Научная статья на тему 'SPORT TURIZMI JARAYONIDA O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI'

SPORT TURIZMI JARAYONIDA O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
199
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy tarbiya / sport / motivatsiya / sog'lom turmush tarzi / ma'naviyat / estetika. / Physical Education / Sports / Motivation / Healthy Lifestyle / Spirituality / Aesthetics.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Azizov, M.A.

Maqolada o'quvchilarning axloqiy va axloqiy qiyofasini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'rni hamda jismoniy tarbiya va sportning inson ruhi, ma'naviyati va axloqiga ta'siri ta'siri xaqida nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL BASIS OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE OF SCHOOLS IN THE PROCESS OF TRAVEL ORGANIZATION

This article discusses the role of physical education and sports in shaping the students' moral and ethical image. The impact of physical education and sport on the human spirit, spirituality and morality is analyzed.

Текст научной работы на тему «SPORT TURIZMI JARAYONIDA O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SPORT TURIZMI JARAYONIDA O'QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

M.A. Azizov

NamMQI "Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi o'qituvchisi

Maqolada o'quvchilarning axloqiy va axloqiy qiyofasini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning o'rni hamda jismoniy tarbiya va sportning inson ruhi, ma'naviyati va axloqiga ta'siri ta'siri xaqida nazariy va amaliy ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Jismoniy tarbiya, sport, motivatsiya, sog'lom turmush tarzi, ma'naviyat, estetika.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ШКОЛЬНИКОВ В ПРОЦЕССЕ ОРГАНИЗАЦИИ ПОЕЗДОК

М.А. Азизов

НамИСИ Преподаватель кафедры «Физическая культура и спорт»

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается роль физического воспитания и спорта в формировании морально-этического имиджа студентов. Анализируется влияние физического воспитания и спорта на человеческий дух, духовность и нравственность.

Ключевые слова: Физическое воспитание, спорт, мотивация, здоровый образ жизни, духовность, эстетика.

PEDAGOGICAL BASIS OF FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE OF SCHOOLS IN THE PROCESS OF TRAVEL ORGANIZATION

M.A. Azizov

NamICI Teacher of the Department of "Physical Culture"

ABSTRACT

This article discusses the role of physical education and sports in shaping the students' moral and ethical image. The impact of physical education and sport on the human spirit, spirituality and morality is analyzed.

Keywords: Physical Education, Sports, Motivation, Healthy Lifestyle, Spirituality, Aesthetics.

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Inson tabiatning mahsuli va uning ajralmas qismidir. Inson tabiat va uning komponentlaridan foydalanmasdan turib yer yuzasida yashay olmaydi. Afsuski XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab inson faoliyatining tabiiy muhitga kuchli ta'siri natijasida ekologik muammolar yuzaga chiqa boshladi. Bugungi kunga kelib ushbu muammolar shu darajada kuchayib ketdiki, tsivilizatsiya xavf ostida qoldi. Ana shunday sharoitda olimlar tomonidan ekologik muammolarni hal qilishning ko'plab yechimlari ilgari surildi. Dunyo hamjamiyati tomonidan ekologik muammolarni hal etish yo'llaridan biri ta'limdir, degan xulosaga kelindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasida ham bu borada qator ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob 50-moddasida "Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar", - deb belgilab qo'yilgan. Ushbu modda fuqarolarning tabiatga nisbatan munosabat me'yorlarini belgilab beradi.

Biz ushbu me'yoriy hujjatlarni huquqiy asos qilib olgan holda, umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida sport turizmi jarayonida ekologik madaniyatini shakllantirish muammosini hal etishni lozim topdik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sport turizmi - jamoa ravishda biror ob'ektga (muzey, stadion, kort, qurilish, fabrika, zavod, o'rmon va hokazo) sog'liqni mustaxkamlash, jismoniy chiniqish, ilmiy qidiruv yoki o'quv maqsadida, umumiy madaniy rivojlanish uchun o'tkaziladigan tadbirdir. Bunday tadbir aholi yashab, o'qib turgan joylarga yoki boshqa shaharlarga ham borganda uyushtirilishi mumkin. Sport turizmining bu shakli asosan katta yoshdagi maktab o'quvchilari, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarining talabalari orasida keng tarqalgan madaniy, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga molik tadbirdir.[5]

Sport turizmi (turizm) ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida, o'quvchilarni sog'lom qilib tarbiyalash va tabiatni o'rganishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Sport turizmi shaklan ko'p tarmoqli turlarga bo'linadi. Ularning mazmuni shug'ullanuvchilarning jismoniy barkamolligini oshirish bilan bir qatorda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, jamoa bilan ishlash, o'zaro hamkorlik va do'stlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashda xizmat qiladi.

Sport turizmining maqsadi:

-o'quvchilarni atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatlarini shakllantirish;

-atrof-muhitda sodir bo'ladigan xavfli hodisalardan himoyalanishga o'rgatish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

-tabiatga salbiy ta'sir etmaslik.

Eko sayohat o'quvchilarning dam olish kunlari, ta'til paytlarida sog'lomlashtirish, jismoniy rivojlanish va chiniqtirish, ularning mehnat qobiliyatini oshirish maqsadida o'tkaziladi. Shu bilan birga o'quvchilar uchun ommaviy sog'lomlashtiruvchi piyoda yurish, toqqa chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Davr talablari, shart-sharoitlami hisobga olgan holda sayohatlarni uyushtirishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini sayohatning nazariy asoslari va amaliyoti bilan qurollantirish zarur. O'quv muassasalarida, sport uyushmalari va jamoalarida ommaviy sayohatlarni tashkil etish uchun sayohat bo'yicha mutaxassis kadrlar, jamoatchi faollarni tayyorlash ishlarini yo'lga qo'yish lozim. [6]

Sport turizmi salomatlik demakdir. Unda dam olish, sog'liqni saqlash, jismonan chiniqish, xordiq chiqarish, o'lkani o'rganish, ijtimoiy-foydali mehnat qilish, tabiatni muhofaza qilish (ekologiya), ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy hamda madaniy jarayonlar mujassamlashadi. Sayohatlarni amalga oshirishda tashkiliy va boshqaruv faoliyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Sport turizmi, sarguzashtlar va piyoda yurish kabi turlarni o'z ichiga olib, mazmunan esa insonlarning bilim doirasini kengaytirish, aql-idrokini (tafakkur) rivojlantirish hamda jismoniy barkamollikni tarbiyalash kabi eng muhim fazilatlarni qamrab oladi. Sport turizmi xalqaro miqyosdagi eng zamonaviy tadbirlardan biridir. Tarixiy-madaniy obidalarni tomosha qilish, ularning tarixi bilan tanishish, zamonaviy qurilmalar, hashamatli uylar, chiroyli bog'-rog'lar, millatlarning urf-odatlarini o'rganish kabi sohalar sayohatchilarning diqqat-e'tiboridan keng joy oladi.[7]

Ommaviy piyoda yurish sayohatlari asosan tog'li manzaralar, daryo, ko'l, suv omborlari sohillari kabi xushmanzarali joylarga tashkil etiladi. Bunda tabiat bilan tanishish, so'lim-go'zal manzarali joylarda tunash, ovqatlanish, jismoniy mashqlar, turli amaliy harakatlarni bajarish bilan jismonan chiniqish asosiy maqsad hisoblanadi.

"Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari talablarini bajarishga tayyorgarlik mashg'ulotlari (sayohat, gimnastika, yengil atletika, suzish va h.k.)ni o'tkazishda yuqorida ta'kidlangan manzillar xizmat qila oladi.[8]

O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi qonuni (1999 yil) va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm sohasidagi qarorlari mazkur faoliyatni amalga oshirishda huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Shu sababdan o'quvchilarning bilim saviyalarini oshirish, bu yo'ldagi mehnat faoliyatlarida sport turizmi tashkil qilish amaliyoti bilan ularni maqsadli qurollantirish zarur. Buning uchun sayohatlarning amaliy asoslarini davr talablari asosida o'quvchilarga o'rgatish, ular ongiga singdirish lozim. Yuqorida bayon etilgan talablar, mulohazalarni hayotga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tatbiq etish uchun o'quvchilarni turizmning turlari, uning mazmun va mohiyati bilan qurolantirish muhim pedagogik muammolardan biri sanaladi. Sport turizmi amaliy harakatlar va faoliyatlar yig'indisi sifatida jismoniy tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Uning ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtiruvchi xususiyatlari shaklan va mazmunan jamiyat taraqqiyotida muhim o'ringa ega. Ya'ni, sayohatlar bilim va amaliy malakalarni oshirish orqali ishlab chiqarish sifatini yaxshilash hamda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi.[10]

Sport turizmiga qo'yilgan maqsadlar asosida shug'ullanuvchilarning yoshi, jinsi va salomatligiga qarab uyushtiriladi.Ularning eng asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iboratdir, ya'ni:

1 .Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar sport turizmi

2. Maktab va texnikumlar o'quvchilarining sport turizmi.

3. Mehnat jamoalari xodimlarining sport turizmi.

4. Aholi istiqomat joylaridagi kishilarning sport turizmi.

Sport turizmi tashkil qilishning asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Shug'ullanuvchi(qatnashchi)larning sihat-salomatligini yaxshilash uchun piyoda yurish, qulay joylarda mashqlar, o'yinlar o'tkazish.

2. Atrof-muhit, tabiat manzaralarini tanishtirish, e'tiborga loyiq aholi yashaydigan joylarni o'rganish.

3. Tarixiy va madaniy obidalarni tomosha qilish va ularning tarixini o'rganish.

4. O'zi yashab turgan joylarning (yosh bolalar uchun) tarixi, rivojl anishi va mehnatkashlarning xizmatlarini o'rganish.

5. Ilmiy izlanish ishlarini (mutaxassislar) olib borish.

Sport turizmi nazariy bilim (tushuncha) va amaliy malakalar hosil qilish yo'lida ta'lim-tarbiya vazifasini o'taydi. SHu bilan birgalikda qatnashchilarning sihat-salomatligini yaxshilash, jismonan barkamollikni o'stirishga qaratiladi. Demak, turizm shakl va mazmun jihatdan tarbiyaviy hamda sog'lomlashtiruvchi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirish bilan muhim ahamiyatga ega. Sport turizmida qatnashchilarning belgilangan joyga yetib borishi, ulovlarga chiqish va tushishlari, sayr-sayohat manziliga kirish va bevosita sayr-sayohatlarda ishtirok etish jarayonida piyoda yurish asosiy o'rinda turadi. Chunki, erkin ravishda barcha faoliyatlarni bajarish, yuklarini ko'tarib yurish, tomosha-sayr jarayonlarida faol qatnashishda sharoitlarga qarab tez yoki sekin yurish, to'xtash, ba'zan yugurish ham amalga oshiriladi. Bu jarayonlar ham sayohatchilarning salomatligini yaxshilash, faol amaliy harakatlar qilishda ko'mak beradi.[9]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sport turizmini piyoda yurish shakllari mazmun va mohiyat jihatdan o'z xususiyatlariga egadir. Ularni maqsadli uyushtirish va olib borishda mutasaddi xodimlarning mas'uliyatlari e'tiborga loyiqdir. Tabiat qo'yniga uyushtirilgan piyoda yurish sayohatining maqsadi va belgilangan rejalar asosida turli faoliyatlar amalga oshirilishi mumkin. O'quvchilar bunday sayohatlarda quyidagi tadbirlarni bajarishlari zarur:

1. Turizmni o'rganish.

2. Tabiat manzaralarini tomosha qilish.

3. Turli xil harakatlarni baj arish asosida j ismoniy j ihatdan chiniqish.

4. O'simliklarga zarar yetkazmasdan gerbariylar yasash.

5. Foydali hasharotlarga zarar yetkazmasdan ularning (kapalak, ninachi, chumoli, qo'ng'iz va h.k.) tuzilishi, xususiyatini o'rganish.

6. Qushlarning (burgut, kalxat, lochin, qarchig'ay, kaklik, chumchuq va h.k.) turlarini aniqlash.

7. Yovvoyi hayvonot olami (cho'chqa, kiyik, olqar, tulki, bo'ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, ilon va h.k.) bilan tanishish.

8. Nodir toshlarni (yarqiroq, rangli va h.k.) hamda ularning turli shakllarini izlash va yig'ish.

9. Daraxtlarning qurigan shoxlari, ildizlaridagi shakllarni (odam, hayvonlar va boshqalarga o'xshash) topish, ularni yig'ish.

10. Tuproq tarkibi, rangi va funktsiyalarini o ' rganish.

11. Daraxt turlarini aniqlash.

12. Chorva va o'rmon xo'jaligi (tabiatni qo'riqlash) xodimlarining ijtimoiy turmush sharoitlari bilan tanishish, ularga ko'maklashish.

13. Sport turizmi yakuniga bag'ishlab gulxan uyushtirish (ko'p kunlik sayohatlarda). Bunda qilingan ishlarning foydali va zararli tomonlariga ekologik jihatdan baho berish, ekonuqsonlarni tuzatish yo'llarini aniqlash, navbatdagi sayohatlarni rejalashtirish[4]

Bu tadbirlar piyoda yurish sayohatlarida qatnashchilarni ekologik jihatdan barkamol qilib tarbiyalash hamda atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, sog'lom, mustaqil fikrlaydigan barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishda"Sog'lom avlod" Davlat dasturi asosida bolalar turizmidan maqsadli foydalanish lozim. Maktab o'quvchilarining sog'lig'ini mustahkamlash, kasb-hunar (mutaxassislik) yo'lidagi nazariy bilim, amaliy ko'nikma,

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ekologik madaniyat hamda amaliy malakalarini takomillashtirishda sayohatlar muhim ahamiyatga ega bo'lgan tarbiyaviy jarayondir.[3]

REFERENCES

1. Atrof-muhit muhofazasi va ekologik ta'lim-tarbiyaga oid ko'p yillik o'quv va ilmiy dastur hamda rejalar/Tuzuvchi: Ergashev A.E; Nizomiy nomli TDPU. -T.: 1991. -38 b.

2. Abdullaev A.A., Xonkeldiev SH.H. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Darslik, Farg'ona, 2001.

3. Avazov SH. Qishloq maktablari yuqori sinf o'quvchilarini o'lkashunoslik faoliyati jarayonidla ekologik tayyorlash Ped. fan. nom. .diss. - T.: 1993. - 161 b.

4. ^аюмов М. Д. Проблемы физического воспитания в педагогических воззрениях таджикско-персидских мыслителей //вестник академии образования таджикистана. - 2018. - №. 2. - с. 60-66.

5. Ниёзматов Э. Роль физической культуры в формировании духовно-нравственного образа студентов //педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования. - 2021. - с. 98-102.

6. Azizov M. features of preparation of secondary school students for sports tourism //asian journal of research in social sciences and humanities. - 2022. - т. 12. - №. 2. - с. 256-260.

7. Ahmadkhanovich A. M. pedagogical conditions for the formation of a culture of preserving nature of students during travel. - 2021.

8. Бегалиев М. О., Азизов М. А. влияние соматической патологии на развитие личности человека //неделя молодежной науки-2021. - 2021. - с. 421-422.

9. Азизов м. а. гигиена физической культуры-предмет, задачи и методы //экономика и социум. - 2019. - №. 5. - с. 263-265.

10. Ismoilov A. T., Azizov M. A. the role of physical education and sport in emphasizing the spiritual and moral claims of students //экономика и социум. -2019. - №. 9. - с. 6-7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.