ESHITISHIMKONIYATI CHEKLANGAN OQUVCHILARGA ASTRONOMIYA FANINI OQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
O'giloy Kamardin qizi Sunnatova
Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti
Ushbu maqola eshitish imkoniyati cheklangan o'quvchilarga astronomiya fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish haqida bolib,bunda ularning jismoniy, fiziologik holatlari, imkoniyatlari inobatga olingan holda yondashiladi.
Kalit so'zlar: zaif eshituvchi,innovatsion texnologiya, daktil tili, taktil -vibratsion sezgi, o'yin, metod.
Talim tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish,talim sifatini oshirish,inklyuziv talimni rivojlantirish,maxsus talim tizimida katta ahamiyatga ega.Bu borada Ozbekiston Respublikasi Prezdentining 2020 yil 13- oktyabr "Alohida talim ehtiyojlari bolgan bolalarga talim -tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to,g'risida"gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Eshitish imkoniyati cheklangan bolalarga DTS asosida talim -tarbiya berish,nuqsonlarni korrektsiyalash,jamiyatga moslashuviga ko'maklashish surdopedagoglarning maqsadli vazifasidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Eshitish imkoniyati cheklangan o'quvchilar bilan talim -tarbiya jarayonini tashkil etish birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.Bunga sabab ularning psixologik, fiziologik imkoniyatlarining
ANNOTATSIYA
Insoniyat ertami,kechmi karlikni ham, ko^zi ojizlikni ham,aqli zaiflikni hamyengadi. Lekin u ular ustidan tibbiy va biologik jihatdan ertaroq, ijtimoiy vapedagogikjihatdan g'alaba qilishi muqarrar.
L. S. Vigotskiy
KIRISH
chegaralanganligidir. Eshitish qobiliyati ning yo'qolishi bolani
March, 2022
muhim malumot manbasidan ayirib, uning aqliy va ruhiy rivojlanishiga ham salbiy tasir ko'rsatadi. Eshitish imkoniyati cheklangan bolalar ning quyidagi toifalari mavjud:
1. Kar bolalar - eshitishning mutlaqo yo'qolishi.
2. Zaif eshituvchi bolalar - eshitish qobiliyatining qisman pasayishi.Bunday bolalar ham oz navbatda tug'ma va orttirilgan kar yoki zaif eshituvchi bolalar guruhlariga bolinadi.
Sog'lom bola atrof muhit to'g'risidagi malumotning asosiy qismini eshitish sezgisi va idroki orqali qabul qiladi. Kar bolalarda esa bunday imkoniyat yo'q, yoki chegaralangan. Bu bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Bolada eshitish imkoniyatining yo'qolishi ko'rish sezgisining kuchayishiga ehtiyoj tug'diradi. Bolaning nutqi predmet va hodisalarni ko'rib anglash orqali rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda harakat, taktil- tebranish, hid va tam bilish sezgilari ham atrof muhit to'g'risidagi bilimlarning shakllanishiga muhim o'rin tutadi.
T.V. Rozanova tadqiqotlarining ko'rsatishicha kar bolalarda xotira ham o'ziga xos xususiyat kasb etadi. Eshitish qobiliyatini yo'qotgan bolada sog'lom tengdoshiga nisbatan esga olinishi lozim bolgan predmet yoki hodisaning aniqligi, ravshanligi yo'qoladi, aloxida detallarining muhitda joylashuvi, hajmi to'g'risidagi tasavvurlar sayoz bo'lib, tanish predmetlarga qiyoslash orqali topish qiyinchilik tug'diradi. Bola tasavvuri bir muncha torayadi, Bunday bolalarda nutqiy mterial soX jumla va matnlarni esga olib qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish jarayoni qiyin kechadi. So'z mantiq xotiraning sustlashuvchi bola nutqiy rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq.Eshitish imkoniyati cheklangan bolalarning yana bir o'ziga xos jihati ularda nutq va abstrakt tafakkur shakllanishining sustlashuvidir. Bularning barchasi oz navbatida eshitish imkoniyati cheklangan bolalarga talim -tarbiya jarayonini o'ziga xos usulda tashkil etish ehtiyojini tug'diradi.Eshitish imkoniyati cheklangan o'quvchilarga astronomiya fanini o'qitishda ularda bilim,konikma,malakani shakllantirish bu murakkab jarayon bolib,surdopedagogdan chuqur bilim, ijodkorlik,kreativlikni talab qiladi. Eshitishda nuqsoni bolgan bolalarda eshitishning pastligi yoki yo'qligi ikkilamchi muammo nutqning shakllanmasligiga olib keladi .
Fizik hodisalarni tushuntirishda tasavvurning keng emasligi jarayonlarni idrok etishga to'sqinlik qiladi.Masalan,tovush,shovqin,ishqalanish tabiat hodisalari, atmosfera bosimi, koinot haqida va astronomiyaning boshqa bolimlaridagi bilimlarni idrok etishida qiyinchiliklarga duch
kelishadi.Harqanday anglash jarayoni idrok etish va sezishdan
March, 2022
boshlanadi. Eshitish imkoniyati cheklangan o'quvchilar ta'lim-tarbiyasida ularda ko'ruv,taktil-vibratsion va kinestetik nazoratni shakllantirish muhimdir.Inson ko'rish orqali 30 % ma'lumotlarni qabul qiladi.Ular ma'lumotlarni shu sezgilari orqali idrok etishadi.Surdopedagog esa bu idrokni, bilim,amaliyot va natija orqali shakllantirib,o'quvchi ongida mustahkamlaydi.
Astronomiya darslarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish juda muhimdir,chunki o'quvchi har bir jarayonni,kattalikni va hodisani ko'rish,sezish orqaligina idrok etadi.Bunda AKT vositalari, videodarslar, ko'rgazmali qurollar,laboratoriya jihozlari,lug'at so'zlar kerak bo'ladi. Eshitish imkoniyati cheklangan bolalarda so'z boyligi kam bo'lib, har bir darsda lug'at so'zlardan foydalanish zarur.Lug'at so'zlar surdopedagog tomonidan daktil tilida ko'rsatilib beriladi yoki o'quvchilarga tushunarli bo'lishi maqsadida so'zning jesti ko'rsatiladi.Bunda har bir mavzuga oid atamalar,kattalik nomlari,fizik hodisalar, formulalarni ifodalashda va yangi mavzuni bayon qilishda daktil va imo -ishora jestidan, labdan talaffuz orqali tushuntirishdan foydalaniladi. Eshitish imkoniyati cheklangan bolalarga astronomiyani o'qitishda har bir mavzuga tayyorgarlik ko'rish,samarali metodlarni qo'llashgina natija beradi.Quyida bir nechta metodlarni ko'rib chiqamiz.
,,Klaster"metodi. Bu metod yordamida mavzuning tayanch tushunchasi qolgan qismlariga o'zaro uzviy aloqadorlikda o'rgatiladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar bu metod yordamida,tushunchalarni aloqadorlikda tushunadilar va fikrlarini bir tizimga keltira oladilar.Masalan ,,Mexanik harakat",,Energiya ,,Kuch" ,,Ishqalanish" mavzularini o'rganishlarida qo'llash mumkin.Tayanch so'z yoziladi,o'quvchilar uni tarmoqlarga ajratgan holda, turlarini yozadilar ,farqlaydilar va misollar aytadilar. ,,Atom molekula". Bu harakatli o'yin bo'lib o'quvchilar faolligini oshishiga va mavzuni mustahkamlashga yordam beradi.O'quvchilarda qattiq jism,suyuqlik va gazmolekulalarining tuzilishi harakati haqida aniq tasavvurga ega bo'ladilar.Afzallik tomonlaridan yana bir jihati shundaki,sinfdagi barcha o'quvchilar qatnashadilar.Bu o'yindan ,,Modda tuzilishi,molekula va uning o'lchamlari", ,,Elektrzaryadi",,,Magnit qutblari"mavzularini o'rgatishda ham foydalanish mumkin.
Darsning kirish qismida"Aqliyhujum"metodidan foydalanish o'quvchilar diqqati jalb qilishga yordam beradi.Bunda o'quvchilarga mantiqiy savollar beriladi.Tabiat hodisalari,turmush va texnikadagi fizik jarayonlar ilmiy asoslab beriladi.Fan, texnika,ekologiya,iqtisod va boshqa fanlarning o'zaro integratsiyasi tushuntirib beriladi.
March, 2022
"BBB" metodi-yordamida o'quvchilar mavzu yuzasidan o'z bilimlarini baho lashda va yozma shaklda fikrlarini bayon etishda qo'llash samarali bo'lib,bu metod orqali o'quvchilar yozma savodxonligiga e'tibor qaratiladi,mustaqil fikrlarni bayon qilish ko'nikmasi shakllanadi va bir vaqtning o'zida o'qituvchi o'quvchilar bilim darajasini ham aniqlab oladi.,,Elektr toki", ,,Magnit maydon",,Yorug'likning tarqalish qonunlari" va boshqa bo'limlar yakunida qo'llash mumkin.Bu bo'limlar keng,murakkab va qiziqarli bo'lgani sababli o'quvchilarda savollar tug'iladi. "Anogramma"o'yinini ko'rgazmali qurollar yordamida tashkil etish mumkin. Bunda o'quvchilarga bo'limga tegishli bo'lmagan atama yoki kattalikni topish vazifasi qo'yiladi.Bu o'quvchilarni mavzuni o'zlashtirganlik darajasi,sezgirligi baholanadi.Istalgan bob yakunida qo'llash yaxshi natija beradi .
Fizik diktant olish orqali esa o'quvchilarni labdan o'qish ko'nikmasi shaklantiriladi. Eshitish imkoniyati cheklangan o'quvchilarga interfaol metodlarni qo'llash bilan birga albatta videodarslarni ham,har bir mavzu yuzasidan shakllantirish kerak.Video darslar darsning yangi mavzu bayoni qismida ko'rsatiladi,qisqa vaqtichida o'quvchilar ko'proq ma'lumotlarga ega bo'ladilar.Bu video darslar surdopedagog tomonidan imo ishora jesti va daktil tili yordamida tayyorlab kelinadi.Har bir mavzuni o'qitishda o'qituvchi AKT vositalari,lug'at so'zlar,ko'rgazmali vositalar va innovatsion metodlardan samarali foydalanishi bu o'qituvchining kreativ fikrlashiga bog'liqdir .
XULOSA
Eshitish imkoniyati cheklangan bolalar imkoniyatlardan xoli emas.Har bir o'quvchiga individual yondashish,yoshxususiyatlari,psixologik -fiziologik xususiyatlarini inobatgaolgan holda ta'lim -tarbiya jarayonini samarali tashkil etish mumkin.Buning uchun albatta zamon talabiga mosravishda ta'lim berish,innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhimdir.Ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi eshitish imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatga moslashuviga ko'maklashish va komil insonni shakllantirishdir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezdentining 2020 yil 13- oktyabr "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim -tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son qarori.
2. Боскис Р. М. Учителю о детях с нарушениями слуха. - М.: Просвещение, 1987.
March, 2022
359
3. Венгер А. А. Обучение глухих дошкольников изобразительной деятельности. - М.: Просвещение, 1972.
4. Вопросы воспитания и обучения аномальных детей дошкольного возраста: Сб. науч. тр./Под ред. Л. П. Носковой. - М.: Изд-во АПН СССР, 1980.
5. A. M. Karimov, Sh. O. Toshpulatova. Astronomiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
March, 2022