Научная статья на тему 'MAKTABDA IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING ISTIQBOLLARI.'

MAKTABDA IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING ISTIQBOLLARI. Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mafkura / ma'naviy barkamol / strategiya / mohiyat / islohotlar

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Amanov Gafur Adilovich

Mamlakatimizda sog‘lom mafkurali, ma'naviy barkamol avlodni shakllantirish maqsadi yo‘lida ijtimoiy sohada aniq chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarni ijtimoiy ximoyalash bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING ISTIQBOLLARI.»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

MAKTABDA IJTIMOIY ISH OLIB BORISHNING ISTIQBOLLARI. Amanov Gafur Adilovich O'tamurodova Nigora Furqat qizi Guliston Davlat Universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.10990345

ARTICLE INFO

Received: 11th April 2024 Accepted: 15th April 2024 Published: 18th April 2024 KEYWORDS

mafkura, ma'naviy barkamol, strategiya, mohiyat, islohotlar.

ABSTRACT

Mamlakatimizda sog'lom mafkurali, ma'naviy barkamol avlodni shakllantirish maqsadiyo'lida ijtimoiy sohada aniq chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalarni ijtimoiy ximoyalash bo'yicha olib borilayotgan chora tadbirlar haqida so'zyuritilgan.

KIRISH.

Yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarining "Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar" nomli qismida quyidagi fikr keltirilgan: "Yangi O'zbekistonni o'z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo'nalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir". [1]

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun bugun keng qamrovli yangiliklar qilinmoqda.

So'nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag'lar miqdorini oshirish va qo'shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og'ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo'shimcha mexanizmlarni joriy etish yo'nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun O'zbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo'lida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida e'tibor berilgan. ADABIYOTLAR TAHLILI.

Amerika va yevropalik olimlar M.Richmond, R.Konstabel, N.Radin, I.Hare, J.Openxemer maktabdagi ijtimoiy ish xizmatining muhimligini quyidagicha "tashrif buyuradigan o'qituvchi oila va maktab o'rtasidagi strategik pozisiyani egallaydi, lekin bu yerda bundan boshqa foydalaniladigan yaxshi yo'l ham yo'q edi" [2] , "Ijtimoiy ishning ixtisoslashgan shakli,

umumta'lim maktabining o'quv dasturiga kiritilgan, alohida bolalarga maktab taklif qiladigan narsalardan foydalanishga yordam berish usulidir" [3] «... bolaning maktabdan tashqari hayotini maktabga bog'lash orqali o'qituvchining bola to'g'risidagi bilimlarini to'ldirish bo'lib, shunda u bolani butun borlig'icha o'rgana oladi va bolalarni o'zlari orziqib kutadigan hayotga o'rgatishlari uchun maktabga oila, jamoa va qo'shnilarning hayotini bilib olishga yordam berish bo'lsa, ikkinchidan, tashrif buyuradigan o'qituvchi ota - onalarga maktab talablarini tushuntiradi va bolaning o'ziga xos ehtiyojlarini ta'minlashga e'tiborni qaratadi», «... maktab -oila - jamoatchilik munosabatlarini shakllantiradi», «... maktabdagi barcha bolalarning, ayniqsa, salohiyati to'liq amalga oshirilmagan bolalarning rivojlanishi va o'quvchilarni jamiyatga kelajakdagi rollari uchun maqbul bo'ladigan darajada tayyorlashga ko'maklashish», «... hamma bolalarni o'zlari yashayotgan dunyo va kelajakdagi hayotga tayyorgarlik ko'rishi uchun ta'lim berish hamda o'rganishga sharoit yaratish», deb ta'kidlaydilar. Fikrimizcha, ushbu ta'riflardan kelib chiqib, maktabdagi ijtimoiy ish kasbiy faoliyati bolalarni, o'quvchilarni kelajakdagi ijtimoiy rollariga tayyorlash uchun madaniyat va qadriyatlar haqida ma'lumot berishga javobgar ekanligini anglash mumkin. Maktab ijtimoiy ishiga mos keladigan nazariy yo'nalishlarning mualliflari M.Richmond, U.Bronfenbrenner, J.Alderson, S.Sabatino, S.Apter, D.R.Dupper, L.Kostinlar bo'lib, ular konsultasiya, rollar, tashkiliy, kompetentlilik, tizimlar, ekologik nazariyalar va paragdigmalarni asoslab, modellarni ko'rsatib beradilar. Ularning fikricha, ushbu nazariyalarda o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlardan xabardor bo'lish uchun yangi istiqbolga ehtiyoj borligi ilgari suriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Yurtimizda mustaqillik tufayli barcha sohada bo'lgani kabi ijtimoiy ish sohasida ham keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Ijtimoiy ish kasbi xodimlari tomonidan ham fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan borayotgan O'zbekistonda inson omili eng oliy qadriyat deb baholanib, uning huquq va manfaatlarini himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida e'tirof etishmoqda. Darhaqiqat, O'zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning asosini ijtimoiy ish tashkil etadi. O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish barcha yillar davomida iqtisodiy islohotlar dasturida uzluksiz ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi, ya'ni islohotlarning barcha bosqichlarida eng muhim hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi.

Davlatimizdagi o'zgarishlar mavjud ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Umumta'lim maktabi o'zining o'quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko'rib chiqib birinchi o'ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo'yishi kerak edi:

Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish lozim edi, biroq ta'lim bolalar va o'smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.

1.Maktabda tarbiya ishini ta'lim bilan teng yuritish.

2.Maktab faoliyatini qayta yo'naltirish.

3.Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga asoslash. Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta'lim-tarbiya olishga bo'lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda bugungi kunda dunyo miqyosida 50 dan ortiq mamlakatda maktabda ijtimoiy ish kasbiy faoliyati mavjud bo'lib, ular 3 toifada:

Volume 1, Issue 6, April 2024

Page 60

1. O'quvchilarda yuzaga keladigan (o'qish muammolari, nogironlar, jismoniy va ruhiy salomatlik, giyohvand moddalarni iste'mol qilish, o'spirin homiladorlik);

2. Oiladagi (oiladagi zo'ravonlik, ajralish, bolalarga nisbatan zo'ravonlik, uysizlik (boshpanasizlik) va oilaviy (irsiy) kasalliklar);

3. Maktab tizimidagi (xodimlarni kamsitish, haqoratlash va nomuvofiq intizom kabi ta'lim olishdagi to'siqlarni yengib o'tish) muammolari bilan shug'ullanadilar.Tadqiqotda muayyan mamlakatlarda ushbu kasbiy faoliyat shakllanishi va nomlanishiga oid turlicha qarashlar tahlil qilingan. Xususan, ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy pedagog nomi bilan yuritilishi, aslida bu faoliyat turlari bir - biridan ko'nikmalari bilan farqlanishi sosiologik tadqiqotlar asosida ilmiy asoslangan.

Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o'quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta'lim olishlariga bog'liq. Maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo'q, shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Respublikamizda maktab o'quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So'nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo'lib, ularda maktab nafat ta'lim-tarbiya masalalarini balki o'quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.

1. Mirziyoyev Sh. M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston, 2021. - B. 199.

2. Richmond, M.E. (1922). What is social case work? An introductory description. New York, NY: RussellSage: Foundation.P.197-199. https://archive.org/details/whatissocialcase00richuoft/page/26/mode/2up

3. Smalley, R. (1947). School social work as part of the school program. Bulletin of the National Association of Social Workers, 22(3), P.51-54. (-51 p.). In Michael S. Kelly, James C. Raines, Susan Stone, and Andy Frey. School Social Work.An Evidence-Informed Framework for Practice 2010 by Oxford University Press https://sng1lib.org/book/970805/9358c5

4. Q.X. Abdurahmonov, B.X. Umurzakov, X.X. Abdurahmanov Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Toshkent 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.