Научная статья на тему 'BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINING TASNIFI'

BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2584
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalarda nutq buzilishi / jihat / kasallik / biologik buzilish / lingvistik buzilish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nozima Obloberdiyeva

Ushbu maqolada bolalarda nutq buzilishining o`ziga xos jihatlari xususida so`z yuritiladi. Qayd etib o`tish lozimki, bolalarda kuzatiladigan nutq buzilishlarining ayrim ko`rinishlari mavjud bo`lib, ular bir-biridan mazmuniga ko`ra hamda tabiatiga ko`ra farqlanadi. Bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini o`z vaqtida bartaraf etish ularning kelgusida jiddiy kasallikka aylanmasligi uchun asos vazifasini o`taydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA NUTQ BUZILISHLARINING TASNIFI»

"O'zbeklstonda ilm-fan va ta'lim: ilmiy-amaliy izlanishlar, muammolar va yechimlar"

mavzusidagi xalqaro ilmiy-masofaviy anjuman 2022-yil 25-dekabr | www.talqinvatadqiqotlar.uz

TkJLAEJU*^

Nozima Obloberdiyeva

https://doi.org/10.5281/zenodo.7480480

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda nutq buzilishining o'ziga xos jihatlari xususida so'z yuritiladi. Qayd etib cTtish lozimki, bolalarda kuzatiladigan nutq buzilislilarining ayrim ko'rinishlari mavjud bo"lib, ular bir-biridan mazmuniga колга hamda tabiatiga ko'ra farqlanadi. Bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini o'z vaqtida bartaraf etish ularning kelgusida jiddiy kasallikka aylanmasligi uchun asos vazifasini o'taydi.

Kalit so'zlar: bolalarda nutq buzilishi, jihat, kasallik, biologik buzilish, lingvistik buzilish.

КЛАССИФИКАЦИЯ РЕЧЕВЫХ РАССТРОЙСТВ У ДЕТЕЙ

Нозима Облобердиева

Абстрактный: В данной статье говорится о специфических аспектах речевых нарушений у детей. Следует отметить, что у детей наблюдаются некоторые формы речевых нарушений, которые отличаются друг от друга по своему содержанию и характеру. Своевременное устранение речевых нарушений у детей служит основой предотвращения их перерастания в тяжелые заболевания в будущем.

Ключевые слова: нарушение речи у детей, вид, заболевание, биологическое.

CLASSIFICATION OF SPEECH DISORDERS IN CHILDREN

Nozima Obloberdiyeva

Abstract. This article talks about the specific aspects of speech disorders in children. It should be noted that there are some forms of speech disorders observed in children, which differ from each other according to their content and nature. Timely elimination of speech disorders in children serves as the basis for preventing them from becoming serious diseases in the future.

Keywords: speech disorder in children, aspect, disease, biological disorder, linguistic disorder.

Barchamizga ma'lumki, nutqning tcTg'ri rivojlanishi ayrim parvarishni hamda e'tiborni talab qiladi. Nutqda paydo bo'la boshlagan ba'zi kasalliklarga o"z vaqtida diqqat qilinmasa, u keyinchalik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bolalar nutqi e" tibor qaratílishi lozim bo'lgan muhim obyekt bo'lib, uning to'g'ri tarbiya topishi, takomilga yetishi uchun ota-onalar hamda pedagoglar hamkorligi birdek lozimdir. Ushbu maqolamizda bolalarda kuzatiladigan nutq buzilishlari hamda ularning davo choralari xususida so'z yuritiladi.

Bolalardagi mavjud nutqiy buzilish - ularning ayrim harflarni talafíuz eta olmasliklarida, nutq jarayonida duduqlanish holatining mavjudligida, ayrim so zlarni aytishga nisbatan qo'rquv, so'z mohiyatini garchi tushuntirilgan bolsa-da anglamaslik va shu kabi boshqa holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Ta'kidlash lozimki, o'z tasnifiga ko'ra, bolalarda mavjud nutqiy buzilish ikki toifaga bcTlinadi:

A) Biologik buzilish;

B) Lingvistik buzilish[3 ].

Yuqorida nomlari qayd etilgan bolalardagi nutqiy buzilish tabiiy yoki orttirilgan bo'lishi bilan xarakterli hisoblanadi. Biologik buzilish bevosita bola organizmidagi kasalliklar o'laroq mavjud bo'ladi, ya" ni miyaning qaysidir qismida mavjud nuqson tufayli bolaning nutq buzilishi namoyon boladi. Bolalardagi nutq buzilishiga misol sifatida alaliya kasalligini keltirish mumkin. Alaliya patologik holat hisoblanib, u ikki xil ko'rinishda namoyon bo'ladi, ya" ni birinchi holatda nutq nuqsonli holatda mavjud bo'ladi, ikkinchi holatda esa butkul nutqning mavjud bo'lmasligi bilan aks etadi. Alaliya kasalligi bolaning homila shaklida ekanligida yoki chaqaloq tugllishining dastlabki yillarídanoq miyaning ayrim qismlaridagi mavjud shikastlanishlar tufayli yuzaga keladi. Alaliya kasalligi maktab yoshidagi har yuzinchi bola kasallanadi. Alaliya nutqiy buzilish kasalligini vujudga keltiruvchi qator omillar mavjud bo'lib, ularga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin[6]:

- homiladorlik davrida mavjud muammolar, ya "ni onalik holatida mavjud gipoksiya, homiladorlik davrida toksikozning og^ir kechishi, infeksiyalar, ayniqsa, TORCH infeksiyasi, jarohatlanish, surunkali kasalliklar, homiladorlik davridagi alkogolli ichkiliklar iste "moli, giyohvand moddalar qabul qilish va hokazo;

- tugllishpaytida travma olish;

- erta tugHlishning sodir bo lishi;

-bolaning ikkiyoshigacha bolgan davrida oglr kasalliklarningyuzaga kelishi, pnevmoniya va hokazo;

- miya shikastlanishi;

- oiladagi muhit va hokazo[1].

Alaliya kasalligi kasallikning miyaning qaysi qismida joylashishiga ko ra uch guruhga ajratiladi:

vositali alaliya(mavnoli alaliya) -

v_/

Vositali alaliya bolaning nutqiy buzilishida miyaning nutqni shakllantirish qismi buzilganligi bilan namoyon bo'ladi, bu holatda bola unga qarata aytilgan so'zlarni tushunish ko'nikmasiga ega, aytilgan buyruqlarni bajara oladi, biroq bolada qo'shma tovushlarni talaffuz qilish bilan bog'liq muammolar mavjud bo'ladi. Alaliyaning ushbu turi ikki xil ko'rinishga ega hisoblanadi, ya'ni afferent alaliya hamda efferent alaliya. Afferent alaliyada bola nutq irod qilish jarayonida nutq hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a'zolarining harakatini nazorat qila olmaydi, oqibatda, tovushlarning noto'g'ri talaffuz qilinishi sodir bo'ladi. Efferent alaliyada esa bola nutqning o'zini boshqarishda qiyinchilikka duch keladi[2].

Alaliyaning ikkinchi turi sensorli alaliya - ikkinchi nomi ta'sirli alaliya -hisoblanib, ushbu patologik holat nutq analizatori shikastlangan holatda mavjuddir. Bunda bola unga tomon aytilgan nutqni tushunishda muammoga duch keladi va shu sababli ham javob qaytarish ko'nikmasiga ega bo'la olmaydi.

Alaliyaning uchinchi, ya'ni aralash turida yuqorida qayd etilgan shakllarning har ikki turi kuzatiladi, qaysi turning ustunligi kuzatilsa, shunga bog'liq ravishda kasallikka nisbatan tashxis qo'yiladi, ya'ni sensorimotor alaliya yoxud motor-sensorli alaliya tarzida.

Bolalarda kuzatiladigan nutqiy buzilish sanalmish alaliyaning namoyon bo'lishi quyidagi belgilar orqali ifodalanadi:

- nevrologik;

- patologik;

- nutqiy[2].

Nevrologik belgida bolada mavjud harakatlar hamda nutq ifodalash sistemasi o'zaro nomuvofiq holda mavjud bo'ladi, ya'ni bolaning tez-tez yiqilib tushishi, kiyimlarining tugmasini qadashida muammolar, jumboq yechishda kamchilikka duch kelish, kichik harakatlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelish alaliyaning nevrologik belgisi hisoblanadi. Alaliyaning psixologik belgisi esa bolaning xulq-atvori hamda uning nutqiy muloqotining o'zaro bog'liqligi asosida sodir bo'ladi. Bunda chaqaloq haddan tashqari faol bo'ladi, ayrim belgilarni qiyinchilik bilan o'zlashtiradi, ishlash jarayonidagi muammolar hamda bolaning qafiyatlilik holatida

kamchilik mavjud bo'ladi. Bolada xotiraning pasayishi va diqqatning yetarli emasligi ham psixologik belgi sifatida qayd etiladi. Nutqiy kamchilikda esa bola tovushlarni juda muammoli tarzda talaffuz qiladi, ayniqsa, so'zlarning buzib talaffuz qiladi, so'zning ayrim bcTg'inlarini tushirib qoldiradi yoki so'zga ortiqcha bo'g'in qo'shish holatlari kuzatiladi. Yoki scTz tarkibidagi ayrim bo'g'inlar boshqa cTxshash bo'g'inlar bilan ham almashtirish holatlari ham uchrab turadi.

Boladagi mavjud alaliya kasalligini o'z vaqtida davolamasa, bu salbiy oqibatlarga olinb kelishi mumkin. Chunonchi:

- bolaning ruhiyatiga salbiy ta 'sir o 'tkazish, y a "ni ushbu kasallik bilan kasallangan bola vaqtlar o^tgach gapirishga nisbatan xohishi kamayishi, y a yni umuman gapirishni istamay qolishi mumkin;

- duduqlanish;

- disgrafiya(yozishning buzilishi) va disleksiya (ofqishning buzilishi)[4].

Alaliyaning davolash bosqichlari mavjud bo'lib, uni quyidagi jadval asosida

ko'rib chiqishimiz mumkin:

Alaliyani davolash bosqichlari(2-chizma).

Demak, alaliya bola nutqiy buzilishining o'ziga xos ko'rinishi hisoblanib, uning sabablari, natijalari hamda davo choralari maqola davomida tahlil qilindi. \

Bolalarda kuzatiladigan ikkinchi nutqiy buzilish bu lingvistik buzilish hisoblanib, manbalarda uning to'rt turi xususida fikr yuritiladi:

I. Artikulyatsion buzilish - ushbu holatda bola tovushlarni talaffuz qilish jarayonida nomuvofiqlikka yo'l qo'yadi. So'zdagi ayrim tovushlarning o'rnini almashtirish holatlari artikulyatsion-lingvistik buzilishning o'ziga xos jihati hisoblanadi. Masalan, "yostiq" ifodasi bolalar nutqida "yotsiq" holatida yuzaga kelishi mumkin. Artikulyatsion belgining ikkinchi ko'rinishi bu ayrim tovushlar

talaffuzida kamchilikka yo'l qcfyish, chunonchi, ba'zi bolalar "1" hamda "r" tovushlarini talaffuz qilish jarayonida qiyinchilikka duch keladilar.

II. Nutqiy ravonlik bilan bogliq muammolar - lingvistik nutqiy buzilishning o'ziga xos ko'rinishi hisoblanib, bunda bola so'zlash jarayonida nutqiy ravonlikda kamchilikka yo'l qo'yadi. Bunda tovushlarning tushirib qoldirilishi, bir so'zni qayta-qayta takrorlash, uzun so'zlarni aytishda muammoga duch kelish, so'zlarning talaffixzi jarayonida nafas tizimining to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi bilan bog'liq muammolar hisoblanadi.

III. Boladagi ovoz bilan bogliq muammolar ham nutqiy buzilishning lingvistik turi sifatida qayd etiladi, bunda bolaning ovozi balandlik jihatidan ham me'yorida bo'lmaydi. Ovoz tonining pastligi ushbu kamchilikning o'ziga xos ko'rinishi sifatida qayd etiladi.

IV. Til bilan bogliq muammolar - ushbu holatda bola o'z fikrlarini yoki ayrim malumotlarni ifodalashda qiyinchilikka duch keladi yoki boshqalar tomonidan ifodalangan fíkrning tushunilishi bilan bogliq muammolar bu turning o'ziga xos belgisi sifatida ta"kidlanadi [5].

Lingvistik nutqiy buzilishning o'ziga xos salbiy oqibatlari mavjud bo"lib, eshitishning yo'qolishi, nevrologik kasalliklar, miya shikastlanishi, aqliy nuqsonlar, dorilarga mukkasidan ketish; jismoniy jihatdan kamchiliklardan esa tepa yoki pastki labning harakatsizligi, ovozning pasayishi yoki ovozdan foydalanmaslik va hokazolarni ushbu oqibat sifatida qayd etish mumkin. Jahon miqyosida nutqning lingvistik buzilishi bilan bog'liq holatlar Kasalligi mavjud shaxslarning talimiy harakati tashkiloti tomonidan o'rganiladi hamda shu kabi kasallikka chalingan shaxslarga yordam berish borasida qator amaliy ishlar olib boriladi. Qayd etib o'tish lozimki, ushbu harakat tomonidan 2005-2006-o'quv yillari mobaynida 1. 1 milliondan ortiq bolalar maxsus ta'lim olishdi, bu tizimning asosiy maqsadi lingvistik nutqiy buzilishga ega bolalarga ruhan hamda jismonan ko'maklashish hisoblanadi.

Ta'kidlash lozimki, lingvistik nutqiy buzilishiga ega bolgan bolalarga o'zlarining yosh doirasiga ko"ra davo muolajalarini qabul qiladilar. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratgan holda tadqiq qilish maqsadga muvofíqdir.

chaqaloq yoki go'daklarda uchraydigan nutqiy buzilishni bartaraf etish

5 yoshdan 21 yoshgacha bovlgan bolalardagi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etish

Birinchi guruh chaqaloqlar yoki go'daklar toifasini o'z ichiga oladi. Qayd etib olish lozimki, ushbu yoshdagi nutqiy kamchilikni bartaraf etish, asosan, ota-onaning hushyorligiga bogliq masala hisoblanadi. Ushbu kasallik chaqaloq yoki go'daklarda ularning atrfodagilar bilan olib boradigan muloqotida yoki atrofdagilarni tushunishida namoyon boladi. Bunda ushbu xatti-harakatlarga ota-onalar diqqatli bo'lmoqliklari, kasallikning erta belgilariga elibor qaratmoqlari lozim.

Ikkinchi guruh maktab yoshidagi bolalaming lingvistik nutqiy buzilishlarini aniqlash. Ushbu guruh, asosan, 5 yoshdan 21 yoshgacha bolgan bolalar guruhini o"z ichiga oladi. Bunda asosiy vazifa o'qituvchining zimmasiga yuklatiladi. Dars jarayonida nutqiy kamchilikka ega bolgan bolalar aniqlanib, ularning oldini olishga harakat qilish lozim.

Aytish kerakki, lingvistik nutqiy buzilishlarning ilmiy adabiyotlarda boshqa kcmnishlari ham mavjudligi qayd etib o'tiladi. Unga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

a) fonologik muammolar - so'zdagi mavjud tovushlarni talaffuz qilish bilan bogliq bolgan muammolar;

b) lugat bilan bogliq muammolar, y a" ni so'zlarning anglatgan ma'nosini anglash bilan bogliq muammolar;

c) so\ shaklini aks ettiruvchi muammolar, xususan, so'zning grammatik formasi, sintaktik formasi, morfemik formasi bilan bogliq muammolar;

d) nutqdagi pragmatik muammolar, chunonchi, scTzning tor ma'nosi, diskurs, nutqiy muloqot jarayonlarini aks ettiruvchi muammolar[6].

Lingvistik nutqiy buzilishning umumiy jihatlari ham mavjuddir, ushbu muammolar yuqorida qayd etilgan muammo turlaridan qatl nazar barchasi uchun amal qiladi:

- cheklangan nutq miqdori;

- lug'atlar xilma-xilligida cheklanganlikning kuzatilishi;

- yangi so'zlarni o'rganishda kuzatiladigan qiyinchiliklar;

- lug'atni aks ettirishda yoki so'z tanlashda qiyinchilikka duch kelish;

- gaplarning qisqa-qisqa tuzilishi;

- grammatik strukturalarning ola soddaligi;

- gap turlarini tanlashda xilma-xillikning mavjud emasligi;

-noodatiy so'z tartibidan foydalanish;

- so'z tartibini moslashtirishda qiyinchilikka duch kelish;

- so'zlarni, gapning sintaktik tuzilishi tushunishda kamchilikka yol qo'yish[5].

Boladagi nutqiy buzilishning lingvistik ko'rinishidan yana biri nutqning kech

chiqishi hisoblanadi. Ushbu holatda nutqning shakllanishi odatdagi bolalardan ko'ra kechroq namoyon boladi. Tilshunoslar orasida ushbu holatlar bilan bogliq bolgan ayrim stereotiplar ilgari suriladi, y a'ni "o'gll bolalar qiz bolalarga nisbatan kechroq

gapirishadi", "ikkitilli oilada ulg'ayish bola nutqiga ta" sir qiladi", "ko'p gapirmaydi, ammo hamma narsani tushunadi" va hokazo tushunchalar ham nutqning o'z vaqtida shakllanishiga oid harakatlarning orqaga tisarilishiga sabab bo'ladi. Bolalarda nutqning kech shakllanishi uning nutqi chiqishi kutilayotgan davrdan kechroq chiqqanligi bilan diagnostika qilinadi. Nutqning kech shakllanishi bir qancha omillar asosida yuzaga kelib, bunda bolaning ota-onasida ham aynan shu holat kuzatilgan bo'lsa, bu tabiiy omil sifatida baholanadi hamda davo muolajalari qo'llanilmaydi, biroq jarayon nasl-nasabni taqozo etmay ayrim belgilarni namoyon eta boshlasa, bu kasallikning o'z vaqtida oldini olish shart. Ushbu kasallikning ikki xil ko'rinishi mavjud:

U

eu

1E

bJO i/>

u

Ekspressiv kechikish

Reseptiv kechikish

Ekspressiv kechikish bolalarda lug'atning o'ta qiyinchilik bilan egallanishida kuzatiladi hamda gap strukturalarini anglashda muammolar mavjud bo'lishi mumkin, bundan tashqari, nutq artikulyatsiyasida ham ushbu holatga bog'liq bo'lgan kamchiliklar ko'zga tashlanadi. Reseptiv kechikishda esa so'zni eshitish bilan, ya'ni qabul qilish hamda tushunish bilan aloqador bo'lgan voqeliklar namoyon bo'ladi. Ekspressiv va reseptiv kechikish nutq ravonligining hamda og'zaki nutq mahsuldorligining kamligida yuzaga keladi.

Yuqorida qayd etib o'tganimizdek, bolalardagi nutqiy kechikish ayrim hollarda nasl-nasabga ham bog'liq bo'ladi va uning kasallikdan farqlovchi jihatlari ham mavjud, shu o'rinda bir savol paydo bo'lishi tabiiydir, ya'ni kasallik va ushbu tabiiy holat o'rtasida qanday farq mavjud? Ba'zi tadqiqotlarga ko'ra, tabiiy holat mavjud bolalarda imo-ishoraviy harakatlar ko'plab kuzatiladi, biroq bu kasallikka chalingan bolalar esa imo-ishoralar borasida ham sustkashlikka yo'l qo'yadilar. Bundan tashqari, og'zaki lug'at boyligini ifodalash borasida ham cheklanganlik kuzatilib, bu ham asosiy farqlovchi omil sifatida baholanadi. Qo'shimcha sifatida aytish mumkinki, nutqiy kechikishi tabiiy jihatlarga bog'liq bolalar, odatda, lug'atlar moslashuvchanligini topishda ham kamroq qiyinchilikka duch keladilar. Nutqiy kechikishi kasallik sifatida baholangan bolalarda esa lug'atni to'g'ri tanlash borasida

anchayin qiyinchilik yuzaga keladi, misol uchun, soglom bola va kasallik bilan og'rigan bola o'rtasida olib borilgan kichik taijibaga asosan, soglom bolalar so zga mos lug'atlarni tanlashda qiyinchilikka kamroq yuzlanadilar va ular so'zga mos leksik ifodani mutanosib holatda tanlay biladilar.

Nutqiy kech rívojlanishi tabiiy holatga bog'liq bolgan bolalar o'rtasida olib borilgan so'rov natíjalari:

1-jadval.

Shirin OLMA

Chiroyli

Badbashara

Tez

2-jadval.

Mazali O'yinchoq

Chiroyli

Katta

Kichkina

Nutqiy rivojlanishi kasallik sifatida baholanuvchi bolalar esa lug'atlarni tanlashda ayrim kamchilikka yo'l qo" y salar-da, biroq ular orasida to'g'ri javobni tanlash ham anchayin murakkab.

Nutqiy kech rivojlanishi kasallikka bogliq bolgan bolalar o'rtasida olib borilgan so'rov natíjalari:

1-jadval.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shirin OLMA

Chiroyli

Badbashara

Tez

2-jadval.

Mazali O'yinchoq

Chiroyli

Katta

Kichkina

Bolalarda nutqning kech rivojlanishi kasalligi, odatda, 24 oy mobaynidagi muhlatni o'z ichiga oladi. Ushbu davr mobaynida o'g'il bola jinsiga mansub bolalar, iqtisodiy jihatdan kam ta'minlangan oilada voyaga yetayotgan bolalar, yosh ulug" insonlar tomonidan dunyoga keltirilgan bolalar, bolaning kam vazn bilan dunyoga kelishi, ota-onaning o z vazifasiga mas'uliyatsizlik, haftasiga 10 soatdan kam bo'lgan vaqt mobaynida bolaga diqqat qilmaslik va hokazo omillar natijasida ushbu kasallik yuzaga kelishi mumkin. Bolalardagi lug'at miqdori 48 oy mobaynida kamligini saqlab qoladi, 60 oy mobaynida o'qish borasida qiyinchilik mavjud bo'ladi. Bolaning ushbu kasallikka chalinish ehtimoli, ayniqsa, oilaviy muhit bilan bog'liq hisoblanadi.

Bolalarning nutqiy kech rivojlanishining tabiiy hamda kasallikka bog^liq ekanligining solishtirma jadvali.

№ Mavjud holatlar Tabiiy holatda Kasallikka chalingan b. o'rtasida

1 Lug'at borasida kamchilik 10% 20%

2 Artikulyatsion kamchilik 13. 5% 16%

3 Nutqni ifodalash borasida kamchilik 13. 4% 19.1%

4 Oilaviy holat bilan bog'liq muammolar 23% 12%

5 Egizaklar o'rtasida 48. 1% 32.6%

Хи1ова sifatida ауйвЫпм титкшк!, Ьо1а1аг<1а mavjud Ыоквдк hamda nutqiy катсЫШаг и1агтп§ nutqining boshqa bolalarga тзЬа1ап kechroq chiqishiga ваЬаЬ Ьо1аё1. ХМйш holatga о г vaq1ida е'иЬог qaratish hamda еЬйуо1 с1юга1алт ко'пвЬ каваШкпи^ еИШЪща. ваЬаЬ ЬолЫ1ь

Го>^а1апИ§ап adabiyotlar:

1. Лурия А. Р. Основные проблемы нейролингвистики. - М.: МГУ, 1975.

2. Фердинанд де Соссюр. Труды по языкознанию. -М., 1977.

3. Рождественский Ю. В. Типология слова. - М., 1969.

4. Кодухов В. И. Общее языкознание. - М., 2010.

5. Амирова Т., Олховиков Б. А., Рождественский Ю. В. Очерки по истории лингвистики. -М., 1975.

6. Швди1ау М. Т. ТПвктозИкка ктв11. -Т., 2009.

7. Usmonov 8. Цтшшу ШвЬиповНк. -Т., 1972.

8. Baskakov N. A. va boshqalar. Umutniy tilshunoslik. -Toshkent, O'qituvchi, 1979.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.