JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA SOG'LOMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI
Lola Tilapovna Davlatova
O'zDJTSU o'qituvchi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sog'lomlashtirish texnologiyalarining mazmun mohiyati, maqsad, vazifalari hamda jismoniy tarbiya va sportda sog'lomlashtirish texnologiyalarining dolzarbligi, ahamiyati uning bugungi kunda sog'lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy sog'lomlashtirish funksiyalari ilmiy asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: profilaktika, individualizatsiya, optimallashtirish, rekreatsion.
Dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini ko'rishimiz mumkin. Jismoniy-siyosiy va ma'naviy o'zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma'nfaatlari birinchi o'ringa ko'tarilayotganini, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh avlodlarning ma'naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas.
Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlsh, jismonan sog'lom, ma'nan boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb etishni keng jalb etishni ta'minlashga yo'naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi.
2018 yil 28 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida "...jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalshtirish dolzarb vazifadir.Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag'batlantirish va qo'llab quvvatlashga bundan buyon ham kata ahamiyat beramiz".Oxirgi yillarda Respublikamizda eng asosiy, muhum vazifalardan biri ommoviy sportni rivojlantirish masalasi turadi. Mustaqil O'zbekistonning ma'naviy sog'lom avlodlarni, bo'lajak vatanparvarlarni tarbiyalash vazifasi pirovard o'qituvchilar, mutaxassislar zimmasiga tushadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga muvofiq, o'sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma'naviy salomatligini shakllantirishning, sog'lom turmush tarziga intilish va mehr muhabbatini singdirishining g'oyat muhim sharti ommoviy sportni rivojlantirishdir." Bundan tashqari jismoniy tarbiya o'qituvchilari, sport mutaxassislarining, ustoz-
murabbiylaming chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo'lishi har tamonlama yetuk,ma'naviy barkamol kadrlar tayyorlashning garovidir.
Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslahsadi.Mustaqil O'zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri-kelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo'lgan jismoniy sog'lom va ma'naviy barkamol shahsni voyaga yetkazishdan iborat.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlarni chuqur o'rganishimiz, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirishda yangi bilimlarni egallashimiz, zamon talablari darajasida ta'lim texnologiyalaridan foydalanib, kelajak avlod vakillarini vatanparvar, o'z kasbining yetuk bilimdon egasi qilib tarbiyalamog'imiz darkordir. Bu yo'lda ta'lim va tarbiya berish barobarida o'quv ishlarini rejalashtirishga hamda ularni samarali olib borishga yangicha va ijodiy qarashimiz, ishga tashabbuskorlik bilan yondoshmog'imiz kerak.
Maqsad. Mavzuga ko'ra, jismoniy tarbiya va sportda sog'lomlashtirish texnologiyalarining dolzarbligi va ahamiyati borasida sog'lomlashtirish texnologiyalari birinchi navbatda jismoniy madaniyat orqali inson salomatligini saqlash va mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgan. Sog'lomlashtirish samaradorligi har qanday jismoniy mashqlar shakllarining majburiy komponentidir. Shu munosabat bilan jismoniy madaniyatning barcha tarkibiy qismlari (sport, asosiy, kasbiy-amaliy, sog'lomlashtirish va jismoniy madaniyat) sog'lomlashtirish funksiyalarini bajaradi.
Sog'lomlashtirish texnologiyasi - tibbiy-pedagogik va ijtimoiy toifadagi fan bo'lib, ham jismonan, ham ruxan sog'lom bo'lgan millat namoyondasini tarbiyalash va takomillashtirish borasidagi zarur omillarni va uslublarni o'rganib, ularni turmushga tadbiq etish kabi vazifalarni o'z zimmasiga oladi. Sog'lomlashtirishning asl maqsadi mauyyan shaxsning salomatligini nazorat qilish va ta'minlash orqali oilaning, jamiyatning, millatning va davlatning mustaxkam bo'lishiga asos yaratishdir.
Salomatlik insonning eng katta boyligidir. Shubhasiz, salomatlik insonning biologik va ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Bu insonning o'zini o'zi anglashining asosidir.
Ayni paytda, zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya, shu jumladan yangi va rivojlanayotgan asbob-uskunalar va texnik vositalar yordamida sog'liqni saqlashni mustahkamlash zaruriyati tobora ortmoqda. Bu, birinchi navbatda, salomatlik muammolarini samarali hal etish uchun mo'ljallangan maxsus tashkil etilgan faoliyatni talab qiladi. Jismoniy tarbiya va sportda sog'lomlashtirish texnologiyalarning asosiy maqsadlaridan biri har bir inson organizmidagi o'z ichki imkoniyatlarini mustaxkamlashga intilishi kerakligiga da'vat etish va har bir shaxs o'zi va boshqalar uchun "sog'lom turmush "tarzini yaratishligi hamda sog'lom avlod orzusida yashashlik va unga erishishga imkoniyat yaratish, salomatlikni saqlash, mustahkamlash va uzoq umr ko'rishga da'vat etishdan iborat.
Sog'lomlashtirish texnologiyalarini qo'llashning o'ziga xos xususiyati - yoshi, jinsi, mehnat va ta'lim faoliyati va salomatligini hisobga olgan holda, odamlaming jismoniy yukini optimallashtirish va shaxsiylashtirishning maqbul mexanizmi.
Sog'lomlashtirish texnologiyalarining bir turi sifatida ularning maqsadi va vazifalari mavjud. Sog'lomlashtirish texnologiyalarini qo'llashdan maqsad aholini yaxshilashdir. Sog'lomlashtirish texnologiyalarini qo'llash maqsadlari esa:
- Tananing funksional qobiliyatini oshirish;
- Kasalliklar profilaktikasi;
- Vosita rejimini optimallashtirish;
- Faol dam olish tufayli charchoqni kamaytirish;
- JSST tavsiyalari asosida sog'lomlashtirish sinflarida optimal o'quv yuklarini individualizatsiya qilish;
- Yomon axloqlarga qarshi kurashda mashqdan foydalanish;
- Turli yoshdagi, jinsiy va sog'liqni saqlash ahvoli, shu jumladan, nogiron kishilarning faol jismoniy tarbiya va sog'lik sinflariga jalb qilinishi;
- Sog'lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida sog'liqni saqlash texnologiyalarini joriy etish;
- Professional ahamiyatga ega bo'lgan ish faoliyatini rivojlantirish.
Sog'lomlashtirish texnologiyalarining tarkibiy qismlariga muvofiq, inson faoliyati natijasida va mavzu qiymatlari majmui sifatida insonning faoliyat turi sifatida qaralishi mumkin.
Sog'lomlashtirish texnologiyalari bir turdagi faoliyat sifatida qulay organizatsiya harakatlarini, shuningdek, sog'lom turmush tarziga rioya qilish bilan bog'liq faoliyatni tavsiflaydi. Shu bilan birga sog'lomlashtirish texnologiyalarining bir xil faoliyat turi sifatida sog'lomlashtirish samaradorligini shakllantirish modeli belgilanadi.
Sog'lomlashtirish texnologiyalarini qo'llashdagi faoliyat, birinchi navbatda, salomatlikning eng katta ta'siriga erishishga qaratilgan.
Sog'lomlashtirish texnologiyalari ob'ektiv qiymatlar sifatida jismoniy va rekreatsion faoliyatning zarur samaradorligini ta'minlash uchun yaratilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlardir. Bu borada sog'lomlashtirish texnologiyalarining mazmuni insonning harakatga bo'lgan ehtiyojiga va faol dam olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish bilan bog'liq.
Ushbu ehtiyojlarning to'liq amalga oshirilishi, oxir-oqibat, salomatlikni saqlash, yuqori samaradorlik va ish sharoitida ham insonning samarali hayotiy faoliyatini ta'minlaydi.
Sog'lomlashtirish texnologiyalari sohasida jismoniy tarbiya, tibbiyot, psixologiya va boshqa sohalardagi ilm-fanning turli sohalaridan amaliy bilimlar tizimi muhim ahamiyatga ega.
Xulosa. Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni salomatligini asrab avaylash, mustahkamlash maqsadida ommaviy sport turlariga jalb etish va aholi salomatligini mustahkamlash borasida ijtimoiy muhitga ommaviy sportni jalb etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Sog'lom turmush tarzi va tibbiy madaniyat va sport uyg'unligi borasida yosh avlodga tushnchalar berib, ongiga singdirish bugungi kunning dolzarb fazifalaridandir.
REFERENCES
1. Бобомуродов Норпулат Ширинович Структуры физической подготовленности курашистов // Вестник науки и образования. 2020. №4-2 (82). обращ).
2. Bobomurodov, Norpo'lat Shirinovich. "Kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi tuzilmalari". Fan va ta'lim axborotnomasi 4-2 (82) (2020).).ения: 24.12.2021
3. Mirjamolov M.X., Odilov R.F., Zokirov D.R.SALOMATLIGI NOGIRONAT IMKONIYATLARI BO'LGAN O'QUVCHILARNING MAXSUS Jismoniy tarbiyasini takomillashtirish // Jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari. - 2020. - S. 2023.
4. Н. Ю. Валиева, Р. Ф. Одилов МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ ЭФФЕКТА ТОНУСНЫХ РЕФЛЕКСОВ ПРИ ДЕТСКОМ ЦЕРЕБРАЛЬНОМ ПАРАЛИЧЕ С ПОМОЩЬЮ ФИТБОЛЬНОЙ ГИМНАСТИКИ // Academic research in educational sciences. 2021. №11. (2021): 966-972.
5. ЛТ Давлатова Болалар церебрал фалажида жисмоний тайёргарликни машFулот жараёнида ва илмий назарий сохада ривожлантириш Academic research in educational sciences, ООО «Academic Research»
6. Н. Ю. Валиева. "РЕЙТИНГОВЫЙ УРОВЕНЬ УПРАЖНЕНИЙ СПЕЦИАЛЬНО ДВИГАТЕЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ В УЧЕБНО-ТРЕНИРОВОЧНОМ ПРОЦЕССЕ ЮНЫХ СПОРТСМЕНОВ" Academic research in educational sciences, no. 3, 2020, pp. 1266-1271.).
7. Л. Б.Собирова ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СПЕЦИАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ В ПРОФИЛАКТИКЕ НАРУШЕНИЙ РОСТА У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ // Academic research in educational sciences. 2021. №5. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/effektivnost-ispolzovaniya-spetsialnyh-uprazhneniy-v-profilaktike-narusheniy-rosta-u-mladshih-shkolnikov (дата обращения: 24.12.2021).
8. Собирова Лайло Бахромовна Эффективность использования специальных упражнений для предупреждения сколиоза у учеников начальных классов // Современное образование (Узбекистан). 2019. №10 (83). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/effektivnost-ispolzovaniya-spetsialnyh-uprazhneniy-dlya-preduprezhdeniya-skolioza-u-uchenikov-nachalnyh-klassov (дата обращения: 24.12.2021).
9. Sherali Hoshimovich G'ofurov MALAKALI SPRINTERCHILARNING SPORT MASHG'ULOTLARINI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI // Academic research in educational sciences. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.m/article/n/malakali-sprinterchilarning-sport-mashg-ulotlarini-rivojlantirishning-usullari (дата обращения: 24.12.2021).
10. Еофуров Шерали БОЛАЛАР ВА УСМИРЛАР СПОРТ МАКТАБЛАРИДА БОШЛАНЕИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУ^ИДА ШУЕУЛЛАНУВЧИ ЕНГИЛ АТЛЕТИКАЧИЛАР МАШЕУЛОТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ e-mail: fan [email protected] 2020/6/5 https://elibrary.ru/item.asp?id=44341912
11. МИРЖАМОЛОВ М.Х ВАЛИЕВА Н.Ю. ДИФФЕРЕНЦИРОВАННАЯ ПРОГРАММА ЗАНЯТИЙ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ДЛЯ УЧАЩИКСЯ С ОГРАНИЧЕННЫМИ ФИЗИЧЕСКИМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ Физическая культура и спорт / Медико-биологические основы физической культуры и спорта страницы14-19 2020
12. ОСОБЕННОСТИ ПЕРИОДИЗАЦИИ ТРЕНИРОВОЧНОГО ПРОЦЕССА ВЫСОКО КВАЛИФИЦИРОВАННЫХ ПАРАПАУЭРЛИФТЁРОВ
СА ЮНУСОВ - Фан-Спортга, 2021
13. PSICHOLOGICAL TRAINING OF ATHLETES WITH LOCOMOTOR SYSTEM DAMAGE NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal 138-141 2020/9
14. ОСОБЕННОСТИ ТРЕНИРОВОЧНОГО ПРОЦЕССА АТЛЕТОВ ВЫСОКОЙ КВАЛИФИКАЦИИ В ПАРАЛИМПИЙСКОМ ПАУЭРЛИФТИНГЕ СА ЮНУСОВ - Фан-Спортга, 2020
15. РОЛЬ И ЗНАЧИМОСТЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ПАРАЛИМПИЙЦЕВ ПАУЭРЛИФТЁРОВ ВЫСОКОЙ КВАЛИФИКАЦИИ
СА ЮНУСОВ - Фан-Спортга, 2020
16. Еофуров Шерали. NOGIRONLAR ARAVACHASIDAN FOYDALANADIGAN UMURTQA POG'ONASI SHIKASTLANGAN YOSHLARNING ADAPTIV JISMONIY TARBIYASI. МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКАЯ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ 2021/4/24
17. Сабирова, З. Б. (2021). ИНОСТРАННЫЙ ЯЗЫК КАК КОМПОНЕНТ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ ВУЗА ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 973-979. doi: 10.24412/2181-1385-2021-11-973-979