Научная статья на тему 'JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDAGI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA UZLUKSIZ TA’LIM'

JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDAGI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA UZLUKSIZ TA’LIM Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

193
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy tarbiya va sport / qayta tayyorlash va malaka oshirish / uzluksiz ta‟lim modeli / tamoyillar / mutaxassislar / kasbiy rivojlanish / Physical culture and sports / retraining and advanced training / model of continuing education / principles / specialists / professional development

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — O. U. Utenov

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport bo„yicha mutaxassislarning faoliyati xususiyatlari, taklif etilgan uzluksiz ta‟lim modeli va tamoyillari ko„rib chiqiladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tanlash va jalb etish, tizimning yuqori samaradorligini ta‟minlash. Jismoniy tarbiya vasport sohasida mutaxassislarini tayyorlash jarayonining uzluksizligi ta‟minlash va mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini takomillashtirishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFELONG EDUCATION IN THE SYSTEM OF RETRAINING AND IMPROVING QUALIFICATIONS IN THE FIELD OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS

The article discusses the features of the work of specialists in physical culture and sports, the proposed model and principles of continuing education. Selection and recruitment of personnel in the field of physical culture and sports, ensuring high efficiency of the system. It is aimed at ensuring the continuity of the process of training specialists in the field of physical culture and sports and improving the professional development of specialists

Текст научной работы на тему «JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDAGI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA UZLUKSIZ TA’LIM»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDAGI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA UZLUKSIZ TA'LIM

O. U. Utenov

pedagogika fanlari nomzodi, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning faoliyati xususiyatlari, taklif etilgan uzluksiz ta'lim modeli va tamoyillari ko'rib chiqiladi. Jismoniy tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tanlash va jalb etish, tizimning yuqori samaradorligini ta'minlash. Jismoniy tarbiya vasport sohasida mutaxassislarini tayyorlash jarayonining uzluksizligi ta'minlash va mutaxassislarning kasbiy rivojlanishini takomillashtirishga qaratilgan.

Kalim so'zlari: Jismoniy tarbiya va sport, qayta tayyorlash va malaka oshirish, uzluksiz ta'lim modeli, tamoyillar, mutaxassislar, kasbiy rivojlanish.

LIFELONG EDUCATION IN THE SYSTEM OF RETRAINING AND IMPROVING QUALIFICATIONS IN THE FIELD OF PHYSICAL

EDUCATION AND SPORTS

The article discusses the features of the work of specialists in physical culture and sports, the proposed model and principles of continuing education. Selection and recruitment of personnel in the field of physical culture and sports, ensuring high efficiency of the system. It is aimed at ensuring the continuity of the process of training specialists in the field of physical culture and sports and improving the professional development of specialists.

Keywords: Physical culture and sports, retraining and advanced training, model of continuing education, principles, specialists, professional development.

Mamlakatimizda mavjud ta'lim tizimini qayta qurish, uzluksiz ta'limga o'tish jamiyatning ob'ektiv tarixiy rivojlanishining qonuniy natijasidir. Shu asosda milliy ta'lim tizimi iqtisodiy rivojlanishning istiqbolli yo'nalishlariga javob beradigan, eng yangi texnologiyalarni o'zlashtira oladigan, yuqori

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

harakatchanlikka va o'zgaruvchan ishlab chiqarish va ijtimoiy

September, 2023

talablarga moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlashda yangi muammolar yuzaga kelmoqda.

Yangi O'zbekistonni shakllantirish sharoitida ijtimoiy rivojlanishning dolzarb ehtiyojlari uzluksiz ta'lim tizimidagi eng moslashuvchan bo'g'in sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarining malakasini oshirishga yondashuvlarni sezilarli darajada o'zgartirishni talab qiladi.

Shu munosabat bilan iste'molchilar va umuman jamiyatning doimiy o'zgarib turadigan talablarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutasaddi mutaxassislar, o'qituvchilar, trenerlar hayoti davomida ularning kasbiy malakasini oshirishni rag'batlantiradigan uzluksiz o'qitishning tubdan yangi tizimini yaratish zarur.

Tadqiqot maqsadi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy malakasini rivojlantirish.

Tadqiqot usullari. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va sport boshqaruvi bo'yicha ilmiy adabiyotlarni nazariy tahlili va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar asosida jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining amaliy faoliyatini baholash ishlari amalga oshirildi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida pedagogik tadqiqotlar, shaxsiy tahliliy xulosalar, malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida kuzatishlar o'tkazildi.

Tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining yangi tahriri ta'lim paradigmasini sezilarli darajada o'zgartirdi [1]. Ushbu paradigmaga ko'ra, mamlakatda uzluksiz ta'lim tizimi - maktabgacha ta'lim va umumiy o'rta ta'limdan tortib, mutaxassislarning mehnat faoliyati davomida ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashgacha bo'lgan tizim qurilmoqda. O'z navbatida, zamonaviy mutaxassislar bilimlarni doimiy yangilashlari, muvaffaqiyatli kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan kompetensiyalar doirasini kengaytirishlariga olib kelmoqda. Ular uzluksiz malaka oshirish va davriy kasbiy qayta tayyorlash, shuningdek, kasbiy faoliyatning eng yangi shakllari va texnologiyalarini o'zlashtirishga tayyor bo'lishlari nazarda tutilgan.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta'lim muassasasi tashkil etilishi bilan yangi tizim shakllantirildi. Bu borada, 2014-yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish to'g'risida"gi 327-sonli qarori qabul

qilinib, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi [2].

2018-yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 658-son qarori e'lon qilindi va ushbu qaror asosida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi (keyingi o'rinlarda Markaz deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga o'tkazilib, Nukus, Samarqand va Farg'ona shaharlarida uning filiallari tashkil etildi [3];

Jismoniy tarbiya va sport sohasida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomllashirish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida» 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qarori 9-bandiga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi [4] va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi "Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 355-sonli qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi. Ushbu qaror asosida mazkur institut, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan davlat ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi va institutning Nukus, Samarqand va Farg'ona filiallari uning yuridik shaxs bo'lgan tarkibiy bo'linmasi etib hisoblandi [5].

Institutning asosiy faoliyati, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim, professional ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari, oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yo'nalishlari bo'yicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, yo'riqchi-uslubchilari, maxsus fan o'qituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda

sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari (keyingi o'rinlarda - jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar)ni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan.

Institutda zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalri bilan jihozlangan ilmiy va o'quv-amaliy laboratoriyasi, kutubxona va kompyuter xonalari mavjud, o'z nashriyot va reklama vositalariga ega va mustaqil ravishda tinglovchilarga xizmat qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda institutda tinglovchilar uchun yangi texnologiyalarni o'zlashtirishga va jismoniy tarbiya va sport ishlarini takomillashtirish bo'yicha o'z g'oyalarini amalga oshirishga imkon beradigan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish shart-sharoitlari yaratilgan.

Shuni ta'kidlash lozimki, sport-ta'limi muhitini o'zgartirish, axborot makonining imkoniyatlarini kengaytirilishi va bozor iqtisodiyotiga o'tish mutaxassislarning bilim va ko'nikmalari darajasiga yangi talablarni qo'yadi, bu esa o'z navbatida qo'shimcha kasbiy ta'lim malaka oshirish tizimini sezilarli darajada modernizatsiya qilish talablarini qo'yadi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasiga ma'lum miqdordagi bilimli va malakali mutaxassislar, respublika, mintaqaviy va hududiy darajadagi tashkilotlar faoliyatida davlat standartlari talablariga rioya qilish, balki davlat va nodavlat, jamoat va xalqaro tashkilotlarda sport mashg'ulotlarini olib boruvchi, sportchilarni O'zbekiston va xalqaro musobaqalarda samarali ishtirok etishlari uchun tayyorlashga qodir mutaxassislar kerak.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar o'zlarining kasbiy faoliyati davomida har kuni ko'p qirrali, ko'p funksiyali va kasbiy jihatdan murakkab ishlarni bajaradilar, shu jumladan inson shaxsi va ularning sog'lig'i bilan bog'liq jismoniy tarbiya, sog'lomlashtirish va sport xizmatlarini ko'rsatadi. Bu esa ulardan ayniqsa yuqori sifatli ishlarni bajarishda, xizmatlar ko'rsatishda har bir mutaxassis o'z ish faoliyati uchun shaxsan javobgarligini, alohida e'tibor va kasbiy mahoratni talab qiladi.

Ayniqsa, ushbu mutaxassislarning muntazam ravishda o'smirlar va yoshlar bilan ish olib borishi, ularning tarbiyaviy ishlar bilan bog'liqligi, alohida ahamiyatga egadir. Soha mutaxassislari faoliyatlari davomida doimiy ravishda sport faoliyatiga oid asbob-uskunalar va jihozlar bilan ishlashlari bois, ulardan maxsus bilimlarga ega bo'lishlarini talab qilinadi.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar o'z faoliyatida tashkiliy ishlarni amalga oshirishlari, shu jumladan, doimiy ravishda ko'plab musobaqalarni o'tkazish bilan bog'liq ishlarni amalga oshiradilar. Bu esa sport mashg'ulotlari sifatini uslubiy jihatdan

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 I Issue 9 I 2G23

JSSN^m-mS^^JSL^^TJ^^

yaxshilashga qaratilgan sportchilar tayyorgarliklarini samarali tashkil etishni talab qiladi. Ushbu jarayonni ta'minlash uchun mutaxassislar o'z malakalarini muntazam ravishda oshirib borishlari, ya'ni uzluksiz ta'lim olishlari darkor.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz ta'lim tizimini yaratishda mutaxassislar faoliyatida quyidagi bir qator omillarni hisobga olish taklif etiladi:

- jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning ish faoliyati inson shaxsi va ularning sog'lig'i bilan bog'liqligi;

- jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassisdan maxsus bilimga ega bo'lishni talab qiladigan maxsus qo'llanmalar va o'quv vositalaridan foydalanishi, maxsus bilimga ega bo'lish;

- o'smirlar va yoshlar bilan ishlashda har bir yosh toifasining psixologik-pedagogik xususiyatlarini bilishi;

- rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish uchun tashkiliy qobiliyat, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi;

Nazariy tahlil va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar davomida jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar o'rtasida sotsiologik tadqiqotlar (Sport gazetasi orqali so'rovnomalar) o'tkazildi [6,7,8].

Natijada jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi g'oyalarini aks ettiruvchi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi uzluksiz ta'lim konsepsiyasining bir qator tamoyillari belgilab olindi.

Bunda, O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash uchun uzluksiz kasbiy ta'lim tizimini yaratish va faoliyatning asosiy tamoyillari ko'rsatib o'tiladi:

1. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida davlat siyosatini amalga oshirilishi.

2. Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha har bir mutaxassis uchun o'quv jarayonining uzluksizligi.

3. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tanlash va jalb qilish, tizim faoliyatining yuqori samaradorligini ta'minlash.

4. Ilmiy-tadqiqot ishlarining ko'nikma va malakalarini shakllantirish.

5. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi chuqur ixtisoslashuv bilan uyg'unlashgan boshqaruv, iqtisodiy va huquqiy tayyorgarlikning birligi.

6. Qo'shimcha kasbiy va oliy ta'limdan keyingi ta'limning barcha turlarini optimal tarzda uyg'unlashtirish.

Tizim jismoniy tarbiya va sport faoliyatining barcha darajalarini qamrab olishi, ya'ni u barcha ta'lim darajalarini o'z ichiga olishi kerak va ushbu darajalarning birlashishi mavjud

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 9 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

kadrlar vaziyati uchun optimal bo'lishi va bu holat o'zgarishi bilan o'zgarishi kerak.

Yuqoridagi tamoyillarini amalga oshirish uchun, tizimning umumlashtirilgan modelini taklif qildik, unga quyidagilar kiradi: [10]:

1-rasm Jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz ta'lim modeli

Mazkur modelni yosh avlod va katta insonlarni tarbiyalash, ta'lim va o'qitish maqsadlariga bog'liq bo'lgan ko'plab o'zaro bog'liq tarkibiy va funksional komponentlar sifatida belgilash mumkin.

Qayd etilgan uzluksiz ta'lim tizimidagi modelning har bir elementi yuqori darajali tizimning elementidir, ya'ni har tomonlama tayyorlangan, ijodiy mehnat qilishga qodir mutaxassis tayyorlash tizimining bo'g'ini hisoblanadi, shunday qilib, jismoniy tarbiya darslari va sport to'garaklari - maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim tizimining elementlari; sport tayyorgarligi - maktabdan tashqari va sport-ta'limi tizimlarida kasbgacha tayyorgarlik elementidir; o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tashkilotlari - o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimi elementi; oliy ta'lim tashkilotlari - oliy maxsus ta'lim tizimining elementi, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish instituti modelning oldingi bosqichlarida olingan bilim va ko'nikmalar asosida kasbiy faoliyat talablari asosida olingan bilimlarni to'ldirishga imkon beruvchi tizim elementidir [9,10,].

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassisni uzluksiz tayyorlash modelini amalga oshirish, trenerlar, o'qituvchilar va boshqa mutaxassislarning o'zlari tomonidan katta kuch talab qiladigan murakkab jarayondir. Taklif etilayotgan g'oyalarimizga ko'ra, uzluksiz ta'lim jarayoni, sport-ta'lim tashkilotlari kabi ta'lim tashkilotlarida uzluksiz ta'lim olish imkonini beruvchi muayyan dastlabki harakatlarni talab qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning malakasini oshirish qo'yidagi tartibda to'rtta blokda amalga

106

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 I Issue 9 I 2G23

JSSN^m-mS^^JSL^^TJ^^

oshiriladi: pedagogik (trenerlik), sog'lomlashtirish, tashkiliy-boshqaruv va madaniy-ma'rifiy.

Ushbu turdagi ko'nikmalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarning harakatlari va vaqt intensivligida farq qiladi.

Ushbu turli xil harakatlarni hisobga olish uchun rejalashtirish va tashkiliy ishlar zarur, uning yordamida mutaxassislarning zarur kasbiy rivojlanishini bashorat qilish mumkin. Bunday rejalar qiyosiy xarakterga ega, umumiy hajmda optimal tarzda amalga oshiriladi va uzluksiz ta'lim elementini ifodalaydi [11,12].

Utkazilgan tadqiqotlar jarayonida jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarning kasbiy faoliyatga turli motivatsion munosabati borligi aniqlandi. Mazkur munosabatlarni faktorlashtirish uzluksiz ta'limni tashkil etish tamoyillari, shuningdek targ'ibot va tashviqot tamoyillari uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan uchta qoida mavjudligiga olib keladi, xususan: yangi bilimlarga intilish, moddiy holatni yaxshilash va ish sifatini yaxshilash [13].

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarga uzluksiz ta'lim berishning eng murakkab elementlaridan biri ishbilarmonlik karerasini ishlab chiqish va rejalashtirishdir. Mutaxassisning ishbilarmonlik karerasi uning shaxsiy fazilatlari va tashkilotning yuqori darajadagi mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda rivojlanishi kerak. Karerani tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha barcha ishlar ma'muriyat bilan birgalikda mutaxassisning tahliliy faoliyatidir. Bunday ishlarni o'z ish o'rnida uzluksiz ta'lim jarayonida mutaxassis malakasini oshirish bosqichi sifatida ko'rib chiqish lozim [14,15].

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari sportdagi o'zgarishlar tufayli yildan-yilga o'zgarib turadigan murakkab dinamik jarayonda, turli sport turlari bilan bog'liq turli xil ishlarda qatnashadilar. Shu munosabat bilan mutaxassislarning jismoniy tarbiya va sport sohasida uzluksiz ta'lim zarurligini aks ettiruvchi sport yutuqlarini amalga oshirishda izchillikni saqlab, asosiy kasbiy ta'limni, tizimli kasbiy rivojlanishni va yangi bilim va texnologiyalarni o'zlashtirishni, oldingi va keyingi ish turlarini birlashtirish qobiliyatini talab qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislar ishining aniqlangan xususiyatlari shuni ko'rsatadiki, jismoniy tarbiya va sport tizimida kadrlarni sifatli darajada ko'paytirish uchun o'quv jarayoni sifat darajasini oshirish, xususan, mutaxassislarning uzluksiz ta'limini ularning kasbiy faoliyatini yanada rivojlantirish uchun asos sifatida ta'minlash zarur.

Yuqorida aytilganlarning barchasi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malkasini oshirish institutini qo'shimcha ta'lim tizimida jismoniy tarbiya va

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

sport sohasi uzluksiz ta'limning akademik tashkiloti sifatida ko'rib chiqish mumkinligini ko'rsatadi.

Xulosa. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari faoliyatining aniqlangan xususiyatlari va taklif etilayotgan model shundan dalolat beradiki, jismoniy tarbiya va sport tizimida kadrlar sifatini oshirishga qaratilgan ta'lim jarayonining darajasini oshirish, xususan, mutaxassislarning uzluksiz ta'limini, ularning kasbiy faoliyatini yanada rivojlantirish uchun asos sifatida ta'minlash zarurligini ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-son Qonuni. https:// lex.uz/docs/5013007

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish to'g'risida"gi 327-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/2508923

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 658-son qarori. https://lex.uz/docs/3863838

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi "Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" PQ-5054-son qarori. https://lex.uz/docs/5356603

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi "Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 355-son qarori. https://lex.uz/docs/-

6. Umumiy o'rta ta'lim maktablari jismoniy tarbiya o'qituvchilar uchun / Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya jarayoning tashkil etilishi va uning mazmuni qanday bo'lishi lozim? / "Sport" gazetasi 2019-yil 17-sentabr, 36-soni.

7. Maktabgacha ta'lim muassasalari jismoniy tarbiya intruktorlari uchun so'rovnoma / Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning jismoniy rivojlanishi va sog'lom turmush tarzining shakllanishiga oid jismoniy tarbiya ishlari va uning tashkiliy mazmuni qanday bo'lishi lozim? / "Sport"

6093267

gazetasi 2019-yil 29-sentabr, 37-soni

September, 2023

ISSN^lSl-mS^SI^^

8. Oliy ta'lim muassasalari profesor-o'qituvchilari uchun so'rovnoma / Oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport tizimi mazmuni va tashkiliy asoslari samaradorligi qanday bo'lishi darkor? /"Sport" gazetasi 2019-yil 8-oktabr, 39-soni.

9. Начинская С.В., Масягина Н.В. Физическая култура и спорт: непрерывное образование. - Москва.: Нас. книжный сентр, 2012. - 92 с.

10. Масягина Н.В. Модел воспроизводства кадров для физкултурно-спортивной отрасли в системе непрерывного образования // Современные проблемы науки и образования. 2013. № 3. УРЛ: www.science-yeducation.ru/123-20300.

11. Масягина Н.В. Принципы подготовки кадров для физкултурно-спортивной отрасли в системе дополнителного образования// Современные проблемы науки и образования. 2013. № 6. УРЛ: www.science-yeducation.ru/113-11384.

12. Гуляев М.Ю. Инновации в технологии непрерывного физкултурного образования в условиях региона. - Москва. 2002. -176 с.

13. Масягина Н.В. Эффективная мотиватсия деятелности физкултурно-спортивного персонала // Современные проблемы науки и образования. 2015. № 1. УРЛ: www.scienceeducation.ru/121-17797.

14. Масягина Н. В. Управление деловой карерой в организатсиях физкултурно-спортивного профиля // Современные проблемы науки и образования. 2015. № 3. УРЛ: www.scienceeducation.ru/123-17437.

September, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.