Научная статья на тему 'NUTQ KAMCHILIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA VA NUTQNING BUZILISH SABABLARI'

NUTQ KAMCHILIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA VA NUTQNING BUZILISH SABABLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
341
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isodullayeva Iqboloy Sodiqjonovna, Maxammatova Flora

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to‘g‘ri shakllanishi, nutq kamchiliklarini yuzaga keltiruvchi sabablar, tahlillar va ularni tuzatish yo‘llari haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQ KAMCHILIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA VA NUTQNING BUZILISH SABABLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

NUTQ KAMCHILIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA VA NUTQNING BUZILISH

SABABLARI

1Isodullayeva Iqboloy Sodiqjonovna, 2Maxammatova Flora

1Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi Maxsus pedagogika yo'nalishi

o'qituvchisi

2Maxsus Pedagogika Logopediya yo'nalishi 1- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11046801

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning to'g'ri shakllanishi, nutq kamchiliklarini yuzaga keltiruvchi sabablar, tahlillar va ularni tuzatish yo'llari haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: nutq, tovush, artikulyatsiya, periferik buzilishlar, funksional buzilishlar, asfiksiya, duduqlanish, afaziya, og'zaki nutq,pedagog, yozma nutq buzilishi , og'zaki nutq buzilishi.

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to'g'ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to'g'ri nutq muhiti va ta'lim-tarbiyaga bog'liq. Nutq tug'ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o'rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo'lini, bu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o'ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o'z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo'ladi. G.L.Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1. tayyorlov davri (2yoshgacha); 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N.Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo'lib ko'rsatadi: 1) tayyorgarlik davri - bola tug'ilgandan bir yoshgacha; 2) bog'chagacha bo'lgan davr-3 yoshgacha; 3) maktabgacha bo'lgan davr - 7 yoshgacha; 4) maktab davri. Bola tug'ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig'idan iborat bo'ladi. To'g'ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va yig'i nutq apparatining 3 bo'limini (nafas olish, ovoz hosil bo'lish, artikulyasion) rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Ikki hafta o'tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e'tibor bera boshlaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo'shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo'lib qoladi. Tez kunda bola intonatsiyaga e'tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonasiyaga - yig'laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo'g'inlarning talaffuzi paydo bo'ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyasiya qilinmaydi. Bola 5 oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyasion harakatini ko'rib unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko'p marotaba takrorlashi harakat ko'nikmasining mustahkamlanishiga olib keladi. 6 oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba'zi bo'g'inlarni talaffuz eta boshlaydi (na-na-na, bebe-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar). Ikkinchi yarim yillikda bola ba'zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog'laydi (bu, ma, bey). Bola 7-9 oyligida kattalar ketidan turli xil bo'g'inlarni qaytara boshlaydi. 10-11 oyligida so'zlarning o'ziga reaksiya paydo bo'la boshlaydi (vaziyat va gapirayotgan kishining intonasiyasidan qat'iy nazar) .Eng keng tarqalgan ma'lumotga ko'ra, bolalarning lug'at boyligini bog'chagacha bo'lgan davrda o'sishi quyidagi raqamlarni ko'rsatadi: 1 yoshu 6 oyda - 10-15 ta so'z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so'z, 3 yoshga borganda - 1000 ta so'z. Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

o'z xohish va iltimoslarini bir so'z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so'zdan iborat sodda jumlalar paydo bo'la boshlaydi. Uchinchi davr - maktabgacha bo'lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo'lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyasion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari -p, b, m, f, v va boshqalarni o'rganadilar. Artikulyasion jihatdan talaffuz etish qiyin bo'lgan: shivirlovchi, sirg'aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto'g'ri qo'llaydilar yoki talaffuz etmaydilar. Bu davrda lug'at boyligining o'sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug'ati 3000- 4000 ta so'zgacha etadi. Lug'at boyligi o'sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola hayotining 4 - yiliga kelib, ular o'z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo'llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo'shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo'shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so'ng sonor, shovqinli va sirg'aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo'lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to'g'ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to'g'ri, aniq gapiradi. Maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o'ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro'y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq etakchi rol o'ynaydi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Nutq kamchiligi logopediya fanida muayyan tilning me'yorlaridan chetga chiqish deb ta'riflanadi. Nutq kamchiliklari quyidagilar bilan xarakterlanadi: Nutq kamchiligi o'z-o'zidan barham topmaydi, balki vaqt o'tgan sari yanada mustahkamlanib, zo'rayib boradi. Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo'lishi ularning yoshiga mos kelmaydi. Nutq kamchiligiga ega bo'lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo'ladilar. Og'ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko'rib chiqishda evolyusion-dinamik yondoshiladi Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, o'zlashtirishga salbiy ta'sir ko'rsatadi Bu zaiflashuvlar turli jarayonlarda mavhum holida kuzatilishi mumkin, logopediyada ularga bog'liq bo'lgan buzilishning quyidagi turlari ajratiladi (ularni belgilash uchun an'anaviy bo'lib qolgan atamalar mavjud): Disfoniya (afoniya) -tovush apparatining patologik o'zgarishlari oqibatida fanasiyaning yo'q bo'lishi yoki zaiflashuvi. Ma'nodoshlari: tovushning buzilishi, fonasiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vokal buzilishlar. Tovush yuqoriligi va yo'g'on-ingichkaligi (disfoniya) goho fonasiya (afoniya) ning yo'q bo'lishida, goho quvvatning buzilishida namoyon bo'ladi. Bradilaliya - nutqning patologik sekinlashgan sur'ati. Ma'nodoshi: bradifraziya. Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan ishlab chiqarishda namoyon bo'ladi, markaziy bog'langan va o'z tabiatiga ko'ra organik yoki funksional bo'lishi mumkin. Taxilaliya - Nutqning patologik tezlashgan sur'ati. Ma'nodoshi: taxifraziya. Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga oshirilishida namoyon bo'ladi, o'z tabiatiga ko'ra, markaziy bog'langan, organik yoki funksional hisoblanadi. Sekinlashgan sur'atdagi nutq cho'ziq tortilgan, bir ohangda bo'ladi. Tezlashgan sur'atda - shoshilinch, intiluvchan, shiddatli ekanligi ko'zga tashlanadi. Nutqning tezlashuvi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

agromatizmlar bilan birga sodir bo'lishi mumkin. Bunday holatlar ayrim paytlarda battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil buzilishlar sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan bo'linishlar, tutilish, to'xtab qolishlar bilan uchraydigan hollarda u poltern atamasi bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya-nutq sur'atining buzilishi degan umumiy nomi ostida birlashadi nutq sur'atining buzilishi-nutq jarayonining ravonligi, nutqning ohang va melodik-intonasion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi. Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur'atohangning buzilishidir. Ma'nodoshi: logonevroz Dislaliya - tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq apparatining saqlangan innervasiyasi paytida buzilishi. Ma'nodoshlari: tili chuchuklik (eskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar. Nutqning noto'g'ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo'qligida namoyon bo'ladi. Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining Nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog'liq holdagi buzilishdir. Ma'nodoshlari: dimog' bilan gapirish (eskirgan), palatolaliya. Tovush tembrining patologik o'zgarishida namoyon bo'ladi. Dizartriya - nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervasiyasidagi yetishmovchilik bilan bog'liq holdagi buzilishidir. Alaliya - bosh miya qobig'idagi nutq zonalarining bolaning ona qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning yo'q bo'lishi yoki rivojlanmay qolishi. Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog'liq holda nutqning to'liq yoki qisman yo'qolishi. Ma'nodoshlari: nutqning buzilishi, yo'qolishi. Bola nutqining bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki, miya shishi natijasida yo'qolishi nutqning shakllanib bo'lganidan so'ng yuz beradi. Agar bunday buzilish uch yoshdan so'ng sodir bo'lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Yozma nutqning buzilishi. Disleksiya - o'qish jarayonining qisman o'ziga xos buzilishi. Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni bo'g'inlarga qo'shish va bo'g'inlardan so'z tuzish borasidagi tutilishlarda .Disgrafiya -yozish jarayonining qisman o'ziga xos ravishda buzilishi. Harfning optik-fazoviy obrazining turg'un emasligida, harflarning aralashib ketishi yoki tushib qolishida, so'zning so'zbo'g'in tarkibini bayon qilish va gap qurilishida. namoyon bo'ladi. O'qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan hollarida agrafiya haqida fikr yuritiladi. Shunday qilib, logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi og'zaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlaridagi buzilishlarni tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni bilan bog'liq holda ajratiladigan buzilishlarni o'z ichiga oladi. Og'zaki nutqning buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya (anartriya), alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari orasida disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) ajratiladi. Psixologik-pedagogik tasnif tibbiy tasniflarni pedagogik jarayonda qo'llanish nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilish natijasida vujudga keldi (bu uslub logopedik ta'sir etish deyiladi).Xulosa qilib aytganda; bunday tahlil logopediyani nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog'liq holda juda muhim bo'ldi. Tadqiqotchilarning e'tibori bolalar jamoasi (o'quv guruhi, sinf) bilan ishlash uchun zarur bo'lgan logopedik ta'sir etish metodlarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan . Buning uchun bolalardagi nutqning nonormal rivojlanishining turli shakllaridagi nuqsonlarning umumiy ko'rinishi, ayniqsa, o'qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb hisoblanganlarini topish zarur . Pedagog oila a'zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan qat'iy nazar ota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bo'lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam va qo'llab-quvvatlash ota-onalarga o'zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi. Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e'tiborga olish ishning muvaffaqiyatli bo'lishini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ta'minlaydi. O'zaro munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolani tarbiyalashda ma'lum bir ma'suliyatga ega bo'ladilar. Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning hamkor sifatida ish ko'radi. Pedagoglar va oila a'zolari o'rtasidagi aloqaning xarakteri va samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini to'g'ri tanlashiga ham bog'liq bo'ladi.

REFERENCES

1. Voxidov M.. «Bolalar psixologiyasi» Toshkent. 1992 y.

2. Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. T., "O'qituvchi",1994

3. Lex.uz/.O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh., 2020- yil 23-sentabr, O'RQ-637-son.

4. Ayupova.M.Y. —Logopediyall O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent -2007.

5. Ayupova.M.YU —Korreksion ishlar metodikasil Ma'ruza matni .T-2001

6. Soliyev I, Isodullayeva I. КОРРЕКЦИОННАЯ РАБОТА ПО РАЗВИТИЮ РЕЧИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА С НАРУШЕНИЯМИ ОПОРНО-ДВИГАТЕЛЬНОГО АППАРАТА //Американский журнал исследований в области гуманитарных и социальных наук. -2024/1.С. 64-67

7. Isodullayeva I., Maxammatova F. INKLYUZIV TA'LIM-TENG IMKONIYATLAR POYDEVORIDIR //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. -Т. 2. - №. 12. - С. 198-199.

8. Махмудова Мадинахон Собирхоновна, Исодуллаева Икболой Садигжоновна TECHNOLOGIES FOR ELIMINATING SPEECH DEFECTS IN CHILDREN WITH PROBLEMS IN THE MUSCULOSKELETAL SYSTEM IN PRESCHOOL AGE //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ GALAXY (GIIRJ). - 2023. - С. 1612-1617.

9. Махмудов Хуршид Шухратович, Исодуллаева Икболой. ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РЕЧЕВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ // Репозиторий с открытым доступом. -2023/3/18.-С. 765-771.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.