Научная статья на тему 'TALABALARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI UZLUKSIZ RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI'

TALABALARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI UZLUKSIZ RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / sog’lom turmush tarzi / salomatlik / shaxs / muhit / axloqiy pok / jismoniy barkamol / vatan tuyg‘usini yuksak anglaydigan fidoyi insonni / izlanuvchan / tashabbuskor.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Axmedov G‘Ofurjon G‘Ulomavich

Ushbu maqolada Yosh avlodni sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va shunga oid davlat siyosati hamda qarorlari haqida, Yoshlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim yo‘nalish ekanliklari hususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI UZLUKSIZ RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TALABALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI UZLUKSIZ RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYALARI Axmedov G'ofurjon G'ulomavich

NamDU tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11052157

Annotatsiya. Ushbu maqolada Yosh avlodni sog'lom turmush tarzini shakllantirish va shunga oid davlat siyosati hamda qarorlari haqida, Yoshlar sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim yo'nalish ekanliklari hususida jikr yuritilgan.

Kalit so'z:yoshlar, sog'lom turmush tarzi, salomatlik, shaxs, muhit, axloqiypok, jismoniy barkamol, vatan tuyg'usini yuksak anglaydigan fidoyi insonni, izlanuvchan, tashabbuskor.

Аннотация. В данной статье рассмотрены вопросы формирования здорового образа жизни подрастающего поколения и связанные с этим государственная политика и решения, являющиеся важным направлением формирования здорового образа жизни молодежи.

Ключевое слово: молодежь, здоровый образ жизни, здоровье, личность, окружающая среда, морально чистый, физически совершенный, преданный своему делу человек с высоким пониманием чувства Родины, любознательный, инициативный.

Abstract. This article reflects on the formation oj a healthy lifestyle oj the younger generation and on public policies and decisions related to it, on the fact that young people are an important direction in the formation of a healthy lifestyle.

Keyword: young people, healthy lifestyle, health, personality, environment, moral purity, physical perfection, dedicated person who has a high understanding of the feeling of Homeland, inquisitive, enterprising.

O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgan kundan boshlab hukumatimiz kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish to'g'risida g'amxo'rlik qila boshladi. Bu g'amxo'rlik, albatta, oilada Sog'lom turmush tarzini shakllantirishda farzandlarni tarbiyalashga e'tibor bilan bevosita bog'liqdir.

Yosh avlodni sog'lom turmush tarzini shakllantirish -O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining bosh maqsadini asosini tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida barkamol avlod g'oyasi asosida mazkur davlat siyosatiga molik muammoning ijtimoiy-huquqiy negizi yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi, "Fuqarolar sog'ligini saqlash to'g'risida"gi, "Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishining (OIV kasalligining) oldini olish to'g'risida"gi, "Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to'g'risida"gi qarorlari, "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi, "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to'g'risida"gi, "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo'naltirilgan tarzda qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi Qonunlar, "Oila kodeksi", "Mehnat kodeksi" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni turar joylar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi, "Ta'lim muassasalarida o'quvchilarning sog'lom ovqatlanishi uchun shart-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

sharoitlarni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, "Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari to'g'risida"gi Nizom, "16 yoshgacha bo'lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to'g'risida"gi Nizom hamda hukumatning shu masalaga oid qator qaror va farmoyishlari qabul qilindi va amaliyotga kiritildi.

Yoshlar sog'lom turmush tarzini shakllantirishning muhim yo'nalishlari hisoblanib, ularning ilmiy-nazariy asoslari pedagog, psixolog, faylasuf, huquqshunos, biolog, fiziolog, siyosatshunos, tibbiyotchi olimlar tomonidan tadqiq etilishni taqozo etadi. Shuningdek, mazkur muammo avvalo pedagogika fanining ham tadqiqot predmeti bo'lib, quyidagi tushunchalar konseptual ilmiy talqinni talab etadi:

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzi tushunchalari hamda ularning umumiyligi va xususiyligi;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirish ob'ekti, predmeti, vositalari, samarali shakl va metodlari;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirishda uzluksizlikni ta'minlashning ilmiy-nazariy asoslari;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirishda oila, mahalla, ta'lim muassasalari, NNT va keng jamoatchilik hamkorligi;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirish ning samarali mazmuni, yaxlit mexanizmi;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirishning didaktik asoslari;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirishda fanlararo o'zaro aloqa va o'zaro ta'sir va boshqalar.

boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirishda avvalo salomatlik aqidalarni tarkib toptirish, uning evolyusion bosqichlarini ta'minlovchi pedagogik maqsadlarga qat'iy rioya etish taqozo etiladi:

- Salomatlik haqidagi bilim va ko'nikmalarning jamiyat milliy axloqi, aqida va qadriyatlari tizimida tarixiy shakllanganligi va mavjudligi;

- Mavjud salomatlik qadriyatlarini shaxs tomonidan qabul qilinishi, ularni bilish va anglash;

- Salomatlik qadriyatlarini anglash va qabul qilish asosida shaxs takomilida sog'lom tafakkurni shakllantira olish;

- Shaxs takomilida sog'lom tafakkurning sog'lom turmush tarzi va sog'lom turmush madaniyatiga asos bo'lishini pedagogik nuqtai nazardan anglash asosida shaxs sog'lom turmush tarzining shakllanishi va nihoyat, ta'kidlangan o'rinlarning barchasining shaxs sog'lom hayotiga asos solishi.

Salomatlik haqidagi bilim va sog'lom tafakkurning shakllanganligi sog'lom turmush tarzini shakllantirishning eng birinchi va muhim bo'g'ini hisoblanadi

Bugungi kunda sog'lom tafakkur bilan bog'liq yuqorida sanab o'tilgan birlamchi elementlar, ya'ni g'oyalar, qarashlar, tushunchalar, ularning inson hayotida maxsus sayi-harakatga aylanishi, ularning harakatga aylanishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy-pedagogik tizimning mavjudlik darajasi yetarlidek ko'rinadi.

Biroq, mana shunday qadriyatlar tizimining mavjudligiga qaramasdan, pedagogik ta'lim jarayonidan talab etilayotgan narsa shundaki, insondagi sog'lom turmush tarzini shaxs va uning hayotiy maqsadi, ya'ni salomatlik madaniyatiga aylantirish lozim. Salomatlik qadriyatlari agar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

shaxs hayotida amalda qo'llanilmasa, oddiy g'oya va qarash tarzida qolib ketadi. Mazkur qarash va g'oyalar shaxs hayotining tarkibiy qismi va uning yashash tarziga aylangandagina ular turmush tarziga aylanadi.

Salomatlik madaniyatga ega bo'lgan inson na faqat salomatlikni asrash bo'yicha bilim va malakalarni egallagan bo'ladi, balki egallagan bilim va malakalarni o'z hayoti jarayonida qo'llab, o'z salomatligining posboniga aylanadi. Bugungi inson hayot tarziga bo'lgan turli iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy-mafkuraviy tahdidlar o'sib borayotgan sharoitida sog'lom tafakkur ham tibbiy, ham pedagogik, ham ma'naviy jihatdan insonni murakkab dunyo voqeligi ichida turli mavjud ziddiyatlardan asraguvchi qonunlar majmuasi sifatida juda muhim rol o'ynaydi. Ammo insonning o'zi egallagan bilim va malakalarni qo'llashga, o'z hayotida ularga qat'iy rioya qilishga o'rganmas ekan, berilgan bilim va malakalar ko'zlangan natijaga erishish imkonini bermaydi.

Mamlakatning kelajagi fuqarolarning boy ma'naviyati, madaniyati va sog'lom bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski ta'lim-tarbiya asosida yangi jamiyatni qurib bo'lmaydi. Shu munosabat bilan ta'lim mazmuni quyidagi maqsadlarni ko'zda tutadi:

A) mustaqilligimizni his eta oladigan, o'zligini anglab yetadigan sog'lom fuqarolarni tarbiyalash;

B) respublikamiz ilmiy salohiyatini rivojlantirish ;

C) jamiyat, davlat va oila oldidagi mas'uliyatni anglaydigan yetuk shaxsni shakllantirish;

D) axloqiy pok, jismoniy barkamol, vatan tuyg'usini yuksak anglaydigan fidoyi insonni, izlanuvchan, tashabbuskor sog'lom avlodni tarbiyalash;

E) faqat savod o'rganish bilan chegaralanib qolmaydigan, o'rganganlarini hayotga tatbiq eta biladigan o'quvchi shaxsini tarbiyalash;

F) yangi jamiyatni qurish, unda yashash, ishlashni biladigan yoshlar ongini tarbiyalash;

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning ma'naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. Chunki, ijtimoiy iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati, jamiyatning ahloqiy va ma'naviy takomili ko'p jihatdan shaxsning ma'naviy tarbiyasiga bog'liq.

Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi masalasi kunning eng dolzarb masalasidir. XXI asrda yashab, samarali mehnat qilish, O'zbekistonning buyuk kelajagini bunyod etish asosan bugungi yosh avlod zimmasiga tushadi. Ularni bilimli, madaniyatli, mehnatsevar, tashabbuskor, izlanuvchan etib shakllantirish zng muxim vazifalardandir.

Darhaqiqat so'nggi yillarda keskin o'zgargan hayot sharoitlari va ta'lim tizimi, uning maqsadi, mazmuni, turlari o'rtasidagi o'zgarishlar yosh avlodning ma'naviy tarbiyasiga yangicha qarash, uni bugungi kun nuqtai nazaridan o'rganish, baholash va unda xalqimizning boy madaniy merosidan maqsadli foydalanishni talab etmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish esa:

1. ta'lim-tarbiya ishlari, shakllari usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirish;

2. ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash;

3. boshlang'ich sinf o'quvchilarida sog'lom turmush-tarzining shakllantirish va ularning ma'naviy kamolotida mahalla, oila hamkorligi tizimini yaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Chunki, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish va unga rioya etish, sog'lom oilani shakllantirish, farzand ko'rish va uni tarbiyalash shaxs ma'naviy madaniyatining bir ko'rinishi hisoblanadi.

Har qaysi millatning o'ziga xos ma'naviy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o'rni va ta'siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg'ulari birinchi galda oila bag'rida shakllanadi. Shuningdek, inson xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma'naviy mezon va qarashlar, nosabatlar to'g'risidagi dastlabki tasavvurlar oila sharoitida, ota-onaning ibrat-namunasidan shakllanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, oila tarbiyasi shaxs ma'naviyatini shaklanishidagi asosiy vosita ekan, bu o'rinda bola tarbiyasida sog'lom nasl masalasi ham muhim rol o'ynashini inkor etib bo'lmaydi. Shu ma'noda yoshlarni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, ular ongida "Sog'lom turmush tarzi - sog'lom oila, sog'lom oila bu sog'lom farzand, baxtli kelajakdir" tasavvurini shakllantirish, bo'lajak ota-onalar ya'ni talaba-yoshlardagi reproduktiv madaniyatni shakllantirish bu yo'nalishdagi islohotlarning asosiy vazifalaridan sanaladi.

4. Sog'lom avlodni shakllantirish jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish negizida amalga oshriladi. Buning uchun esa jamiyatning har bir a'zosi sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yishi, salomatliknining bir ko'rinishi sifatida qabul qilish lozim.

Ma'lumki, sog'lom turmush tarzi keng ma'noli tushuncha bo'lib, u unumli mehnat qilish, faol dam olish, sport bilan doimiy shug'ullanish, organizmni chiniqtirish, shahsiy kasbiy va psixogigienaga rioya qilish, to'g'ri ovqatlanish, zarurli odatlardan o'zini tiyish, har yili shifokor ko'rigidan o'tib turish va sog'lom oilani shakllantirishda o'z ifodasini topadi. Shuningdek sog'lom turmush tarzi bu shaxsning sog'lom oilani shakllantirish va sog'lom farzand ko'rish bilan bog'liq bo'lgan ko'nikmalarida ham o'z ifodasini topadi. Bugungi kunda oliy ta'limda talaba-yoshlarni intelektual, kasbiy, ahloqiy, madaniy rivojlanish talablarini qondirishda ulardagi sog'lom turmush tarzi, borasidagi bilim, ko'nikmalarni, reproduktiv madaniyatni shakllantirish ta'lim maqsadlarining asosiy qismi bo'lib hisoblanmoqda xususan, pedagogik kasb doirasidagi mutaxassislarda.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan keng foydalanib kelinayotgan bir paytda onalar xastaliklari, bolalar o'limi, zaif, nogiron bolalarning tug'ilishi miqdorining ortib borayotganligi, onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi kabi noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita oila masalalariga, onalar va bolalar salomatligiga, sog'lom onalardan sog'lom farzandlarning tug'ilishi masalasiga alohida e'tibor berishni, yoshlarni, hali oila qurib ulgurmasdanoq ularni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash bilan bir qatorda ularda oilada farzandlarning dunyoga kelishi va shu bilan bog'liq masalalarga oid ilmiy asoslangan bilimlarini o'z vaqtida va yuqori saviyada berishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Абдукодиров А. А. ва бошкалар Таълим жараёнини такомиллаштириш назарияси ва методологияси Т-" fan va texnologiya"

2. Букатов В.М., Ершова А.П. Нескучные уроки. Обстоятелное изложение игровых технологий обучения школников / Пособие для учителей физики, математики, географии, биологии. - Петрозаводск: ПГПИ, 2008

3. http: www.ziyo.net.o'z

4. lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.