Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qosimova Shaxnoza Nuriddinovna

Respublikаmiz mаktаbgаchа tа’lim tizimini isloh qilishdа, shiddаt bilаn о‘zgаrаyotgаn dаvr tаlаblаrigа tаyangаn holdа boshqаruv xodimlаrining ehtiyojlаrigа e’tibor qаrаtish vа ulаrning yuqori mаlаkаli boshqаruvchi sifаtidа kаsbiy kompetentliligini shаkllаntirish muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARI»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINIRIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING MALAKASINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARI

Qosimova Shaxnoza Nuriddinovna

MTTDMQTMOI Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b. dotsenti, P.f.f.d., (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11240809 Respublikamiz maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishda, shiddat bilan o'zgarayotgan davr talablariga tayangan holda boshqaruv xodimlarining ehtiyojlariga e'tibor qaratish va ularning yuqori malakali boshqaruvchi sifatida kasbiy kompetentliligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi

PF-158-son Farmonida tasdiqlangan "O'zbekiston — 2030 strategiyasi"da har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, ta'lim tizimi islohotlari doirasida maktabgacha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to'liq qamrovini ta'minlash maqsad qilib belgilangan. Bolalarni maktabgacha ta'lim va tayyorlov guruhlari bilan to'liq qamrab olish, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini yuz foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang'ich kompyuter savodxonligi ko'nikmalarini shakllantirish, yuz foiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta'minlash esa mazkur maqsad va vazifalarning samaradorlik ko'rastkichlari sifatida belgilangan.

Ushbu talablardan kelib chiqqan holda malaka oshirish tizimida tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning interfaol texnologiyalarini takomillashtirish, tinglovchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish modellarini ishlab chiqish, uzluksiz tinglovchilarning kasbiy malakasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini, malaka oshirish modellarini takomillashtirishni taqozo etadi.

Hozirgi kunda, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida malaka oshirish mazmunining maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari kasbiy talablariga mos keladigan ularning kasbiy talablarini aniqlashning qoniqarli, ularning talablari bilan mos keladigan variativ uslubi ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, kasbiy rivojlanish monitoringi elektron tizimida maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori ehtiyojga asosan uzluksiz malakasini oshirishning tabaqalashgan axborot-didaktik ta'minoti to'liq amalga oshirilmaganligini ko'rish mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorning xar 3 yilda malaka oshirishi shiddat bilan o'zgarib borayotgan darvr talablariga mos kelmasligi, ya'ni maktabgacha ta'lim tashkilotining imkoniyatlari va turlari kundan kunga rivojlanib borayotganligi direktorga uzluksiz o'z ustida ishlash kabi talabni qo'yiladi

Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariga qo'yiladigan zamonaviy talablar, rahbarlarning boshqaruv faoliyatiga tayyorgarligini rivojlantirish uzluksiz malaka oshirishni ta'minlash tenxnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. O'tkazilgan tadqiqotlar professiografik yondashuvni maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining kasbiy rivojlanishiga hissa qo'shadigan uzluksiz malaka oshirish tizimini modellashtirishda zamonaviy yondashuvlaridan biri sifatida asoslash imkonini beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining uzluksiz malakasini oshirishni umummadaniy va boshqaruv nazariyasiga oid bilimlarni yangilash, chuqurlashtirishga yo'naltirilgan jarayon, o'quv faoliyati, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish xususiyatlari sifatida

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINIRIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

belgilash mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining uzluksiz malaka oshirish jarayoni xususiyatlari kattalar uchun mо'ljallangan ta'limning о'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu, avvalo, shaxsiy yondashuvni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, bu ta'lim jarayonini loyihalashtirish va amalga oshirishda shaxsga yo'naltirilganlik, uning noyobligini hurmat qilish, huquqlari, intellektual erkinligini tan olish, buning uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zaruratini anglatadi.

Malaka oshirish tizimida uzluksizlikni ta'minlash maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarining kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashda o'zini namoyon qilishi mumkin, bu bilimlar, ko'nikmalar, malakalarni yangilash orqali, o'zini shaxs sifatida rivojlantirish tajribasini hisobga olgan holda har bir kattaga yordam berish, emotsional farovonlik, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlarining kasbiy rivojlanishi uchun shaxsiy javobgarlik, o'qituvchi-andragog tomonidan insonparvarlik pozitsiyasini ifoda etish orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun o'quv dasturini loyihalash va amalga oshirishda faoliyatli va funksional yondashuvlar samarali hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "O'zbekiston — 2030 strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.

2. Yo'ldoshev M.A. Ta'lim yo'nalishida malaka oshirish tizimini takomillashtirish omillari //Xalq ta'limi jurnali. - 2006. - №1. - 7-11-b.

3. Eshpulatov K.A., Qosimova Sh.N. Ensuring continuous professional devolopment of direktors of prescholl education organization as a socio-pedagogical problem // Web of Scholars:Multidimensional research Journal (MRJ)ISNN: (2751-7543). Http:innosci.org. Volume:01 Issue:05/2022.

4. Kalmuratov T.N. Norboev A. Expansion of the network of non-public preschool educational institutions on the basis of publicprivate partnership: Experience of Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 8, 2020 Part III ISSN 2056-5852

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.