Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA O‘RGATISHDA MILLIY O‘YINLARNING TUTGAN O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA O‘RGATISHDA MILLIY O‘YINLARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barkamol avlod / milliy o‘yinlar / milliy xazina / jismoniy yetuklik / boshlang‘ich sinf o‘quvchilari / sog‘lom turmush tarzi / jismoniy madaniyat / milliy qadryatlar / milliy madaniyat / chidamlilik / chaqqonlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ro‘Ziboyeva Madina Salimovna

Ushbu maqolada bolalar xalq o‘yinlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jizmoniy yetuk qilib tarbiyalashdagi o‘rni va axamiyati haqida so‘z boradi. Boshlang‘ich sinf darslarida, turli tadbirlarda bolalar bilan turli xalq o‘yinlarini o‘tkazish orqali yosh avlodni jismonan sog‘lom bo‘lishi, jismonan sog‘lom o‘quvchilarda esa aqliy faoliyat ham yuksak bo‘lish yuzasidan fikrlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA O‘RGATISHDA MILLIY O‘YINLARNING TUTGAN O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI SOG'LOM TURMUSH TARZIGA O'RGATISHDA MILLIY O'YINLARNING TUTGAN O'RNI Ro'ziboyeva Madina Salimovna

FarDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11058668

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar xalq o'yinlarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining jizmoniy yetuk qilib tarbiyalashdagi o'rni va axamiyati haqida so'z boradi. Boshlang'ich sinf darslarida, turli tadbirlarda bolalar bilan turli xalq o'yinlarini o'tkazish orqali yosh avlodni jismonan sog'lom bo'lishi, jismonan sog'lom o'quvchilarda esa aqliy faoliyat ham yuksak bo'lish yuzasidan fikrlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: barkamol avlod, milliy o'yinlar, milliy xazina, jismoniy yetuklik, boshlang'ich sinf o'quvchilari, sog'lom turmush tarzi, jismoniy madaniyat, milliy qadryatlar, milliy madaniyat, chidamlilik, chaqqonlik.

Аннотация. В данной статье рассматривается роль и актуальность детских игровых фольклорных народных игр в воспитании физически зрелых детей младших классов. На уроках в начальных классах, в различных мероприятиях с детьми проводятся различные народные игры, которые дают представление о том, как сделать подрастающее поколение физически здоровым, а у физически здоровых учеников-более высокой умственной работоспособностью.

Abstract. This article discusses the role and achamity of children's game folklore folk games in educating primary school students as a jizmoni mature. In elementary school classes, various events, thoughts are brought about to make the younger generation physically healthy by conducting various folk games with children, and in physically healthy students, mental activity is also elevated.

O'zbek xalqining ming yillar davomida yaratgan, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan ijod boyliklarini to'plash, o'rganish, bu boy xazinalar asosida yosh avlodni ma'naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, shunday degan edi: "Yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir". Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O'zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo'lgan shakllari va usullarini izlab topish, o'sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakllantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab asrash tuyg'ularini o'stirishga diqqatini qaratmog'imiz lozim.

Respublikamizda ishlab chiqilgan va bugungi kunda prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbuslardan biri sportni ommalashtirish, uni rivojlantirish masalasi sanaladi. Unda har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash ko'zda tutiladi. Chunki milliy o'yinlar o'quvchilarni ham jismonan, ham ruhan sog'lom ulg'aytirishga hamda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga olib keladi. Ularning nutqini rivojlantiradi. Barkamol shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda yoshlarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish masalasi zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning asosiy yo'nalishini tashkil etib, mazkur sohada respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda maktabgacha va boshlang'ich ta'lim jarayonida bolaga bilim berishda milliy o'yinlariga ko'proq e'tibor

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

qaratilmoqda. O'quvchilarda xalq o'yinlarini o'ynash orqali nafaqat sog'lom bo'lib, balki xalqimizning qadimiy urf-odatlari bilan tanishish ham dolzarb masalalardan biridir.

Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi - insonni to'g'ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko'zdan qochirilmaydi.

Maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasida sog'lomlashtirish, ta'lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko'zda tutiladi. Xalq milliy o'yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari ko'proq ko'rinadi.

7-8 yoshli bola ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasining eng asosiy vazifasi bola hayotini muhofaza qilish va uning sog'ligini mustahkamlash, uning organizmini chiniqtirish yo'li bilan o'zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirish, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga bardosh berishga o'rgatishdan iborat.

Bulardan tashqari bolalarda har qanday ishga layoqatlilik xususiyatini oshirish juda muhim ahamiyatga ega. Bola organizmining rivojlanishi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi: bola suyagining bexato va o'z vaqtida qotishiga, orqa umurtqadagi egik joylarning shakllanishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay bo'g'in apparatlarini pishitishga yordam ko'rsatiladi, gavda qismlarining o'zaro to'g'ri rivojlanishiga imkon yaratiladi, barcha mushak guruhlari rivojlantiradi.

Shuningdek, yurak qon tomir tizimi faoliyatini takomillashtirishga imkon yaratish lozim: qonning yurakka qarab oqishini kuchaytirish, yurakning bir me'yorda ishlashini yaxshilash va uning kutilmaganda o'zgargan yuklamaga moslashish layoqatini rivojlantirish, ko'krak qafasi harakatchanligini kuchaytirish, chuqur-chuqur nafas olish va bu faoliyatining uzoq vaqt turg'un bo'lishini ta'minlash, o'pkaning hayotiy sig'imini kegaytirish, burun bilan nafas olishni yaxshilash, ichki a'zolarning to'g'ri ishlashini ta'minlash, markaziy asab tizimini takomillashtirish, hayajonlanish va tormizlanish holatlarining harakatchanligini bir me'yorda bo'lishini ta'minlash, Shuningdek, harakatlantiruvchi analizatorni va his tuyg'u organlarni kamolotga yetkazish lozim.

Boshlang'ich sinf o'quvchilar bilan milliy xalq o'yinlarini o'tkazish jarayonida ta'lim berish vazifalarini bajarish ham muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik, muvozanatni saqlash, epchillik, baquvvatlik, chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to'g'ri tutishni, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o'zlashtirishdan iborat.

Milliy sport o'yinlari bilan o'tmishda ota-bobolarimiz bolalarni 2-3 yoshdan shug'ullantira boshlaganlar. Ulug' bobokalonimiz Amir Temur davrida o'g'il bolalarga ot minish, chavandozlik bilan shug'ullanish 3 yoshdan o'rgatilganligi malum. 2-3 yoshdan suzish bilan shug'ullanib, suv hovuzi ustidan tortilgan arqondan yurishga bo'lajak darvozlarni juda kichiklikdan o'rgatganlar.

O'gil bolalar o'z aka-ukalari, mahalladosh, o'rtoqlari bilan kurash mashqlarini xuddi shunday kichik yoshlardan boshlaganlar. Qiz bolalar esa "Arg'imchoq" , "Tortishmachoq", "Oq terakmi, ko'k terak","Bekinmachoq" , "Otib qochar" va shunga o'xshash otalikka, onalikka, mehnatga tayyorlovchi milliy sport bilan juda kichik yoshlaridan boshlab shug'ullanishga jalb qilganlar.

Chidamlilik, zukkolik, ziyraklik, chaqqonlik va hokazo kabi yaxshi fazilatlar sport orqali va xususan milliy o'yinlar orqali bolada rivojlanishi ota-bobolarimizga qadim-qadimdan malum.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Turon zaminida yashab kelgan avlod ajdodlarimiz milliy o'yinlarini ezozlashganlar va katta e'tibor berib kelishlari hech kimga sir emas.

Jismoniy tarbiya va sport kishining hayotiy istiqbol yo'lini nurli qilishga yordam beradi. Sog'lom va kuchli bo'lish inson uchun bebaho boylik. Sog'lom odam hayot yo'lini topadi, belgilangan orzu-umidlariga mehnati bilan erisha oladi.

Tadqiqotlarda ta'kidlanganidek, o'yinlar avlodlarning jismoniy, aqliy, ma'naviy kamol topishlarida beqiyos hissa bo'lib qo'shiladi. Chunki, o'yinlar yosh avlod uchun bu hamma zamonlarda turmush tarzi, hayot omili, uning o'lchovi bo'lib hisoblanadi. O'yinning mazmuni boyib, shakllari ko'payib boraveradi. Bugungi bola - ertangi kunning ijodkoridir. O'yin bu ijod, o'yin bu hayotdir. Sinfda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda xalq o'yinlaridan samarali foydalanish kutilgan natijalarini beradi.

Albatta, bu o'yinlarni mashg'ulotlarga qizg'in tatbiq etish, avvalo, o'qituvchining mahorati, tayyorgarligiga bog'liq. Darsdan oldin o'qituvchi o'zining darsdagi o'rnini aniq his qila olishi, tasavvur qilishi kerak. Shu bois, darsga tayyorlanishda u nazariy va amaliy jihatlarga, mashg'ulotni tashkil qilish uslubiyatiga e'tibor qaratib, bu boradagi muammolarni hal etib olishi darkor. Bundan tashqari, o'quvchilarning faoliyatini o'zaro taqqoslash orqali ularning imkoniyatlariga baho berish o'qituvchining o'zi tomonidan ochiq, oshkora emas, balki o'ziga xos vositalar orqali tashkil etilmog'i kerak. Chunki amaliy harakatlarni a'lo darajada bajargan o'quvchilarda boshqalarga nisbatan o'zini ustun qo'yish, kuchiga ortiqcha baho berish, manmanlik alomatlari yuzaga chiqadi. O'qituvchi shu kabi holatlarni oldindan baholashi va jismoniy imkoniyatlari boshqalarnikiga nisbatan ustun o'quvchilarga odatdagidan ko'ra nisbatan murakkabroq mashqlarni yuklashi mumkin. Xalq o'yinlari vositasida sog'lom turmush tarzini yaratish samaradorligi amaliy takrorlash jarayonlariga uzviy bog'liq ekanini unutmaslik lozim. Buni quyidagicha tasvirlasak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Xalq o'yinlari yoki sport mashqlari yuqoridagi kabi takrorlash bosqichlaridan o'tishi, ulardan ko'zlangan maqsad va natijalarga erishishda qo'l keladi.

O'quv-tarbiya jarayonida xalq o'yinlari sog'lom turmush tarzini shakllantirishda asosiy omildir. Farg'ona viloyatida o'ynaladigan «G'isht urish», «To'xta, sanayman», «Chiziq bo'ylab» o'yinlarini qaysi sinf yoki qaysi voha hamda hudud bo'lishidan qat'iy nazar, dars va darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga tatbiq etish vositasida o'quvchilar o'rtasida chaqqonlik, ahil-inoqlik, matonat va eng muhimi, qat'iyat, o'ziga ishonchni shakllantiradi.

Boshlang'ich tashkilotlarda harakatli o'yinlarni tashkil qilish yo'llari -ommaviy sog'omlashtirish-sport maskanlaridagi harakatli o'yinlaridir. Ommaviy sog'lomlashtirish-sport maskanlarini quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

1. Sport inshootlari.

2. Maktab o'quvchilarining yozgi dam olish oromgohlari.

3. O'quvchi yoshlar va talabalarning sog'lomlashtirish-sport maskanlari.

4. Mehnatkash va ziyolilarning dam olish uylari.

5. Sog'lomlashtiruvchi maxsus markazlar.

6. Davolash muassasalari.

Ma'lumki, ularning faoliyatida turli yo'llar bilan sog'lomlashtirish, jismoniy rivojlantirish va chiniqtirish jarayonlari asosiy maqsad va vazifa qilib qo'yiladi. Sport inshootlarida sog'lomlashtirish tadbirlari ham har xil bo'ladi: sog'lomlashtirish guruhlarining mashg'ulotlari, dam olish kuni yoki turli bayramlar munosabati bilan o'tkaziladigan ommaviy jismoniy-madaniy tadbirlar (maxsus testlarga tayyorgarlik, bo'lim, sex yoki jamoalar o'rtasidagi musobaqalar, yakka

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tartibda shug'ullanish, oilaviy o'yin mashqlari va h.k.). Turli xil sabablar (og'ir dard, og'irlikni kamaytirish va h.k.) bilan salomatligi yomonlashgan yoki jismoniy chiniqishni maqsad qilgan kishilar bilan maxsus sog'lomlashtirish guruhlari tashkil etiladi. Guruhlarning turlariga qarab undagi kishilar maxsus mashqlar va harakatli o 'yinlar bilan shug'ullantiriladi. Bunday paytlarda «kim tez» qabilida bo'yin, yelka, qo'l, gavda va oyoq bo'g'inlarni aylantirish, burish, bukish va h.k. harakatlar sanoq orqali yoki vaqtga qarab amalga oshiriladi. Shuningdek, «Bo'sh», «Qopdan» kabi harakatli o'yinlar shug'ullanuvchilar uchun qiziqarli bo'lishi mumkin. Umumta'lim maktab o'quvchilarning yozgi dam olish oromgohlarida sayohatlar, turli musobaqalar, oqarsuvlarda cho'milish kabi sog'lomlashtirish tadbirlari tarkibida harakatli o'yinlar muhim o'rin egallaydi.

O'quvchi yoshlar va talabalarning sog'lomlashtirish-sport maskanlari maktab o'quvchilarining yozgi dam olish oromgohlari kabi tog'li joylar yoki daryo sohillarida tashkil etiladi. Ta'kidlash lozimki, ko'pchilik ta'lim muasssalari va oliy o'quv yurtlarining sog'lomlashtirish sport maskanlari ilg'or tajribalarga egadir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o'yinlarining roli va o'rni nihoyatda katta ekanligini aytib o'tish mumkin:

> O'yinlar - sog'liqni mustahkamlashga, o'quvchilarni to'g'ri jismoniy rivojlantirishga hamda chiniqtirishga yordam berish.

> O'yinlar - o'quvchilarga sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko'nikmalarni singdirishga hizmat qiladi.

> O'yinlar - o'quvchilarda harakat malakalarini va ko'nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o'rgatish malakasini shakllantiradi.

> O'yinlar - yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish xususiyatiga ega.

> O'yinlar - botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do'stlik hissini madaniy hulq ko'nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalashga hizmat qiladi.

> O'yinlar - turganda va yurganda qomatni to'g'ri tutish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

> O'yinlar - o'quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo'yicha muntazam mashg'ulotlarga barqaror qiziqish va ko'nikmalarini tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.

> O'yinlar - o'quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolligini tayyorlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Milliy o'yinlarni boshlang'ich sinf darslarida ko'proq olib borilsa jismoniy sifatlar rivojlanishi uchun o'zining ulkan ta'sirini ko'rsatishi aniqlangan. Shunday ekan bu kabi xalq o'yinlarini muntazam o'tkazib turish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. "Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori". - T.: Sharq matbaa-nashriyoti konserni, 1997. - 20-29 b.

2. Mirziyoyev Sh. M. "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" nomli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majslisidagi nutq. - Toshkent, 2017.

3. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent, 2017.

4. Safarov O. O'zbek xalq bolalar o'yinlari. - Toshkent: Sharq, 2011. - 176 b.;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

5. Rahimqulov K. Milliy harakatli o'yinlar. - Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2012. - 144 b

6. Жах,онгиров F. Узбек болалар фольклори. - Т.: Укитувчи, 1975. - 122 б.;

7. Turgunov MM. O ZBEK XALQINING MILLIY HARAKATLI O'YINLARI ULARNING PEDAGOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI // Экономика и социум. 2022. №4-2 (95). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-xalqining-milliy-harakatli-o-yinlari-ularning-pedagogik-va-fiziologik-xususiyatlari (дата обращения: 29.03.2023).

8. https://olamsport.com/oz/news/qarabtep-yoki-xalq-tilida-lanka-deb-yuritiluvchi-oyin-haqida-nimalarni-bilamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.