Научная статья на тему 'BO`LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY PEDAGOGIK ETIKASINI VA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO`LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY PEDAGOGIK ETIKASINI VA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
48
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi / oliy ta’lim muassasasi / kompetensiya / o‘quvchi bilimi / zamonaviy texnologiya / intellekt / ma’naviy salohiyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamatkulova N.B.

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy-pedagogik faoliyatini mazmunli va sifatli tashkil etish, o‘quvchilarning bilimini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga o‘rgatishning zaruriy jihatlari yoritilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishning zaruriy jihatlari ochib berilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar pedagogik, psixologik va sotsiologik xarakterga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING KASBIY PEDAGOGIK ETIKASINI VA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH»

Mamatkulova N.B.

Andijon davlat universiteti tayanch doktaranti

BOLAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING KASBIY PEDAGOGIK ETIKASINI VA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy-pedagogik faoliyatini mazmunli va sifatli tashkil etish, o'quvchilarning bilimini oshirishga yo'naltirilgan zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga o'rgatishning zaruriy jihatlari yoritilgan. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur ko'nikma va bilimlarni shakllantirishning zaruriy jihatlari ochib berilgan. Boshlang'ich sinf o'qituvchilariga qo'yiladigan talablar pedagogik, psixologik va sotsiologik xarakterga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf o'qituvchisi, oliy ta'lim muassasasi, kompetensiya, o'quvchi bilimi, zamonaviy texnologiya, intellekt, ma'naviy salohiyat.

Mamatkulova N.B. basic doctoral student Andijan State University

IMPROVING THE PROFESSIONAL PEDAGOGICAL ETHICS AND

ACTIVITY OF THE FUTURE PRIMARY CLASS TEACHER

Abstract. The article describes the necessary aspects of the content and quality organization ofprofessional and pedagogical activities in the preparation of primary school teachers, the effective use of modern technologies aimed at increasing the level of knowledge of students. It is necessary to prepare a new generation of future primary school teachers with high intellectual and spiritual potential, to form the necessary skills and knowledge among graduates of educational institutions so that they become modern professionals. The requirements for primary school teachers are significant in their pedagogical, psychological and sociological nature.

Key words: primary school teacher, university, competence, students' knowledge, modern technologies, intelligence, spiritual potential.

Kirish. "O'qituvchi o'z bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamog'i, mustaqil ishlashini o'rganmog'i lozim" - degan edi A. Jomiy. Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi oliy ta'lim tizimida zamonaviy

yondashuvlarni ishlab chiqishni ta'minlashga qaratilgan islohotlar natijasida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ2909-sonli, 2017 yil 29 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi PF-5264-sonli qarorlari, 2018 yil 25 yanvardagi "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF5313-sonli Farmoni va boshqa ushbu sohaga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'rni alohida hisoblanadi. Chunki boshlang'ich sinf o'qituvchisi maktabga ilk qadam qo'ygan o'quvchilarning savodini chiqarishda, ularni shaxs sifatida shakllanishida muhim o'rin egallaydi.

Adabiyotlar tahlili. O'qituvchining kasbiy tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar, ularning ulug'lanishi Sharq mutafakkirlari Ismoil al-Buxoriy, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniylarning asarlarida o'z ifodasini topgan. Oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchilarni tayyorlash muammolari respublikamiz va chet ellik mutaxassislar tomonidan bir qator adabiyotlarda yoritilgan. Oliy ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchi shaxsini shakllantirish, o'z-o'zini boshqarish asosida o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish va kasbiy shakllanganlikni tashxislash masalalari M.A.Abdullajonova, O.A.Abdulina, A.A.Akbarov, X.A.Abduraxmanova, S.V.Safonovalarning tadqiqotlarida o'rganilgan. O'qituvchining kasbiy mahoratini tadqiq qilgan pedagog olimlar H.Abdukarimov, N.Azizxo'jayeva, A.Aliyev, Yu.A.Axrorov,

A.A.Verbitskiy, R.H.Jo'rayev, B.R.Jo'rayeva, J.G'. Yo'ldoshev, S.M.Markova, G.M.Maxmutova, L.M.Mitina, A.G.Morozov, U.N.Nishonaliyev, M.Ochilov,

B.Raximov, N.Saidahmedov, V.A.Slastyonin, O'.Tolipov, A.R.Xodjaboyev, A.A.Xoliqov, N.Shodiyev, O.Haydarova, A.A.Hamidov, F.R.Yuzlikayevlarning ishlarida bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahorati, ta'lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, talabalarning dunyoqarashlari, kasbiy va muloqot madaniyatini rivojlantirish yo'llari va usullari, shuningdek, o'qituvchilarni kasbiy tarbiyalash va tayyorlash muammolari tadqiq etilgan. O'qituvchi shaxsini kasbiy tarbiyalashning psixologik va psixofiziologik jihatlari A.A.Bodalev, Ye.M.Ivanova, E.G'oziyev, M.G.Davletshin va boshqalarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan. O'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi V.Adolf, I.Zimnyaya, A.Karabayeva, N.Kuzmina, N.Muslimov, Sh.Sharipov kabi qator olimlar tomonidan o'rganilgan. Adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, kompetentlik va kompetent yondashuvning mazmuni va ta'riflari, shuningdek, zamonaviy o'qituvchining kasbiy sifatlari keng tadqiq etilgan. Lekin oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak kollej

o'qituvchilarini tayyorlash jarayonini tashxis qilish tizimi, bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion tayyorlash mazmuni, shakl, metod va vositalarining kasbiy kompetentlikni shakllantirishdagi imkoniyatlari yetarli darajada o'rganilmagan. O'qituvchining kasbiy tavsifnomasini tuzish, unga bo'lgan talablarni aniqlash, shaxsni shakllantirishda tarbiyaning maqsad va vazifalari, qoidalari, ta'lim va tarbiya metodlari, uning qadimiy ildizlari (genezisi)ni aniqlashda Sharqning taniqli qomusiy olim va mutafakkirlarining hissalari kattadir. Buyuk Sharq mutafakkirlari AlXorazmiy, Al-Kindiy, Al-Forobiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa'diy Sheroziy, Mirzo Ulug'bek, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar birinchilardan bo'lib ta'lim metodlarini ilmiy asoslab berishdi. Anglash faoliyatini jadallashtirish, bilimlarni amaliyotda qo'llash, bilimlarning tizimliligi, ketma-ketligi, mantiqiyligi, induksiya, tajriba, taqqoslash, kuzatish metodlari shular jumlasidandir. Pedagogika tarixiga oid tadqiqotlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlarning taraqqiyoti quyidagi davrlarga bo'lib o'rganilgan:

1) Eng qadimgi davrlardan 1917 yilgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti;

2) 1917-1990 yillarda pedagogik fikrlar rivojlanishi;

3) Mustaqilllik yillarida O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasidagi tadqiqotlar. Bu davrlashtirishni bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion tayyorlash davrlari genezisi sifatida ham qabul qilish o'rinlidir. Bu davrlar uchun o'qitishning quyidagi usullari xarakterlidir: 1) Savtiya usuli; 2) Jamoa usuli; 3) Jadid usuli; 4) Sinf-dars usuli; 5) Loyihalashtirishga asoslangan, natijalarga kafolatli erishishga yo'naltirilgan texnologik yondashuv. Mazkur ta'lim texnologiyalari bir-biridan progressivligi bilan farq qilib, bir-biriga nisbatan yangi, innovatsion texnologiya hisoblanadi, xususan, savtiya usuliga nisbatan jamoa usuli, jamoa usuliga nisbatan jadid usuli innovatsion va h.k. O'qituvchilarni tayyorlash sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda ilgari surilgan o'qituvchi kasbiy professiogrammalarining tahlili hamda jamiyatning o'qituvchilik kasbiga qo'yayotgan talablari asosida pedagogik oliy ta'lim muassasalari bitiruvchisining sifatlari ishlab chiqildi. Pedagogik oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bitiruvchisining sifatlari quyidagicha guruhlandi: 1-guruh. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga DTSda belgilangan bilim, ko'nikm, malaka, kompetensiyalarni shakllantirishga psixologik tayyorgarlik: jamiyat hayoti, yosh avlod tarbiyasida o'zining alohida rolini anglab yetish. Hozirgi zamon o'qituvchisi oldiga qo'yiladigan talablarni bilish, pedagogik faoliyatga qobiliyatning mavjudligi, o'qituvchilik kasbiga qiziqish, nerv sistemasining egiluvchanligi, chuqurligi va kuchliligi, undagi psixik jarayon (his qilish va idrok, diqqat, tasavvur, fikrlash, xotira, nutq, iroda)larning optimal holatdaligi. Pedagoglik kasbiga va o'quvchilar bilan muloqotga kirishishga bo'lgan ehtiyojini anglash. 2-guruh. Shaxs sifatlari: insonparvarlik, ma'lumotlilik, ma'naviy dunyosining mazmuni, madaniyati, eruditsiyasi (iqtidori), o'z bilimini doimo oshirib borish, pedagogik odobga egalik,

talabchanlik va adolatlilik, axloqiy qiyofasi, o'z o'quvchilariga o'qish, ishlash va yashashda namuna bo'la olish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni hurmat qilish. 3-guruh. Kasbiy sifatlar: o'quvchi-yoshlarning o'ziga xos va yosh xususiyatlarini bilish, har bir o'quvchi shaxsini loyihalashtira olish; didaktik bilimlarning mavjudligi; o'z o'quv predmetini va unga doir so'nggi yangiliklarni bilish, o'quv reja, dastur, o'quv qo'llanmalar, darslik va qo'shimcha adabiyotlarni bilish; ta'lim vazifalari, funksiyalari va tashkil etish tamoyillarini bilish; o'quv dasturiga tuzatishlar kiritishni bilish, eskirgan ma'lumotlarni olib tashlash, o'rniga yangi, zamon talablariga mos, jonajon o'lka tarixi, madaniyati, xalq an'analari xususiyatlariga mos keladigan materiallarni qo'ya olish; o'quv ishlarini rejalashtirishni bilish (kalendar va dars rejalari); o'quvchilarning ta'limi, tarbiyasi va rivojlanishini ta'minlovchi, ta'limning eng ta'sirchan, noan'anaviy shakl va metodlarini tanlay olish va ijodiy qo'llay olish ko'nikmasi; xalqaro aloqalar imkoniyatlaridan foydalana bilish ko'nikmasi; ta'lim jarayonida, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilishga doir bilim va ko'nikmalarning mavjudligi; o'quv-tarbiyaviy ishlarni samarali olib borishda erishgan yutuqlarida to'xtab qolmaslik, faol ijodiy izlanishda davom etish. Bizning yondashuvimizga ko'ra, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi qiyofasida quyidagilar bo'rtib turishi kerak: - bolaparvarlik; - o'z kasbini sevishi; - pedagogik faol bo'lish; - o'zi ustida doimiy ishlashi. Bunday yondashuv asosida oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash mapqsadga muvofiq bo'ladi.Shu jihatdan xalqaro pedagogik tajribalarjda qabul qilingan quyidagi konseptual yo'nalishlarga e'tibor berish lozim: a) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga kasbiy, psixologik va pedagogik bilim berish; b) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini pedagogik ko'nikma bilan qurollantirish; g) bola bilan ishlash psixologiyasini shakllantirish. Ushbu yondashuv asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilar ini tayyorlash kutilgan samarani berishi shubhasizdir. Ayni paytda, har bir o'qituvchi faoliyati davomida o'zining kasbiy qiyofasini takomillashtirib borishini unutib bo'lmaydi. Bizning yondashuvimizga binoan bugungi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari zamonaviy yondashuvlardan xabardor bo'lishi kerak. Shu jihatdan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari qiyofasida pedagogtk, psixologik va estetik malakalik bo'rtib turishi kerak. Bu borada quyidagi pedagogik malakalarni egallash maqsadga muvofiq bo'lad i: - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari pedagogik vazifani qo'ya olishi, o'quvtarbiyaviy ishlarni samarali tashkil eta olishi kerak; - imkon qadar har bir o'quvchi bilan individual ishlash uslubiga ega bo'lishi shart; - o'quv materiallari bilan ishlash ko'nikmasini egallash bo'lajak o'qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini kasbiy tayyorlash. O'zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo'ladi: - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini pedagogik qonuniyatlar va texnologiyalar bilan chuqur tanishtirish; - bo'lajak

boshlang'ich sinf o'qituvchilarini intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur ko'nikma va bilimlarni shakllantirish; - dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish, darslik va o'quv qo'llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o'quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; - ta'lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o'qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o'rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag'batlantirish; - pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini «hayot davomida o'qish» tamoyili asosida takomillashtirib borish; - ilmiy-tadqiqot va ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha xususiy sektorning salmog'ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta'lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta'lim sohasida davlatxususiy sheriklikni rivojlantirish; - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan xolda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta'limni yanada rivojlantirish, ta'lim oluvchilar o'rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish; - ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish. Pedagogik olimlarning fikricha, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari quyidagi funksional komponentlarni bilishi kerak: 1. o'quv materiallarini tayyorolash va taqdim etish; 2. o'quvchilarni bilim va tarbiya olishga qiziqtira olishi; 3. o'quvchilar shaxsida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf eta olishi; 4. muntazam ravishda o'quvchilarni kuzatib borishi. Mazkur yondashuv asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Tajribali pedagog olimalardan A.K.Markovo yondashuviga ko'ra bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyati to'rt yo'nalishdan iborat: 1. kasbiy psixologik va pedagogik bilimlarni egallash; 2. kasbiy pedagogik malakani egallash; 3. kasbiy psixologik ko'nikmalarni egallash; 4. shaxsiy fazilatlar egasi bo'lish. Biznincha, ushbu tavsiyalar nazariy va amaliy jihatdan asoslarga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonini tashkil etishda bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy, psixologik va estetik jihatdan tayyorlashga e'tibolr berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Hozirgi zamon rivojlanish jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda modellashtirish masalasiga ahamiyat berish dolzarb bo'lib turibdi. Unga ko'ra, oliy pedagogik ta'lim jarayoni o'ziga xos model ko'rinishiga ega bo'lishi kerak. Chungi modellashtirish to'rt jihatga ega bo'ladi: - model bu o'quv materiallarini tizimli taqdim etish; - model muammolarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etib borish; - model ta'lim oluvchini hamisha ob'ekt sifatida bilish; -

model yangi ma'lumotlarni o'z vaqtida o'quv jarayoniga kiritib borish. Shu jihatdan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash ishlarini modellashtirib olish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (2020 yil 23 sentabr) 5-bobida o'qituvchilarning huquqiy maqomi belgilangan. Mazkur huquqiy maqomga ko'ra, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyatga quyidagi asoslarga binoan yo'naltirilishi kerak: - chuqur kasbiy tayyorgarlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lish; - ta'lim oluvchilar huquqlariga rioya qilish; -kafolatlangan ish sharoitidan foydalanish; - o'quv dasturlarini tuzishda mualliflik dasturlarini ishlab chiqishni bilish; - zamonaviy pedagogik shakllarni, o'qitish va tarbiya vositalarini erkin tanlash; - innovatsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; - sog'liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tish; -ta'lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari ana shu huquqlar asosida faoliyatga yo'naltirilishi kerak. Ayni paytda, mazkur Qonunda o'qituvchilarning quyidagi majburiyatlari ham belgilab qo'yilgan: -ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini hurmat qilish; - o'quv mashg'ulotlarini sifatli o'tkazishi; - axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'qitish va tarbiyaning ilg'or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi; - voyaga yetmagan ta'lim oluvchilar bilan ta'lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi bilan birgalikda olib borishi; - o'z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi; - tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida o'tishi. Mazkur majburiyatlar bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo'naltirishning asoslari bo'lib xizmat qiladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy faoliyatga quyidagi mexanizmlar asosida yo'naltirilishi kerak: a) mutaxasssilik fanlarini o'qitish jarayonida; b) maxsus kurslar vositasida; v) mustaqil ta'lim vositasida; g) ustoz-shogird an'anasi vositasida. Bu mexanizmlarga amal qilish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo'naltirish jarayonini aniq tashkil etish imkonini beradi. Misol uchun, mustaqil ta'lim vositasini olaylik. Pandemiya kabi murakkab sharoitlar shuni ko'rsatdiki, oliy pedagogik ta'lim jarayoni hamisha va har qanday vaziyatda mustaqil ta'limga tayyor turishi kerak. Shunday qilib boshlang'ich sinf o'qituvchilariga qo'yiladigan talablar pedagogik, psixologik va sotsiologik xarakterga egaligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'roqov Sh. Ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari//Xalq ta'limi. - Toshkent: 2016, №25. -B.55-60. (13.00.00; №2).

2. O'roqov Sh. Bo'lajak kollej o'qituvchilarida kasbiy-pedagogik kompetentlikni shakllantirishning ilmiy-metodik jihatlari//SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. - Samarqand: 2015. 4-son. -B.132-135. (13.00.00; №6).

3. O'roqov Sh. Pedagogikani o'qitishda fanlararo aloqadorlik muammolari// Uzluksiz ta'lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy uslubiy

muammolari. Respublika ilmiy konferensiyasi materiallari (27-28 may). -Samarqand: SamDU, 2010. -B.50-52

4. O'roqov Sh. Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassisni innovatsion tayyorlashning didaktik xususiyatlari// Ta'limda innovatsiyalar: strategiya, nazariya va amaliyot. Xalqaro ilmiy maqolalar to'plami. - Samarqand: 2018. I qism. - B.48-52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.