Научная статья на тему 'ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING O'QUV FAOLIYATIGA MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH'

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING O'QUV FAOLIYATIGA MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1255
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MOTIVATSIYA / AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (AKT) / ELEKTRON DASTUR / MULTIMEDIYA VOSITALARI KORREKSION-RIVOJLANTIRISH JARAYONI / IJTIMOIY MOSLASHUV / INTEGRATSIYA / MAXSUS TA'LIM / O'QITUVCHI-DEFEKTOLOG

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Pulatova D.A.

Maqolada o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari bayon etilgan bo‘lib, zaif eshituvchi va kar bolalar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda- o'rganish motivatsiyasini oshirish, o'quv jarayonining samaradorligini oshirish, bolalarning kognitiv sohasini faollashtirishga ko'maklashishda foydalanilanilish imkoniyatlari aytilgan. Shu bilan birga IT sohasida faoliyat olib borayotgan o‘zbek mutaxassislari tomonidan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini, ijtimoiy-hissiy va bilish sohalarini rivojlantirish uchun mukammal elektron dasturlar, mobil ilovalar yaratilishi surdopedagoglarning ishini osonlashtirishi, bunday dastur va ilovalar orqali ota-onalar farzandlari bilan shug‘ullanishlari, pedagog bergan topshiriqlarini qiyinchiliksiz bajarishlari uchun motivatsiya yaratib berishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGY IN ENHANCING MOTIVATION OF HEARING IMPAIRED CHILDREN TO EDUCATIONAL ACTIVITIES

The article describes the advantages of the usage of Information Technology in teaching, and describes the opportunities that information and communication technologies are used in working with vulnerable hearing and deaf children for the following purposes-to increase the motivation of learning, to increase the effectiveness of the educational process, to facilitate the functioning of the cognitive sphere of children. At the same time, the Uzbek specialists working in the field of IT will facilitate the work of surdopedagog, through such programs and applications parents will be able to deal with their children, to carry out the tasks given by the educator without difficulty, to facilitate the work of surdopedagog, to develop speech, socio-emotional and cognitive spheres of children with hearing impairments, and it can give some motivation to children to do surdopedagog`s tasks easily.

Текст научной работы на тему «ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING O'QUV FAOLIYATIGA MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH»

Pulatova D.A.

Chirchiq Davlat pedagogika insituti

ESHITISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNING O'QUV FAOLIYATIGA MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN

FOYDALANISH

Annotatsiya: Maqolada o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari bayon etilgan bo'lib, zaif eshituvchi va kar bolalar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda- o'rganish motivatsiyasini oshirish, o'quv jarayonining samaradorligini oshirish, bolalarning kognitiv sohasini faollashtirishga ko'maklashishda foydalanilanilish imkoniyatlari aytilgan. Shu bilan birga IT sohasida faoliyat olib borayotgan o'zbek mutaxassislari tomonidan eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqini, ijtimoiy-hissiy va bilish sohalarini rivojlantirish uchun mukammal elektron dasturlar, mobil ilovalar yaratilishi surdopedagoglarning ishini osonlashtirishi, bunday dastur va ilovalar orqali ota-onalar farzandlari bilan shug'ullanishlari, pedagog bergan topshiriqlarini qiyinchiliksiz bajarishlari uchun motivatsiya yaratib berishi mumkin.

Kalit so'zlar: Motivatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), elektron dastur, multimediya vositalari korreksion-rivojlantirish jarayoni, ijtimoiy moslashuv, integratsiya, maxsus ta'lim, o'qituvchi-defektolog.

Pulatova D.A.

Chirchik State Pedagogical Institute

THE USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGY IN ENHANCING MOTIVATION OF HEARING IMPAIRED CHILDREN TO EDUCATIONAL ACTIVITIES

Abstract: The article describes the advantages of the usage of Information Technology in teaching, and describes the opportunities that information and communication technologies are used in working with vulnerable hearing and deaf children for the following purposes-to increase the motivation of learning, to increase the effectiveness of the educational process, to facilitate the functioning of the cognitive sphere of children. At the same time, the Uzbek specialists working in the field of IT will facilitate the work of surdopedagog, through such programs and applications parents will be able to deal with their children, to carry out the tasks given by the educator without difficulty, to facilitate the work of surdopedagog, to develop speech, socio-emotional and cognitive spheres of children with hearing impairments, and it can give some motivation to children to do surdopedagog^s tasks easily.

Keywords: Motivation, information and Communication Technology (ICT), electronic program, multimedia tools correction-development process, social adaptation, integration, special education, teacher-dialectologist.

Psixofizik rivojlananishida nuqsoni bo'lgan bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi maxsus ta'limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi har qanday nuqson uning umumiy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatib, boshqa kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Eshitish analizatorining buzilishi nutqning va bolaning umumiy rivojlanishida sezilarli buzilishlarga olib keladi. O'qituvchi-defektolog ishida korreksion-rivojlantirish jarayonining samaradorligini oshirishning zarur vositalaridan biri ta'limning yangi pedagogik texnologiyalarini izlash va qo'llashdir.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti oldiga davlat va jamiyat qo'yayotgan maktabgacha ta'limning maqsadi va vazifalaridan biri- bilim va ko'nikmalarni shakllantirish bilan bir qatorda, bolaning imkoniyatlarini ochish va rivojlantirish, uning tug'ma qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlar bugungi kunda yangi sharoitlarga tez moslashishni talab qiladi.

Eshitishning buzilishi eshitish nuqsoni bo'lgan bolalarda tafakkur rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ammo intellekti har qanday yoshda saqlanib qoladi. Demak, kar bolaning potentsial imkoniyatlari eshitishi meyorda bo'lgan bola bilan bir xil. Bu imkoniyatlarni amalga oshirishga faqat bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan cheklanib qolmasdan, nafaqat eshitish va nutqni rivojlantirishga, balki umuman butun bilish faoliyatini shakllantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan o'quv jarayonida erishiladi. L.S. Vigotskiyning fikricha- "Jamiyatdagi karlik muammosi - ijtimoiy muammo"dir.

O'ziga xos kommunikativ xususiyatlarga ega bo'lgan kar va zaif eshituvchi bolalarning ta'limi va ijtimoiy reabilitatsiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish alohida ahamiyatga ega. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda saqlanib qolgan sezgi a'zolarining kompensator faollashuvi munosabati bilan axborotni vizual idrok etish yetakchi o'rinni egallashi ham bu omilni kuchaytiradi. Bilimga bo'lgan qiziqishni oshirishda, faqat o'rganilayotgan materialning mazmuniga tayanib bo'lmaydi, o'quv jarayoniga bolalarni jalb qilish usullari hamda mashg'ulot texnologiyalari muhim ahamiyatga ega. Kompyuter va kompyuter texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Ta'lim jarayonida eshitish qobiliyati cheklangan bolaga har qanday o'quv materialini so'z bilan tushuntirish ba'zan qiyin kechadi. Multimediya vositalari yordamida esa bolalarga kerakli ma'lumotlarni idrok etish osonlashadi. Bundan tashqari, ovoz balandligini o'zgartirishni osonlashtiradigan yangi axborot texnologiyalari, xususan, audio materiallarning muayyan chastotalarini

o'zgartirish orqali eshitish qoldiqlarini rivojlantirish mashqlarida ham foydalanish mumkin. Zaif eshituvchi va kar bolalar bilan ishlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

- o'rganish motivatsiyasini oshirish;

- o'quv jarayonining samaradorligini oshirish;

- bolalarning kognitiv sohasini faollashtirishga ko'maklashish.

O'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklaridan biri

mashg'ulotlarning yangiligi, kompyuter bilan ishlashga qiziqish tufayli ta'lim sifatini oshirishdir. AKTdan foydalanish mashg'ulotlarni yuqori es tetik va hissiy darajada o'tkazishga imkon beradi, ko'rgazmalilikni ta'minlaydi, zarur hollarda didaktik materialdan ko'proq foydalanish mumkin, vaqtni tejaydi, har bir bolaga o'z tempida ishlashga imkon beradi, mustaqil faoliyat ko'nikmalarini shakllantiradi, defektologga bola bilan defferensiallashgan holda individual ishlashiga imkon beradi, ta'lim natijalarini tez nazorat qilish va baholash imkoniyatini beradi.

Zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan har qaysi mashg'ulotlarga bolalarda qiziqish uyg'onib, ijobiy munosabatda bo'ladilar. Bu ularning motivatsiyasini oshirishga va bola uchun ham, pedagog uchun ham muhim bo'lgan natijalarga erishishda yordam beradi. Kompyuter ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi, yangicha ta'limni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib, bolaning individual xususiyatlariga moslashtiriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotimizdagi innovatsion ishlarning eng muhim natijalaridan biri bu AKTdan foydalangan holda o'tilgan mashg'ulotlardir. Maktabgacha ta'limda kompyuter texnologiyalari deyarli barcha faoliyatlarida qo'llanilishi mumkin. Pedagog bolalarga kompyuter nafaqat o'yinlar uchun mo'ljallanganligini ham o'rgatib boradi.

Shunday qilib, AKT o'qituvchi-defektologga o'z ishida yordam beradi. Bu matn va tasviriy materiallarni tanlash, individual topshiriqlar va ma'lum o'quv materiallari, uslubiy ishlanmalarning elektron bazasini yaratish, tizimlashtirish va saqlash imkonini berishi bilan ifodalanadi.

Kompyuter yordamida juda ko'p qiziqarli ma'lumotlarni olish, kitoblar, gazetalar, yangi o'quv qurollari, dasturlar yaratish mumkin.

AKT orqali mustaqil faoliyat imkoniyati kengayib, haqiqiy tadqiqot faoliyati ko'nikmalari shakllanadi. Turli ma'lumot tizimlari, elektron kutubxonalar va boshqa axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati ta'minlanadi.

Bundan tashqari, AKTdan foydalanib, o'qituvchi-defektolog alohida ehtiyojli bolalarni o'qitishda korreksion-rivojlantiruvchi xarakterga ega bo'lgan maxsus ta'lim dasturlarini qo'llashi mumkin. Maxsus ta'limda bolalarning nutq madaniyati, ijtimoiy-hissiy sohalarini rivojlantirish uchun quyidagi dasturlar yaratilgan: «Мир за твоим окном», «Видимая речь». Dasturlar keng ko'lamli ko'nikmalar va tasavvurlarni rivojlantiruvchi, tadqiqot xarakteriga ega. Ammo,

eshitishda nuqsoni bo'lgan maktabgacha, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'zbek tilida bunday dasturlarning yaratilmaganligi hozirgi kunda dolzarb muammo bo'lib qolmoqda.

IT sohasida faoliyat olib borayotgan o'zbek mutaxassislari tomonidan eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqini, ijtimoiy-hissiy va bilish sohalarini rivojlantirish uchun mukammal elektron dasturlar, mobil ilovalar yaratilishi surdopedagoglarning ishini osonlashtirib qolmay, balki bunday dastur va ilovalar orqali ota-onalar farzandlari bilan shug'ullanishlari, pedagog bergan topshiriqlarini qiyinchiliksiz bajarishlari uchun motivatsiya yaratib berishi mumkin.

Shunday qilib, zamonaviy AKTdan foydalanish ta'lim jarayonini boyitadi, eshitish qobiliyati zaif bolalarni yuqori professional darajada o'qitishni tashkil etish, ta'limni yanada samarali qilish, imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta'minlash imkonini beradi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1.Босова, Л.Л. Компьютерные уроки в начальной школе/Л.Л.Босова//Информатика и образование. -2002.-№1

2.Кехтер, Т.А. Необходимость применения в практике работы учителя начальных классов инфомационно-коммуникационных технологий/ Т.А.Кехтер.-2004.-155к

3. Назарова, Л.П. Методика развития слухового восприятия у детей с нарушением слуха:Учеб.пособие для студ.пед.высш.учеб.заведений/ Tahrir. В.И.Селиверстова. -М.:Гуманит.изд.центр ВЛАДОС.2001.-288Ь.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.