Научная статья на тему 'HARAKAT TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR – ANOMALBOLALAR TOIFASIDAN BIRI SIFATIDA'

HARAKAT TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR – ANOMALBOLALAR TOIFASIDAN BIRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
11750
642
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolalar serebral falaji / poliomelit / artrogripoz / oyoq qo’llarning majruxligi / axondroshgaziya / miya falaji / kompleksli nuqsonli / anomal bola / shol kasalligi / xondrodistrofiya / nutqiy motorika

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xaydarova Shaxrizoda Alisherovna

Ushbu maqolada harakat tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar haqida, ulardagi nuqsonning kelib chiqish sabablari, oldini olish, davolash, qanday turlari mavjudligi , profilaktikasi, yoritilgan. Ta’lim –tarbiya berish berish yo’llari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HARAKAT TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR – ANOMALBOLALAR TOIFASIDAN BIRI SIFATIDA»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES ■ (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. HARAKAT TAYANCH A'ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALAR -

ANOMALBOLALAR TOIFASIDAN BIRI SIFATIDA

Xaydarova Shaxrizoda Alisherovna

Kogon pedagogika kolleji Maxsus fanlar o'qituvchisi Buxoro O'zbekiston ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada harakat tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar haqida, ulardagi nuqsonning kelib chiqish sabablari, oldini olish, davolash, qanday turlari mavjudligi , profilaktikasi, yoritilgan. Ta'lim -tarbiya berish berish yo'llari ochib berilgan.

Kalit so'z: Bolalar serebral falaji, poliomelit, artrogripoz, oyoq qo'llarning majruxligi, axondroshgaziya, miya falaji , kompleksli nuqsonli, anomal bola, shol kasalligi, xondrodistrofiya, nutqiy motorika

Dunyodagi 500 million aholining 10%i nogironlardir. Shular qatoriga mujassam nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. Mujassam nuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi Ular kompleksli nuqsonli anomal bolalar kategoriyasi deb nomlanadi

Harakat tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar serebral falaji poliomelit(shol kasalligi asorati) harakat tayanch a'zolarining turli tug'ma va orttirilgan deformatsiyasi, artrogripoz, oyoq qo'llarning majruxligi, axondroshgaziya yoki xondrodistrofiya - tana, bo'yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytida tug'ma oyoq qo'l suyaklari o'sishining orqada qolishi, miopatiya-mushak to'qimalarida modda almashinuvi bilan bog'liq bo'lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo'l oyoqni harakatga keltira olmaydi.

1-rasm

Harakat tayanch a'zolari jarohatlangan bolalarning ko'pchiligida miya falaji kuzatiladi. Bolalar serebral falaj kasaligi hali yetilmagan, shakllanib bo'lmagan miyaning kasalligidir. Onaning homiladorlik paytida ma'lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug'ilish vaqtidagi patologik o'zgarishlar, tug'ilgandan to bir yoshgacha bo'lgan davr ichida bola kasallanishi natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy va nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa intellektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizmining asosiy funksiyalari - nafas olish, qon aylanish, yutunish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali - mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi. Aniq maqsadni ko'zlab bajarilgan ixtiyoriy harakatlar inson xatti-harakati, xissiy-irodaviy qobiliyati, bilish faoliyatini, hulqining shakllanishida asosiy rol o'ynaydi.

Kasallikning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan harakat buzulishlari bolalar serebral falajida har xil namoyon bo'ladi.Adabiyotlarda bolalar miya falajining quyidagi shakllari qayd qilingan: spastik diplegiya, spastik gemiplegiya, ikkilamchi gemiplegiya,paraplegiya, monoplegiya, atonik-astatik sindrom. Bolalar miya falajining eng keng tarqalgan shakli spastik diplegiya. Bu shakldagi kasallik qo'l va oyoq harakatlarining buzilishi bilan harakterlanadi. Bunda ayniqsa oyoq qo'lga nisbatan ko'proq jarohatlangan bo'ladi. Qo'l oyoqlarnin erkin harakatini chegaralanishi yoki butunlay harakatsizlanishi mushaklarning kuchsizlanishi bilan birga kechadi. Bola qo'llarini tepaga ko'tarishga qiynaladi yoki umuman ko'tara olmaydi, oldinga, chetga uzata olmaydi, oyoqlarni bukolmaydi, yozolmaydi.Har qanday harakat sodir bo'lishi uchun mushak tonusi normal bo'lishi shart. Bolalar serebral falajida mushak tonusi juda baland bo'ladi, natijada bola o'ziga xos holatni qabul qiladi: tizzadan bukilgan oyoq barmoqlarga tiraladi, tirsaklar bukilib, qo'llar tanaga yopishganday bo'ladi; qo'l barmoklari bukilib, mushtlar hosil qiladi. Shartsiz majburiy harakat giperkinezlar shartli harakatlarni bajarilishini keskin qiyinlashtiradi yoki mutlaqo bajara olmasligiga olib keladi. Muvozanat harakatning buzilishi o'tirish, turish, yurishni qiyinlashtiradi yoki butunlay bajara olmaydigan holatga olib keladi. Kinesteziya - tana yoki tana qismlari harakatini sezish demakdir. Kinesteziya maxsus sezuvchi to'qimalar - proprioretseptorlar orqali sodir bo'ladi. Bu to'qimalar mushak, pay, bo'g'imlarda joylashgan bo'ladi. Ular oliy nerv sistemasiga tana, qo'l, oyoqlarning xolati haqida, mushaklarning qiskarishi haqida ma'lumot beradi.

Spastik diplegiya shaklidagi bolalar miya falaji bilan kasallangan bolalar intellekti, fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Ular umumta'lim maktablari dasturini a'lo baholar bilan o'zlashtira olishlari mumkin.Biroq bunday bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlari,qiyinchiliklari ular uchun maxsus yordamni tashkil etilishini talab etadi.

Harakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar uchun O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bog'cha va maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus maktab internatlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ayrim bolalar umumta'lim ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda integratsiyalashgan inklyuziv ta'limga jalb etilmoqda. Maxsus muassasalarda barcha ta'lim-tarbiya ishlari

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. koireksion yo'nalishda amalga oshiriladi. Ko'proq harakat funksiyalaгini

koггeksiyalashga e'tibo! beгiladi.

Harakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bolala! bilan maxsus muassasalaгda harakat funksiyasini korreksiyalash ishlari kompleks taгzda, ya'ni bolaga har tomonlama ta'siг o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunga tibbiy dori-darmonlar bilan davolash, fizioterapevtik, ortopedik, uqalash-massaj, davolovchi gimnastika, jismoniy taгbiya, mehnatga o'гgatish ishlari kiradi.

Tibbiy dori-darmonlar bilan davolash ishlari mushak tonusini pasaytirish, giperkinez-majburiy harakatlarni kamaytirish, asab sistemasidagi kompensator jaгayonining faolligini kuchaytirishga yo'naltiгiladi.

Fizioterapevtik muolajalar mushak tonusini pasaytirishga, mushaklardagi qon aylanishini yaxshilashga qaratiladi.

Ortopedik tadbirlar harakat-tayanch a'zolari, bo'yin, gavda harakatini yaxshilash, kerak bo'lsa ortopedik moslamalaTdan foydalanishni,haг bñ bola shaxsiy oгtopedik гejimga rioya qilishga o'гgatishga qaгatiladi.

Mushakdagi giperkinezlar bolaning nafaqat umumiy, balki nutqiy motorikasiga ham salbiy ta'sñ ko^satadi. Nutq appaгatining kam haгakatlanishi (til, lab, jag', un paychalari, kichik til harakati buziladi) nutqning fonetik tomondan buzilishiga, ya'ni tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarga olib keladi. Mushaklardagi giperkinezlar dizartriya yoki anartriya kabi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Diafragma, qovwg'a oгasidagi mushaklar gipeгkinezi nutqiy nafas olishni, un paychalarining tebranishi, nutq maromini buzilishiga olib keladi. Nisbatan ko'proq uchraydigan dizartriyaning psevdobulbaг shaklida aгtikulyatsion tonus baland bo'ladi. Lab, til, kichik til, pastki jag', un paychalari harakatchanligi buziladi va natijada tovushlaг talaffuzi, ovoz, nutq suг'ati nuqsonlari kuzatiladi. So'lak bezlaгi atrofidagi mushaklar qisqaгmaganligi tufayli bola so'lagi oqib turadi. Bunday bola yaxshi chaynay olmaydi, yutolmaydi. Dizartrik bolaning nutqi noaniq, chuchmal, xiгillagan, monoton bo'ladi. Dizartriya qanchalik barvaqt aniqlansa, uni bartaraf etish, korceksiyalash ham shunchalik oson bo'ladi. Uzoq muddat ichida sabMoqat bilan olib borilgan logopedik ishlar natijasida yuqori ko'гsatkichlaгga erishish mumkin.

Nutq appaгatining inneгvatsiyasiga bevosita bog'liq bo'lgan kalla suyak ^Marining jarohatlari ko'p hollarda ko'z harakati ^Marining jarohatlanishi bilan biгga kuzatiladi. Natijada bola g'ilay, ko'zi olaygan, ko'z harakati buziladi. Bola^ o'z qo'z harakatlarini bñ maromda bajara olmaydila^ mo'ljalga nigoh tashlay olmaydilar Bunday kamchiliklaг logopedik ishni to'g'ri olib boгishga to'sqinlik qiladi. Bola artikulyatsion appaгat a'zolaгi haгakatini kuzata olmaydi, гasmga qaгab ishlash, o'qish va yozishni o'zlashtiгishda qiynaladilaг.

Mediko-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan, harakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bola^ inklyuziv ta'lim olishga yoki maxsus maktabgacha yoshdagi

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bolalar muassasasiga maktab-internatlarga yuboriladi. Bu muassasalarga o'zlari yoki aravachada yura oladigan, o'zgalarning qaroviga muhtoj bo'lmagan bolalar qabul qilinadi. Sog'liqlarini tiklagach tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan o'quvchilarni umumta'lim bog'cha yoki maktabga o'tkaziladi. Maxsus maktab-internat pedagogik kengashi bitiruvchilariga ishga joylashish uchun tavsiyanoma beradi. Harakat-tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar I - II guruh nogironlari hisoblanib, ularni ishga joylashtirish ijtimoiy ta'minot bo'limlariga topshiriladi. Tayanch - harakat a'zolarining rivojlanish xususiyatlari Bolalar mahsus stulda o'tirishadi. Boshini ushlash, qo'lida o'yinchoqni o'ynay olish kabi holatlarda faollikning susayishi kuzatiladi. Kattalar yordamida oyoqda tik turishi va harakatlanishi mumkin, lekin oyoqni bukishda turli murakkabliklar kuzatilishi mumkin. Ayrim bolalar mustaqil o'tira olishadi

Lab va til mushaklarining patologik holatining buzilishi og'iz bo'shlig'i a'zolarining harakati susayishiga va qiyinlishishiga olib keladi. Deyarli, barcha bolalarda fikrini so'z bilan ifodalashda va so'zlarni talaffuz qilishda qiynalish kabi holatlar yuzaga keladi. Bundan tashqari, ular biror narsani tishlash va chaynashga qiynalishadi Tayanch-harakat a'zolari falajlangan bolalardagi nuqson shaklini va darajasini erta aniqlash asosida ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish, nuqsonlarni samarali korreksiyalash maqsadida ilk yoshdan yordam berish lozim. Bolaga ilk yosh davrdan berilgan kompleks (mujassam) chora tadbirlar ularni kelajakda umumta'lim tizimida samarali ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlaydi, ya'ni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb etish imkoniyatining kengayishiga olib keladi.

2-rasm

Bolalardagi nuqson turi va darajasini hisobga olib erta reabilitatsiya qilish, ya'ni davolov chora-tadbirlarning uchta turi farqlanadi:

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Tibbiy-pedagogik reabilitatsiya. Bunda tayanch harakat a'zolari falajlangan bolaning tibbiyot xodimlari tomonidan jismoniy holatidagi kamchiliklarni tiklash bilan barobar korreksion pedagogik ishlar ham olib boriladi. Reabilitatsiyaning bu turi bolani jismoniy va pedagogik jihatdan rivojlantiradi.

Kasbiy reabilitatsiyaning maqsadi tayanch harakat a'zolari falajlangan bolalarni mutaxassis defektologlar, pedagog va boshqalar tomonidan maxsus korreksion ishlarni olib borilishini ko'zlaydi.

Psixologik reabilitatsiya. Reabilitatsiyaning bu turi tayanch harakat a'zolari falajlangan bolalarning psixologik rivojlanishdagi nuqsonlarni oldini olishga, emotsional doirasini, invidual shaxsiy xususiyatlarini yaxshilashga, ijtimoiy moslashuvini samaradorligini oshirishga qaratiladi.

Quyida serebral falaj bolani ilk yoshidan ya'ni nutqini rivojlanishgacha bo'lgan davrda oilada ota-onalar tomonidan va maktabgacha ta'lim muassasalarda ta'lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar, yoritilgan.

Serebral falajlangan bolalar bilan ilk yosh davrda olib boriladigan reabilitatsion ishlarni oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida uzviy bog'langan holda olib borish lozim. Davolov-korreksion-rivojlantiruvchi, reabilitatsion ish tizimi fizioterapevt, davolovchi jismoniy tarbiya mutaxassisi, nevropatolog, logoped va oligofrenopedagogning hamkorlikdagi kompleks ishi asosida amalga oshiriladi.

Serebral falaj bolalarni o'qitish uchun amaliy qo'llanmalar - agar bolaning nutqi bo'lsa, u xohlagan hamma vaqtda so'rashi, yoki savollarga javob berishi, yoki izohlashiga ruxsat berishimiz va chidamli bo'lishimiz kerak;

- biz bola harakatlanishiga imkon berishimiz kerak. Serebral falaj bolalarning harakat ko'nikmalarini o'stirish uchun muskul stimulyatsiyasi zarur;

- serebral falaj bolalar tez charchaydi. O'qish kuni davomida biz ularga dam olish uchun vaqt berishimiz kerak. Dam olish joyi maktab tomonidan yuksak darajada ta'minlangan bo'lishi kerak;

- agar maktabning kompyuterga imkoniyati bor bo'lsa, bu serebral falaj bolalar uchun foydali bo'lardi, chunki ko'pgina qiyinchiliklar yozma muloqot bilan bog'liq (og'zaki muloqotga qo'shimcha tarzda).11

Foydalaniladigan adabiyotlar: Asosiy adabiyotlar

1. Ayupova M.Yu. Logopediya. T.: «O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati» 2007 y.

2. Raxmanova V.S. "Korreksion pedagogika va logopediya".-"Moliya-iqtisod", -T.,2007

3. Raxmanova V.S. "Defektologiya asoslari". -"VORIS-NAShRIYoT" T., 2012.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

4. "Ta'lim hamma uchun" milliy dasturini joriy qilish bosqichlari. O'RXTV, Yunisef, RTM, - T., 2005.

Qo'shimcha adabiyotlar

1. Raxmanova V.S. "Maxsus pedagogika"-T.,"G'afur G'ulom", 2004.

2. Engagig Deaf and Hard of Hearing Students in the School Librury: A Handbook for Teacher- Librarians NADENE EISNER. 2012 5-10.

3. Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly Environments Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings Published in 2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization 7, place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.