Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHIDA MILLIY HARAKATLI O‘YINLAR AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHIDA MILLIY HARAKATLI O‘YINLAR AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2085
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang„ich sinf o„quvchilari / jinmoniy tarbiya / o„yin / milliy harakatli o„yinlar / milliy sport / sog„lomlashtirish / ta‟lim berish va tarbiya berish vazifalari. / junior schoolchildren / criminal education / games / national outdoor games / national sports / fitness / educational tasks

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobirjon Abdurasulovich Raximov

Maqolada o„sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq o„yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanishi haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the experience of folk pedagogy in the system of educating the younger generation, including the fact that national folk games are considered a key force, a means of controlling the character and consciousness of young people.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHIDA MILLIY HARAKATLI O‘YINLAR AHAMIYATI»

Volume 3 | Issue 3 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 | UIF: 6,1

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHIDA MILLIY HARAKATLI O'YINLAR AHAMIYATI

Maqolada o'sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy xalq o'yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblanishi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'quvchilari, jinmoniy tarbiya, o'yin, milliy harakatli o'yinlar, milliy sport, sog'lomlashtirish, ta'lim berish va tarbiya berish vazifalari.

The article discusses the experience of folk pedagogy in the system of educating the younger generation, including the fact that national folk games are considered a key force, a means of controlling the character and consciousness of young people.

Keywords: junior schoolchildren, criminal education, games, national outdoor games, national sports, fitness, educational tasks.

Harakatli va milliy xalq o'yinlarining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini o'rganish sohasida ko'pgina ishlar amalga oshirilgan. G'.M. Salimov [1, 142], U.Islomov [2, 13-14], F.M. Nasriddinov, A.Sh. Qosimov [3, 27] va boshqa olimlar o'z tadqiqotlari doirasida ta'lim sohasida xalq harakatli o'yinlarini qo'llash hamda buning ustuvorligi xususida mulohaza yuritganlar. Milliy harakatli o'yinlardan foydalanish jarayonida boshlang'ich maktab o'quvchilarining quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

1. Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.

2. Bolalar xalq o'yinlarida atrofdagi voqe'likning eng tashqi ifodali jo'shqin his-tuyg'uli jihatlarini aks ettiradilar.

Bobirjon Abdurasulovich Raximov

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

March, 2022

Volume 3 | Issue 3 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 | UIF: 6,1

3. Milliy o'yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.

4. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz qoldiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Milliy xalq o'yinlaridan foydalanishda, ularni qo'llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo'ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o'z vaqtida ta'kidlagan edi.

Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi yurish-turish shakllarining to'g'riligini talab etadi.

Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo'zg'alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o'zini tuta bilishga odatlantirish katta rol o'ynaydi.

Bolalarda maktabda o'qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, ishchanlik, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, sabotlilik xususiyatlarini shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy madaniyatning barcha zamonaviy vositalari bilan birga o'zbek xalq milliy o'yinlari juda qo'l keladi, chunki bu o'yinlar bolalarni jismoniy, ruhiy, ma'naviy jihatdan tarbiyalashning barcha jihatlarini o'z ichiga ola biladi.

Milliy xalq o'yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy o'zgargani, har bir iqtisodiy tuzum ularning mazmun va qoidalarida o'zining muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to'xtalgan edik.ba'zi o'yinlarning nomi va qoidalari hozircha saqlanib qolgan. Ana Shunday o'yinlardan foydalanishda ularningbolalarga jismoniy ta'sirdan tashqari tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishini ham nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo'llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak.

Masalan, " Uloq" o'yini deganda odatda ot bilan o'ynaladigan, chavandozlar haqiqiy uloq uchun kurashadigan qadimiy ko'pkari o'yini tuShuniladi. Bolalarga mo'ljallangan "Uloq" o'yini otsiz o'tkaziladi, o'yinchilar bir parcha echki terisi yopishtrilgan to'ldirma to'pni olish uchun kurashadilar. O'yin qoidalarining ba'zi jihatlari kattalarnikiga o'xshab ketadi. Tezkorlik, chaqqonlik va kuchlilikni tarbiyalovchi bu o'yin katt tarbiyaviy ahamiyatga ham

March, 2022

Volume 3 | Issue 3 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 | UIF: 6,1

ega, bunda bir-birini hurmt qilish, samimiy munosabat, qo'pollik qilmaslikka katta e'tibor briladi.

Xalq milliy harakatli o'yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Chunki o'yinlar o'quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag'ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O'yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.

Xalq milliy o'yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta'sir o'tkazadi. Shuning uchun ham o'yinlarga umumiy jismoniy ta'sir ko'rsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta o'yin yo'qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo'lib hisoblanmasin. Masalan, "Do'ppi kiyishda kim g'olib?" milliy o'yinida faqat chaqqon bo'libgina qolmay, balki epchil, sezgir bo'lishga ham da'vat etiladi.

Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to'g'ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang' ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko'zdan qochirilmaydi.

Maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasida sog' lomlashtirish, ta'lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko'zda tutiladi. Xalq milliy o'yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari ko'proq ko'rinadi.

7-8 yoshli ya'ni boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasining eng asosiy vazifasi bola hayotini muhofaza qilish va uning so g'ligini mustahkamlash, uning organizmini chiniqtirish yo'li bilan o'zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirish, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga bardosh berishga o'rgatishdan iborat.

Milliy o'yinlar bilan shug'ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat faoliyati uchun zarur bo'lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o'yinlarining tutgan o'rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida shakllantirish g'oyat muhim ahamiyatga ega.

XULOSA

O'quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo,

jumladan, milliy xalq o'yinlarini o'rganish va o'rgatish jarayonida

March, 2022

Volume 3 I Issue 3 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 I UIF: 6,1

ham uyg'un holda hal etiladi. Bu vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta'sir etishi tufayligina muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg'ulotlarni tashkil etishning turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o'yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.

REFERENCES

1. Salimov G'.M. Milliy harakatli o'yinlar asosida 7-10 yoshli o'quvchilarning jismroniy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi.: Dis. ... kand. ped. nauk. - T., 2007.

2. Islamov A. O'zbek xalq o'yinlari va ularning darsda qo'llanishi. // Xalq ta'limi. № 4-5. - T., 1992.

3. Nasriddinov F.N., Qosimov A.Sh. O'zbek xalq milliy o'yinlari. 1 - to'plam. - T.,

1998.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.