ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN
KORREKSION ISHLAR Sh.Sh. Fayzullayeva
Ozbekiston, Toshkent shahar Chilonzor tumani 322-KTIMTT defektologi https://doi.org/10.5281/zenodo.11278350
Annotatsiya. Maqolada eshitishda nuqsoni bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tashxisiga qarab ajratish, eshitish nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan ishlash, eshitmaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha asosiy ish yo'nalishlari, eshitish qobiliyati cheklangan bolalarda nutqning barcha tarkibiy qismlarining rivojlanmaganligi bilan ajralib turishi, shuningdek, mantiqiy fikrlashni shakllantirishda o'ziga xos qiyinchiliklar mavjudligi haqida yoritib berilgan.
Kalit so^zlar: eshitishda nuqsoni bo'lgan, zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo'lib qolganlar, tashxisga qarab ajratish, eshituv analizatori, asosiy ish yo'nalishlari, mantiqiy fikrlash, korreksion ishlar, ta'limiy faoliyatlar, o'quv dastur, tovushlar talaffuzi.
Аннотация. В данной статье освещается выделение дошкольников с нарушениями слуха в зависимости от их диагноза, работа с детьми с нарушениями слуха, нуждающимися в особом уходе, основные направления работы по развитию речи глухих дошкольников, особенности развития всех компонентов речи у детей с нарушениями слуха, а также наличие специфических трудностей в формировании логического мышления.
Ключевые слова: дети с нарушениями слуха, слабослышащие, поздние глухие, дифференциация в зависимости от диагноза, слухового анализатора, основных направлений работы, логического мышления, коррекционной работы, учебной деятельности, учебной программы, произношения звуков.
Abstract. In this article highlights the identification of preschoolers with hearing impairments depending on their diagnosis, work with hearing impaired children in need of special care, the main areas of work on the development of speech of deafpreschoolers, the peculiarities of the development of all components of speech in children with hearing impairments, as well as the presence of specific difficulties in the formation of logical thinking.
Keywords: children with hearing impairments, hard of hearing, late deafness, differentiation depending on the diagnosis, auditory analyzer, main areas of work, logical thinking, correctional work, educational activities, curriculum, pronunciation of sounds.
Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog'langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan talaffuzga bog'liq. Bola nutqining o'sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi — o'z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so'zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So'z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
Eshitish nuqsonlariga ega bo'lgan bolalar aloxida yordamga muxtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o'zlashtirishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Karlik - eshitishning mutlaqo yo'qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki pasayishining shunday shakliki, unda og'zaki nutq faqat qisman, eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi.
Zaif eshitish - har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi, unda nutqni idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz kuchaytirilganda uni idrok etish mumkin bo'ladi.
Kech kar bo'lganlar - nutqni egallaganidan keyin, ya'ni 2-3 yoshda qandaydir kasallik yoki jarohat oqibatida eshitish qobiliyatini yo'qotgan bolalar. Bunday bolalarda eshitish qobiliyatining yo'qotilishi turlicha: total, yoki karlika yaqin, yoki zaif eshitadigan bolalarda kuzatiladiganiga yaqin bo'ladi. Bolalarda ko'plab tovushlarni eshitmagani yoki buzuq holda eshitgani, ularga nima deyishganini tushunmaganligiga og'ir psixik reaksiya paydo bo'lishi mumkin. Ba'zan bu bolaning har qanday muloqotdan to'liq bosh tortishiga, xatto psixik (Ruhiy) kasallikka olib keladi. Muammo bolani og'zaki nutqni qabul qilish va tushunishga o'rgatishdan iborat. Agar bolada yetarli qoldiqli eshitish bo'lsa, bunga eshitish apparati (qurilmasi) yordamida erishiladi. Qoldiqli eshitish kam bo'lsa, nutqni eshitish papparati va so'zlovchining «labidan» o'qish yordamida qabul qilish majburiy bo'ladi. Total (butunlay) kar bolalarda daktilologiya, yozma nutq, va ehtimol karlarning imo-ishora nutqidan foydalanish lozim bo'ladi. Keyin kar bo'lgan bolani o'qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar jamlanganda, uning nutqi, bili shva irodaviy jarayonlari rivojlanishi normal bolanikiga yaqinlashadi. Biroq emotsional soha, shaxsiy sifatlar va shaxslararo munosabatlar shakllanishidagi o'ziga xoslik juda kam hollarda bartaraf qilinadi. Eshitishning buzilishi sabablarini ta'riflashga turlicha qarashlar mavjud. Ko'pincha eshitish patologiyasini keltirib chiqaradigan sabab va omillarning 3-guruhi farqlanadi (D.I.Tarasov va boshq.) Sabab va omillarning 1-guruhi nasliy xarakterga ega. Bu kabi sabablar eshitish analizatori strukturasida buzilishlarga va nasliy karlikning rivojlanishiga olib keladi.
Bolalarda karlikning nasliy omillari hissasiga barcha holatlarning 30% dan 50% igacha to'g'ri keladi. Nasliy karlik yoki zaif eshitish organizmdagi boshqa a'zolar va tizimlardagi anomaliyalar (ko'rish a'zolarining kasallanishi, suyak-mushak, asab tizimi, endokrin tizim patologiyasi va sh.k.) bilan birga kechishi mumkin.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me'yorda rivojlangan, sog'lom tengqurlari qatorida o'z ona tilida bemalol, erkin, samarali va barcha uchun (nafaqat o'zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini ta'minlash mumkinligi amalda o'z isbotini topmoqda.
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan o'qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi, maktabgacha tarbiya muassasi va maktab dasturlarining o'zlashtirishda bir qator o'ziga xos qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so'ng, masalan ikki yoshida yo'qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi. Biroq nuqsonning o'rnini to'ldirib, boshqaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korreksion sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning ham nutqiy rivojlanishini, ham umumiy, aqliy rivojlanishini ta'minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotidagi tarbiyachi va surdopedagoglar bunday bolalarning tegishli ta'lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.
Eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar, tug'ma hamda kech kar bo'lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar o'z navbatida eshitish qobiliyatining nechog'liq buzilganiga qarab yengil, o'rta va og'ir darajali kamchiligi bor bolalarga bo'linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar
ovoz bilan gapirilgan nutqni 1 metr masofadan qabul qiladi, shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan eshitadi. O'rta darajadagi qulog'i og'ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 0,5 metr masofadan eshitadi. Og'ir darajali zaif eshituvchi bola gapirilgan gapni quloq suprasi oldida eshitadi.
Eshitish nuqsoni natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: lug'atining kambag'al bo'lishi, grammatik komponent rivojlanmagan — gap ichida so'zlarni tashlab ketish, so'zlarni noto'g'ri ishlatish, ularni o'zaro bog'lay olmaslik, kelishik, so'z yasovchi, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni ishlata olmaslik; tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilish — o'xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bugungi kunda eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar katta yutuqlarga erishmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, kompensatsiyalash mumkin. Tarbiyachi va o'qituvchilarning asosiy vazifasi — sog'lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga alohida yondashish, zarur bo'lsa, ularning "maxsus muassasalarda ta'lim-tarbiya olishini yoki integratsiyalashgan ta'limga jalb etilishini ta'minlashdan iborat.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotilarda o'z fikrini og'zaki ifodalay olmasligini his etgan bollalar bilan yakka korreksion ishlar olib borilishi kerak. Kar va zaif eshituvchi bolalarda so'zlashuv (og'zaki) nutqni shakllantirish yuzasidan mashg'ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida surdopedagog va bola faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini ta'minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirishga) ehtiyojni tug'diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar ta'limiy faoliyatlar bo'yicha o'quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bo'ladi, ya'ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
So'zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya'ni maktabda egallangan nutqiy ko'nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda mustahkamlanishi va bolalar amalda (erkin, qo'rqmasdan, uyalmasdan) qo'llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a'zolari ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning keyingi bosqich ta'lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma'lum miqdorda bo'ladi) qoldig'idan optimal ravishda foydalanishga bog'liq bo'lganligi tufayli Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotilarda ta'limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Guruhlar maxsus jihozlanadi,ya'ni davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotilarini moddiy texnika negizining yo'nalishga mos shakllanishi ta'lim mazmunining samaradorligini oshiradi.
Kar va zaif eshituvchi bola o'z ona tilini shu til qonuniyatlari, xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning Ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda kuzatiladigan kamchiliklar aqliy rivojlanishi me'yordagi kabilar bilan bir hil bo'ladi nutqni sekin o'zlashtirishadi diqqatining mahsuldorligi pastroq bo'ladi chizmalari qashshoq yoki detallar tushib qoladi, predmetning obrazli yoki real funksional maqsadlarini joylashuvini chalkashtirib yuboradilar, bir-biriga o'xshash buyumlarni eslab qolib, ularni taqqoslashda qiynaladilar, ularga butun emas, balki qismlarga bo'lib keltirilgan
ob'ektlarni ancha yomon eslab qoladilar. Butun shaklni bevosita idrok etmasdan turib, shakl obrazini xayoliy jihatdan qayta yaratish qiyin bo'ladi.Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar, avvalo, bevosita predmet munosabatiga ega bo'lgan otlarni o'rganadilar. Fe'l va sifatlarni qiynroq eslab qoladilar. Kar bolalar uchun ma'lum bir grammatik shaklda so'zni aniq eslab qolish juda qiyin. Og'zaki va mantiqiy tafakkurning shakllanishida kar bola eshitadigan tengdoshidan keskin orqada qoladi va bu bilish faoliyatida umumiy qoloqlikni taqozo etadi. Kar bolalar voqealar, hodisalar va odamlarning amallari o'rtasidagi mantiqiy bog'lanishlar va munosabatlarni o'zlashtirishda qiynaladilar. Bolalar har qanday voqea yoki hodisalarning yashirin sabablarini aniqlashni bilmaydilar. Ular ko'pincha harakatni maqsad bilan, oldingi hodisalarni voqelik bilan aralashtirib yuboradilar, sabab-oqibat va makon-zamon munosabatlarini aniqlay olmaydilar.Eshitish qobiliyati cheklangan bolalardagi asosiy vazifalaridan biri bu- nutq va mantiqiy fikirlashni rivojlantirishdir. Eshitmaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha uchta asosiy ish yo'nalishi mavjud
• til qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirish;
• nutq faoliyatini rivojlantirish tilning asosiy xarakatchanlik qonuniyatlarini o'zlashtirishga tayyorgarlik qilish;
• til mashqlarini bajarish;
• eshitish qobiliyati cheklangan bolalar.
Hozirgi vaqtda eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotilarda murakkab nogiron bolalarga yordamni tashkil qilishning bir necha shakllari mavjud: Maxsus guruhlarni tashkil etish. Kar va eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun odatiy guruhda o'rganish qiyin bo'lgan bolalarning kichik guruhini aniqlash. Murakkab nogiron bolani kar yoki eshitish qobiliyati past bolalar uchun odatiy guruhda o'qitish. Eshitishning buzilishi to'liq (kar bolalar) va to'liq bo'lmagan (eshitish qobiliyati cheklangan bolalar) eshitish qobiliyatining yo'qolishida namoyon bo'ladi. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar nutqning barcha tarkibiy qismlarining rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi, shuningdek, mantiqiy fikrlashni shakllantirishda o'ziga xos qiyinchiliklar mavjud. Shuning uchun, eshitish qobiliyati cheklangan bolalarni tarbiyalash va o'qitish nafaqat eshitish qobiliyatining buzilishi darajasiga qarab, balki bolada nutqning mavjudligini yoki yo'qligini hisobga olgan holda ham farqlanadi.
REFERENCES
1. Ayupova M.Yu. Logopediya. Darslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007.
2. Mamarajabova Z. N. "Maxsus pedagogika" (Surdopedagogika) o'quv qo'llanma. Toshkent-2017 yil.
3. Qodirova F. "Imkoniyati cheklangan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ijtimoiy hayotga tayyorlash". Toshkent - 2019 y
4. Valiyeva Feruza Rashidovna, Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna, Zakirov Alisher Akbarovich SCOPUS. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Bosma //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.