DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
AUTIZM SINDROMLI BOLALARNI PSIXOLOGIK TASHXISLASH TAMOYILLARI VA PSIXOKORREKSION VAZIFALAR
Durdona Gafurjon qizi Avezova
"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti
Maqolada autizm sindromli bolalarni psixologik tashxislash tamoyillarining amaliy jihatlari keltiriladi. Autizm sindromli bolalar bilan olib borilishi zarur bo'lgan psixokorreksion vazifalar asoslanib, autizm sindromli bolalarning psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek ushbu ilmiy muammo bo'yicha tadqiqotchi tomonidan olingan eksperimental tadqiqotlar natijalari beriladi.
Kalit so'zlar: autizm, psixologik tashxis, diqqat, idrok, tafakkur, xotira, kesma rasmlar, yetishmaydigan qismlar, L.V.Zankov metodikasi.
The article presents practical aspects of the principles of psychological diagnosis of children with autism syndrome. The psychological characteristics of children with autism syndrome are analyzed, based on the psychocorrectional tasks that must be carried out with children with autism. Also, the results of the experimental studies obtained by the researcher on this scientific problem are given.
Keywords: autism, psychological diagnosis, attention, perception, thinking, memory, cross-section pictures, missing parts, L.V.Zankov's methodology.
Diqqatni tekshirish. Diqqatni tekshirishda psixolog avval bolada diqqatning buzilishi mavjudligini aniqlashi lozim. So'ngra bu buzilishlarning namoyon bo'lish darajasini, ularning faoliyat buzilishlaridagi rolini, kelib chiqishi va sababini aniqlashi kerak. Diqqat buzilishlarining namoyon bo'lish darajasini aniqlashda ularning faoliyat jarayoni va natijasiga qanchalik ta'sir etganligiga diqqatni qaratish lozim. Ko'pincha, diqqatning qo'pol bo'lmagan buzilishlari ishning natijalarida aks etmasada, shunga qaramay ularning mavjudligi ko'pgina klinik holatlarning tashxis belgisi sifatida ahamiyatga ega bo'ladi. Diqqatning qo'pol buzilishlarida kuzatilganda, ular boladagi qiyinchilikning asosiy sababi ekanligini yoki ular xarakterning ko'rinishlariga kirishini aniqlash zarur. Diqqatidagi kamchiliklar boshqa psixik funktsiyalari faoliyatiga, ayniqsa
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
xotira faoliyatiga ta'sirini bilish lozim (xotiradagi ayrim
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
kamchiliklar diqqatni buzilishiga olib keladi.) Ixtiyorsiz diqqatning o'ziga xos fiziologik asosi bor. Akademik A.P.Pavlov ta'limoticha, bu asos orientirovka yoki tekshirish reflekslaridan iboratdir. Jumladan, u bunday yozgan edi; "Biz ham, hayvonlar ham tashqi muhitning salgina o'zgarishi bilan shu o'zgarishning sababiga qarata tegishli sezuvchi apparatlarimizni moslashtiramiz". Tashqi qo'zg'ovchi miya yarim sharlariga turlicha kuch bilan ta'sir etadi. Eng kuchli tashqi ta'sirot dominant deb aytiladi. Bu ta'sirot qisqa muddat ichida kishi diqqatini o'ziga tortadi. Masalan, odam ma'lum faoliyat turi bilan mashg'ul bo'lib turgan paytda to'satdan eshitilgan hayqiriq ovozi uning faoliyatini buzadi va diqqatini o'ziga qaratadi. Bu dominantdir. Dominant muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo'zg'aluvchanlik qobilyatiga ega bo'lgan qo'zg'alish markazi bo'lib, bu paytda boshqa nerv markazlari tormozlangan bo'ladi. Doinant markaziy nerv sistemasiga kelgan har qanday qo'zg'alishlarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi va boshqa markazlarning tolrmozlanishi evaziga o'z faoliyatini kuchaytiradi. Shunday qilib bosh miyaning katta yarim sharlari po'stlog'ida sodir bo'luvchi qo'zg'alish va tormozlanish protsesslari diqqat faoliyatinig fiziologik asosidir.[1]
Xotirani tekshirish. Diqqatning qo'pol buzilishlarida xotirani tekshirish ko'pincha noto'g'ri hisoblanadi, chunki uning natijalari xotiraning buzilishlarini emas, balki eslab qolish vaqtida diqqatdagi kamchiliklardan dalolat beradi. Xotirani maxsus tekshirishda modal-xos bo'lmagan buzilishlardan shikoyat, anamnezda miya jarohatlari, tutqanoq tutilishi va amneziya holatlarining mavjudligi to 'g'ridan-to'g'ri ko'rsatkich bo'ladi. Xotirani tekshirishda faqatgina uning buzilishlarini emas, balki ularning xarakter va kelib chiqish sabablarini aniqlash zarur. Xotira buzilishlari xarakteriga ko'ra: modal-xos bo'lmagan (barcha turlarini umumiy pasayishi) va modal-xos bo'lgan (ko'ruv, eshituv, verbal, motor kabi alohida turlarining buzilishi) bo'lishi mumkin. Xotira tavsifi mnestik faoliyat sifatida o'zida eslab qolish (surati, hajmi), esda saqlash (sifatli, muddatli), qayta eslash (to'liq, aniq, ketma-ket), esdan chiqarish (qisman, chuqur, vaziyatli) kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi.[2]
Nutqni tekshirish. Bola nutqining holati psixolog hamda logoped bilan birgalikda tekshiriladi. Logoped nutqning barcha tomonlarini o'rganadi, psixolog esa nutqning asosiy funktsiyalari bo'lgan (ayniqsa nutq buzilishlarida) kommunikativ, boshqarish, bilish funktsiyalarini bajarishiga diqqatini qaratadi. Bolaning rivojlanishiga nutq kamchiliklarining darajasi va xarakterini qanday ta'sir etganligini aniqlash muhim. Nutq kamchiliklari aniqlanganda bolaning boshqalar bilan muloqotiga, bilish faoliyatiga qanchalik ta'sir
etganligiga diqqatni qaratish lozim.
April, 2022
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
Idrokni tekshirish. Idrokni aniqlash tekshirilayotgan bolaning holatiga bog'lik, bo'ladi. Eshituv idroki avval eshitishi pasaygan yoki shunga taxmin qilinayotgan bolalarda tekshiriladi. Eshituv holati vrach-surdolog va surdopedagog tomonidan aniqlanadi. Psixolog ushbu ma'lumotlardan foydalanib bola rivojlanishiga ularning u yoki bu darajada ta'sirini o'rganadi. Surdolog tekshiruvidan o'tmagan va nutqida kamchiligi bor bolani psixolog o'rganayotganda, Komissiyadagi boshqa mutaxassislar bilan birgalikda bu bolada eshituvini pasayganligini taxmin qilib, uni surdologik tekshiruvga yuborishi kerak. Eshituv funksiyalari to'liq saqlangan, nutqida kamchiligi bor bolalarda ko'pincha nutqni eshitish idroki, ya'ni unga qaratib so'zlangan nutqni tushunish buzilganligi kuzatiladi. Bunda psixolog logoped bilan birgalikda bola nima uchun tushunmayotganligi tekshiriladi. Ko'ruv idrokini tekshirishda bolani ko'ruv agneziyasi mavjudligiga e'tibor berish zarur (predmetli, fazoviy, rang, harf va hokazo). Ko'rishning pasayishi bilan bog'liqligi taxmin qilinsa, uni ko'ruv o'tkirligini tekshirishga yuboriladi. Ko'ruv funksiyalari saqlangan bo'lib, turli agnoziyalar kuzatilsa, sababini aniqlash zarur. Uning sababi aqliy nuqson, po'stloqning lokal buzilishlari hamda po'stloq tonusining o'zgarishlari bo'lishi mumkin.
Tafakkurni tekshirish. Tafakkurni tekshirish xususiyati bolaning yoshiga bog'liq bo'ladi. Ilk yoshda ko'rgazmali-harakatli tafakkurning holati maktabgacha yoshda, maktab yoshida ko'rgazmali-obrazli va so'z-mantiqiy tafakkur tekshiriladi. Bolaning aqliy faoliyatini taxlil qilishda uning- motivatsion, operatsion, dinamik hamda tanqidiy fikrlash tomonlarini ko'rib chiqish kerak.
Oiladagi ichki munosabatlarni tekshirish. Oilaviy ichki munosabatlarni tekshirishda avvalambor ota-ona - bola munosabati, ayniqsa ona bilan munosabatiga e'tibor berish zarur. Bola va ota-ona munosabatlari turli tarzda buzilgan bo'lishi mumkin. Bu buzilishlarga bolani haddan tashqari avaylab-asrash, bolaga umuman e'tibor bermaslik, o'zidan hissiy itarish, bola bilan qo'pol, yomon munosabatda bo'lish kabilarni kiritish mumkin. Bolaning oiladagi boshqa bolalar bilan o'zaro munosabatiga e'tibor berish, ayniqsa oilada undan kichik bolalar tug'ilgan bo'lgan bo'lsa. Bundan tashqari bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa oila a'zolari (buvi, buva va boshqa qarindoshlar) bilan munosabati. Oiladagi ichki munosabatlarning buzilishi bola rivojlanishiga turlicha ta'sir etishi mumkin.
Tengdoshlari bilan munosabatini tekshirish. Tengdoshlari bilan munosabatining buzilishi turli yoshlarda kuzatilishi mumkin. Bunday buzilishlarning eng og'ir holatlari bolani izolyatsiyalash (ayirish, qo'shmaslik) yoki boshqa bolalar tomonidan
April, 2022
615
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
qo'shmaslikdir. Tengdoshlari bilan muloqatga kirishish malakasi yo'qligi, ular bilan munosabatga kirishish istagining pastligi yoki (ushbu istakning saqlanganligida) kelisha olmaslik oqibatida doimiy nizolar kelib chiqishini olib kelganda hollarda buzilish deb hisoblash mumkin. Tengdoshlari bilan munosabati buzilishining asosiy belgilaгi o'ta tajovuzkorlik, nizotoga moyillik, dominantlik, bo'ysunganlik, passivlik, boshqacha qilib aytganda aloqada teng bo'lmagan o'rinlarni qabul qilish tendentsiyasidir. Intellekti me'yordagi, ruhiy rivojlanishi orqada qolgan va autist bolalarni differentsial tashxis qilish muammolarini hal etishda va bolalarni maxsus ta'lim muassasalariga saralashda asosiy tashxis qilish mezoni bo'lib ko^gazma-xa^atli, ko'rgazma-obrazli tafakkur hamda tafakkurning mantiqiy elementlarining shakllanganlik darajasi hisoblanadi. Tafakkurning bu formalarining shakllanishi bolaning predmetli-amaliy faoliyati jarayonida diqqat, idrok, xotiгa, nutq, ko'ruv-harakat koordinatsiyasi, mayda motorika, faoliyatning ixtiyoriy regulyatsiyasi funksiyalarini rivojlanishi asosida kechadi. Intellektual nuqsonlarni tashxis etishda o'yin predmet-amaliy topshiriq asosida tuzilgan usullarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki ularning tashxis qilish imkoniyati ko'p bo'lib, ushbu metodikalar faqatgina natijalami emas, balki jaгayonning o'zini, topshiriqni bajarish usulini tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu metodikalardan bolaning bilimini aniqlash maqsadida o'yin shaklidagi ta'limiy eksperement sifatida foydalanish mumkin. Psixologik tekshirish o'tkazishda bolaning faqatgina yoshiga emas, balki uning intellektual va jismoniy imkoniyatlariga bog'liq holda tashxis usullarini tanlash zarur. Shuni e'tibo^a olish keгakki, ko'гuv o'tkirligining 0,09 dan pastligi, ko'rish maydonining 20%ga kamayishi hamda harakatida nuqsoni hamda harakatida kamchiligi (bolalar seretoal falajligining og'iï foгmasi) bo'lganda topshiriqni bajarish sifatiga ta'sir qiladi. Ushbu metodikalarni bajarish natijalarini baholashda harakatlaming o'гinliligi (topshiriqni qanday qabul qiladi), topshiriqni bajarish usuli, bajarish jarayonini o^ganishi va o'z faoliyati natijasiga bo'lgan munosabatini e'tiborga olish zarur. Birinchi parametr tavsifida bola berilgan topshiriqni xohish bilan bajarayotganligi, ko'rsatmani tushunganligi, harakatlarini o'rinliligiga e'tibor qaratish muhim. Topshiriqni bajarish turlari orientirlash faoliyati darajasidan dalolat beradi. Topshiriqni bajarishning to'rt daraja yoki turi ajratiladi:
1. Betartib harakatlar. Bu holda bola predmetlarning xususiyati va sifatini ajrata olmaydi (tuzilishi, kattaligi, rangi...) boshqa variantlarga maqsadsiz o'tadi, ko'pincha kuch ishlatadi.
2. Maqsadga yo'naltirilgan tahminlar yoki xato tahminlar orqali, bola predmetning xususiyatlarini anglay olmaydi, lekin
April, 2022
616
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
bajarishda xatolarini yo'qotib barcha variantlardan foydalanib ko'radi.
3. Amaliy qo'llab ko'rish. Bola predmetlarning xususiyatlarini ajrata boshlaydi, lekin ko'rgazmali obrazli ravishda solishtira olmaydi va amaliy qo'llab ko'rishga kirishadi.
4. Ko'rish orqali solishtirish. Bola predmetlarning xususiyatlariga tayanib topshiriqni hech qanday tahminlarsiz darrov bajaradi.
Autist bolalar tafakkurini tekshirish. "Segen taxtasi"
Ushbu topshiriqni bolani tekshirishda birinchi bo'lib berish tavsiya etiladi, chunki u bolalarda qiziqish uyg'otadi. Umuman, barcha bolalarning, xususan autist bolalarning tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun qo'llanilishi mumkin. Segen doskasining tuzilishi quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu geometrik figuralar shaklida chuqurchalar o'yiladi. Uchburchak, to'rtburchak, kvadrat, aylana, romb, to'g'ri to'rtburchak, trapetsiya kabi geometrik figuralarni tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirish talab etiladi. Ish tartibi quyidagicha: dastlab tajriba o'tkazuvchi bolalarga chuqurchalarga joylashtirilgan taxtachani ko'rsatadi. Shundan so'ng u taxtachadagi figuralarni to'kib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni o'z joylariga joylashtirishni so'raydi. Bu usul ayniqsa, chuqur autizmli bolalarni bog'cha yoshida o'rganishga yordam beradi. Bola gapirmasligi ham mumkin. Bu usulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan kattabolalar uchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aqlan normal bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni to'g'ri bajara oladilar. Aqliy nuqsonlilar yoki autist bolalar geometrik figuralarni paypasalaydilar, og'izlariga olib ko'radilar, ularni stolga urib taqillatadilar. Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato usullardan foydalanadilar. Bu bolalar ko'rsatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba o'tkazuvchining berayotgan ko'rsatmasini idrok qilish, tushunib etishi ham diagnotsik ahamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, har bir o'qituvchi, psixologlar mutsaqil ravishda yasab foydalanishlari mumkin. Metodika ko'rsatmani tushunishni, asosiy geometrik shakllarni bilish darajasi, harakatlar koordinatsiyasining holati, fazoviy chamalash, faoliyat xarakterini (figuralarni ushlash, chuqurchalar bilan solishtirish va h.k.) aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Maqsad: kattalikni farqlash darajasi, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish. Jihoz: shakllar andozasi chuqur o'yilgan taxta (4 variantli) va shu chuqurchalarga to'g'ri keladigan shakllar. O'tkazish usuli: bolaga shakllar joylashtirilgan taxta ko'rsatiladi va ko'zining oldida taxta shunday ag'dariladiki, ichidagi shakllar
stolning o'rtasiga tushiriladi. Ko'rsatma beriladi: a) so„z orqali
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
«Qara, menda xar xil shaklli taxta bor». «Men shakllami to'kaman, sen esa joyiga solasan» yoki ) imo-ishora orqali (eshitishi va nutqi buzilgan bolalarga). Agar bola topshiriqni tushunmasa va bajarishga kirishmasa, unda eksperement o'tkazuvchining o„zi 1-2 shakllarini solib ko'rsatib berishi kerak. Noo'rin harakatlarda yana yordam ko'rsatiladi: «Bu shaklni qayerga qo'yish kerakligini ko'rib ol». Agar samara bermasa, unda bolaning diqqatini taxtadagi shakllarga va qo'lidagi shaklga qaratiladi. Bola noo'rin harakatlarda davom etsa, unda chamalab, solib ko'rish taklif etiladi.
Autist bolalar idrok xususiyatini tekshirish."Kesma rasmlarni birlashtirish"
Maqsad: idrokning rivojlanish darajasini, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezini, ko'rgazma-harakatli tafakkurning shakllanganligini tekshirish. Jihoz: to'liq va kesma rasmlarning to'plami. Rasmlar 3 taga, 4 qismga kesilgan. O'tkazish usuli: eksperement o'tkazuvchi kesma rasm qismlarini ko'rsatib, unda qanday predmet tasvirlanganligini aytmaydi, ko'rsatma beriladi: a) so'z - ishorali shaklda: «rasmni to'liq qilib yig'ib ber» yoki b) imo-ishorali. Agar bola topshiriqni tushunmasa, to'liq rasm shakli ko'rsatiladi va ko'rsatma takrorlanadi yoki taxlanib va yana rasm qismlarga ajratiladi. Agar bu yordam samarasiz bo'lsa, bolaga rasm qismlaridan to'liq rasmni yig'ish ketma-ketligi taxminiy yo'naltirish orqali o'rgatiladi. Shundan so'ng boladan ushbu rasmni yana bir bor yig'ib berish so'raladi va boshqa variant taklif etiladi.
Autist bolalar diqqat xususiyatini tekshirish. "Yetishmaydigan qismlarni aniqlash"
Maqsad: Ixtiyoriy diqqatni tekshirishga mo'ljallangan bo'lib, ko'ruv-fazoviy analiz va sintezning shakllanganlik darajasini, diqqat va ishlash qobiliyatining xususiyatlari, maqsadga va topshiriqning shartiga muvofiq harakat qilishi qobiliyati, o'rgatilishi aniqlanadi. Material: Tekshirishni o'tkazish uchun bir nechta ayrim qismlari yetishmaydigan 3-4 ta rasmlar.
O'tkazish texnikasi: tekshiruvchi bolaga rasmlarga diqqat bilan qarashni, sinchkovlik bilan rasmlarni kuzatib, ulardagi yetishmayotgan qismlarini topishni va o'z o'rniga qo'yishni so'raydi. Bu uslubiyat bilan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar tekshiriladi. Autist bolalar diqqatining buzulganligi, tasavvurning yo'qligi, nutqining to'liq rivojlanmaganligi sababli vazifalarni bajarishga qiynaladi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida bolaga turlicha yordam ko'rsatilishi mumkin: topshiriqni qo'shimcha tushuntirish, shaklni uni tashkil qiluvchi qismlarga bo'lish, aytib berish, ko'rsatish.
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
Autist bolalar xotira xususiyatini tekshirish. "L.V.Zankov metodikasi"
O'tkazish texnikasi: Bolaga eslab qolishi uchun 5 ta so'z aytiladi (nur, nonushta, o'rmon, o'yin, o'qish). Eslab qolish jarayonini osonlashtirish uchun har bir aytilgan so'zga monand rasmlar ko'rsatiladi (lampa, non, daraxt, qo'g'irchoq, kitob). Tanlovni to'liq bo'lishini ta'minlash maqsadida 1 ta qo'shimcha rasm beriladi (sigir). Ko'rsatma: Hozir men senga aytadigan so'zlarni eslab qolishing kerak, ularni yaxshi eslab qolishing uchun men senga har bir aytilgan so'zga monand rasmlarni beraman. Masalan: "O'yin so'ziga qo'g'irchoq", chunki o'yin o'ynash uchun qo'g'irchoq lozim. Agar bola ko'rsatmani tushungan bo'lsa tekshirishni o'tkazish mumkin. Bolaga eslab qolish uchun rasmlarni ko'rsatib so'zlab bilan rasmlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tushuntirib berishni so'rash lozim. Agar bola buni qilishga qiynalsa, avval:
O'ylab ko'r bu rasm nimasi bilan senga o'yinni eslatadi? Yoki o'yin uchun nima kerak? kabi savollar bilan bolani rag'batlantirish lozim. Agar bu holda ham bola yaxshi tushuna olmasa, unda tekshiruvchining o'zi uni ko'rsatib rasm va so'z o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'rnatadi va bu bolani qanchalik tushunganligini tekshiradi. Har bir so'z aytib bo'linib rasmlar tanlangandan so'ng tekshiruvchi rasmlarni yig'ib oladi. U bolani chalg'itish xarakteridagi 2-3ta savol beradi. Masalan: "Senga bu topshiriq yoqdimi? Senga qiyin bo'lmadimi? Bu topshiriqdan charchamadingmi?" shu kabi savollardan keyin bolaga rasmlar ko'rsatib savol beradi. Bu rasm senga qaysi so'zni eslatyapti?[3]
Autist bolalar nutqni tushunish xususiyatini tekshirish.
Nutqni tushunishni maxsus tekshirish suhbat vaqtida olingan dastlabki ma'lumotlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Tekshirish texnikasi: eng oddiy usul bola oldidagi yoki rasmda tasvirlangan predmetlarni ko'rsatishni boladan so'rashdir.
Ma'lum bo'lgan usullardan yana biri bola tomonidan bir necha so'z ko'rsatmasini bajarilishidir.
1. Sodda ko'rsatmalarni tushunish. Bolaga "Daftarni ol", "Qalamni qo'y" kabi oddiy ko'rsatmalarni bajarish taklif qilinadi. Ko'rsatmaga mos harakat qilish uning tushunganligidan dalolat beradi.
2. Murakkab ko'rsatmalarni tushunish. Bolaga ketma-ketlikda quyidagi murakkab ko'rsatmalarni bajarish taklif qilinadi: "Eshikni yop va chiroqni yoq", "Daftarni partaga qo'y va qalamni ol".
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
3. "Ustida", "ichida", "yonida", "o^asida", "tagida" kabi ko'makchi so'zlarni tushunish. Bolaga ushbu so'z^ yoгdamida ko'rsatma berib ishni bajarish taklif etiladi.
4. GaplaTdagi muгakkab bog'lanishlarni tushunish buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:
- Qaysi jumla to'g'ri, aniqla: bahor yozdan avval keladimi yoki yoz bahorla oldin keladimi?
- Tingla va savolga javob ber: Bolalar itning ketidan yuguryapti. Kim olin yuguryapti?
5. Bog'langan matnni tushunish. Bunda bolaga kichik hikoyani eshitish va savollarga javob berish taklif qilinadi.
Autist bolalami psixologik tekshirishda o'tkazilgan metodikalar natijalari quyidagi me'zonlar bilan baholandi:
- Topshiriqni mustaqil bajardi
- Topshiriqni yordam bilan bajardi
- Topshiriqni qisman bajardi
- Topshiriqni bajara olmadi[4]
Bola tug'ilganidan bñ yoshgacha bo'lgan davrda jismoniy va psixologik jihatdan juda tez o'sadi. Bu davráa bola ko'p jihatdan ongsiz bo'lib kattalaming doimiy va to'g'ri pai^varishiga muxtoj bo'ladi. Bolaning kelgusida sog'lom bo'lishi va psixik jihatdan normal o'sishi uning shu davráa to'g'ri parvarish qilinishiga bog'liq. Bu yoshda bolaning шгу sistemasi ham tez o'sib boradi - miyaning og'irligi 350 gr dan 900gr ga boradi, (1 yoshdan 3 yoshgacha 200 ortadi) boshni tik tutishi, narsalarni paypaslab ushlash, turishga urinish, emaklash, faoliyatlari vujudga keladi. Bir qator analizatoriari paydo bo'lib, nomal ishlay boshlaydi. Ko'rish va eshitish analizatorlari biг muncha murakkab yo'l bilan rivojlana boshlaydi. Bola hayotining ikkinchi xaftasida sekin harakat qilayotgan narsalarni payqaydi, uch oylikda yarqiroq narsalarga tikilib qaraydi, uch to'rt oylik bola onasini taniydi, tafakkur elementlari paydo bo'lib - onasini boshqalarga taqqoslaydi. Olti-yetti oylik bola oti aytilgan na^ani ko'rsatadi, xarakat xotiгasi paydo bo'ladi. Bola bilan muloyim gaplashib tosak, unda faollik, kattala!ga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi «jonlanish kompleksi» yuzaga keladi. Bola o'z atrofidagi barcha narsalarga diqqatini qarata boshlaydi. Bolaning birinchi yig'isiyoq nutq apparatlarini rivojlantira boshlaydi. 2-3 oylikda g, k, a tovushlarini chiqaradi, 8 oyligida kattalarning gapini tushuna boshlaydi, kattala^a taqlid qilib nutqi o'sib
boradi. Shu tariqa bolada iroda, odat, xissiyot, temperament
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621
belgilari ham tez o'sib, rivojlanib boradi. Erta bolalik (1-3 yosh) davrida bola yura boshlaydi, tevarak-atrofdagi narsalarni bilishdagi daslabki qadamini qo'yadi. Nutqi yordamida atrofdagilar bilan munosabatida bo'la boshlaydi. Bu esa undagi psixik jarayonlarning rivojlanishiga imkon beradi. Ma'lumki, har bir yosh davr, o'ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bularga: oilada va maktabda bola holatining o'zgarishi, ta'lim va tarbiya shakllarining o'zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmidagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni kiritish mumkin. Ma'lumki, har bir davr o'zining muhim hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, o'ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterli yangi sifatlarning hosil bo'lishi bilan ajralib turadi. Har bir davr o'zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida paydo bo'ladi va o'z navbatida, o'zidan keyingi davrning paydo bo'lishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Айрес Э.Дж. Ребенокти сенсорная интегратция. Понимание скрытых проблем развития // -М.: Теревинф, 2009.
2. Каннер Л."Аутические нарушения аффективного контакта" в переводе В. Е.Кагана/ Л.Каннер // Вопросы психического здоровья детей и подростков. -2010.№ 1.-С.85-88
3. Nurmatova D.G. "Autist bolalarni ijtimoiy-psixologik moslashtirish tizimini takomillashtirishning nazariy - metodologik asoslari". - 2020. B- 62-70
4. http://www. autism.uz
5. Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuralievna, Kadyrova Dilbar Salikhovna. (2021). Conspirological Theories of Origin Pandemic COVID-19 Ethical Issues in Dealing with the Pandemic. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6250
April, 2022