Научная статья на тему 'MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA SOG‘LOM TURMUSH TARZININING MAZMUNI VA SAMARADORLIK TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA SOG‘LOM TURMUSH TARZININING MAZMUNI VA SAMARADORLIK TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sa’nat / go‘zallik mehnat / estetik did / ota-onaga hurmat / estetik tarbiya / ta’lim / estetik dunyoqarashi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ochilova Dilbar Ximmatovna

Маktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda sog‘lom turmush tarzinining mazmuni tarbiyalanuvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda integrativ yondoshuvning roli yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA SOG‘LOM TURMUSH TARZININING MAZMUNI VA SAMARADORLIK TEXNOLOGIYASI»

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA SOG'LOM TURMUSH TARZININING MAZMUNI VA SAMARADORLIK

TEXNOLOGIYASI

Ochilova Dilbar Ximmatovna

Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumani 18-ДМТТ derektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11295694

Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda sog'lom turmush tarzinining mazmuni tarbiyalanuvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda integrativ yondoshuvning roli yoritilgan.

Kalit so'zlar: sa'nat, go 'zallik mehnat, estetik did, ota-onaga hurmat, estetik tarbiya, ta'lim, estetikdunyoqarashi.

Sog'lom jamiyat sog'lom oila negizida qaror topadi. Jamiyatimizda tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda inson salomatligi davlatimiz va xukumatimiz faoliyatiiing ustuvor yo'nalishlari negizini tashkil etadi. Sog'lom avlodni tarbiyalash vazifasining pirovard maqsadi millatning har tomonlama uyg'un barkamolligini ta'minlashdan iborat. Natijada esa sog'lom millat buyuk davlatni, mukammal, erkin fuqarolik jamiyatini bunyodga keltiradi."Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi", "Sog'lom avlod" Davlat dasturi va boshqa muhim hujjatlarni amalga oshirishga aholining barcha qatlamlari tobora faol qatnashayotgani ham muvaffaqiyatlarimiz garovi xisoblanadi. Bundan asosiy maqsad millat genafondini sog'lomlashtirish, o'zbek xalqining ma'naviy va jismoniy barkamolligini butun dunyoga namoyish qilishdan iboratdir. Jumladan, «Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining sog'lomlashtirishga oid qator qarorlari, xotin-qizlar ishlar bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan «Ekologiya va ayol» (1996 yil, fevral), «Sog'lom avlod-sog'lom jamiyat negizi» (1996 yil, may) kabi dasturlari har bir oila a'zosining salomatligini ta'minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirlardir.

Mazkur Qonun, qaror va boshqa davlat xujjatlariga binoan onalik va bolalikni ijtimoiy ximoya etish, sog'liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish, qishloqdagi qishloq vrachlik ambulatoriyalari, feldsherlik-akusherlik punktlari ishini yaxshilash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, homilador va yosh bolalik ayollarga berilayotgan imtiyozlar xalq salomatligini, millat kelajagini ta'minlashda o'zining dastlabki ijobiy samarasini bermoqda. Shuningdek, sog'liqni saqlash tizimida kunduzgi statsionarlar,kunduzgi davolanadigan bo'limlar, ambulatoriya jarrohligi, ambulatoriya davolash ixgisoslashtirilgan kursi markazlari paydo bo'lishi inson salomatligi borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlardan hisoblanadi.

«Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi bugungi kunda sog'liqni saqlash tizimidagi dolzarb masalalarga, ya'ni: sog'liqni saqlashda ko'p tizimlilikning qonuniy joriy etilganligi, sog'liqni saqlash tizimida bepul xizmatning saqlab qolinganligi, nogironlar va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta'minlash, fuqarolarga sanitariya-gigiena va ekologiya ta'limi berishni tashkil ztish, tibbiyotda xususiy faoliyatga keng o'rin berilganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, oila qurishdan oldin tibbiy xodimlar konsultatsiyasidan o'tish, oilaviy shifokor masalasi, balog'atga Yetmaganlarning sog'liqni saqlashga doir huquqlarini himoya

qilish, ularning jismoniy, ma'naviy kamol topishi uchun qulay sharoit yaratish, maktabgacha tarbiya, umumta'lim maktablari va boshqa muassasalarda tibbiy xizmatni yo'lga qo'yishga e'tiborni kuchaytirish ham mamlakatimizdagi sog'liqni saqlash siyosatining kuchliligidan dalolat beradi.

Xo'jalik hisobi printsiplari asosida ishlayotgan muassasalar tarmog'i kengaymoqda, tibbiy kooperativlar, oila shifokorlari keng quloch yoymoqda, dori-darmonlar chiqarish korxonalari tarmog'i rivojlanmoqda. Xalq tabobati bilan shug'ullanishga qonuniy yo'l ochib berildi.

Shunday qilib, «Sog'lom avlod»ni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Davlatimizning bunday siyosati negizida bugungi kunda xotin-qizlar ichidagi ekstragenital kasallliklarning iavjudligi, balog'atga Yetmasdan ona bo'lish holatlarining uchrashi, chala tug'ilayotgan bolalar hamda nogironlikning o'sishi oldini olishdek muhim vazifalar yotibdi.

Hech kimga sir emas, sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi. Avlod salomatligini ta'minlash uchun avvalo onaning o'zini asrab-avaylamoq zarur. Bu o'rinda dastlab xalq qadriyatlariga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Ya'ni, chilla saqlash, yosh bo'shangan onani va bolani asrash, ona suti bilan boqish masalalari bo'yicha keng targ'ibot va tashviqot ishlari olib borish joylardagi mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Shaxsiy gigiena qoidalariga to'liq amal qilish, toza ovqatlanish, jon-jismini, turar joyini ozoda tutish salomatlik negizidir. har bir ayol uchun, qiz bola uchun tibbiy savodxonlik hayotiy ehtiyojdir.

Sog'lom turmush tarzi kishilarning hayot darajasi bilan, sixat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik o'zgarishlar bilan, bu o'zgarishlar qay darajada xalqimizning ehtiyojini qondirishi bilan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi yosh avlod tarbiyasini yuksak samaradorligini ta'minlaydigan chora-tadbirlar bilan bog'liqdir.

Sog'lom turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog'ligi, maishiy xizmatga bo'lgan ehtiyojlarini to'la qondirish demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, oila a'zolarining ma'naviy madaniyati, ongliligi, ahloqiy jihatlari va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi.

Oilda turmush tarzn jismonan sog'lom va aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirish, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko'rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etadi.

Sog'lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila budjetini to'g'ri taqsimlash, to'g'ri va sifatli ovqatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat'iyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, sanitariya-gigiena qoidalariga to'la rioya qilish, ma'naviy intellektual shaxs bo'lishni talab etadi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma'naviyati darajasi farzandlarni jismonan sog'lom, ma'nan boy qilib o'stirishga imkoniyat yaratadi.

Atrof-muhitning ekologik musaffoligini ta'minlash, ekologik ong va tafakkurni shakllantirish ham aynan oilada amalga oshirilgandagina oilada sog'lom turmush tarzini shakllanishida o'zining ijobiy samarasini beradi.

Bu o'rinda oila a'zolari o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish ijobiy natijalar garovidir. Ularda faqatga sog'lom ota-onadan sog'lom farzand tug'ilishini, yoshlarning tug'ilgandan boshlab, muntazam o'z salomatligiga ahamiyat berishlari lozimligi, jinsiy tarbiyanoilada, maktabda to'g'ri ashkil qilish zarurligi, qarindosh-urug' o'rtasidagi nikohning zararli oqibatlari, 15-16 yoshli qizlarni turmushga chiqishi qonun yo'li bilan ta'qiqlanishi, sog'lom onadan sog'lom farzand tug'ilishi oilaning balog'at yoshidagi har bir a'zosi, tug'ish

yoshidagi ayollar ongiga singdiriladi. Darxaqiqat demografik vaziyat murakkab bo'lgan o'zbekiston uchun oilani mustahkamlash, uni rejalashtirish - bugungi kunda shunchaki oddiy bir masala emas, balki uning Yechimini to'g'ri topish - respublika taraqqiyotini ta'minlashning omilidir.

Respublikamizdagi demografik vaziyatni inobatga olib, oilani rejalashtirish, oila a'zolari salomatligining tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy tadbiq etish, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng tadbiq etish xozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitda mustahkam oilani shakllanishi uchun zarurdir.

Oila jamiyatdagi iqtisodiy, ma'naviy va madaniy munosabatlardan tashqari tabiiy-biologik munosabatlarni ham ifodalaydi. Ya'ni, oilada avlod davom ettiriladi. Jamiyat erkak va ayol o'rtasidaga tabiiy munosabatlar madaniyatini tarbiyalash orqali ular o'rtasidagi ahillikni mustahkamlashga ko'maklashadi. Bu munosabatlar madaniyatini shakllantirish oila hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, bolalar salomatligi, soni va tug'ilish muddatlarini maqsadga muvofiqlashtirishni, oilaning rivojlanish jarayonini ongli ravishda boshqarishni ta'minlaydi.

Tabiiyki, jamiyat tug'ilish muammosiga befarq qaray olmaydi, bu holat uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Respublikamiz aholisi tez sur'atlar bilan o'sayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning asosiy sabablarini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: nikohlanish ko'rsatkichlarining yuqoriligi, barvaqt nikohanish, migratsion harakatning pastligi, xalqimizning serfarzandligi va bolajonligi kabi.

Hammamizga ma'lumki, bugun yurtimizda sportga va aynan bolalar sportini rivojlantirishga mamlakat rahbarining uzi bosh-qosh bo'lib turibdi. Chunki Prezidentimizning ta'birlari bilan aytganda, «Sportning milliy genofondni yaxshilash, ijgimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, millatning g'urur-iftixorini ko'tarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boshqa soxalardagi ahamiyati beiihoya kattadir». Demak, jismoniy chingiqish va sport bilan shug'ullanishning ma'naviy-ma'rifiy imkoniyatlari cheksiz. Agar yigit va qizlarimiz ilk yoshlikda sport bilan shug'ullansa, uni o'zining turmush tarzidagi muhim, ajralmas odat va ko'nikma tarzida ongiga singdira olsa, bu narsa uning inson sifatida shakllanishi, faoliyati uchun muhim bo'lgan boshqa mashg'ulotlarni ham qiyinchiliklarsiz Yenga olishga, salomatligiga qadriyat sifatida qarashga o'rgatadi. Masalan, bir xonadonda oil boshlig'i bo'lgan ota bolasi ilk yoshligidan shug'ullanishi uchun oddiy trenajyorni o'z qo'li bilan yasab berdi va kuniga shug'ullanish odatini farzandida shakllantirdi, deylik.bola katta bo'lgan sari, u endi bu mashg'ulotni hovlida, bog'chasida, so'ngra maktabida davom ettiradi. Shu kabi o'zbek mintalitetimizga mos sport turlarini qizlar orasida keng quloch yozdirish, millat onasining sog'lom bo'lishiga yordam beradi.

Demak bugun sportni rivojlantirishh, u orqali millatning ham qizi, ham o'g'lini tarbiyalash masalasi o'zbek oilasini mustahkamlash, jamiyatni poklash, ma'naviyatni barqarorlashtirish kabi muhim ishlarning asoslari bilan bog'lanmoqda. Yoshlar orasida bu borada targ'ibot - tashviqot qilganimizda uning mohiyatini to'g'ri tushuntirish, bola sport bilan faqat o'zining jismoniy quvvatini tiklash va bo'sh vaqtini maroqli o'tkazish uchun emas, balki u orqali sog'lom turmush tarziga amal qilish, ma'naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta'sirlar va zarali odatlardan halos bo'lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug'ullanishni o'qtirishimiz kerak demak, ana shunday fazilatlarga ega bo'lgan qizlar bugun bizga, hammamizga kerak-ota-onaga ham, ustoz murabbiyga ham mahalla faollariga ham, ishlab chiqarishni tashkil etuvchi mutasaddilarga ham. Eng muhimi- bu qadriyatlardan shaxsning o'zi - bo'lg'usi onalarning o'zlari birinchi navbatda manfaatdor.

Demak, ushbulardan mantiqan jismoniy madaniyat va tibbiy-reproduktiv madaniyatni oshirishga umumxalq tadbiri deb qarashimiz to'g'ri bo'lishi fikri kelib chiqadi. Bu xulosa uchun yana ikkita kuchli asos bor. Birinchisi- sportning, ayniqsa, qizlar sportining o'zi ommaviy tus olgandagina samarali bo'lishini tushunishimiz lozim. Ya'ni, bu ishga qizlarimiz yoshlikdan faqat tilda emas, balki dildan yaxshi ko'radigan mashg'ulotga qaraganday munosabatida bo'lgandagina ommaviy tus oladi.

Demak, bu strategik maqsadimiz - mildiy genofondni yaxshilash, barkamol va sog'lom avlod tarbiyasi borasida amalga oshirayotgan ishlarimizni sifat pog'onasiga kug'o'taradi. Olimlardan biri - F. Naytingeyl yozgan ekan: «hozir hamshiralar bemorlarga qaramoqdalar, lekin shunday vaqtlar keladiki, ularning qaramog'idagilar sog'lom bulib, hamshiraning vazifasi faqat ular-ning betob bo'lib qolmasliklari uchun qayg'urish bo'lib qoladi». Bugun bolalar sportini rivojlantirishga qo'shayotgan hissamiz, onalar va qizlarning jismonan baquvvat va solom bo'lishlariga qayg'urayotganimiz kelajakda, albatta, bemor onalar kam bo'lib, faqat o'zlarini chiniqtirish uchun ongli tarzda sog'lom turmush tarzini shakllantira oladigan insonlar jamiyatiga kelishimizga imkon beradi.

Shunday qilib, biz bugun bajarayotgan ishlarimiz, Yechimini kutayotgan muammolarimiz kup. Bu ishlarni bajarishda barcha davlat va nodavlat, jamoatchilik tashkilotlari bir yoqadan bosh chiqarib ishlashlari lozim.

Tibbiy-biologik va pedagogik-psixologik fanlar yordamida shakllantiruvchi mazkur tushuncha, ko'nikmalar mazmunini tanlashda biz quyidagi tamoyillarga asoslandik:

- ta'lim mazmunining ilmiy -tarixiy asoslanganligi;

- yoshlarning ehtiyoji, talabi, qiziqishlarini qondira olishi;

- ta'lim mazmunining yosh xususiyatl darjasi va shaxs tajribasiga muvofiqligi;

- insonparvarlik.

Mazkur tamoyillarning amaldagi tadbiqi ta'lim oluvchining ijtimoiy va individual talablarini hisobga olgan holda, uning bilish faolligini takomillashtirib borish hamda ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bu esa, ta'lim jarayonida ko'zlangan maqsadga erishish birinchidan, ta'lim jarayonini to'g'ri rejalashtirish, tashkil etish, o'qitishning shakl va metodlaridan o'rinli foydalanish; ikkinchidan, o'qituvchining pedagogik mahorati, kasbiy-uslubiy tayyorgarligi, o'z fanini chuqur bilishi, o'quvchilar bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishi, muloqot madaniyati, o'qitishning ilg'or texnologiyalaridan xabardorligi; uchinchidan, ta'lim jarayonining asosiy ob'ekti bo'lgan talaba shaxsida faollik, bilishga intilish, mustaqil fikrlay olish, ijodkorlik ko'nikmalarining shakllanganligi bilan belgilanadi.

Zamonaviy pedagogik ta'limda yuqorida qayd etilgan sharoitlar ta'lim jarayonida o'qituvchi va talabaning "sub'ekt-sub'ekt" munosabatlariga asoslangan hamkorlikdagi faoliyatiga asoslanadi. Bunday hamkorlikdagi faoliyatning samarali tadbiqini o'qitishning shakl va metodlari tizimi ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Sihat-salomatlik yili davlat dasturini shakllantirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. // Xalq so'zi. - Toshkent, 2004. 16 dekabr.

2. "Yoshlar yili" davlat dasturi. -T.: O'zbekiston, 2008.

3. Bozorova N.Sh. O'quvchi-talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari: Avtoref di. . ..ped. f.nomzodi. -T.: O'zPFITI, 2006. - 22 b.

4. Bolalar uchun ibratli hikoyatlar. - T.: Yangi asr avlodi, 2003. - 22 b.

5. Bo'ronova D. O'zbekistonda yoshlar siyosati: bosh tamoyillar va yo'nalishlar. -T.: 2007. -B. 33.

6. Brexman I.I. Valeologiya - nauka o zdorove. - M.: Fizkultura i sport.1990.

7. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: Adolat, 1998. - 31 b.

8. Vohidov R.J., Mahmudov M.H. Ustod Sadriddin Ayniy saboqlari. - Toshkent: Fan, 2004. - 317 b.

9. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

10. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

11. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.