Научная статья на тему 'TALABALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZIGA ASOSLANGAN UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH'

TALABALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZIGA ASOSLANGAN UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

140
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‟lom turmush tarzi / ma‟naviy / ma‟rifiy / madaniy / sog„liq / jismoniy aqliy / ruhiy / mustahkam / genlar / toksik moddalar / patologik o„zgarishlar / xayot tarzi / gigienik muolajalar / ovqatlanish / kam harakat. / healthy lifestyle / spiritual / education / culture / health / physical / mental / mental / strong / genes / toxic substances / pathological changes / lifestyle / hygiene procedures / nutrition / inactivity.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Dinara Baxodirovna Yadgarova

Ushbu maqolada sog‟lom turmush tarzini shakllantirishda talabalarni umumiy madaniy duyoqarashini shakllantirish jismoniy aqliy, ruhiy va ma‟naviy hususiyatlari, uzoq umr ko„rish va ijodiy rejalarni amalga oshirish mustahkam ahil oila yaratish bolalarni sog„lom tug„ilishi oldini olish yoshlikdan salomatlikni qadrga yetish.Sog‟lom turmush tarziga riyo qilishdagi o‟ziga xos adabiy manbalardan foydalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the formation of a general cultural outlook of students in the formation of a healthy lifestyle, physical, mental, spiritual qualities, longevity and the implementation of creative plans, specific literary sources are used in mass events

Текст научной работы на тему «TALABALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZIGA ASOSLANGAN UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH»

TALABALARDA SOG'LOM TURMUSH TARZIGA ASOSLANGAN UMUMMADANIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH

Dinara Baxodirovna Yadgarova

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi dinara.yadgarova0102@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sog'lom turmush tarzini shakllantirishda talabalarni umumiy madaniy duyoqarashini shakllantirish jismoniy aqliy, ruhiy va ma'naviy hususiyatlari, uzoq umr ko'rish va ijodiy rejalarni amalga oshirish mustahkam ahil oila yaratish bolalarni sog'lom tug'ilishi oldini olish yoshlikdan salomatlikni qadrga yetish.Sog'lom turmush tarziga riyo qilishdagi o'ziga xos adabiy manbalardan foydalangan.

Kalit so'zlar: sog'lom turmush tarzi, ma'naviy, ma'rifiy, madaniy, sog'liq, jismoniy aqliy, ruhiy, mustahkam, genlar, toksik moddalar,patologik o'zgarishlar,xayot tarzi, gigienik muolajalar, ovqatlanish, kam harakat.

ABSTRACT

This article discusses the formation of a general cultural outlook of students in the formation of a healthy lifestyle, physical, mental, spiritual qualities, longevity and the implementation of creative plans, specific literary sources are used in mass events.

Keywords: healthy lifestyle, spiritual, education, culture, health, physical, mental, mental, strong, genes, toxic substances, pathological changes, lifestyle, hygiene procedures, nutrition, inactivity.

KIRISH

Sog'lom turmush tarzini tashkil etish faqatgina iqtisodiy ta'minlanish jihatidan emas, balki sog'liqni saqlash insonlarni ma'naviy, ma'rifiy madaniy saviyasini oshirishni ham taqozo etadi. Olimlarning ta'kidlashicha "donolik, komillik va jamiyatning taraqqiyoti ko'p xollarda intellektual va ahloqiy potensial bilan belgilanadi".

Sog'liq odamning jismoniy aqliy, ruhiy va ma'naviy hususiyatlari yig'indisi, uzoq umr ko'rish va ijodiy rejalarni amalga oshirish mustahkam ahil oila yaratish bolalarni sog'lom

April, 2022

1088

tug'ilishi va tarbiyasini zarur sharti hisoblanadi. Sog'liq inson baxtining eng muhim qismlaridan biri hisoblanib. Insoniyatni sotsial iqtisodiy rivojlanishining muhim komponentlaridan hisoblanadi. Bemor odamdan so'rang, u o'z kuch-quvvatini nimadir yaratish uchun bera oladimi, bolalarni boqishga qurbi etadimi, albatta u yo'q deb javob beradi. Sog'liq inson va jamiyat uchun berilgan buyuk nematdir. Sog'liqni sotib olib bo'lmaydi, uni saqlash, ehtiyot qilish kerak. Sog'lom bo'lsangiz hayotda qiyinchilik va to'siqlarni oson engib o'tasiz, ulkan yutuqlarga erishasiz. Bizning atrofimizda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi omillar juda ko'p.

Odam organizmi evolyusiya jarayonida moslashuvi va kompensator imkoniyatlar bilan yaratilgan. Odam bir necha genlar soni va sifatidan tashkil topgan, odamning biologik tizimi bir necha million genlar va oqsillardan tashkil topgan. Odamning biologik sistemasi genlarni to'laqonligiga bog'liq, genlar toksik moddalarga juda sezgir. Zaharli moddalar genlarni o'zgartirib yuborishi mumkin. Buning oqibatida organizm faolligi susayadi, u kasallanadi, qarshilik ko'rsatkich qobiliyatini yo'qotadi, patologik o'zgarishlar hosil qilishigacha olib borishi mumkin. "Hayot tarzi" bu sizning xulqingiz bo'lib, o'zingizni qaerda, qanday tutishingizdan iborat. Siz yaxshi muhitda yashashni xohlaysiz, yaxshi muhitni tasavur qilasiz ko'p yigit qizlar o'z sog'ligiga e'tiborsiz qaraydilar, ular salomatligini yaxshi bo'lishini boshqalar ta'minlaydi deb o'ylaydilar. Hayot bilan tasdiqlangan bir gap bor "odam ma'lum kasallikdan o'lmaydi, balki o'zining turmush tarzidan o'ladi". Kundalik aniq reja vaqtida to'liq qimmatli ovqatlanish, to'yib uxlash, gigienik muolajalar, aktiv harakat, suv, havo bilan doimiy muloqotda bo'lish, aktiv dam olish, sog'liqni mustahkamlovchi omillar hisoblanadi.

Rejimga rioya qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik, kam harakat bo'lish, vaqtida ovqatlanmaslik, chekish, spirtli ichimliklar suistemol qilish kabi zararli odatlar sog'liqni zaiflashtiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hayot tarziga odamning asosiy faoliyatlari bo'lgan mehnat faoliyati ijtimoiy faoliyat, psixologik, intellektual harakat faolligi, munosabatlar, turmushdagi o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi. Akademik N.P. Lisitsin hayot tarzi tushunchasiga muhim omil bo'lgan tibbiy aktivlikning 3 ta yo'nalishini ko'rsatadi.

1. odamlarni aktivlik xarakteri-intellektual, jismoniy.

2. aktivlik doirasi-mehnat, mehnatdan tashqari

3. faollik turlari ishlab chiqarish ijtimoiy ta'limiy madaniy

turmushdagi faoliyat, jismoniy, tibbiy faollik

April, 2022

Turmush tarzi - odamlarni ma'lum muhit sharoitidagi faoliyati bo'lib, bularga ekologik sharoit, ta'lim, psixologik holat, muhit, turmush, o'z uyini qurish qiradi. Turmush-tarzi tartib, daraja, sifat va hayot shakli bilan o'zaro bog'langan. Bu tushunchalar 4 ta kategoriya bilan birlashgan: iqtisodiy-sizning material yutug'ingiz qanday; sizning ijtimoiy iqtisodiy hayot tarzingiz qanday; ijtimoiy psixologik-sizni hayotingiz shakli qanday. Bu kategoriyalar odam sog'ligiga ta'sir etadi.

Jismoniy tarbiya - jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismidir. SHuningdek, u insonning jismoniy qobiliyatini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlashga yo'naltirilgan ijtimoiy faoliyat sohalaridan biridir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning ahvoli haqida quyidagi ko'rsatkichlar orqali so'z yuritish mumkin: insonlar salomatligi va jismoniy madaniyati saviyasi; ta'lim va tarbiya, sohasida ishlab chiqarish va turmushda jismoniy tarbiyadan foydalanish darajasi; bo'sh vaqtdan foydalanish; jismoniy tarbiya tizimining xarakteri, ommaviy sportning rivojlanish, sportdagi yuksak yutuqlar.

>biv madanrvtLilik

Jistuoniv hara

CSjy glgli

To'g'ri ovqatianish

Kun tartibiga roya qiiish

^^^^^ I

turmush J

tarzi A

r

ÍI

Ruhfcr

salofciatlikm

Eknfcgik tarbiva

Zararli oatlardan voz kechish

Inson o'z salomatligini ijodkoridir, uning uchun kurashish lozim. YOshlikdan faol turmush tarzini olib borish, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish,sog'lom turmush tarzi talablariga amal qiiish orqali salomatlikka to'liq erishish mumkin.

April, 2022

1090

NATIJALAR

Insonning birinchi navbatda ma'naviy olami, madaniyati yuksak bo'lishi darkor. Soglom turmush tarziga amal qilish uchun esa insonda yuksak ong, qat'iyatli iroda bo'lishi lozim. Zero ushbu sifatlar boshida ma'naviyat va madaniyat turadi. Ma'naviy andozalarga quyidagilar kiradi

yangilikka intilish bilim darajasi

madaniyat

N

ma'suliyat

dunyoqorash

Ruhiy andozalar

Irodani shakllantirish; Bardoshlilik;

Xayotiy ko'nikmalami takomillashtirish; Shaxsiy g'urur tuyg'usini rivojlantirish; Odab-ahloq, xushmuomilalik; Bir birini avaylab-asrash;

Kechirimlik, mehr-muhabbat va yaqinlar uchun qayg'urish. Yoshlar psixologiya ilmi talabidan xabardor bo'lishi lozim.

Ijtimoiy-gigienik, epidemiologik, ijtimoiy klinik va boshqa ilmiy tadqiqotlarni ko'rsatishicha shu narsa ma'lum bo'ldiki, birinchi o'rinda odamning sog'ligining turmush tarziga bog'liq. Mashhur olimlar Yu.P.Lisitsin, Yu.M.Kamarov va boshqa chet el olimlarini ma'lumotlaricha turmush tarzi aholi sog'ligiga bog'liq barcha omillarning 50-55 foizini tashkil etadi.Sog'liqqa ta'sir etuvchi omillardan ekologiya 20-25 foizni, irsiyat 20 foizni, sog'liqni saqlash 10 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari atrof-muhitni ifloslanishi ham muhim o'rinni egallaydi.

April, 2022

1091

1-rasmda hayot tarziga ta'sir etuvchi sog'lom va nosog'lom tarzi keltirilgan.

1-rasmda

SOG'LOM HAYOT

Ishdan qoniqish, jismoniy,ruhiy, komfort Faol hayotiy muhit To'liq qiymatli uyqi

NOSOG'LOM HAYOT

To'liq

qiymatsiz dam olish

Ijtimoiy patsivlik

Hayotiy

xolatlar

charchash

MUHOKAMA

Agar odamlar bolalikdan o'zini tuta bilishga va xushmuomlalikka o'rgatilgan bo'lsa yana yaxshi. Agar siz odamlarga xushmuomala bo'lsangiz, ular ham sizni hurmat qiladi. Xushmuomalalik odam sog'ligiga yaxshi ta'sir etadi. Xushmuomala, xushchaqchaq, ochiq ko'ngil, bag'rikeng, dili pok, to'g'ri so'z odamlar sog'lom bo'ladi, uzoq umr kechiradi. Odamlarning bir-biri bilan muomalasi ularning o'ziga bog'liq. Odam hayoti mobaynida ota-onasi, o'rtoqlari, ish joyidagi odamlar bilan munosabati sharoitiga qarab yaxshi tomonga o'zgarib borishi kerak.

Yoshlikda odamning do'stlari ko'payadi, yangi yangi do'stlar orttiriladi. Do'stlarni o'zaro munosabati juda muhim. Eng yomoni odamni do'stlari o'rtoqlaridan ajralib yakkalashib qolishidir. Bunday odam o'zini yomon xis qiladi, kayfiyati tushib ketadi. Nima uchun

April, 2022

1092

bunday holat yuz berganini o'ylayverib oxir oqibat betob bo'lib qolishi mumkin.

Yuqoridagi sxemadan ma'lumki sog'lom turmush tarziga 8 ta omil ijobiy ta'sir etar ekan. Sog'lom turmush tarziga sog'lom bo'lmagan turmush tarzi, salbiy emotsiyalar, nerv-psixik buzilishlar, nevroz va boshqalar salbiy ta'sir etadi. Odamlar bir-biri bilan samimiy, muloyim munosabatda bo'lishlari kerak. Faqat qo'pol muomala qiladigan, baqiribchaqiradigan kishilar emas, balki indamas qovog'i soliq surbetlar ham odamlar asabiga tegadi. Bir og'iz ham gapirmay yurishga, ba'zilari so'kinishga o'rgangan bo'ladi, boshqa bir odamlarga tepadan qaraydi, "men hammadan yuqoriman" deb o'ylaydi. Bunaqa odamlar ozchilikni tashkil qiladi, lekin ko'pchilikning dilini og'ritadi. Ular dilozor kishilardir.

REFERENCES

1. Афанасьев Ю.А, Куликов Ю.А, Насреддинов Ф.Н. Физическое воспитание и врачебный контроль в вузе. Ташкент, 1991.

2. Ананасенко Г.Л. СГБ, 1992 Эволюция биоэнергетики и здоровья человека.

3. Абрамов М.С, Столярук В.С. Ташкент, 1985 Состояние и оценка морфофункциональных показателей у студентов

4. Благуш П.К. Теории тестирования двигательных способностей. (чех тилидан кдскдртирилган таржима) М.ФИС, 1982, 165 б

5. Кашбахтиев И.А. Основы физического совершенствования студентов. Ташкент, 1992, 153 б.

6. Кашбахтиев И.А. Валеология студенческой молодежи. Ташкент, 2000, 147 б

7. D.Sharipova, Q.Sodiqov G.A.Shaxmurova. Valeologiya asoslari. O'quv qo'llanma.Tashkent 2007.

8. Рихсиева А.А. Насреддинов Ф.Н, Рихсиев А.И. Физическое состояние школьников и спортивной молодежи. Ташкент. Укдтувчи, 1989, 80 б.

9. Талага Е. Энциклопедия физических упражнений (Полякчадан таржима) М: ФИС, 1998-412 б

10. Ханкельдиев Ш.З. Физическая подготовленность учащихся, молодёжи. Ташкент, Медицина, 1986.

XULOSA

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.