Научная статья на тему 'RIVOJLANISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O‘RGANISH VA TASVIRIY FAOLIYAT JARAYONIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH.'

RIVOJLANISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O‘RGANISH VA TASVIRIY FAOLIYAT JARAYONIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH. Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

8756
358
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Reabilitatsiya / kompleks / nuqson / rivojlanish / ijtimoiy / diagnostik / psixik / jismoniy / intellektual / tashxis / skrinni / defferensial / defektolog / nutq / tasviriy faoliyat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sarvar Tursunmurotovich Sobirov

Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalarni erta aniqlab ularga tashxis qo‟yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillarini, shakli, mazmuni, metodlari haqida so‟z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O‘RGANISH VA TASVIRIY FAOLIYAT JARAYONIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH.»

RIVOJLANISHDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O'RGANISH VA TASVIRIY FAOLIYAT JARAYONIDA NUTQINI RIVOJLANTIRISH.

Sarvar Tursunmurotovich Sobirov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Tasviriy san'at va dizayn"

kafedrasi v.b. dotsenti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni erta aniqlab ularga tashxis qo'yish, va nuqsonni erta bartaraf etish, bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida nutqini rivojlantirishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillarini, shakli, mazmuni, metodlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Reabilitatsiya, kompleks, nuqson, rivojlanish, ijtimoiy, diagnostik, psixik, jismoniy, intellektual, tashxis, skrinni, defferensial, defektolog, nutq, tasviriy faoliyat.

KIRISH

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta'lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to'g'ri baholay olishga bog'liqdir. Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali amalga oshirish mumkin. Psixologopedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalaming kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e'tiborga olgan holda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta'minlaydi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu bolalami psixik va jismoniy rivojlanishini ta'minlovchi ta'lim sharoitlar yaratilgan. Bunday sharoitlardan awalo har bir bolaning xususiyatlari e'tiborga olgan xolda yakka yondashuvni talab etadi. Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, keraqli maxsus texnik vositalami, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan birgalikda kerakli tibbiy -profilaktik hamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni, maxsus ta'lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jihatdan ta'minlashni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda turli xil maxsus ta'lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida qabul qilinishi mo'ljalangan va O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus ta'lim dasturlarini amalga oshiradigan maxsus ta'lim muassasalar bilan bir qatorda turli

June, 2023

237

reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar ochilgan. Shuningdek, umuta'lim maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumta'lim maktablarda psixik va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni uchratish mumkin.

Ushbu nuqsonlarning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo'lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idrok tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida e 'tiborsiz qoladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOGY

Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish uch bosqichni o'z ichiga oladi:

Birinchi bosqich - skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik-jismoniy kamchiliklari aniqlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi.

Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish. Ushbu bosqichning maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko'ra bolaning imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ularning ta'lim olishlari uchun ta'lim muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik yo'llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.

Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning individual xususiyatlari, ya'ni tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi o'rganilib u bilan ishlash bo'yicha korreksion rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.

Ma'lumki, nutq-odamlarning til vositasi bilan aloqa bog'lashlaridir. Odam nutq orqali munosabatga kirishib, o'zining bilimlarini faqat yakka tajriba hisobiga emas, balki juda ko'p avlod-ajdodlar tomonidan to'plangan ijtimoiy tarixiy tajriba hisobidan ham boyitadi. Nutq barcha aks ettirish jarayonlari kabi har bir odamning yakka hayoti davomida o'zlashtiriladi. Bola dastlabki nutqni egallayotgan davrda uning nutqi tovushlarga bo'lgan reaktsiyasi juda umumlashgan xarakterga ega bo'ladi. Bolani nutqi rivojlanayotganda, u atrofdagi odamlar muloqoti ta'siri ostida rivojlanib boradi. Kar va zaif eshituvchi bolalar nutqi, lug'at boyligi oshishida va rivojlanishida bir qator qiyinchiliklar

June, 2023

238

yuzaga keladi. ENB bolalar eshitish analizatori turqun pasayganligi tufayli ulaming nutqida ko'pgina kamchiliklar kuzatiladi, lug'atining kambag'al bo'lishi, gramatik komponent rivojlanmagan, gap ichida so'zlarni tashlab ketishi, so'zlardagi tovushlarni tushirib talaffuz etish, so'zlarni o'zaro boqlay olmaslik, kelishik, so'z yasovchilarni, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni ishlata olmaslik, o'xshash jarangli va jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish shular jumlasidandir. ENB bolalar maktabida ta'lim tizimining bosh maqsadlaridan birini yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan xolda nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirishdir. Nutqini shakllantirish va nutqini logik idrok eta olishni faqatgina nutq o'stirish darslarida emas, balki har bir darslarda, to'garaklarda lug'at boyligi oshirib boriladi. Birinchi sinfda o'quvchilarga qoyiladigan talab, nutqiy materialni og'zaki daktilda talaffuz qilish orqali lug'at boyligi oshiriladi. Muloqot malakasini xosil qilish asta-sekin nutq materialini atrofdagi odamlar bilan o'zaro bir-birlarini tushunish uchun zarur. Har bir chorak uchun mavzudan kelib chiqqan tholda nutqiy material beriladi. S.A.Zikovning ta'kidlashicha, kar bolalarni tilga o'rgatish ishining maqsadga muvofiq sistemasini kommunikativ funktsiyasini amalga oshirish kerakdir. Bunda har bir yil uchun tuzilgan reja, dastur o'quvchilarning nutq egallashlari amal qilgan holda o'zlashtiriladi. Har bir so'z va so'z birikmasi o'zida kommunikativlik ma'suliyatini olgan bo'ladi.

Surdopedagog o'quv jarayoniga asosiy ta'sir etuvchi shaxsdir, u o'qitishning har bir bosqichida dastur talabiga asoslangan holda o'quv jarayonlarini tashkil etadi. Ularga rahbarlik qiladi. Sog'lom bolalar kabi kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini egallashni, o'z atrofdagi odamlarga taqlid qilishdan boshlaydilar. Kar bolalarni taqlidi nutq organlarini xarakatini ko'rish orqali egallashlariga asoslanadi. Zaif eshituvchi bolalarni nutqga o'rgatishda ularning atrofdagilardan eshitgan so'zlaridan foydalanadilar. Shuning uchun surdopedagog o'zining nutqiga talabchan bo'lishi kerak. Lekin o'quvchilarning imkoniyatiga qarab so'zlarni qisqartirish, birlashtirish mumkin emas. Bu talablar nutqiy malakani oshirishning hamma turlari uchun qo'llaniladi. Tasviriy faoliyat darslarida kar va zaif eshituvchi o'quvchilar qanday faoliyatga kirishsalar, qanday predmetni chizishlari va qaysi o'quv qurollaridan foydalanish bosqichlari albatta surdopedagog tomonidan nutqiy boshqarilib boriladi. Har qanday faoliyat ENB bolalarni nutqini aktivlashtirish, shakllantirishga, lug'atini boyitishga qaratilgan. O'qituvchi har bir dars uchun lug'at tanlashi kerak. Lug'at tuzishdan oldin o'qituvchi sinfdagi o'quvchilarni eshitish darajasini xisobga olishi kerak. Lug'at boyligini oshirish quyidagicha amalga oshiriladi. Nutqni rivojlantirish surdopedagog tomonidan bolalarda predmetning katta-kichikligi, shakli tushunchalari shakllanadi.

June, 2023

239

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Tasviriy faoliyatda esa bolalar vazifani amaliy bajarib olingan tushunchalar kengaytiriladi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Har qanday faoliyat bolalar nutqini aktivlashtirishga, shakllantirishga, lug'atni boyitishga va nutqini mustahkamlashga qaratilgan.

O'qituvchi har bir dars uchun to'g'ri lug'at tanlashi kerak. Lug'atga 4 qismdan iborat so'z va iboralarni kiritish mumkin:

1) So'z va ibora, bajarilayotgan ish faoliyatiga boqliq ishlatiladigan materialning nomi (loy, qog'oz, boyoq, yelim, ....) bajarilayotgan faoliyat (lepka, rasm chizish, byoyash, yopishtirish, shtrixlash, ...) ish quгollaгining nomi (qalam, boyoq qalam, qaychi, bolg'a).

2) So'z-predmetning nomi va iborasi, bolalar tasvirlayotgan predmet (shar, archa, qo'qirchoq, ....)

3) So'z va ibora, bolalarning idrok qilishlari uchun yo'naltirilgan harakat (kuzatib chiq, barmoqing bilan aylantirib kuzatib chiq, paypaslab ko'rib chiq)

4) So'z va ibora, idrok qilish orqali mustahkamlash (rangning nomi, geometrik shakli, hajmini belgilab olish). Birinchi gruppadagi so'zlarni tasviriy faoliyatda sekin-asta o'zlashtirib boriladi. Ikkinchi gruppa so'z (so'z-predmetning nomi) - tartib boyicha bolalar topish. Tasviriy san'at faoliyatida so'zlar predmet bilan yangicha boqlanishi. Uchinchi va to'rtinchi guruhdagi so'zlarga alohida ahamiyat beriladi. Bolalarning diqqatini predmetga va uning xususiyatiga qaratiladi. So'ngra esa bolalar idrok qilgan obrazi mustahkamlanadi. Masalan: Tasviriy faoliyatda olma rasmini tasavvur orqali chizish jarayonida o'qituvchi "Olma shaг shakliga o'xshaydi. Yuqorisida chuqurchasi bo^ chuquгchasida dumchasi bof'. Aytilayotgan so'zlar qoyiladigan cho'ntakchaga quyiladi. Mashg'ulot uchun olingan lug'at aniq ko'rsatilishi lozim. Tasviriy faoliyatda foydalanilayotgan nutq materialining ko'p qismi bolalarga tanish bo'lishi lozim. O'qitishning 1-2 yilida tartibli har bir Mashg'ulotga ikkitadan ortiq yangi so'z berish mumkin emas. O'qitishning keyingi yillarida 3-4 tadan ortiq yangi so'z berish mumkin emas. Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar tasviriy faoliyatida o'quvchilarning lug'ati ortadi, nutqi aktivlashtiriladi. Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar shaxs sifatida shakllanishlarida nutqning rivojlanish ahamiyati katta. Shunday ekan yuqorida aytib o'tganimizdek, har bir faoliyatda bolalar nutqini rivojlantiriladi. Har bir tasviriy faoliyat darsida, chizishdan oldin mavzudan kelib chiqqan holda suxbat, savol javob o'tkaziladi. O'qituvchi sinfda bolalar soni kamligi tufayli, har bita bola bilan og'zaki muloqotga kirishish, imkoniyatiga ega. O'quvchilar rasm

chizishda analiz-sintez qilishga, rasmlarni ajratishga o'rgatiladi.

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

O'quvchilar yuqorida, pastda, oldinda, orqada, uzun qisqa kabi tushunchalarga ega bo'ladilar.

Mavzudan kelib chiqqan holda har bir darsda yangi lug'at va tushunchalarga ega bo'ladilar. Chizish jarayonida ham, o'qituvchi bolalarni savolga tutadi, sen nimani rasmini chizyapsan? Rangi qanaqa? Nimaga o'xshaydi?... shu kabi savolar bilan murojat etib, bolalarni og'zaki nutqini tekshiradi va rivojlantiradi. Ayrim Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar so'zlari va gaplari bir biriga bog'lanmagan holda, so'z yasovchi, so'z o'zgartiruvchi, kelishik qo'shimchalarini tashlab gapirishadi, shunda o'qituvchi bolalar nutqini to'g'rilab gapirishga, to'liq gapirishga o'rgatadi.

Rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirishda tasviriy faoliyatning o'rni katta. Bolalar tasvirlashga qiziqishlari yuqori bo'lganligi sababli biror buyum yoki narsani tasvirlash jarayonida nomini qayta qayta takrorlash, tasvirlanish va nomlanishi murakkab buyum va narsalardan boshlamaslik kerak. Ba'zi bir xolatlarda nutqida muammosi bor bolalar bilan shug'ullanishning o'zi katta samara bermaydi.

Bolani erta tashxis qilib o'rganishning muhimligi shundaki, u orqali bolani korreksion ta'limga vaqtida yo'naltirib, ikkilamchi nuqsonlami paydo bo'lishini oldini olish mumkin. Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlariga korreksion va diagnostik yordam. Bola imkoniyatlariga baho berish hamda psixik rivojlanishini aniqlash orqali korreksion pedagogik ishning vazifalarini xal etish mumkin.

REFERENCES

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova "Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi". Toshkent 2016 —yil.

2. "Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan korreksion logopedik ish" o'quv -uslubiy majmua.

3. M.Y.Ayupova. " Logopediya" 10.08.2007-yil 4. Raxmanova V.S. " Korreksion pedagogika va logopediya " 2007-yil

5. M.Y.Ayupova. "Logopediya" O'zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. 2007-yil.

6. Xasanova M. M, Halimova O. M. RIVOJLANISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARNI O'RGANISHGA KOMPLEKS YONDOSHUV. Международныйнаучныйжурнал №5 (100), часть2 «Научный

импульс» Декабрь, 2022. b1784-1788.

XULOSA

June, 2023

7. Sobirov S.T. "Some factors that impede the development of students' creative abilities in fine art classes". Asian Journal of Research № 1-3, 2020, ISSN 2433-202x. 2020 yil. 214-218 b.

8. Sobirov S.T. "IMPORTANCE OF ILLUSTRATIONS FOR PERCEPTION OF CONTENT OF THE BOOK". European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 4, 2020 Part II ISSN 2056-5852. P 98-101.

9. Sarvar Tursunmurotovich Sobirov. "Developing Students' Imagination Through Illustration and Illustrations in Fine Arts Classes". International Journal of Social Science Research and Review. http://iissrr.com [email protected] Volume 5, Issue 6 June, 2022.

10. Sarvar Tursunmurotovich Sobirov. "Modern Traditions of Working with Illustrations to Fiction (Based on Educational Cluster)".International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding. http : //ij mmu.comeditor@ii mmu.com. ISSN. 2364-5369. Volume 9, Issue 6 June, 2022.

11. Sobirov S.T. BADIIY ADABIYOTLARGA ILLYUSTRATSIYALAR ISHLASHNING AN'ANALARI (TARBIYA KLASTERI ASOSIDA). KASB-HUNAR TA'LIMI. Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal, 2023-yil, 1-son. 31.01.2023-yil. 187-191betlar, "PROFIEDUPRESS" MChJ.

12. Sobirov S.T, Sobirov H.T. DEVELOPMENT OF STUDENT'S ARTISTIC THINKING THROUGH THE USE OF VISUAL AIDS IN PAINTING LESSONS FROM NATURE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES. (ISSN -2767-3758). VOLUME 04 ISSUE 05. 2023. Pages: 68-73. SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 823) (2022: 6. 041) (2023: 7. 491). OCLC -1242423883. https : //masterj ournal s .com/index.php/crips/article/view/1282/1145.

June, 2023

242

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.