Научная статья на тему 'YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA I'

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA I Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
260
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'QUVCHI / SOG'LOM TURMUSH / SALOMATLIK / YUQORI SINFLAR / SALOMATLIK MUHITI / SOG'LOM TURMUSH MADANIYATI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Munirov N.A.

Maqolada yuqori sinf o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘naltirilgan jarayonni ilmiy-amaliy jihatdan asoslash va o‘quvchilarda salomatligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini vujudga keltirishga qaratilgan omillar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF A HEALTHY LIFESTYLE IN HIGH CLASS STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM I

In the article, scientific and practical justification of the process aimed at forming a healthy lifestyle among high school students and factors aimed at creating an educational environment aimed at protecting the health of students are scientifically researched.

Текст научной работы на тему «YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA I»

УДК 371.7

Munirov N.A.

Buxoro davlat universiteti sport nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

YUQORI SINF O'QUVCHILARIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Annotatsiya. Maqoladayuqori sinf o'quvchilarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish yo'naltirilgan jarayonni ilmiy-amaliy jihatdan asoslash va o'quvchilarda salomatligini muhofaza qilishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini vujudga keltirishga qaratilgan omillar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, sog'lom turmush, salomatlik, yuqori sinflar, salomatlik muhiti, sog'lom turmush madaniyati.

Munirov N.A. teacher

department of sport theory and methodology

Bukhara State University

FORMATION OF A HEALTHY LIFESTYLE IN HIGH CLASS STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

Abstract. In the article, scientific and practical justification of the process aimed at forming a healthy lifestyle among high school students and factors aimed at creating an educational environment aimed at protecting the health of students are scientifically researched.

Key words: student, healthy life, health, upper classes, health environment, culture of healthy life.

Ma'lumki, davlat va jamiyat o'z taraqqiyotining ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga, jumladan, ta'lim jarayonining rivojlanishiga muhim ta'sir ko'rsatib kelmoqda, shunga ko'ra uning rivojlanish parametrlarini belgilab beradi. Ta'lim-tarbiyaning zamonaviy konsepsiyasi o'sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik tamoyillarini yaratishni taqozo qilmoqda. Tayyorlanayotgan yosh mutaxassisning mehnat bozorida raqobat qila olish darajasiga yetishi ta'lim jarayonining mazmuniga bog'liq bo'ladi. Buning uchun esa umumiy o'rta ta'limning boshlang'ich sinflarida ta'lim jarayonini loyihalashga ehtiyoj sezilmoqda. Mazkur loyihalarni amaliyotga tadbiq qila olish uchun harakat dasturlarining pedagogik asoslarini yaratish zarur. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 46-moddasida pedagog xodimlarning majburiyatlari sifatida "ta'lim oluvchilarning psixologik va o'ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy,

sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan shaxslarni o'qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e'tibor qaratishi " ta'kidlangan.

Ta'lim muassasalariga bir qarashda unchalik pedagogik sohaga tegishli bolmagan, ya'ni oquvchilar salomatligini muhofaza qilishga gamxorlik qilish va ularda sog'lom turmush tarzini shakllantirish vazifasining qoyilishi quyidagi holatlar bilan belgilanadi.

Birinchidan, kattalar hamisha o'z qaramog'ida bo'lgan bolalar uchun mas'uliyatlidirlar. Bunga bolalar salomatligi ham kiradi. Aynan ta'lim muassasalarida o'quvchilar anchagina vaqtlarini o'qituvchi-pedagoglar rahbarligida o'tkazadilar. Shunday ekan, bu vaqt mobaynida ularning salomatligiga nisbatan e'tiborsiz bo'lish zolimlik va noprofessionallik bolib hisoblanadi.

Ikkinchidan, oquvchilarning ta'lim muassasasida otkazgan vaqti mobaynida uning salomatligiga ta'sir etuvchi omillar ichida o'qituvchi-pedagoglarning hissasi salomog'i kattaroq bo'lib, ular istalgan va istalmagan holatda amalga oshiriladi. Agar salomatlik bilan bog'liq barcha muammolarni tibbiyot hal etishi kerak degan nuqtai nazarni qo'llaydigan bo'lsak, hech bo'lmaganda har bir sinf uchun bitta shifokorni birkitib qo'yishga to'g'ri keladi.

Uchinchidan, zamonaviy tibbiyot sog'lik bilan emas, balki kasalliklar bilan, ularning oldini olish va davolash bilan shugullanadi. Ta'lim muassasalarining vazifasi esa boshqa - u o'z tarbiyalanuvchilarining salomatligini himoya qilishi va mustahkamlashi, ya'ni profilaktika ishini olib borishi kerak boladi. Shuning uchun ham ta'lim muassasalarida oquvchi-yoshlarning salomatligi to'g'risida qayg'uradigan asosiy kishi - bu pedagog.

Yuqori sinf o'quvchilarida sog'lom turmush tarzini shakllantirish darajalarini quyidagicha belgilash mumkin:

1. Sinf xonalaridagi yorug'likning yetarli darajada bo'lmasligini, maktab mebel va boshqa jihozlarining o'quvchi qomatiga to'g'ri kelmasligini neytrallovchi alohida metodlarni qollash, ularni issiq ovqat bilan ta'minlashga e'tiborni qaratish.

2. Salomatlikni muhofaza qiluvchi muhit yaratishning aniq vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus texnologiyalarni qo' llash.

3. Yagona metodologik asosga ega bo'lgan mazmunan o'zaro aloqador texnologiyalarni kompleks qo' llash.

Aynan kompleks yondashuv o' quvchilar va pedagoglar salomatligini xavf soluvchi yoki patogen omillardan asraydi, shuningdek, ularda salomatlik madaniyatini shakllantiradi. Bu esa o'z navbatida salomatlikni muhofaza qiluvchi pedagogika deb ataladi.

Yuqori sinf o'quvchilarida sog'lom turmush tarzini shakllantirishning maqsadi - o'quvchi uchun yuqori darajadagi salomatlikni ta'minlab berish, shu bilan birga uni zarur bilim, ko'nikma va malaka zahirasi bilan qurollantirishdan iboratdir. Shundagina yetuklik guvohnomasi haqiqatdan ham baxtli mustaqil hayotga yo'llanma bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasida yoshlar sog ligini saqlash, uni muhofaza qilish hamda shu sohani rivojlantirish yo nalishidagi qonunlar, farmonlar, qarorlar, boshqa huquqiy meyoriy hujjatlar va shularga asoslanib amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni qayd etish mumkin bo'ladi:

- yoshlar sog'ligini saqlash va uni muhofaza qilish davlat siyosatining ustivor yonalishlaridan biridir;

- yoshlar sog'ligini saqlash va muhofaza qilish jahon ilg'or standartlari hamda kop ming yillik milliy tajribalarni hisobga olgan holda tashkil etilgan;

- yoshlar sogligini saqlash va muhofaza qilish hozirda respublikamizda diagnostika, profilaktika, patologiya yo nalishlarida muvofiq tarzda yo lga qo'yilgan;

- yoshlar sog ligini saqlash va muhofaza qilish maktabgacha ta'lim tizimidan oliy ta'limgacha bo lgan tizimda yahlit kompleks jarayon sifatida amalga oshirilmokda;

- yoshlar sog'ligini saqlash va muhofaza qilish ishlari tibbiyot, ta'lim, madaniyat va sport sohalarining bevosita ozaro bog'liqligi asosida tashkil etilgan v.h.k.z.

O'rganilgan manbalar va amaliyotdagi holat mazkur manzarani oydinlashtirish imkonini berdi. Bu esa qator qarama-qarshiliklarni aniqlashga ko'maklashdi. Jumladan:

-ta'lim muassasasi zimmasiga o'quvchilar salomatligini muhofaza qilish, bu jarayonda salomatlikni saqlash tizimining yaxlitligini ta'minlash mas'uliyatining yuklanmaganligi;

-o'qituvchilarning o'quvchilar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi bilimining yetarli emasligi va ularga bu mas'uliyatning nomutanosib tarzda yuklanganligi;

-ta'lim muassasalarida o'quvchilarning sog'liqlarini muhofaza qilish mayllari bilan mavjud holatning yomonlashuvi orasida muhofaza tizimining mavjud emasligi;

-ta'lim muhitida o'quvchilar salomatligini muhofaza qilish va saqlash tizimini vujudga keltirishning zarurligi hamda bu sohada o'quvchilarning xohish va mayllari yo'qligi kabilar.

Yuqoridagi holatlar biz ko'targan muammoni dolzarbligini belgilaydi. Jumladan, boshlang'ich ta'lim tizimida ta'lim oluvchilarning salomatligini muhofaza qilish modellari hamda tashkiliy- pedagogik shart-sharoitlari, mazkur modelning o'ziga xos jihatlari, salomatlikni muhofaza qilish tizimining yaxlitligini ta'minlash va tadbiq etish muammolarining keng ishlab chiqish lozimligini ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2020 y., 9-son, 225-modda; 2020 y., 41-son, 543-modda)

2. Амонашвили Ш.А. Педагогика здоровя / Ш.А. Амонашвили, А.Г. Алексин. - М: Педагогика, 1990. - 288 с.

3. Балашова В.А. Основные направления программы «Оздоровителная модел общеобразователного учреждения / В.А. Балашова, В.П. Степаненко, Л.М. Бекетова // Завуч. - 2000. - №4. - С.65 - 69.

4. Мусурманова А., Рискулова К. Оилада ёшларни саломатлик маънавияти рух,ида тарбиялашнинг узига хос хусусиятлари //Современное образование (Узбекистан). - 2021. - №. 5 (102). - С. 60-66.

5. Atabaev S. Махсус мактаб бошлаетич синфларида" Саломатлик ва хдёт хавфсизлиги" машFулотларинг узига хос хусусиятлари //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

6. Худайберганова Н. К,. и др. СоFлом турмуш тарзининг педагогик тизими-ёш авлод баркамоллиги асоси //Интернаука. - 2017. - №. 10-4. - С. 53-55.

7. Ибрагимов А. укувчиларда соFлом турмуш тарзини шакллантиришнинг методик асослари //центр научных публикаций (buxdu. иг). - 2021. - Т. 1. -№. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.