Научная статья на тему 'BARKAMOL AVLODNI TARBIYALSHDA JISMONIY MASHQLARNI BOLA YOSHIGA MOSLASH MALAKASI'

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALSHDA JISMONIY MASHQLARNI BOLA YOSHIGA MOSLASH MALAKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
889
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
barkamol avlod / sog`lom turmush tarzi / sog’liqni saqlash / jismoniy mashqlar / jismoniy harakat / gavda / tana / jismoniy madaniyat / jismoniy tayyorgarlik. / harmoniously developed generation / healthy lifestyle / health / exercise / physical activity / body / physical culture / physical culture.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Azizxon Yuldashev

Maqolada barkamol avlodni tarbiyalashda sog`lom turmush tarzi, sog’liqni saqlashning asosiy tadbirlaridan bo`lgan jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tadbirlari va ularning ahamiyati haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SKILLS FOR ADAPTING PHYSICAL EXERCISES TO CHILDHOOD IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION

The article discusses a healthy lifestyle, exercises, which are one of the main health-improving activities, physical education and their importance in the upbringing of a harmoniously developed generation.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL AVLODNI TARBIYALSHDA JISMONIY MASHQLARNI BOLA YOSHIGA MOSLASH MALAKASI»

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALSHDA JISMONIY MASHQLARNI BOLA

YOSHIGA MOSLASH MALAKASI

Azizxon Yuldashev

Qoqon universiteti (KU) o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada barkamol avlodni tarbiyalashda sogTom turmush tarzi, sog'liqni saqlashning asosiy tadbirlaridan boTgan jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tadbirlari va ularning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: barkamol avlod, sogTom turmush tarzi, sog'liqni saqlash, jismoniy mashqlar, jismoniy harakat, gavda, tana, jismoniy madaniyat, jismoniy tayyorgarlik.

SKILLS FOR ADAPTING PHYSICAL EXERCISES TO CHILDHOOD IN THE EDUCATION OF A DEVELOPED GENERATION

Azizkhon Yuldashev

Teacher of Kokand University (KU)

ABSTRACT

The article discusses a healthy lifestyle, exercises, which are one of the main health-improving activities, physical education and their importance in the upbringing of a harmoniously developed generation.

Keywords: harmoniously developed generation, healthy lifestyle, health, exercise, physical activity, body, physical culture, physical culture.

KIRISH

Sog'lom turmush tarzi - falsafa, psixologiya, pedagogika hamda umumiy fiziologiya, anatomiya, gigiyena, genetika, ekologiya va boshqa tabiiy fanlar bilan mustahkam aloqada bo'lgani bois, ular erishgan uslublarga tayanib ish ko'radi.

Sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri -bu badantarbiyadir. Sog'lom turmush tarzi (STT) va sog'liqni saqlashda Abu Ali Ibn Sino asosan yetti narsaga e'tiborni kuchaytirish zarurligini o'qtirib o'tadi: bularga mijozni moTadil qilish, eyiladigan va ichiladigan ovqatlarni tanlash, gavdani chiqindidan tozalash, to'g'ri tuzilishni saqlash, burun orqali olinadigan havoni yetarli va yaxshi olish, kiyimga e'tibor berish, jismoniy va ruxiy harakatlarni tartibga solish (shu' harakat jumlasiga uyqu va uyg'oqlik ham kiradi.)

Olimlarning odam umrini uzaytirish, kasalikka duchor bo'lishning oldini olish va sog'lomlashtirishda yuqorida aytilgan elementlardan foydalanish yaxshi natijalar bergan

edi. Afsuski, odamlar asta-sekin mijoz va boshqa tushunchalami unuta boshladilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini yuqori saviyada olib borilishi STT ga e'tibomi kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanish ko'pgina mamlakatlarda yurak xastaliklari bilan og'rish ko'rsatkichini ancha pasaytiradi. tAmerika olimi Kennet Kuper tomonidan ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar to'plami-eerobika va sheyping ko'p mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan qo'llanib, ko'pgina odamlarning sog'lig'ini mustaxkamladi va yurak xastaliklari kasalliklarining oldini olishda samarali vosita bo'lib xizmat qilyapti.

Inson ham aqlan, ham jismonan baquvvat, chiniqqan bo'lmog'i lozim.

Sog'lom turmush tarzi (STT) inson madaniy, jismoniy rivojlanishi, mexnat unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o'z ichiga oladi. STT ning asosiy tarkibiy qismlari -samarali ish faoliyati, shaxsiy gigiyena, zarali odatlardan voz kechish, belgilangan bir vaqtda to'g'ri ovqatlanish, jismonan chiniqish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanib turish.

Hozirgi qunda maorif tizimida tub islohotlar ro'y berayotgan davrda xalq ta'limi va sog'likni saqlash vazirliklarining ta'lim oluvchilar sog'ligini saqlash va mustahkamlash, ta'lim-tarbiya jarayonining sog'lomlashtiruvchi yo'nalishini ta'minlash ishlarini ma'lum reja asosida tashkil etishga extiyoj tug'ilmoqda.

Maktab o'quvchilarining sog'lig'ini saqlash medsadida maktab faoliyatiga, uning o'quv-tarbiyaviy jarayoniga, ota-onalarga quyidagi fiziologak-gigiyenik tavsiyalarni joriy qilish maqsadga muvofiqtsir:

- kundalik rejimga ya'ni, kun tartibiga rioya qilish, jum-, maktab va uy sharoitida o'quv mashg'ulotlari yukpamasini tartibga eshshsh;

- ochiq xevoda sayr qilish bilan xordiq chiqarishsh keng yo'lga qo'yish;

- yetarli va o'z vaqtida ovqatlanishni yo'lga qo'yish;

- gigiyenik jihatdan to'liq, bir maromdagi uyqu;

- o'z vaqtida aqliy yuklamani jismoniy yuklamaga almashtirish;

- gagienik talabparga javob beradigan hodda faoliyatlarni almashtarib turshi;

- mustaqil faoliyat bilan shugullanish.

Sog'lom turmush tarzining jamiyatdagi o'rni beqiyosdir. Aynan shuning uchun ham mamlakatimiz ta'lim tizimining oldida yosh avlodga zamonaviy bilim va xunarlar bo'yicha musgahkam ta'lim berish bilan birga, ularda Sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ruhiy komillikka erishish, ularni salomatligi uchun tahtsid soluvchi xar qanday zararli odatlarga qarshi faol tura oladigan, mustaqil fikrga ega bo'lgan, katta ishonch hamda maqsad bilan yashaydigan fidoyi, yuksak ma'naviyatli barkamol inson etab tarbiyalash kabi ustuvor vazifaturibdi.

Harakat faolligiga odatlangan, harakatni bajarishning ahamiyati, uni foydasi,

mazasiga tushunganlardan biri mashhur matematik Gauss yoki undan ham mashhur tibbiy sinovchi Germon Gelm Goli faqat yurish, oddiy qadamlab, ma'lum sur'atda yurish mashqi haqida quyidagicha fikr bildirgan: «Yalt etgan, to'satdan paydo bo'lgan fikr» har doim kutilmaganda, albatta yozuv stolida, miya charchab, jismonan horiganda emas, jismonan bardamlik, kayfiyat ko'tarinkiligi yuqori bo'lgan paytda keladi. Ayniqsa, («yalt» etish, to'satdan, «chaqmoq»dek paydo bo'lish) quyosh porlab turgan, ko'm-ko'k tog' manzarasi qalbni oshufta qilib, sekin tog' bag'irlab yuqoriga ko'tarilayotganda keladi, deb aytadi. Jahondagi qator ilg'or, boy mamlakatlar AQSH, Olmoniya, Xitoy, Yaponiya va boshqalarning jismoniy madaniyati jihatdan ham imidji yuqori. Afsuski, preziden-timiz, hukumatimiz tomonidan STT jismoniy madaniyati bo'yicha amalga oshirilayotgan, qimmatiga ko'ra tariximiz sahifasiga zarhal harflar bilan yozishga loyiq bo'lgan zafarli ishlari hozirgi kun uchun orzu, etishishimiz lozim bo'lgan ulug' niyat bo'lib qolmoqda.

MUHOKAMA

Mamlakatimiz va xorijiy tadqiqotchilarni ko'rsatishicha, salomatlikni yaxshilash va uning profilaktikasi, STT jismoniy madaniyati, ommaviy sport turlari mashg'ulotlarining turli shakllarini aralashtirib, qo'shib, majmuasini yaratib, ulardan moddiy jihatdan katta sarf harajat talab qilmaydiganlarini topib, samarali uslubiyotlardan foydalanish bilan qo'yilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi.

STT jismoniy madaniyati o'z yoshi va jismoniy tayyorgarligiga moslab kunlik harakat tartibini va jismoniy yuklamani tanlash va rejalashtirish talabini qo'yadi. Asosiy masala qayd qilingan talablarni hal qilish uchun harakat faoliyatini qanday tashkil qilishga, jismoniy mashqlar bilan qanday shug'ullanishga borib taqaladi. Bu yoshi va individual xususiyatini hisobga olib shug'ullanish uchun tanlayotgan mashq turiga bog'liq. Kimdir yurishni, kimdir yugurishni, suzishni, velosipedda sayr qilishni, gantel bilan, 1-2 pudli qadoq tosh bilan, yana kimdir sport o'yinlaridan o'zi yoqtirgan biror turi va boshqalar bilan shug'ullanishni tanlaydi. Yuqoridagi turli xil ko'rinishdagi jismoniy mashqlarni fiziologik yo'nalishi asosan organizmning salomatligini yetakchi harakat fazilatlari kuch va chidamlilikni rivojlantirishga qaratiladi. Bu tayyorgarlik insonni faqat mehnatda (aqliy, jismoniy) yuqori ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash bilan cheklanmay, uni ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliklarga dosh berish, ularni engish va tinchlik, harbiy sharoitdagi ekstre- mal holatlardan oson chiqishdek, hayotiy-amaliy malakalarni egallashni osonlashtiradi.

O'tkazilgan sotsiologik so'rov natijalari talabalarni ommaviy sport turlaridan birini ya'ni, o'ziga mosini tanlashda zaruriy bilim va malakalarini yetarli emasligini ko'rsatdi.

O'zlarini STT jismoniy madaniyati sohibiman deb hisoblaydigan talabalar (63%) Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 324

tahsil olish yillarida sportning biror turi bilan muntazam shug'ullanishni odatga aylantirishini muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (37%). Chunki hozirgi kundagi turmush tarzi ularda passiv (o'tirib) faoliyat uchun ko'p vaqtni (40,1%) egallashini ta'kidladilar. Ayniqsa, komp'yuter, hisoblash texnikasi, televideniya va boshqalarga ehtiyojning ortiqligi hozirgi kundalik turmush tarzining asosini tashkil etadi.

NATIJA

Aqliy va jismoniy faoliyatni doimiy muntazam bo'lishini ta'minlash hamda salomatlikni mustahkamlash uchun sport bilan doimiy shug'ullanish o'ziga mos sport turini qanday tanlash kerakligi muammosini qo'yadi. Uning yechimi sport turini tanlashda individning jismoniy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari rivojlanganligi, tayyorgarligini mos kelishi bilan bog'liq. Masalan, bo'yi pastroq, qo'li, bo'yni kaltalar uchun kurash, suzish, stol tennisi, futbol, sport gimnastikasi, boks, turizm, shaxmat-shashka va boshqalar.

O'rta bo'ylilar uchun qo'l to'pi, yakka kurashlar, voleybol, tennis, badminxon, milliy kurash turlari, yengil atletika, basketbol kabi sport turlari bilan shug'ullanishlari yaxshi natija beradi. Lekin bu ularni sportning boshqa turlari bilan shug'ullanib bo'lmaydi, degani emas. Chunki har bir shaxs o'zining qiziqishi, harakat faoliyatini yuqtirishi, uni xush ko'rishi bilan bir-biridan farqlanadi.

Ular yoqtirgan sport turlari bilan yuqori sport natijasiga erishaman degan maqsad bilan shug'ullanmaydilar yoki shu turlar uchun sharoitni yaxshiligi bazaning yaxshiligi, uning yaqinligi, yoqtirgan murabbiyi va boshqalarni hisobga olgan bo'lishi ham mumkin. Qolaversa, 18-24 yosh organizmni jisman yetuklikka erishish davrini birinchi bosqichi bo'lib, katta dozadagi yuklamalar va energiya sarflash imkoniyati davri. Shu davrda ma'lum darajadagi harakat rejimi, unga odatni shakllanishi bir umrga odatga aylanib kolishi amaliyotda isbotlangan.

V.D. CHernyavskiyning fikricha aqliy ish bilan band bo'lganlar uchun haftalik xarakat rejimiga quyidagi jismoniy madaniyat mashg'ulotlari shakllari kiritilishi mumkin:

Ertalabki gimnastika (15-20 daqiqa), sog'lomlashtirish guruhida yoki mustaqil ravishda sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanish, siklik mashqlar, o'yinlar (30-60 daqiqadan haftasiga 2 marta), maxsus mashqlar (5-7 daqiqadan haftasiga 2-3 marta) hamda ish va bo'sh vaqtlarda dam olishning faol shakllari.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, odam hayoti, sog'lig'i - eng katga ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug'ullanuvchi boshqa maskanlar oldiga sog'lom turmush tarzini shakllantirish masalasini ko'ndalang qo'yadi. Millat sog'lig'i ham tabiiy ravishda, sog'lom turmush tarzi orqali hal etiladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

Salomatlik - inson organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir. Uning mehnat unumdorligi, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni(2015. 4 sentyabr), Xalq so'zi.- Toshkent, 2015 5 sentyabr.

2. Ashmarin B. A i drugie "Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya" M.

3. Goncharova O. V. "Yosh sportchilarning jismoniy qobilyatlarini rivojlantirish", Toshkent 2005-y

4. N.A Sultonova, Ibragimova Sh, D. Xolqoziyeva, TECHNOLOGIES OF URBRINGING CHILDREN IN MODERN FAMILIES, // 2020/3 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences - 2- 3 p 115-119

5. SH. Xonkeldiev, A. Abdullaev va boshqalar, "Sog'lom turmush tarzining jismoniy madaniyati" Farg'ona 2010 y

6. Д.А. Салиева - Science and Education, 2020 - cyberleninka.ru //ПОВЕДЕНЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА В СЕМЕЙНОМ ВОСПИТАНИЕ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.