Научная статья на тему 'SIVILIZATSION PEDAGOGIK TIZIMLARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI'

SIVILIZATSION PEDAGOGIK TIZIMLARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
90
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sivilizatsion / tizimlar / pedagogik / shakillantirish / bosqichlari / ilmiymetolik / bosqichma-bosqich / tadrijiy / “Avesto” davri / qadimiy / ilmiy-meros / manaviyat / intellektual / rivojlanib / takomillashib / jarayonlar / talim-tarbiya / intellektual daraja / pedagogik / samara / qadriyatlar / izlanishlarimiz / mazmun / -mohiyat / axborot inqilobi / civilization / systems / pedagogical / formation / stages / scientific-methodical / step by step / gradual / Avesto period / ancient / scientific heritage / spirituality / intellectual / developing / improved / processes / education / intellectual degree / pedagogical / samara / values / our research / content / -essence / information revolution.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.X. Bo‘Ltakov

Mazkurmaqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashga oid sivilizatsion pedagogik tizimlar bosqichlarini ilmiy-metodik jihatdan asoslash masalasi qaraladi. Ushbu maqoladan bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashni takomillashtirish muammosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article considers the issue of scientific and methodological substantiation of the stages of civilizational pedagogical systems for the preparation of future primary school teachers for intellectual activity. This article can be used by those dealing with the problem of improving the training of future teachers.

Текст научной работы на тему «SIVILIZATSION PEDAGOGIK TIZIMLARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

SIVILIZATSION PEDAGOGIK TIZIMLARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI

S.X. Bo'ltakov

Jizzax davlat pedagogika universiteti "Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim kafedrasi" o'qituvchisi sanjarbekbultakov@gmail.com Tel: +998933039570 https://doi. org/10.5281/zenodo.7357864

Annatassiya. Mazkurmaqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashga oid sivilizatsion pedagogik tizimlar bosqichlarini ilmiy-metodik jihatdan asoslash masalasi qaraladi.

Ushbu maqoladan bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashni takomillashtirish muammosi bilan shug'ullanuvchilar foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar: sivilizatsion; tizimlar; pedagogik; shakillantirish; bosqichlari; ilmiy-metolik; bosqichma-bosqich; tadrijiy; "Avesto" davri; qadimiy; ilmiy-meros; manaviyat; intellektual; rivojlanib; takomillashib; jarayonlar; talim-tarbiya; intellektual daraja; pedagogik; samara; qadriyatlar; izlanishlarimiz; mazmun;-mohiyat; axborot inqilobi.

Аннотация. В стате рассматривается вопрос научно-методического обоснования этапов сивилизатсионных педагогических систем подготовки будущих учителей началных классов к интеллектуалной деятелности.

Эта статя может быт полезна тем, кто занимается проблемой повышения квалификатсии будущих учителей.

Ключевы слова: сивилизатсия; системы; педагогическая; формирование; этапы; научно-методический; шаг за шагом; постепенный; Период Авесто; древний; научное наследие; духовност; интеллектуалный; развивающийся; улучшен; протсессы; образование; интеллектуалная степен; педагогическая; Самара; значения; наше исследование; содержание; -сущност; информатсионная революсия.

Abstract. This article considers the issue of scientific and methodological substantiation of the stages of civilizational pedagogical systems for the preparation of future primary school teachers for intellectual activity.

This article can be used by those dealing with the problem of improving the training of future teachers.

Keywords: civilization; systems; pedagogical; formation; stages; scientific-methodical; step by step; gradual; Avesto period; ancient; scientific heritage; spirituality; intellectual; developing; improved; processes; education; intellectual degree; pedagogical; samara; values; our research; content; -essence; information revolution.

Malumki, mamlakat aholisining intellektual salohiyati va manaviy jihatdan rivojlanganligi uning moddiy va manaviy yuksalish darajasini belgilashda asosiy ko'rsatkichlardir. Shu sababli ham umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalarining samarali yutuqlariga asoslangan uzluksiz talim tizimini yaratish va shu asosda bo'lajak zamonaviy raqobatbardosh mutaxasislarni tayyorlash bugunning dolzarb muommolaridan biridir.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Mazkur maqolada ham bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini intellektual faolitga tayyorlashga oid sisvilizatsion pedagogik tizimlarning tadrijiy bosqichlarini ilmiy-metodik jihatdan asoslash masalasi qaraladi

Jahon miqyosida hukm surayotgan ilm-fan va texnika-texnologiyalar ravnaqi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishda va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborotlar nihoyatda muhimligini ko'rsatmoqda. Bunga sabab ular orqali yuqori malakali, jahon talim talablariga javob beradigan, intellektual salohiyatli bo'lajak mutaxasislarni tayyorlashga erishiladi. Buning uchun istemoldagi talim mazmunini jamiyat intellektual darajasi talablariga moslab modernizatsiyalab va ularga mos o'z sohalarining mutahassis-olimlarini jalb etib, hamkorlikdagi ijodiy faoliyatni olib borishga to'g'ri keladi. Shuning bilan birga hozirda istemodagi talimga ham zamonaviy talablar qo'yilmoqda, yani talim mazmunini ham va shaklini ham intellektuallashtirish talabi quyilmoqda. Bu borada ulug' alloma-donishmandlarimiz tomonidan qoldirilgan boy intellektual merosni hamda umumbashariy qadriyatlarni bo'lajak mutaxasislar ongiga muntazam ravishda singdirib borishning ahamiyati katta. Ushbu jihatlarni bo'lajak mutaxassislar ongiga singdirish bo'lajak o'qituvchilarni nafaqat kasbiy yetuk qilib, balki intellektuallashtirilgan faoliyatga yo'naltirilgan raqobatbardosh mutaxasislar qilib tayyorlashni amalga oshirishga oid imkoniyatlar doirasini sezilarli darajada kengaytiradi.

Shu sababli ham talim-tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishish, yuksak sifat ko'rsatkichlarini qo'lga kiritish uchun har qanday fan bo'yicha talim berishda bo'lajak o'qituvchilarning ilmiy tafakkurini kengaytirishda, ilmiy meroslardan foydalanish o'zining ijobiy pedagogik samaralarini beradi. Bu borada donishmandlarimiz intellektual merosi ko'proq ilmiy qadriyatlarga tegishli bo'ladi. ( mazkur tadqiqot ishining 1.1-qismiga qarang ).

Demak, kishilik jamiyati taraqiyoti ilmiy qadriyatlar va ularga mos axborot inqiloblari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular rivoji muntazamlik kasb etib kelmoqda. Bu esa o'ziga xos sivilizatsion jarayonlarni ifodalaydi va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatiga qarab ilmiy muammolar shakllantiriladi. Keyin ularning yechimi topilishi bilan ilmiy qadriyatlardan istemolda foydalana boshlanadi. Ana shunday jixatlar sivilizatsion tizimlarning yuzaga kelishiga asosiy manbalar bo'lib xisoblanadi.

Ushbu sohada olib borgan izlanishlarimiz natijalari sivilizatsion tizimlar mazmun-mohiyatini talim-tarbiya jarayoni mazmuniga integratsiyalash maqsadga muofiq ekanligini ko'rsatdi. Bularni etiborga olib sivilizatsion pedagogik tizimlarning muayyan bosqichlarini shakllantirib oldik hamda xar bir bosqichga mos mazmun-moxiyatni ilmiy-metodik jihatdan asoslab oldik. Ular asosida sivilizatsion pedagogik tizimlar xar bir bosqichi uchun maqsad-vazifalar va ularga shakllanishi lozim bulgan bilim, ko'nikma hamda malakalar hajmi va qamrovi ham belgilanib olindi, shuningdek, har bir sivilizatsion pedagogik tizim bosqichlarining intellektuallik darajasi va har bir bosqichda ilmiy qadriyatlarga berilgan etiborlar ham tahliliy o'rganilib chiqildi hamda ularning bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyaatga tayyorlash uchun shakllantiriladigan sivilizatsion pedagogik tizimlar loyihalashtirib olindi.

Hozirda mamlakatimizda manaviy yetuk, intellektual salohiyatli, jismoniy baquvvat, innavatsior rivojlangan bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratilgan. Ana shu sababli ham bugungi talim tizimimiz jamiyatimiz taraqqiyotiga mos ravishda rivojlanib, takomillashib bormoqda va unga barkamol avlodni shakllantirishdek muhim vazifa qo'yilmoqda. Ayni paytda barcha pedagogik tadbirlarda yoshlar talim-tarbiyasi jarayonining obektiga emas,

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

balki subekti ekanligiga alohida etibor berilmoqda. Eng asosiysi, bunda yoshdarning mustaqil va ongli ravishdagi talim olishga bo'lgan moyilligini kuchaytirmoqda va bu borada ularda egallayotgan bilimlarining tadrijiy bosqichlariga ham qiziqishi oshib bormoqda. Tadqiqotimiz davomida bu qayd etilgan jihatlar sivilizatsion pedagogik tizimlarni bosqichma-bosqich ifodalab chiqish lozimligini ko'rsatadi va ular talim mazmunini intellektuallashtirish, modernizatsiyalash, ahborotlashtirish, intellektuallashtirish kabilarda muhim didaktik-propiedivtik asos bo'la oladi. Ushbu sohada olib borgan tadqiqotimiz natijalari sivilizatsion pedagogik tizimlarning tadrijiy bosqichlarini quyidagi ketma-ketlikda ifodalash maqul ekanligini ko'rsatdi ( Bu haqda mazkur tadqiqot ishining 1.1-qismida ham qisqacha malumot keltirilgan ):

1. "Avesto'' davriga mos sivilizatsion pedagogik tizim.

2. Miloddan oldingi VI-I asrlarga mos sivilizatsion pedagogik tizim.

3. Milodning boshidagi I-VIII aslaridagi davrga mos sivilizatsion pedagogik tizim.

4. "Ilk o'yg'onish davri "ga mos sivilizatsion pedagogik tizim.

5. "So'ngi Uyg'onish davri"ga sivilizatsion pedagogik tizim.

6. XVII-XVIII asrlarga mos sivilizatsion pedagogik tizim.

7. XIX-XX asrlardagi sivilizatsion pedagogik tizim.

8. Mustaqil davrga mos sivilmzatsion redagogik tizim.

Bu qayd etilgan bosqichlarning har biriga mos maqsad; vazifalar; talab qilinadigan bilim, ko'nikma va malakalar; sivilizatsion tizimning intellektuallik darajalari; ularga ilmiy qadriyatlarga bo'lgan etibor kabilar ilmiy-metodik jihatdan asoslanib, belgilanib chiqildi.

Demak, mamlakatimizda uzluksiz talim tizimi jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda muntazam rivojlanib boradi va shu asosda shaxs intellektual salohiyatini jamiyat talablari asosida barkamollashtirib boriladi. Bu esa mazkur sivilizatsion tizimning intellektuallik darajasini belgilab borishga didaktik va ko'rsatmaviy asos bo'lib boraveradi. Ushbu sohadagi olib borgan izlanishlarimiz va kuzatishlarimiz natijalariga asoslangan holda qaralayotgan intellektuallashtirish darajalarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni quyidagi ketma ketlikda olib borgan maqul deb topdik:

• Talim oluvchilarga talim-tarbiya berishda mustaqillik mafkurasi bosh va asosiy g'oyalarini joriy etishning innovatsion metod va texnologiyalarini ishlab chiqish;

• Bo'lajak mutaxasislarni tayyorlashdagi pedagogika va pisixologiya fanlarining mazmun-mohiyatini uchinchi ming yillik talim mazmuniga moslashtirish;

• ananaviy talimni rivojlantirish va takomillashtirishda zamogaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish;

• talimda informatsion texnologiyachlarni joriy etishning didaktik asoslarini ishlab chiqish;

• talimga oid zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratish va shu kabilar.

Qaralayotgan sivilizatsion pedagogik tizimda ham ilmiy qadriyatlarga etibor har

qachongidan ham yuksak darajaga ko'tarildi. Bu fikrlarni quyidagicha asoslash mumkin, yani talim jamiyat taraqiyotiga mos ravishda rivojlanib, takomillashib kelgan. Ulardagi ilmiy qadriyatlar bosqichma-bosqich evalyusion tarzda rivojlanib moddiy va manaviy hamda talimiy qadriyatlar daradasiga yetib borgan. Ayniqsa, Ona diyorimizda mustaqillik hal bo'lishi bilanoq bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar ham talimning samarali rivojlanishiga asos bo'lmoqda. Bu borada muntazam ravishda xalqaro va respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar ham tashkil etilmoqda. Bunday anjumanlarni o'tkazishdan maqsadlaridan biri ham talim mazmunini

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

axborotlashtirish, intellektuallashtirish , innovatsiyalashtirish kabilar negizida talimni modernizatsiya qilish bo'yicha ilmiy, ilmiy-amaliy, ilmiy-metodik ishlanmalar yaratish va ular asosida talimni takomillashtirish bo'yicha yo'riqnomaviy tavsiyalar tizimini yaratish.

Tadqiqotimiz ushbu qismida xulosa o'rnida takidlash mumkinki, zamonaviy talim tizimi, uning maqsad va vaziqalari Respublikamiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi talim-tarbiya oldiga qo'yilgan muammo yechimiga mos kelishi kerak. Jahon miqyosida hukm surayotgan ilm-fan va texnika-texnologiyalar rivoji darajasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish va uning kelajagini belgilab borishdagi kishilar intellektual salohiyati haqidagi axborot nihoyatda ahamiyatli ekanligini ko'rsatmoqda. Shu sababli ham hozirda talimini axborotlashtirish, intellektuallashtirish negizida pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish tobora dolzarblik kasb etmoqda. Ular orqali quyidagi yo'nalishdagi ilmiy izlanishlarni samarali amalga oshirish mumkin:

• muayyan mutaxasislarni tayorlashga sivilizatsion pedagogik tizimlarni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

• muayyan sohaga (yo'nalishga ) tegishli talim jarayonini o'rganishning sivilizatsion pedagogik tizimning shakllantirish;

• Xalqimizning boy manaviy va intellektual salohiyati hamda umuminsoniy qadriyatlariga suyangan holdagi zamonaviy talim metodlari va texnologiyalari asosida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning metodologik asoslarini ishlab chiqish va bunda talimni rivojlantirishning jahon talim talablarini etiborga olgan holda DTS ni takomillashtirish;

• Bo'lajak mutaxasislarni ijodiy va innovatsion faoliyatga tayyorlash borasida , ularning manaviy-marifiy tarbiyasida boy milliy-tarixiy ilmiy merosimiz va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib samarali tashkiliy-pedagogik texnologiyalar hamda manbalarni yaratish;

• talimda innovatsion metod va texnologiyalarni yaratishga oid ilmiy tadqiqot ishlarining salmog'ini yanada oshirish " fan-talim-amaliyot " integratsiyasining talim tizimidagi samarasini oshirish vosita va usullarni yaratishni kuchaytirish;

• uzluksiz talim tizimini axborotlashtirish va uning darajasida talim-tarbiya jarayonini olib borishning optimal variantlarini yaratish va joriy etish;

• Talim-tarbiya tizimida ananaviylik va innovatsiyaviyliklardagi umumiylik va xususiylikni farqlay olish hamda ulardan foydalanishning optimal variantlarini yaratish;

• talim muassalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishning tashkiliy-uslubiy negizlarini yaratish;

• talim sohasida xorijiy davlatlar ilg'or tajribalari bilan muntazam tanishib borishga erishish va ular bilan hamkorlikda ilmiy ishlanmalar qilishga harakat qilish va shu kabilar.

REFERENCES

1. To'raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. Monografiya.-T.: Fan, 2006, 252b.

2. To'raqulov X.A. Jabborov N.S. Bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning nazariy-metodologik asoslari. Monografiya.- T.: Fan va texnologiya, 2019,152 b.

3. To'raqulov X.A. Bo'ltakov S.X. sivilizatsion pedagogik tizimlar negizida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashning pedagogik asoslari. Monografiya.- T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matba uyi", 2019,144 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.