informatsion texnologiyalar bir necha turlarga bo'linib, ulardan eng muhimi — kompyuter texnikasi vositalari yordamida ta'lim berishdir. SHundan kelib chiqib, elektron mashg'ulotlar, mashg'ulot ishlanmalari va elektron o'yinlar orqali ham ta'lim samaradorligini oshirish mumkin. Hozirgi kunda sinovdan o'tgan maxsus axborot vositalari: kompyuter texnikalari, audio va video vositalari qatoriga kelib qo'shilgan elektron ta'lim resurslari, virtual stendlar, animatsiyali dasturlar vositasida dars mashg'ulotlarini olib borish talabalar tomonidan dars mashg'ulotlarini o'zlashtirishlariga samarali natijalar berib borishi tayindir.

Raqamli ta'lim resurslari yordamida mashg'ulotlarni tashkil etish jarayoni, bunda bolaning olayotgan bilimlarini na faqat eshitish, balki ko'rish sezgilari orqali ham qabul qilishlari va tushunchalarning g'oya va mazmunini chuqur anglab etishlariga samarali yordam beradi. Qator mualliflar tomonidan turli elektron o'qitish vositalari yordamida mavzularning yoritilishni joriy etib borilayotganligi, bunda bolalarning bilim saviyalarining oshib borayotganligini bevosita ishonch hosil qilish mumkinki, bu usullarning yanada takomillashtirilishi, yuqori pog'onaga olib chiqish kabi zaruratlar oldindan ko'rib, shu yo'sinda ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish har bir rahbar hamda pedagogning dolzab vazifasi bo'lishi talab etiladi.

REFERENCES

1. V.Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi T:2018.1-81-b;

2. F.Qodirova, SH.Toshpo'latova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika".-T.,"Ma'naviyat".3.Sh.

3. A.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika" "Tafakkur sarchashmalari" T:.2013

4. N.M.Qayumova" Maktabgacha pedagogika""TDPU"nashriyotiT:.2013

5. Usmonov M. Interaktiv elektron o'quv kurslar — o'qitish faoliyatining yangi vositasi sifatida. //"Xalq ta'limi" jurnali, 2013, 5-son.

6. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages: 336-340. 4-bet

7. Valiyeva F.R. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi didaktik jarayonlarda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati //Bosma// Multi disciplinary research studies and education, Kuala Lumpur, Malasiya 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.