MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA ALOHIDA TA'LIMGA EHTIYOJI BO'LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISHLAR
Xasanboeva Gulbahor Nasrullaevna
MTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11288654
Annotatsiya: Ushbu maqolada alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiyasi va korreksion ishlarda qo'llaniladiga usul va metodlar berib o'tilgan.
Kalit so'zlar: korreksiya, dizartriya, reabilitatsiya,adabtatsiya, kompensatsiya, anatomik -fiziologik, mexanizm, artikulyatsion apparat.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari maktabgacha ta'lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy rolni o'ynaydi, shuning uchun ularga ko'nikmalarini rivojlantirish va o'z xizmatlarini taqdim qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlarini, ya'ni nutq faoliyatining tuzilishi va ishlashi jihatidan tashkil etilishini bilish, birinchidan, nutqning murakkab mexanizmini normada tasavvur qilish, ikkinchidan, nutq buzilishi tahliliga differensial yondoshish, uchinchidan, tuzatuvchi ta'sir yo'llarini to'g'ri belgilashga imkon beradi.Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a'zolar tizimi orqali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o'ynaydi. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich bo'g'ini sifatida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.So'nggi yillarda maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, jismoniy yoki rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixitisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun bir qancha qonun va qarorlar, farmoyishlar qabul qilingan. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash- sog'lomlashtirish faoliyatini olib boruvchi tashkilot hisoblanadi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'lim tarbiya tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi:
> Maktabgacha ta'lim ga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixitisoslashtirilgan Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim tarbiya va sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim tarbiya olishlarini va korreksion -pedagogik ishni ta'minlash;
> Korreksion ta'lim tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, individual tarzda tashkil
etish;
> Bolaning ijtimoiy hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur
korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim - tarbiya muhitini yaratish;
> Bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion-pedagogik ishni tashkillashtirish;
> Bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta'lim tarbiya sifatli tayyorlash.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsoni bo'lgan 3-7 yoshdagi bolalarning quyidagi toifalari qabul qilinadi:
> Nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar;
> Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar;
> Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar;
> Ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar;
> Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar;
> Tayanch harakatlanish a'zolarida nuqsonlari bo'lgan bolalar.
Bugungi kunda maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotlarida alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish nutq buzilishlariga ega bo'lgan bolalar ta'lim tarbiya olmoqdalar.
Alaliya - bosh miya qobig'idagi nutq zonalarining bolaning ona qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organ shikastlanishi natijasida nutqning yo'q bo'lishi yoki rivojlanmay qolishi.
Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog'liq holda nutqning to'liq yoki qisman yo'qolishi.
Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog'liq holdagi buzilishdir.
Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur'at-ohangning buzilishidir.
Dizartriya - nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir.
Bugungi kunda dizartriya nutq nuqsonini aniqlashdagi logopedik nazariyalar va amaliyoti dizartriya nutq nuqsonlarning yengil turlarini ochib bera oladi. Uni ta'riflash uchun turli atamalar qo'llaniladi, yengil, organik yoki murakkab dislaliya.
Shu tariqa dizartriyaning yengil darajasida nafaqat tovushdagi nuqson, balki tovushni ifodalash va uning vositalarini o'z ichiga olgan barcha komponentlarining o'zaro hamkorlikda taqdim etiladigan nutqning fonetik jihatdan ham tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi dizartriyaning yengil darajasiga ega bo'lgan bolalarda fonetik-fonematik nutq kamchiliklari kuzatiladi. Bunda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar, fonematik eshituv, fonematik idrokdagi, tovushlarni analiz- sintez qilishdagi kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriyaning asosiy belgilari bular nutqiy artikulyatsiya motorikasi va nutqiy nafas bilan bog'liq bulgan tovushlar talaffuzi va ovoz nuqsonlaridir. Dizartriyada dislaliyadan farqli ravishda ham unli, ham undosh tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Dizartriya nutq kamchiligida buzilishlarning turlariga ko'ra barcha nuqsonlar quyidagilarga bo'linadi:
a) tovushni buzib talaffuz kilish;
b) tovushni nutqda yo'qligi, tovushni boshqa tovush bilan almashtirish, differensiallanmagan talaffuz.
Fonologik nuqsonlarda tovushlarni akustik va artikulyatsion xarakteristikasini noaniqligi kuzatiladi. Shuning uchun ko'p hollarda yozma nutqda ham kamchiliklar kuzatiladi. Maktabgacha yoshdagi dizartriya nutq nuqsonining yengil darajasiga ega bo'lgan bolalarda fonetiko-fonematik nutq kamchiliklari respublikamizda o'rganilmaganligi, mazkur mavzu bo'yicha o'zbek tilida
adabiyotlarning yetarli bo'lmasligi ayni vaqtda ta'limni muammoga muayyan e'tiborning kuchaytirilishiga sabab bo'lmoqda.
Mashg'ulotlar jadvali 5 kunlik ish kuniga mo'ljallab tuzilib, defektolog va tarbiyachilar tomonidan nutq o'stirish, tevarak atrof bilan tanishtirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirish, matematika, to'g'ri talaffuzga o'rgatish, tasviriy faoliyat bilan tanishtirish, qurish-yasash, mehnat, jismoniy tarbiya, o'yin mashg'ulotlari olib boriladi. Shuni unutmaslik kerakki, maqsadga erishish uchun muayyan korreksion ta'lim tarbiya ishlarga kompleks yondoshilib, ya'ni davolash tadbirlarini pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog'lab olib borish kerak.
Ishning asosiy yo'nalishlari:
1. Somatik holatni kuchaytirish.
2. Umumiy, mayda, artikulyatsion, mimik motorikalarni rivojlantirish.
3. Tovushlarni to'g'ri talaffuzini shakllantirish.
4. Nutqning leksik va grammatik va bog'langan nutq ustida ishlash.
5. Nutqning ovoz madaniyati ustida ishlash (fonemik eshitish va idrokni rivojlantirish).
Yakka mashg'ulotlarning asosiy maqsadi:
Nutqda tovushlar talaffuzining buzilishlari, dislaliya, dizartiya va boshqalarga xos bo'lgan artikulyatsion mashqlar to'plamini tanlash va undan foydalanish yakka mashg'ulotlarda logoped tomonidan bola bilan hissiy aloqani o'rnatish, ovozli nutqning sifatini nazorat qilishni faollashtirish, nutq nuqsonini tuzatish, nevrotik reaksiyalarni yumshatish. Bu mashg'ulotlarda nutqida nuqsoni bo'lgan bola o'rganilayotgan har bir tovushning to'g'ri artikulyatsiyasini o'zlashtirishi va osonlashtiriladigan fonetik sharoitlarda mustahkamlashi kerak: ajratilgan holda, to'g'ri va teskari bo'g'inlarda, tuzilishi qiyin bo'lmagan bo'g'inli so'zlarda. Shunday qilib, bola kichik guruh mashg'ulotlarning mazmunini o'zlashtirishga tayyor bo'ladi.
Guruhli mashg'ulotlarning asosiy maqsadi:
Jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini tarbiyalash, mashg'ulotlarda bolalar o'z tengdoshlarining nutqiy jumlalarining sifatini yetarlicha baholashni o'rganishlari kerak. Guruhli mashg'ulotlar ochiq tizim bo'lib, bunda logoped ihtiyori bilan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda maktabgacha yoshdagi bolalarning yutuqlari dinamikasiga bog'liq.
Dasturni shakllantirish tamoyillari va yondashishlari
Bolalar bilan ishlashning asosiy shakli o'yin faoliyatidir. Barcha tuzatish va rivojlantirish ishlari yakka, kichik guruhli, guruhli integratsiyalashgan mashg'ulotlar, ish dasturiga muvofiq, o'yinli, turli hil o'yinlarga boy va o'yin mashqlarini rivojlantiradi va hech qanday holatda maktab ta'limini takrorlamaydi.
Logopedning ish dasturida belgilangan tuzatish, rivojlantirish va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishi, pedagogik va tibbiyot mutaxassislari va bolalarning ota-onalari bilan hamkorlikdagi kompleks birlashtirish orqali ta'minlanadi. Integratsiya tamoyilining amalga oshirilishi bolalarning nutqiy rivojlanishining yuqori sur'atlari va rivojlanishiga, har bir bolaning ijodiy imkoniyatlarini yanada to'liqroq ochib berishga yordam beradi. Tabiatan bolalarga xos bo'lgan qobiliyatni logoped, tibbiyot xodimi, musiqa o'qituvchisi, psixolog, jismoniy tarbiya o'qituvchisi, tarbiyachilar va maktabgacha yoshdagi ota-onalarning birgalikdagi ishini ta'minlaydi.
Dastur bo'yicha nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarda korreksion - logopedik ishlarni muvaffaqiyatli olib borishda quyidagilarni hisoblash mumkin:
- bola og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalaridan yetarlicha foydalanadi: ona (rus) tilining barcha tovushlarini lingvistik normaga muvofiq, to'g'ri talaffuz eta oladi, nutq davomida to'g'ri nafas olishni, nutq ritmini va intonatsiyani amalga oshira oladi;
- bola tarbiyaviy faoliyatning universal shartlarini - qoidaga va modelga muvofiq ishlash qobiliyatini, kattalarni tinglash va uning ko'rsatmalariga amal qilish qobiliyatini: unli va undosh tovushlarni, jarangli va jarangsiz undoshlarni farqlay bilish qobiliyatiga ega; so'z; berilgan tovushning so'zdagi holati; berilgan tovushlar bo'yicha so'zlar bilan to'ldiriladi va 3-4 tovushlar, bo'g'inlar, so'zlarning zanjirlarini to'g'ri takrorlaydi, mustaqil ravishda har hil bo'g'inli tuzilmalar so'zlarining tovushlar analiz - sintezini amalga oshiradi;
- bola aloqa vositalariga va o'zaro ta'sir qilish usullariga ega, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga qarab muloqot tarzini o'zgartira oladi: nutqning turli qismlari, so'zlar ma'nosining o'ziga xos xususiyatlarini, so'z va iboralarning ko'chma ma'nosi bilan bog'liq yangi so'zlarni o'rganadi. Yangi so'zlarni shakllantiradi, so'zlarni ko'plik, birlik, zamonda (hozirgi zamon, o'tgan zamon, kelasi zamon) nutqda qo'llaydi. Jumlalardagi kamchiliklarni tuzatadi. Bola mustaqil ravishda rasmdan, rasmlar seriyasidan hikoyalar tuzadi, kengaytirilgan jumladan foydalanib matnlarni takrorlaydi;
- nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning ota-onalari, tarbiyachi va logoped murakkab mashg'ulot jarayonida o'zaro munosabatda bo'lishadi, natijada bu bola o'zi, oila, jamiyat, davlat, dunyo va tabiat to'g'risida boshlang'ich g'oyalarni shakllantiradi: yosh imkoniyatlariga muvofiq lug'at takomillashtiriladi va umumlashtiriladi, nutqning grammatik tuzilishi shakllantiriladi, leksik mavzular maktabgacha ta'lim tashkilotining o'quv dasturiga muvofiq yetarlicha rivojlantiriladi.
REFERENCES
1. Nurkeldiyeva D.A., Chicherina Ya.Ye. Ilk, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni psixologik, pedagogik va logopediya tekshirish. T.: Yangi asr avlodi, 2007.
2. Psixologo-pedagogicheskaya diagnostika. Pod redaksiyey I.Yu.Levchenko i S.D.Zabramnoy. M., ACADEMA, 2005.
3. Ayupova M.Yu. Logopediya. T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007.
4. Kalmuratov T.N. Management of the Quality of Education in Non-government pre-school educational organizations on the Basis of public-private Partnership. Science And Education In Karakalpakstan 4/1-SON Nukus 2021 y ISSN 2181-9203. Bet 141-146. 5-bet
5. Valiyeva F.R The importance of educational content in preparation of competative personnels// 2nd International Conference BRIDGE TO SCIENCE: RESEARCH WORKS San Francisco, USA February 28, 2018