Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI O'YLASH FIKRLARNI HAMDA SHAKLLANTIRISH
©S.X.Bultakov1B_
1Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: raqamli fikrlashni rivojlantirish va fikrni shakllantirish qobiliyati boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun asosiy ko'nikmalardir. Ushbu ko'nikmalar akademik muvaffaqiyat va amaliy qarorlar qabul qilish uchun juda muhimdir.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bo'lajak boshlang'ich maktab o'quvchilarida raqamli fikrlash va fikr shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirish usullarini aniqlash va baholashdir. Tadqiqot o'qituvchilar uchun yosh o'quvchilarda ushbu kognitiv qobiliyatlarni oshirish uchun keng qamrovli asos yaratishga intiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda ham miqdoriy, ham sifatli ma'lumotlar to'plashni o'z ichiga olgan aralash usullardan foydalaniladi. Miqdoriy ma'lumotlar boshlang'ich sinf o'quvchilarining raqamli fikrlash qobiliyatlarini standartlashtirilgan baholash orqali to'planadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar raqamli fikrlash va fikr shakllantirishni rivojlantirish uchun bir nechta asosiy strategiyalarni ta'kidlaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ushbu strategiyalarni birlashtirgan integratsiyalashgan yondashuv boshlang'ich maktab o'quvchilarida raqamli fikrlash va fikr shakllantirish ko'nikmalarini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
XULOSA: ushbu tadqiqot bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarida raqamli fikrlash va fikr shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun keng qamrovli asosni taqdim etadi. Interfaol ta'lim, real dunyo ilovalari, muammoni hal qilish faoliyati, muhokamalar, ko'rgazmali qurollar va boshqariladigan fikr-mulohazani o'z ichiga olgan holda, o'qituvchilar ushbu muhim kognitiv qobiliyatlarni samarali rivojlantirishlari mumkin.
Kalit so'zlar: raqamli fikrlash,boshlang'ich ta'lim, kognitiv rivojlanish, fikrni shakllantirish, interaktiv ta'lim, haqiqiy dunyo ilovalari, muammoni hal qilish
NLAR MAYDONLARINI
Iqtibos uchun: Bo'ltakov S.X. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'quvchilarini sonlar maydonlarini o'ylash fikrlarni hamda shakllantirish // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.109-116.
ФОРМИРОВАНИЕ ЧИСЛЕННОГО МЫШЛЕНИЯ ШКОЛЬНИКОВ И ФОРМИРОВАНИЕ МНЕНИЯ
БУДУЩИХ МЛАДШИХ
© С.Х.Бултаков
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 1Джизакский государственный педагогический университет, Джизак, Узбекистан
AHHOTa^
ВВЕДЕНИЕ: развитие числового мышления и способности формировать идеи являются ключевыми навыками учащихся начальной школы. Эти навыки необходимы для академического успеха и принятия практических решений.
ЦЕЛЬ: основная цель данного исследования - выявить и оценить способы развития навыков цифрового мышления и рассуждения у будущих учеников начальной школы. Исследование направлено на то, чтобы предоставить учителям комплексную основу для развития этих когнитивных навыков у юных учеников.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используется смешанный метод, включающий сбор как количественных, так и качественных данных. Количественные данные будут собраны посредством стандартизированной оценки навыков числового мышления учащихся начальной школы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подчеркивают несколько ключевых стратегий развития цифрового мышления и идей. Результаты показывают, что комплексный подход, сочетающий эти стратегии, может значительно улучшить навыки цифрового мышления и рассуждения у учащихся начальной школы.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование обеспечивает комплексную основу для развития навыков цифрового мышления и рассуждения у будущих учеников начальной школы. Включая интерактивное обучение, практические приложения, действия по решению проблем, дискуссии, наглядные пособия и управляемую обратную связь, преподаватели могут эффективно развивать эти важные когнитивные навыки.
Ключевые слова: цифровое мышление, начальное образование, когнитивное развитие, рассуждение, интерактивное обучение, практические приложения, решение проблем.
Для цитирования: Бултаков С.Х. Формирование численного мышления будущих младших школьников и формирование мнения // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 109-116.
FORMULATION OF FUTURE PRIMARY SCHOOL STUDENTS THINKING NUMBER AREAS AND FORMING OPINIONS_
© Sanjar X. Bultakov1®
Jizzakh State Pedagogical University, Jizzakh, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the development of numerical thinking and the ability to form ideas are key skills for elementary school students. These skills are essential for academic success and practical decision-making.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: the main objective of this study is to identify and evaluate ways to develop digital thinking and reasoning skills in future elementary school students. The research seeks to provide a comprehensive framework for teachers to develop these cognitive skills in young learners.
MATERIALS AND METHODS: this study uses a mixed methods approach that includes both quantitative and qualitative data collection. Quantitative data will be collected through a standardized assessment of elementary students' numerical reasoning skills.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings highlight several key strategies for developing digital thinking and ideation. The results show that an integrated approach combining these strategies can significantly improve digital thinking and reasoning skills in elementary school students.
CONCLUSIONS: this study provides a comprehensive framework for developing digital thinking and reasoning skills in future elementary school students. By incorporating interactive learning, real-world applications, problem-solving activities, discussions, visual aids, and guided feedback, educators can effectively develop these important cognitive skills.
Keywords: digital thinking, elementary education, cognitive development, reasoning, interactive learning, real-world applications, problem solving
For citation: Sanjar X. Bultakov. Formulation of future primary school students thinking number areas and forming opinions (2024), Inter education & global study, (5(1)), pp. 109-116. (In Uzbek).
Hozirda intellektuallashtirilgan jamiyatning taraqqiyot darajasi zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalarning amaliyotda joriy etishi asosida aniqlanmoqda. Ushbu jarayonda foydalaniladigan yutuqlardan biri bo'lmish sivilizatsion pedagogik tizimlardan optimal foydalanish ko'proq samara bermoqda va bu nafaqat bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashga, balki u boshqa yo'nalishdagi o'qituvchilarni tayyorlashda ham axamiyatlidir.
Mazkur maqolada ham aynan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashdagi matematika darslarida sonlar maydonlarini o'rganish mavzusini sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida o'rganish masalasi qaraladi.
Qo'yilgan masalani hal qilishni boshlang'ich sinf o'qituvchilarni sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida tayyorlash asosida olib boramiz. Ushbu jarayonni bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashdagi matematika fanini o'qitish misolida qarab chiqamiz. Buning uchun matematika fani bo'yicha o'rganiladigan manbalarni tahliliy o'rganib chiqamiz. O'rganilishi rejalashtirilgan yo'nalishlarni belgilab olamiz va ularni sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida o'rganishga kirishamiz. Bu erdan "Sonlar maydoylarini o'rganish" mavzusini o'rganishga kirishamiz. Buning uchun eng avvalo maqsad va vazifalarni belgilab olamiz.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Maqsad: talim oluvchilar ongida natural sonlardan tortib, to kompleks sonlar maydonlarigacha bo'lgan sonlar maydonlari o'zgarish sohalarining kengayib borishi haqidagi mukammal tushunchani tarkib toptirishni sivilizatsion pedagogik tizim negizida amalga oshirish.
1. Ananaviy talim jarayonini sivilizatsion pedagogik tizim nuqtai nazaridan o'rganib chiqish.
2. Sonlar maydonlarini o'rganishning didaktik asoslarini tayyorlab olish.
3. Sonlar maydonlarini o'rganishning o'quv-uslubiy asoslarini tayyorlab olish.
4. Sonlar maydonlarini o'rganishning o'quv-dasturiy asoslarini tayyorlab olish.
5. Sonlar maydonlarini o'rganishning o'quv-axborotli asoslarini tayyorlab olish.
6. Sonlar maydonlarini o'rganish natijasida hosil bo'lgan umumiy tushunchalarni va xulosaviy fikrlarni shakllantirish.
7. Endi qo'yilgan maqsadni amalga oshirish uchun belgilangan vazifalarni hal qilishga o'tamiz.
Birinchi vazifani bajarishga kirishamiz. Buning uchun raqamlar, sonlar, sonli ifodalar, harfiy ifodalarga tegishli malumotlarni muayyan bir tizimga, yani sivilizatsion pedagogik tizimning qismtizimlari negizida ifodalash ishlari loyihalashtiriladi. Sonlar maydonlariga oid mavzularni o'quv rejasining qaysi kursi ( semestri )da va ularni o'rganishga necha soat berilganliklari aniqlanib olinadi. Ikkinchi vazifani bajarish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi: raqamlar va ularning tadrijiy taraqqiyoti haqidagi malumotlari yig'iladi va ular tadqiqot maqsad-vazifalarni etiborga olgan holda tizimlashtiriladi; sonlar haqida axborot berishga malumotlar tayyorlash; natural sonlar qatori haqida axborot berishga malumotlar tayyorlash; butun sonlar qatori haqida axborot berishga malumotlar tayyorlash; ratsional sonlar qatori haqida axborot berishga malumotlar tayyorlash; natural sonlar, butun sonlar va ratsional sonlar to'plamlarini o'zaro ichma-ich joylashgan qonsentrik aylanalar ko'rinishida tasvirlash; irratsional son haqida axborot berishga malumotlarni tayyorlash; kompleks sonlar maydonlarini tushuntirishga oid axborotlar tayyorlash. Bu qayd
etilganlarni amalga oshirish orqali bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining sonlar maydonlari haqidagi tasavvurlarini mukammal qilib tarkib toptirishga didaktik asoslar yaratiladi.
Uchinchi vazifani bajarish jarayoni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• talim-tarbiya innovatsion talim texnologiyalar: qiziqarli va faol usullar; innovatsion usullar, tarixiy mantiqiy izchillik, tarixiy tafakkurni shakllantirishda
ularga oid malumotlar tizimiga etibor berish;
• fan va madaniyat ( talim oluvchilar manaviy-axloqiy, xususan manaviy-marifiy asoslardan foydalanish );
Vazifalar:
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
• madaniy va marifiy muassasalar ( muhtasham madaniyat saroylari, zamonaviy o'quv muassasalarining ochilishi, ixtisoslashtirilgan talim maskanlarining tashkil etilishi, tarixiy obidalarning qayta tiklanishi va shu kabilardan foydalanish );
• axborot-kommunikatsion texnologiyalar talim oluvchilar manaviy-kasbiy tarbiyasiga, intellektual salohiyatini yuksaltirishga oid ishlanmalar tayyorlab, ularni kompyuterli trenajyorlar, kompyuterli o'yinlar ko'rinishida tayyorlash.
To'rtinchi vazifani bajarishda quyidagilarga etibor beriladi:
• Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashdagi o'quv rejasiga tegishli fanlarni takomillashtiruvchi innovatsion metod va uslublar maqsad-vazifalari bilan uyg'un holatda bo'lishiga hamda ular bir-birini doimo to'ldirib, boyitib borishiga;
• Sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda kasbiy kompyuterli o'yinlar va didaktik o'yinlardan, intellektuallashtirilgan o'qitish tizimlaridan, talimni axborotlashtirish vositalaridan, intellektuallashtirilgan texnologik xaritalardan, kompyuterli trenajyorlardan va shu kabilardan samarali foydalanishga;
• Sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirishda unversal didaktik qurilmalardan, innovatsion g'oyalar markaziga tegishli innovatsion metod va texnologiyalardan, shuningdek, multimediali texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning didaktik asosi ekanligiga muntazam ravishda etibor berish va shu kabilar.
Beshinchi vazifani amalga oshirishni quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirish mumkin
• bajariladigan talim jarayonining muhim va kerakli joylarini algoritmik ketma-ketlikda tayyorlab, ularni namoyish qilish;
• " INTERNET " ashyolaridan foydalanishni loyixalashtirib olish;
• Bo'lajau boshlang'ich sinf o'qituvchilariga multimedia mahsulotlari yaratish uchun maxsus vositalar jamlamasini tayyorlash va shu kabilar.
Oltinchi vazifani bajarish quyidagi ketma-ketlik asosida olib boriladi:
• induksiya tadqiqot metodidan foydalanii;
• sonlar maydonlarini o'zaro ichma-ich joylashgan (konsentrik) aylanalar ko'rinishida tasvirlash mumkinligini;
• irratsional sonlar to'plamining o'ziga xosligini anglab etish;
• irratsion sonlar va ratsional sonlar maydonlaridan haqiqiy sonlar maydonlari tashkil topishi dalillash;
• kompleks sonlar maydonlarining sonlar maydonlari ichida eng keng ko'lamda va keng qamrovda ekanligini asoslanadi. Bunda sonlar maydonlarida mavhum sonlarni ham hisobga olinishi dalillanadi.
Yuqoridagilarni etiborga olib hulosa qilish mumkinki, sonlart maydonlarini bunday tartibda ( ketma-ketlikda ) o'rganish zamon bilan hamnafas talim muhitini yaratish bilan shug'ullanishga doimo imkoniyat yaratib beradi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Demak, sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashning bu bosqichi bo'yicha tayyorlangan ilmiy ishlanmalar bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatiga tayyorlash ishlarini optimallashtirishda mustahkam didaktik asos bo'la oladi.
Sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida sonlar maydonlarini o'rganishni metodologiyasini universal (metadologik) harakterda ekanligini etiborga olib undan to'plamlar nazariyasini o'rganish va tenglamalar sistemalarini o'rganish mavzularini o'zlashtirishda foydalanish mumkin.
Demak, mamlakatimizda uzluksiz talim tizimi jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda muntazam rivojlanib boradi va shu asosda shaxs intellektual salohiyatini jamiyat talablari asosida barkamollashtirib boriladi. Bu esa mazkur sivilizatsion tizimning intellektuallik darajasini belgilab borishga didaktik va ko'rsatmaviy asos bo'lib boraveradi. Ushbu sohadagi olib borgan izlanishlarimiz va kuzatishlarimiz natijalariga asoslangan holda qaralayotgan intellektuallashtirish darajalarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni quyidagi ketma ketlikda olib borgan maqul deb topdik:[8.58]
• Talim oluvchilarga talim-tarbiya berishda mustaqillik mafkurasi bosh va asosiy g'oyalarini joriy etishning innovatsion metod va texnologiyalarini ishlab chiqish;
• Bo'lajak mutaxasislarni tayyorlashdagi pedagogika va pisixologiya fanlarining mazmun-mohiyatini uchinchi ming yillik talim mazmuniga moslashtirish;
• ananaviy talimni rivojlantirish va takomillashtirishda zamogaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish;
• talimda informatsion texnologiyachlarni joriy etishning didaktik asoslarini ishlab chiqish;
• talimga oid zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratish va shu kabilar.
Qaralayotgan sivilizatsion pedagogik tizimda ham ilmiy qadriyatlarga etibor har
qachongidan ham yuksak darajaga ko'tarildi. Bu fikrlarni quyidagicha asoslash mumkin, yani talim jamiyat taraqiyotiga mos ravishda rivojlanib, takomillashib kelgan. Ulardagi ilmiy qadriyatlar bosqichma-bosqich evalyusion tarzda rivojlanib moddiy va manaviy hamda talimiy qadriyatlar daradasiga atib borgan. Ayniqsa, Ona diyorimizda mustaqillik hal bo'lishi bilanoq bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar ham talimning samarali rivojlanishiga asos bo'lmoqda. Bu borada muntazam ravishda xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar ham tashkil etilmoqda. Bunday anjumanlarni o'tkazishdan maqsadlaridan biri ham talim mazmunini axborotlashtirish, intellektuallashtirish , innovatsiyalashtirish kabilar negizida talimni modernizatsiya qilish bo'yicha ilmiy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik ishlanmalar yaratish va ular asosida talimni takomillashtirish bo'yicha yo'riqnomaviy tavsiyalar tizimini yaratish.
Tadqiqotimiz ushbu qismida xulosa o'rnida takidlash mumkinki, zamonaviy talim tizimi, uning maqsad va vaziqalari Respublikamiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi talim-tarbiya oldiga qo'yilgan muammo еchimiga mos kelishi kerak. Jahon miqyosida hukm surayotgan ilm-fan va texnika-texnologiyalar rivoji darajasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot nihoyatda ahamiyatli ekanligini ko'rsatmoqda. Shu sababli ham hozirda talimini axborotlashtirish, intellektuallashtirish negizida pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish tobora dolzarblik kasb etmoqda. Ular orqali quyidagi yo'nalishdagi ilmiy izlanishlarni samarali amalga oshirish mumkin:
• muayyan mutaxasislarni tayorlashga sivilizatsion pedagogik tizimlarni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
• muayyan sohaga (yo'nalishga ) tegishli talim jarayonini o'rganishning sivilizatsion pedagogik tizimning shakllantirish;
• Xalqimizning boy manaviy va intellektual salohiyati hamda umuminsoniy qadriyatlariga suyangan holdagi zamonaviy talim metodlari va texnologiyalari asosida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning metodologik asoslarini ishlab chiqish va bunda talimni rivojlantirishning jahon talim talablarini etiborga olgan holda DTS ni takomillashtirish;
• Bo'lajak mutaxasislarni ijodiy va innovatsion faoliyatga tayyorlash borasida , ularning manaviy-marifiy tarbiyasida boy milliy-tarixiy ilmiy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib samarali tashkiliy-pedagogik texnologiyalar hamda manbalarni yaratish;
• talimda innovatsion metod va texnologiyalarni yaratishga oid ilmiy tadqiqot ishlarining salmog'ini yanada oshirish " fan-talim-amaliyot " integratsiyasining talim tizimidagi samarasini oshirish vosita va usullarni yaratishni kuchaytirish;
• uzluksiz talim tizimini axborotlashtirish va uning darajasida talim-tarbiya jarayonini olib borishning optimal variantlarini yaratish va joriy etish;
• Talim-tarbiya tizimida ananaviylik va innovatsiyaviyliklardagi umumiylik va xususiylikni farqlay olish hamda ulardan foydalanishning optimal variantlarini yaratish;
• talim muassalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishning tashkiliy-uslubiy negizlarini yaratish;
• talim sohasida xorijiy davlatlar ilg'or tajribalari bilan muntazam tanishib borishga erishish va ular bilan hamkorlikda ilmiy ishlanmalar qilishga harakat qilish va shu kabilar.
Xulosa. Ma'lumki, jamiyat intelektual salohiyati kishilik jamiyati paydo bo'lishidan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelishi bilan ham o'zining taraqqiyoti bosqichlarida bardavonlik kasb etib kelmoqda. Bular donishmandlarimiz intelektual meroslarida ko'proq seziladi va biz ularni ilmiy qadriyatlar deymiz. Ilmiy qadriyatlar esa insonlar va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan intelektual mulkdan iborat.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. SH.M.Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangibosqichga ko'taramiz" - Toshkent, "O'zbekiston", 2017-yil, 592 bet 10bet.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Matchonov S., G'ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlag'ich sinflarda o'qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.-T.: Yangiyo'l poligraf servis, 2008. -224 b.
3. Matchonov S. va b. O'qish kitobi (4-sinf uchun darslik) -T.: Yangi yo'l poligraf servis, 2020. -266 b.
4. .S.Matchonov, X.Bakieva, X.G'ulomova, SH.Yo'ldosheva, G.Xolboeva. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi Darslik. "Ishonchli hamkor" nashriyoti Toshkent 2020728 b.
5. R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, M.K.Shirinov, S.Hafizov "Umumiy pedagogika" - Toshkent, "Fan va texnalogiya" nashriyoti2018-yil, 530 bet.
6. To'raqulov X.A. Bo'ltakov S.X. sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashning pedagogik asoslari. Monografiya.- T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2019,144 b.
7. Norboyevich, S.B, & Axmadjonovna, BM (2023). Ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning boshqaruv prinsplari. Ta'lim faoliyatida innovatsion rivojlanish , 2 (4), 18-23.
8. Safarov, B.N. (2022). Pirls-xalqaro o'qish savodxonligini o'rganish bo'yicha taraqqiyot. Ta'lim faoliyatida innovatsion rivojlanish , (5), 134-138
9. Turakulov X. A., Bultakov S. Civilizational Pedagogical Systems-Intellectualization Of Educational Content As A Didactic Basis //International Scientific and Current Research Conferences. - 2020. - С. 145-147.
10. Bo'ltakov S. X. Sivilizatsion pedagogik tizimlarni shakllantirish bosqichlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - С. 262-265.
11. Bo'ltakov S. X. Practical aspects of using civilized pedagogical systems in the training of future primary school teachers //Journal of Innovation, Creativity and Art. -2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 71-73.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Bultakov Sanjar Xazrat o'g'li, o'qituvchi. [Бултаков Санжар Хазрат угли,
преподаватель], [Sanjar X. Bultakov, teacher]; manzil: 130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharafa Rashidova ko'chasi, 4-uy. [адреа 130100.Джизакская область, город Джизак, улица Шарафа Рашидова, 4.], [address: 130100. Dzhizak region, city of Dzhizak, street Sharafa Rashidova, 4.]