Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARINI O‘RGANISH'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2542
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha yosh / oilaviy munosabatlar / “men” / oila rasmi / ota-onaga munosabat / psixologik portret / Preschool age / family relationships / "I" / family drawing / attitude to parents / psychological portrait

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Norbosheva, Mexri Achilovna

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning oilaviy munosabatlarini o‘rganishda proektiv metodikalardan foydalanish masalalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A STUDY OF PRESCHOOL CHILDREN'S PERSONAL FAMILY RELATIONSHIPS

This article describes the use of the potential of the projective technique in the study of family relations of preschool children

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARINI O‘RGANISH»

Scientific Journal Impact Factor

О

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARINI O'RGANISH

d 10.24412/2181-1784-2021-11-26-33

Norbosheva Mexri Achilovna

Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti Psixologiya kafedrasi mudiri

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning oilaviy munosabatlarini o 'rganishda proektiv metodikalardan foydalanish masalalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: maktabgachayosh, oilaviy munosabatlar, "men", oila rasmi, ota-onaga munosabat, psixologikportret,

В этой статье описывается использование потенциала проективной методики в изучении семейных отношений дошкольных детей

Ключевые слова: дошкольное возраст, семейные отношения, «я», рисунок семьи, отношение к родителям, психологический портрет,

This article describes the use of the potential of the projective technique in the study of family relations of preschool children

Keywords: Preschool age, family relationships, "I", family drawing, attitude to parents, psychological portrait

O'zbekistonda oilalarni mustahkamlash, ularni ijtimoiy himoyalash, barkamol shaxs, ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash yo'lida ijobiy ishlari o'z ifodasini topmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida" 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qaroriga muvofiq yoshlarni mustaqil hayotga kafolatli tayyorlash, tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib, 18 yoshigacha davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizligiga asoslangan metodikani ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, yoshlarni shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirishga yo'naltirish, dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi" tasdiqlandi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi sharoitda oilalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan, sharqona axloqiy xususiyatlar aks etgan ma'naviy-axloqiy munosabatlar qaror topmoqda va oilalarda huquqiy, axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormoqda. Uyda sog'lom axloqiy muhit, o'zaro muomala madaniyati, axloqiy tamoyil chuqur ildiz otmasa, oilada bo'shliq, salbiy holatlarning qaror topishi muqarrardir[8].

Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol ko'pchilikni o'ylantiradi. Ko'pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug'ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug'ullanish lozim, besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan. Aynan maktabgacha davrda bolaning kelajakdagi barcha faoliyat turlarida va umuman hayotda muvaffaqiyatli bo'lishiga yordam beruvchi umuminsoniy xislatlari shakllanadi. Bularning barchasi bolaning shaxsiy faolligi, oiladagi ijobiy muhitda kattalarning qo'llab-quvvatlashi orqali rang -barang faoliyatlarda rivojlanadi[9].

Maktabgacha ta'lim tashkiloti o'zining asosiy vazifasi etib har bir bola shaxsini maksimal rivojlantirish va uni keyingi rivojlanish bosqichiga tayyorgarligini ta'minlash maqsadida tashkilotda ijobiy psixologik mikroklimat va sharoit yaratishni belgilaydi.

Ota-onalar va tarbiyachilardan talab qilinadigan narsa esa - bu katta sabr, mehr va bola tarbiyasiga ilmiy asoslangan yagona yondashuvdir. To'g'ri yo'sinda olib borilgan tarbiya natijasida bola mustaqil fikr yuritishga va katta hayotga dadil qadam qo'yishga tayyor bo'ladi[10]. Maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada o'z "men"ini anglashi juda muhim hisoblanadi. Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an'ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta'sirini ko'plab tadqiqotlarda o'rganganlar. Bola ota - onaning faqatgina tarbiyaviy ta'sir etish mahsuli emas. U o'z oilasini o'zicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi o'z o'rnini o'zaro aloqada belgilaydi va oilada o'zini shaxs sifatida anglaydi. Bolalar oilada ro'y berayotgan hodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar[11]. Biz qachonki atrofimizdagi olamni bola ko'zi bilan ko'rishga o'rganib olganimizdan so'nggina, ularni to'g'ri tushunamiz, hayajonlariga, qayg'ulariga yordam bera olamiz. Bugungi amaliy psixologiya va bolalar psixologiyasida maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada bolani shaxs sifatida idrok etilishi va uning bola umumpsixik taraqqiyotiga ta'siri, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari doirasida ijtimoiy rollar haqidagi tasavvurlar shakllanishi, kattalarga taqlid orqali muloqot ko'nikma va malakalarining tarkib topishi kabi masalalar o'rganilmoqda[12].

Scientific Journal Impact Factor

o

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda ko'plab psixodiagnostik vositalar testlar, metodikalar, so'rovnomalar mavjud bo'lib ulardan keng foydalanilmoqda. Shunday tashxis vositalaridan biri bu "Oila rasmi" nomi bilan keng tarqalgan proektiv testidir. Eston psixologi G.Xomentaukas tomonidan ishlab chiqilgan mashxur «Oila rasmi» testi kattalarga dunyoni bola ko'zi bilan ko'rishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning o'z oilasiga bergan shaxsiy bahosi haqida, oila a'zolari bilan bo'lgan munosabatlari, bola nimalarni idrok qila olmasligi, nimalarni kuchli xayajon bilan his qilishi haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz ravishda xavotirga solsa, xuddi shu narsalar bolalarning rasmlarida ifodalanadi. Oila rasmi bola shaxsining psixologik portretidir. Bu testni 3 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin. Psixologlar bu testdan bolaning oiladagi "Men"ini o'rganish maqsadida foydalanadilar. Bu testni o'tkazish pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni o'qituvchilar, ta'lim muassasalari psixologlari va hatto ota - onalar o'tkazishlari mumkin.

Tadqiqotni o'tkazish uchun 21 x 29 sm hajmidagi oq qog'oz, o'chirg'ich kerak. Bolaga: «Iltimos, o'z oilang rasmini chizib ber" - deb aytiladi. Lekin «oila» nima ekanligi haqida tushuntirilmaydi, chunki, test talabi shuni taqozo etadi. Agar, bolaga tushuncha berilsa tadqiqot o'tkazishning maqsadi o'zgaradi. Bolaga rasm chizish topshiriq berilganda vaqt chegaralanmaydi. Topshiriqni bola bajarayotganda quyidagilarga e'tibor berish kerak: tarkiblarni chizish ketma - ketligi, tarkiblarni o'chirilishi, bolaning izohlarga, his - hayajonga berilishi va h.k[13].

Topshiriq bajarib bo'lgandan so'ng bolaga quyidagi savollar berilib suhbat o'tkaziladi:

1) Aytchi, sen bu rasmda kimlarni chizding?

2) Ular qaerdalar?

3) Ular nima qilyaptilar?

4) Ular xursandmilar, yoki biron narsadan zerikkanmilar?

5) Ulardan qaysi biri baxtli? Nimaga?

6) Ulardan qaysi biri juda baxtsiz? Nimaga?

"Oila rasmi" metodikasi natijalarini tahlil qilishda bolaning yoshi, oila a'zolarining sonini hamda aka, uka, opa, yoki singillarining yoshini bilish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, bola chizgan rasm tahlil qilinayotganda suhbatdagi ma'lumotlar va quyidagi shkalalariga e'tibor qaratish lozim:

Scientific Journal Impact Factor

o

1) Bolaning haqiqiy oilasi uning chizgan oila rasmi bilan taqqoslanadi. Oiladagi o'zaro munosabatlar va undagi muhit ijobiy bo'lsa, bola oiladagi barcha a'zolarning rasmini chizadi. Agar rasmda oila a'zolarining birontasi chizilmagan bo'lsa, demak oilaviy vaziyat mukammal emas.

2) Agar, rasmda oilaga taalluqli bo'lmagan odamlarning rasmi chizilgan bo'lsa: a) e'tiborsizlik, yolg'izlanib qolish, b) kuchli xavotirlanish darajasi.

3) odatda bolalar oilaning qaysi bir a'zosi bilan nizoli muammo vujudga kelgan bo'lsa, shuni chizishni unutib qo'yadilar. Ko'p hollarda aka, uka yoki opa, singillarning rasmini chizmaydilar. Bu bilan bola oilada o'zining ustunligini, ota va onasining mehriga to'ymaganligini ifodalaydi. Masalan, bola o'zini ota va onasining o'rtasida chizib ko'rsatgan, kichik ukasi yoki singlisini esa umuman chizmagan.

4) Agar bola o'z rasmini chizmagan bo'lsa yoki oilasining o'rniga faqat o'zinigina chizsa, demak bu holda oilada umumiy birlikning yo'qligidan dalolat beradi.

5) Agar, oilasining o'rniga bola hayvonlar va qushlarni chizsa, demak bolaga e'tibor va hissiy muloyimlik yetishmaydi.

6) Agar bola oila a'zolarining rasmini qo'llari tutashgan va bir qatorda chizgan bo'lsa, demak bu oiladagi psixologik iqlim yaxshi. Agar, unday bo'lmasa, demak aksincha.

7) Agar, oila a'zolari guruh - guruh bo'lib chizilgan bo'lsa, demak, bu oilada kichik guruhlar borligini bildiradi

8) Oila a'zolarining kiyimlarida ko'p tarkiblarning borligi, rangligi oilaviy munosabatlarning ijobiyligini ko'rsatadi va aksincha oilaviy munosabatlarda adovat bo'lsa, oila a'zolarining gavdalari to'liq bo'lmay, kiyimsiz yoki tugatilmay chiziladi[8].

9) Bolalar odatda otasi va onasini juda katta qilib chizadi. Demak, oiladagi munosabatlar tenglik asosida, bola o'zini oilada kattalardek xis qiladi.

10) Agar bolalar o'zlarini otasi va onasidan ham katta qilib chizsa, demak bolani o'z - o'zini baholash darajasi juda ham yuqori.

11) Agar bola o'zini boshqa oila a'zolariga nisbatan juda kichik ota - onasi tomonidan g'amhurlik talab qiladi.

12) Agar bola o'z rasmini qo'llarini yuqoriga ko'targan holda, barmoqlarini uzun qilib chizgan bo'lsa, bu uning tajovuzkorligidan xabar qiladi. Ba'zan bunday rasmlarni yuvosh bolalar ham o'zining atrofidagi odamlarga nisbatan tajavuzkorona ruhda ekanligi, lekin bu holat yashirinligi ma'lum bo'ladi hamda bola kuchli va o'zgalar ustidan xukmron bo'lish hohishi borligini bildiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

13) Agar bola oila a'zolarining qo'llarini mushtcha tugilgan holda, barmoqlari uzun holatda chizsa, demak u shu oila a'zosining o'ziga nisbatan tajovuzkorligini his qiladi.

14) Agar bola o'zining tishlarini katta qilib chizgan bo'lsa, demak unda tishlash, baqirish, qo'pollik qilishga moyillik kuchlidir. Agar bola boshqa oila a'zolarini shunday holatda chizsa, ana shu oila a'zosiga nisbatan qo'rquv va dushmanlikni his qiladi.

Oila rasmi testi bolaning yosh xususiyatlari bilan bog'liqdir. 3 - 4 yoshdagi bolalar odam gavdasini chiziqlar bilan to'liq bo'lmagan holda chizadilar. 5 - 7 yoshli bolalarning rasmi esa ancha boyroq bo'lib, gavda tuzilishlari to'liq, rasmlar tugallangan bo'ladi. Demak, bolalar tomonidan chizilgan oila rasmlari sinchkovlik bilan har bir detaliga e'tibor bergani holda tahlil qilinishi lozim bo'ladi. Bu test uchun miqdoriy baho belgilash tizimi ishlab chiqilgan va 5 xil alomat majmuasi ajratib ko'rsatilgan

Bizning tadqiqotimizda 52 nafar 5-7 yoshli MTTga qatnaydigan bolalar ishtirok etdilar. Ma'lumki, oilani kinetik rasmi metodikasi faqat bugunni, o'tmishni aks ettirib qolmay shu bilan birga kelajakka qaratilgandir, chunki bola rasm chizishda vaziyatni tushunib olishga intiladi, oilaviy munosabatlar hal kiladi.

Oilaning kinetik rasmi ikki qismdan rasm chizdirish va rasmdan keyin suhbatlashishdan iborat. Tadqiqot davomida bolalarga ko'rsatmaga muvofiq oq qog'oz, qora qalam va o'chirg'ich berildi. Vazifa tushuntirilgach, bolalar katta qiziqish bilan rasm chizdilar. Bolalarni 2 ta guruhga ajratib olindi, 1-guruh 5-6 yoshlilar, 2- gurux 6-7 yoshlilar bo'ldi. Bolalar bilan rasm chizish davomida chizayotgan rasmlariga sharhlar berishdi, jumladan, onam bu yerda turadi, singlim uxlab qolgani uchun ko'rinmaydi, dadam yo'qligi uchun onamni 2 marta chizsammikan?, bobomniyam chizsam maylimi? kabi mulohazalar kuzatildi. Bolalar o'zlari chizgan rasmlarni bir-birlariga ko'rsatib izohlab ham berdilar. Rasm chizishni yakunlagan bolalar bilan olib borilgan suhbat natijalariga ko'ra tahlil umumiy tarzda quyidagicha o'z aksini topdi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1-jadval

Umumiy taxlil natijalari

№ shkalalar Bolal foizd Shund foizd Shunda foizda

ar a an a n o'g'il

soni qizlar bolalar

1 oiladagi barcha a'zolaming rasmini chizgan S1 7S,8 19 45,2 12 28,5

oila a'zolaridan birontasi 11 2б,1 7 1б,б 4 9,5

chizilmagan

2 oilaga taalluqli bo'lmagan odamlarning rasmi chizilgan В S0,9 5 11,9 8 19

o'zini ota va onasining 21 50 В S0,9 8 19

S o'rtasida chizib ko'reatgan

kichik ukasi yoki singlisini 9 21,4 S 7,1 б 14,S

umuman chizmagan

bola o'z rasmini chizmagan В S0,9 б 14,S 7 1б,б

4 faqat o'zinigina chizgan 8 19 S 7,1 5 11,9

5 Oila o'miga hayvonto va qushlarni chizgan 8 19 S 7,1 5 11,9

б oila a'zolarining rasmini qo'llari tutashgan va Ыг qatorda chizgan S1 7S,8 19 45,2 12 28,5

7 oila a'zolari gurnh - guruh bo'lib chizilgan 10 2S,8 б 14,S 4 9,5

Oila a'zolarining 28 бб,б 19 45,2 9 21,4

8 kiyimlarida ko'p tarkiblarning borligi, rangligi

oila a'zolarining gavdalari 14 sss б 14,S 8 19

to'liq emasligi, kiyimsiz

yoki tugatilmaganligi

9 otasi va onasini juda katta qilib chizgan SO 71,4 18 4S 12 28,5

10 o'zini ota va onasidan ham katta qilib chizgan 12 28,5 7 1б,б 5 11,9

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

11 o'zini oila a'zolariga nisbatan juda kichik chizgan 21 50 16 38 5 11,9

12 bola o'z rasmini qo'llarini yuqoriga ko'targan holda, barmoqlarini uzun qilib chizgan 17 40,4 10 23,8 7 16,6

13 oila a'zolarining qo'llarini mushtcha tugilgan holda, barmoqlari uzun holatda chizgan 9 21,4 3 7,1 6 14,3

14 o'zining tishlarini katta qilib chizgan 17 40,4 10 23,8 7 16,6

oila a'zolarini tishlarini katta qilib chizgan 10 23,8 4 9,5 6 14,3

XULOSA

Oilani kinetik rasmi metodikasi faqat bugunni, o'tmishni aks ettirib qolmay shu bilan birga kelajakka qaratilgandir, chunki bola rasm chizishda vaziyatni tushunib olishga intiladi, rasmida ifodalangan oiladagi shaxslararo munosabatlarni o'ziga xos tarzda talqin qiladi, oila haqidagi tasavvurini namoyon etadi. Har bir rasmda bolaning tasavvuridagi "ota-ona" ijtimoiy rollari aks etadi, oilaviy munosabatlar psixologiyasi ko'rinadi. Tajriba natijalariga ko'ra sinaluvchilarning 71,4% otasi va onasini juda katta qilib chizgan, demak, oiladagi munosabatlar tenglik asosida, bola o'zini oilada kattalardek xis qiladi degan xulosaga kelish mumkin. Bunday oilalarda bola shaxsi shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi muhitning mavjudligi quvonarli albatta. Ammo, oilasining o'rniga hayvonlar va qushlarni chizgan bolalar 19%ni tashkil etdi, bunday bolalarga oilasida e'tibor va hissiy muloyimlik yetishmasligi achinarli hol. Bunday muhitda o'sayotgan bolada o'ziga ishonchi past, odamovilik, muloqotga kirishishda qiyinchilik, mustaqil fikrlay olmaslik kabi holatlar kuzatiladi.

Tadqiqotchilar fikricha, ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabat bola shaxsi shakllanishidagi yetakchi omildir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning oila haqidagi tasavvurlarini o'rganish, har bir bolaning oilaviy muhiti va ota-onasining bolaga munosabati haqidagi ma'lumotlar tarbiyachi-pedagoglarga oila bilan hamkorlikda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Bu esa maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini ta'minlaydi.

Scientific Journal Impact Factor

О

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Абрамова Г.С. Практическая психология. М.,Трикста. 2005. 496с

2. Узлуксиз маънавий тарбия концепцияси. Тошкент-2019 йил

3. Норбошева М.О. Мактабгача таълимда психодиагностика Термиз, 2015

4. Норбошева М. Мактабгача ёшдаги бола шахсини ривожлантиришда уйинли технологиялардан фойдаланишнинг ахамияти. ж.Педагогика. 2021 2-сон, 125 б

5. Норбошева М.А. Болалар психологияси ва психодиагностикаси. Т.,2020

6. Еозиев Э.,Самарова Ш. Болалар психологияси Т.,2012

7. Хоментаускас Г.Т. Семья глазами ребенка. М.,Педагогика. 1989 110 с

8. Норбошева, М. А. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ ОИЛА ДАКИДАГИ ТАСАВВУРЛАРИНИ УРГАНИШ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(6).

9. Норбошева, М. А., & Норбошева, М. А. (2018). Реформы системы дошкольного образования в Узбекистане. In Фундаментальные и прикладные исследования: гипотезы, проблемы, результаты (pp. 25-29).

10. Саломов, А. А., & Хуррамов, Р. С. (2019). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Интернаука, (41-1), 12-14.

11. Kadirova, D. (2021). GROWTH RHYTHM OF INTRASPECIFIC FORMS OF WHEAT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(11), 294-299.

12. Kushokov, S. Y. (2021). THE ROLE OF ZOROASTRIANISM IN THE ANCIENT STATE OF BACTRIA. World Bulletin of Social Sciences, 4(11), 69-72.

13. Zokirov, Javohir Gaybullo Ogli, & Xurramov, Rustam Sayfiddinovich (2021). FORMATION OF ETHNOPEDAGOGICAL VIEWS AMONG STUDENTS THROUGH THE STUDY OF THE LIFE AND WORK OF ALISHER NAVOI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10),

339-343.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.