Научная статья на тему 'MAKTAB O‘QUVCHILARIDA DISKURS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI'

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA DISKURS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol metodlar / ta’lim tizimi / o‘quvchilar faol yondashuv / samaradorlik. / интерактивные методы / образовательная система / активная деятельность студентов / эффективность.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — С.J.Mirzaxalov, Yo.R.Najmiddinova

nutq kompetentsiyasi, og'zaki va yozma muloqotni samarali tushunish va ishlab chiqarish qobiliyati akademik muvaffaqiyat va ijtimoiy o'zaro ta'sir uchun asosiy qobiliyatdir. Maktab o'quvchilarida nutq kompetensiyasini rivojlantirish ularning kognitiv, lingvistik va ijtimoiy rivojlanishi uchun juda muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISMS OF DISCOURSE COMPETENCE DEVELOPMENT IN SCHOOLCHILDREN.

дискурсивная компетентность, способность понимать и осуществлять эффективное устное и письменное общение, является ключевым навыком для академического успеха и социального взаимодействия. Развитие речевой компетентности школьников имеет большое значение для их познавательного, языкового и социального развития.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O‘QUVCHILARIDA DISKURS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI»

llmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

MAKTAB O'QUVCHILARIDA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

DISKURS KOMPETENSIYALARNI

© CJ.Mirzaxalov1^, Yo.R.Najmiddinova:

2H

12Is'hoqxon O'zbekiston

Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Namangan,

Annotatsiya

KIRISH: nutq kompetentsiyasi, og'zaki va yozma muloqotni samarali tushunish va ishlab chiqarish qobiliyati akademik muvaffaqiyat va ijtimoiy o'zaro ta'sir uchun asosiy qobiliyatdir. Maktab o'quvchilarida nutq kompetensiyasini rivojlantirish ularning kognitiv, lingvistik va ijtimoiy rivojlanishi uchun juda muhimdir.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi maktab o'quvchilarida nutq kompetensiyasini rivojlantirishga yordam beradigan mexanizmlarni aniqlash va tahlil qilishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda ham miqdoriy, ham sifat tadqiqot usullarini birlashtirgan aralash usullardan foydalaniladi. Miqdoriy ma'lumotlar maktab o'quvchilari namunasida nutq kompetensiyasini standartlashtirilgan baholash orqali to'planadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: samarali strategiyalar hamkorlikdagi ta'lim faoliyati, hikoyalar, rolli o'yinlar va tanqidiy muhokama sessiyalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, qo'llab-quvvatlovchi va rag'batlantiruvchi til muhiti, aniq ko'rsatma va fikr-mulohazalar bilan birgalikda nutq kompetentsiyasini sezilarli darajada oshiradi.

XULOSA: ushbu tadqiqot maktab o'quvchilarida nutq kompetensiyasini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlarni aniqlaydi va ishlab chiqadi. o'qituvchilar ushbu natijalardan samarali strategiyalarni amalga oshirish va kuchli muloqot ko'nikmalarini rivojlantiruvchi qulay o'quv muhitini yaratish uchun foydalanishlari mumkin.

Kalit so'zlar: interfaol metodlar, ta'lim tizimi, o'quvchilar faol yondashuv, samaradorlik.

Iqtibos uchun: Mirzaxalov S.J, Najmiddinova Yo.R. Maktab o'quvchilarida diskurs kompetensiyalarn i rivojlantirish mexanizmlari. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.444-449.

МЕХАНИЗМЫ ШКОЛЬНИКОВ

РАЗВИТИЯ ДИСКУРСИВНОМ КОМПЕТЕНТНОСТИ

© С.Ж. Мирзахалов1^, Е.Р.Нажмиддинова2^

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1'2Наманганский государственный институт иностранных языков имени Исхак Хана Ибрата, Наманган, Узбекистан_

Аннотaция

ВВЕДЕНИЕ: дискурсивная компетентность, способность понимать и осуществлять эффективное устное и письменное общение, является ключевым навыком для академического успеха и социального взаимодействия. Развитие речевой компетентности школьников имеет большое значение для их познавательного, языкового и социального развития.

ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является выявление и анализ механизмов, способствующих развитию речевой компетентности у школьников.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используется смешанный подход, сочетающий в себе как количественные, так и качественные методы исследования. Количественные данные будут собраны посредством стандартизированной оценки разговорной компетентности выборки школьников.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Эффективные стратегии включают использование совместных учебных мероприятий, историй, ролевых игр и критических дискуссий. Результаты показывают, что поддерживающая и поощряющая языковая среда в сочетании с четким обучением и обратной связью значительно повышает разговорную компетентность.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование выявляет и разрабатывает механизмы, необходимые для развития речевой компетентности школьников. учителя могут использовать эти результаты для реализации эффективных стратегий и создания благоприятной среды обучения, которая способствует развитию сильных коммуникативных навыков.

Ключевые слова: интерактивные методы, образовательная система, активная деятельность студентов, эффективность.

Для цитирования: Мирзахалов С.Ж, Нажмиддинова Ё.Р. Mеханизмы развития дискурсивной компетентности школьников // Inter education & global study. 2024. _№5(1). С. 444-449._

MECHANISMS OF DISCOURSE COMPETENCE DEVELOPMENT IN SCHOOLCHILDREN._

© Sardor J. Mirzaxalov1H, Yoqutxon R. Najmiddinova2H

12Namangan State Institute of Foreign Languages named after Ishaq Khan Ibrat,

Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: discourse competence, the ability to understand and produce effective oral and written communication, is a key skill for academic success and social

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

iccl (A

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

interaction. The development of speech competence in schoolchildren is very important for their cognitive, linguistic and social development.

AIM: the main purpose of this study is to identify and analyze the mechanisms that help to develop speech competence in schoolchildren.

MATERIALS AND METHODS: this study uses a mixed methods approach combining both quantitative and qualitative research methods. Quantitative data will be collected through a standardized assessment of speaking competence in a sample of schoolchildren.

DISCUSSION AND OUTCOMES: effective strategies include the use of cooperative learning activities, stories, role plays, and critical discussion sessions. The results show that a supportive and encouraging language environment, combined with clear instruction and feedback, significantly increases speaking competence.

CONCLUSION: this study identifies and develops mechanisms necessary for the development of speech competence in schoolchildren. teachers can use these results to implement effective strategies and create a conducive learning environment that fosters strong communication skills.

Key words: interactive methods, educational system, students' active approach, efficiency.

For citation: Sardor J. Mirzaxalov, Yoqutxon R. Najmiddinova. (2024) Mechanisms of discourse competence development in school children, Inter education & global study, (5(1)), pp. 444-449. (In Uzbek).

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki yillardanoq ta'lim-tarbiya sohasini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Tarixan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda bu sohada juda ulkan ishlar amalga oshirildi va bugungi kunda ham jadal davom ettirilmoqda.

O'qitishning interfaol metodlarini ta'lim tizimiga joriy qilish zamonaviy kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o'qituvchi uchun o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lish va bilimga chanqoq yoshlar, xususan o'quvchilar bilan to'la auditoriyaga katta hajmdagi bilimlarni berishning o'zi yetarli emas. O'tkazilgan ko'pgina tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, o'qitishga yangicha qarash, o'quvchilarni o'qitishda faol yondashuvlardan foydalanish bilim berishning eng samarali yo'llaridan biri hisob-lanadi. Oddiy so'z bilan aytganda, talabalar o'quv jarayoniga faol jalb qilingandagina berilayotgan materiallarni oson idrok etadi, tushunadi va eslab qoladi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda asosiy metodik innovatsiyalar o'qitishning interfaol metodlari- ni qo'llashni taqozo etadi [1].

Bugungi tezkor zamonda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li -mashg'ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish, deb qaralmoqda [2]. Xo'sh, interfaol metodlarning o'zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta'lim jarayonida interfaol metodlarning o'rinli, maqsadga muvofiq qo'llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyida ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yuqoridagi savollarga javob topishda dastlabki eng to'g'ri qadam tayanch tushuncha - «interfaol» atamasining lug'aviy ma'nosi bilan tanishishdir

Interfaol» tushunchasi ingliz tilidagi «interact»(rus tilida «interaktiv») so'zidan olingan bo'lib, lug'aviy nuqtai nazardan «inter» - o'zaro, ikki taraflama, «act» - harakat qilmoq, ish ko'rmoq kabi ma'nolarni anglatadi.

Interfaol ta'lim - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim.

Interfaollik - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari

Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub'ektlarning suhbat (dialog), o'zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.Ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an'anaviy ta'lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o'zaro munosabatlar shakllarida tashkil etiladi (1-rasm):

1-rasm. O'zaro hamkorlikka asoslangan faoliyat traektoriyasi

An'anaviy ta'limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o'qituvchining tajribasi bo'lib, bu jarayonda u yetakchilik, dominantlik qiladi, ya'ni u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og'zaki tarzida o'quvchilarga yetkazib berishga intiladi [3,4].

Faollik ko'rsatish o'qituvchigagina xos bo'lib, o'quvchilar bu vaziyatda sust tinglovchi bo'lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o'qituvchini tinglash, zarur o'rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda (ruxsat etilganidagina) so'zlashdan iboratdir. Xususan, amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o'rganishlariga ko'ra, shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY muayyan shakllarda o'zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi.

Ya'ni: shaxs manbani o'zi o'qiganida 10 %; ma'lumotni eshitganida 20 %; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rganida 30 %; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rib, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni eshitganida 50 %; ma'lumot (axborot)larni o'zi uzatganida (so'zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o'zlashtirilgan bilim (ma'lumot, axborot)larni o'z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma'lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega ekan (3-rasm).

3-rasm. Ma'lumotlarni yodda saqlash imkoniyatini tuzilmasi

Xulosa o'rnida aytish mumkunki, interfaol ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. «Ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta'lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi».

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1 .O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi "Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo'yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 124-son qarori.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarori.

3. Божович Е.Д. Развитие языковой компетентсии школников: проблемы и подходы // Вопр. психол. -М.: 1998. № 4. -С.70-78.

4. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboyeva M., Inog'omova D. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob: Metodik qo'llanma. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. -B.140-141.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМATSIЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Mirzaxalov Sardorbek Jamoliddinovich, dotsent, Najmiddinova Yoqutxon Ruxiddinovna, dotsent, [Мирзахалов Сардорбек Жамолиддинович, доцент, Нажмиддинова Ёqутхон Рухиддиновна, доцент], [Sardor J. Mirzaxalov, associate professor, Yoqutxon R. Najmiddinova, associate professor]; manzil: Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani, "Yangiobod" MFY, Saodat ko'chasi, 28-uy [адрес: Наманганская област, Торакорганский район, МФМ «Янгиабад», улица Саодата, 28], [address: Namangan region, Torakorgan district, "Yangiabad" MFY, Saodat street, 28]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.