Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING MILLIY O'YINLAR VOSITASIDA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING MILLIY O'YINLAR VOSITASIDA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o`yin / nutq / qoida / harakat / ijtimoiy ta’sir / munosabat / didaktik o`yin / harakatli o`yin.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Soliyevich, Turayeva Muattarxon Dilshod Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning milliy o'yinlar vositasida ijtimoiy faolligini oshirish haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING MILLIY O'YINLAR VOSITASIDA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING MILLIY O'YINLAR VOSITASIDA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH 1Soliyev Ilhomjon Soliyevich, 2Turayeva Muattarxon Dilshod qizi

1FarDU, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 2FarDU, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11047942

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning milliy o'yinlar vositasida ijtimoiy faolligini oshirish haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: o yin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy ta'sir, munosabat, didaktik oyin, harakatli o yin.

O'yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o'yiinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to'g'ri tashkil etish — ulami to'g'ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o'yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o'yinda bola yashashni o'rganmaydi, balki o'z hayoti bilan yashaydi».

Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'matadi, onasi, bemor, shifokoi xullas hamma-hammaning o'rniga o'zi gapiradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.

Nutq o'yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi. Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.

O'yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O'yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko'nikmalari harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O'yinda bolaning o'z tengdoshlari va kattalar bilan bo'ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.

Bolalarning o'yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o'yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o'yinda bolalar o'rtog'ining o'yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o'ynab, «yonma-yon» o'tirganlaridan xursand bo'ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o'yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta'sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o'yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo'ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o'yinga qiziqishi aniq bola boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o'yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o'yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o'yinlar ma'qulroq bo'ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o'yin bilan uzoqroq o'ynashga o'rgatishdir. Uchinchi bosqichda o'ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do'stona munosabat va o'zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o'ynovchilar soni ko'p bo'lmasa-da, bolalar qiziqib o'ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o'yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o'zaro yordam, o'rtoqlik, do'stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bog'chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta'minlash uchun yosh guruhlarida rang-barang o'yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o'yinlar qoidalarining ichki,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o'ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o'yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq boladi. Bu o'ynovchiga suyujetni osonlik bilan o'zgartirish, qoshimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o'yinlar bolalarda katta qiziqish uyg'otadi va ularga ulkan ta'sir ko'rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu o yinlardan foydalanish xato bo lur edi. Bolalarning qoidali o yinlarni egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so'ng esa bolalarning bir-biriga bo'lgan munosabatini belgilaydi, bolaga ozini va ozi bilan birga o ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o'ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda boladi. O'yinning ijtimoiy ta'siri, u uyg'otadigan hislar unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan boladi.

O'yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bogliqlik bola ulg'aygan sari ozgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning ozlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi. Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki mazmuni ozgaradi. Endi bolalarni koproq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o'yinlar qiziqtira boshlaydi.

Bolalar tabiat xodisalari, jonivorlar hayoti va xarakatlariga taqlid qilib, o'ynar ekan, shu qatorda ularning ma'nosini anglay boshlaydi. Asta-sekin hayotiy tajriba ortiradi. Qiyinchiliklarni engishga o'rganadi. Unda harakat ko'nikmalariga hosil bo'ladi va tasavvuri tobora boyib boradi. Bundan tashqari, o'yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo'lishi uchun uchungina emas, balki ularga, aqliy, ma'naviy va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'plashib o'ynaladigan o'yinlarda bolalar maqsadga erishi uchun farosati va tadbirkorligini, qat'iyatini ko'rsatish, jamiyat oldida faqat o'zining emas, balqi o'rtoqlarining hatti harakatlari uchun ham javobgralik hissini seza olishni o'zida shakllantirib borishi zarur. Xulosa:

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o'yinlar katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o'yinlari taklid qilish tabiatida bo'ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o'zgacharoq faxmlaydi, kuzatiladi. O'yindagi ba'zi narsalarni o'yiniga kiritadi va shu o'yin vositasida o'zini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo'ladi. Shuning barobarida unda xodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo'ladi.

REFERENCES

1. F. Xo'jayev. "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladigan harakatli o'yinkar". TOSHKENT - 2022

2. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta- maxsus ta'lim muassasalari uchun darslik. T.:, "Istiqlol", 2006 y.

3. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНООЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.

4. Soliyev I. et al. THE ROLE OF AESTHETIC EDUCATION IN INTRODUCING CHILDREN TO THE ENVIRONMENT //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 3. -С. 801-804.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

5. Sobirovich S. I. et al. SOCIO-PERSONAL AND MENTAL DEVELOPMENT OF A PRESCHOOLER //IJODKOR O'QITUVCHI. - 2G22. - Т. 2. - №. 23. - С. 50-54.

6. Soliyev I. et al. TARBIYALANUVCHILAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA FOYDALANILADIGAN MILLIY O 'YINLAR //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2G23. - Т. 1. - №. З. - С. 83-8б.

7. Tursunaliyeva D. et al. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING HAYOTIDA O'YIN FAOLIYATINING O'RNI //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2023. -Т. 1. - №. 5 Part 2. - С. 129-1З1.

8. Fozilova O., Omonova M. MASHG 'ULOTLAR JARAYONIDA O 'YIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING O 'ZIGA XOSLIGI //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 5 Part 2. - С. 98-1G1.

2б4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.