www.in-academy.uz
I tUKASIA* Juf HSAL OF
entrepreneurship
And Pedagogy
"MAKORIM UL-AXLOQ" ASARIDA NAVOIY HAYOTIGA
CHIZGILAR
Ubaydullayev Normuhammad O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori tel:+998 (99) 558-79-86 E-mail: [email protected] https://10.5281/zenodo.14163653
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 13-noyabr 2024 yil Nashr qilindi:14-noyabr 2024 yil
KEYWORDS
Hazrat Navoiyning umr yo'lini o'rganishga bag'ishlangan saboqni manbalarda keltirilgan, kitobxon oldin ham necha bor o'qishgan asarlar nomi va yillar sanog'ini keltirishdan iborat qilib qo'ymay, buyuk mutafakkirning shaxsiyatiga xos asl xususiyatlar ochiq aytilgan biografik asarlarda bitilgan ma'lumotlardan foydalangan holda olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Alisher Navoiyning hayot yo'li, kitobxon, "Makorim ul-axloq" asari, xotira, zamondoshlar fikri, didaktik dostonlar, biografik ma'lumotlar.
Alisher Navoiyning "Ikki vafoli yor" hikoyati yoki "Farhod va Shirin" dostonidagi yuksak insoniy tuyg'ular tasviri tahliliga kirishsa, o'qirman mohiyatini yaxshi anglaydi. Navoiy tabiatiga xos olijanoblik aks etgan hikoyat bilan tanishilgach, o'quvchilar "Ikki vafoli yor" hikoyatidagi bosqinchi hukmdordan dor tagida oldin o'zini o'ldirishlarini so'ragan ikki do'stning fidoyiligi shunchaki bir badiiy to'qima emas, balki muallif Alisher Navoiyning baland shaxsiyatidagi sifatlarning badiiy asarda namoyon bo'lish yo'sini ekani o'quvchilarga yetib boradi va asarning ta'sir kuchi necha baravarga ortadi.
Shuningdek, "Farhod va Shirin" dostonida Farhodning ota taxtini egallashdan bosh tortishi, o'ziga mutlaqo begona bo'lgan odamlarga yordam berib, toqqa suv chiqarishi, Eron shohi Xusravning barcha qo'riqchilarini o'ldirib qutulib ketishi mumkin bo'lgani holda ularning jazoga tortilishini o'ylab zindonga qaytib kelishi singari tasvirlarda Navoiyning shaxsiga xos xususiyatlar borligini bilgan o'quvchilar endi doston matniga o'zgacha nazar bilan qaraydilar. Farhodning komil shaxsligi borasidagi suhbat faqat badiiy tasavvur mahsuli emas, balki muallif shaxsiyatidagi fazilatning estetik qayta ishlangan ko'rinishi o'laroq o'quvchilar qalbiga muhrlanib qoladi. Bu yo'nalishdagi suhbat samimiy, doston matnidan kelib chiqadigan va uning asl mohiyatini anglashga yo'naltirilganligi bilan o'zgacha didaktik qiymat kasb etadi. Alisher Navoiyning hayot yo'lini ancha keng miqyosda to'la o'rganish ko'zda tutiladi. Ana shu didaktik samarador bo'lishiga erishishda Davlatshoh Samarqandiyning "Shoirlar bo'stoni" kitobining "Nizomiddin Alisher Navoiy" nomli bo'limidan olingan quyidagi parchani o'qib berish hazrat Navoiyning shaxsiyatidagi ezgu fazilatlarning manbasi qayerda ekanligini chuqurroq anglab yetishga xizmat qiladi: "Bu nomdor va oliy darajali amirning otasi zamonasining mashhur kishilaridan va Chig'atoy ulusi ulug'laridandir. Sulton Abulqosim Bobir bahodir hukmronligi davrida mamlakat idorasi va davlatga kafillik uning qo'lida bo'lib, sultonning yaqin kishisi edi. Fozilligi tufayli o'g'liga fazilat o'rgatishni tark etmadi, tamom himmatini saodatli farzandini fazl bezaklari bilan ziynatlash va hidoyat nurlari bilan ravshan etishga sarfladi... Ul buzrukvorning tirishqoq harakati behuda ketmadi va otadan nodiri davron izzatu tamkinlik kursisida qaror topdi. ...U hamma vaqt fazilat orttirishga intildi, fazl egalari bilan suhbatda bo'ldi. Uning karamli ta'bi va o'tkir zehni she'r aytish, osor va xabarlarni o'rganishga qaratildi. Yoshlik chog'laridayoq ikki til egasi, turkiy shevada sohibi fan, forsiyda
sohibi fazl bo'ldi"[l]. Ushbu ma'lumot
Volume 2, Issue 6, November 2024 Page SJIF: 5.061
U
www.in-academy.uz
Alisherning hazrat Navoiy darajasiga yuksalishida otasining donishmandligi naqadar katta o'rin tutganini ko'rsatish bilan birga G'iyosiddin kichkinaning juda martabali aslzoda zot bo'lganidan darak beradi. Shuningdek, Alisherning Husayn Mirzo bilan munosabati ko'ngil va qarashlar yaqinligidan tashqari, nasablar, martabalar yaqinligiga ham asoslanganini anglatishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda, Alisherning yuksak darajaga ko'tarilishida unib-o'sgan oilaviy muhit bilan birga uning tengsiz iqtidori, tirishqoqligi, mehnatsevarligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgani yuqoridagi parchada aks etadiki, bu ma'lumot Navoiy hayot va ijod yo'lini o'rganishga bag'ishlangan saboqning qiziqarli va esdan chiqmaydigan bo'lishiga olib keladi.
Bu borada hazrat Navoiyning yosh zamondoshi, shogirdi, uning marhamatidan ko'p bahramand bo'lgan tarixchi G'iyosiddin Xondamirning "Makorim ul-axloq" (Olijanob xulqlar") biografik kitobi juda qiziqarli ma'lumotlar beradi. Negaki, ushbu asar to'lig'icha hazrat Alisher Navoiyning hayot yo'li va shaxslik xususiyatlarini yoritishga bag'ishlangan. Asarda mutafakkir shaxsiga xos yuksak insoniy sifatlar uning hayotdagi tutumlari, odam va olam hodisalariga munosabatlari, yurish-turishlari, aytgan gaplari, qabul qilgan qarorlari bevosita shu holga guvoh bo'lgan kishi tomonidan yozilgan. Ayni shu hol bu ma'lumotlarga joziba bag'ishlaydi. Negaki, ularda hazratni ko'rgan, uning odamiyligidan bevosita bahramand bo'lgan kishi muhabbatining harorati sezilib turadi.
Kitobning bir o'rnida Husayn Mirzodan haj qilishga qayta-qayta ruxsat so'ragan, ammo har safar ham vaziyat taqozosi sabab ijobiy javob ololmagan shoirning sultonga qarata aytgan" "...qutlug' shaxsingiz vakolati bilan qolgan umrimni Ansoriyning tabarruk maqbarasi ostonasini supuruvchilik bilan o'tkazishimga va [saroy] mulozimligi ishidan butunlay bo'shashimga ruxsat bersangiz"[2], - tarzidagi iltimosi qayd etilgan. Bu so'rovda buyuk shoir shaxsiyatiga xos olijanoblik, xokisorlik, bag'rikenglik sifatlari naqadar bo'rtib ko'ringani kitobxonlariga to'la yetib boradi.
"Makorim ul-axloq"ning boshqa bir o'rnida nihoyat hukmdordan hajga ruxsat tekkan vaqtda yurtning oqsoqollari vaziyatning qaltisligi, shunday paytda hazratning uzoq vaqtga ketib qolishi, mamlakatda notinchlik, taloto'p boshlanishi mumkinligi sabab, hajni keyinga qoldirishni so'raganlarida Alisher Navoiyning: "...hozir o'zimizning istagimizni sizning iltimosingizdan ustun ko'rishning o'rni emas. Qolaversa, «Mo'minlar qalbiga xursandchilik kiritish butun odamlarva jinlarning qilgan ibodatidan yaxshiroqdir», - degan hadisga asoslanib, sizning iltimosingizni ijobat etishga loyiq deb topdik va bandalarning manfaatini ko'zlab, bu safar ham ushbu istagimizdan qaytdik"[3], - yo'sinida javob bergani tasvirlanadi. O'quvchilar hazratning oqsoqollarga bergan javobidan uning shaxsiyatiga xos eng go'zal sifatlarni yaqqol ko'radilar. Shar'iy ahkomlarni g'oyat puxta biladigan, islom farzlarini mukammal ado etadigan va hajga borish imkoni bo'lgani holda o'ziga savobi tegishi mumkin bo'lgan ishdan voz kechib, ko'pchilikning tinchligini o'ylay oladigan Alisher Navoiyning qanday buyuk ekani o'quvchilarga hech bir qo'shimcha tushuntirishlarsiz anglashiladi. Ayni shu jihatlar shoir yaratgan asarlar qahramonlaridagi fidoyilik, o'zdan kechish, olijanoblik fazilatlari qayerdan paydo bo'lgani va nima sababdan ishonarli tasvirlanganini chuqurroq tuyish va tushunish imkonini beradi.
Xondamir Alisher Navoiy odamlarga qilgan barcha yaxshiliklarning qanchalik beg'araz va chin yurakdan bo'lgani to'g'risida: "Amirning muborak xulq-atvorlari xuddi shunday bo'lib, [ul zotning] cheksiz yaxshiliklari bu borliq olamda shuhrat topish yoki abadiy olamda katta savobga erishish uchun qilingan emasdi. Chunki bu dunyo va undagi narsalar ul zotning himmat nazarida bir somon xasichalik qimmatga ega emasdi. Ammo cheksiz ochiqqo'llik va saxiylik xislatiga ega bo'lishiga qaramasdan, hyech qachon hyech kimga bir arpa donichalik ham minnat qilmasdi"[4], - deb yozadi. Hazratning tabiatidagi atrofidagi ko'plab odamlarga rahmat eshitish yoki savob olish uchun emas, shunchaki ezgulik qilishi, yaxshilik qilishi mumkin bo'lgan holatda uni qilmasdan turolmasligi sifatlari ulug' mutafakkir shaxsiyatidagi bunday
go'zal fazilatlarning asarlari
www.in-academy.uz
qahramonlariga ham o'tgani o'quvchilarga kuchli ta'sir qiladi.
"Makorim ul-axloq"da Navoiyning cheksiz darajadagi qo'li ochiq va saxiyligi faqat muhtoj odamlargagina emas, balki podshoh saroyi ehtiyojlariga ham davlatini ayamaganini: "Shunday holatlar ham ko'plab yuz berganki, Sohibqiron Sulton saroyi amaldorlari ayrim zaruriy xarajatlar uchun katta miqdordagi pulni (soliqlar sifatida to'lash uchun) xalq zimmasiga yuklashmoqchi bo'lishganida, qalbi dengizday keng bo'lgan bu Amir xalq qiynalib qolmasligi va bu narsa saltanat qasri poydevorining larzaga kelishiga sabab bo'lmasligi uchun o'sha pulni o'z xazinalaridan to'labyuborardilar"[5], - deya tasvirlaydi. Hazrat Navoiyga xos bunday olijanob xususiyatlardan xabardor qilish har bir o'quvchiga ikki jihatdan ijobiy ta'sir qiladi: birinchidan, bola Alisher Navoiyday go'zal fazilatlar o'zida ham bo'lishiga intiladi, ikkinchidan, shoir bitgan asarlardagi qahramonlardagi ezgu sifatlarni tushunish va qabul qilishi osonlashadi.
Fiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti, adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati to'g'risidagi ma'lumot beradigan qimmatli manba hisoblanadi. Xondamir Hazrat Navoiyga sadoqat bilan xizmat qilgan. Umrining so'nggi kunlarigacha uning yonida bo'lgan. Shuning uchun so'z mulkining sultoni haqidagi voqealarni, biron bir olim-u fuzalo u kabi aniq yozib qoldirmagan. Bu hol Alisher Navoiy shaxsiyati va ijod yo'lini o'rganishga qaratilgan adabiyot saboqlarida "Makorim ul-axloq" asaridan keng foydalanishni taqozo qiladi.
Adabiyotlar ro'yxati
1. ^aB^aTmox, CaMapK;aHgHH. ffloup^ap 6ycToHH. -T.: Fa^yp Fy^oM HoMugaru Aga6ueT Ba caH^aT HampueTH, 1981. -E.188-189.
2. FuecugguH XoHgaMup. MaKopuM y^-ax^o^. -T.: Fa^yp Fy^oM HOMugaru HMMY, 2017. -E.90.
3. 3aHHHgguH Boch^hh. Eagoe^ y^-Ba^oe^. -T.:Fa$yp Fy^OM HOMugaru Aga6ueT Ba caH^aT HampueTH, 1979. -125 6.
4. FuecugguH XoHgaMup. MaKopuM y^-ax^o^. -T.: Fa^yp Fy^oM HoMugaru HMMY, 2017. -E.97-98.
5. A6gypay$ OuTpaT. TaH^aHraH acap^ap.11 ^H^g.-TomKeHT:Ma^HaBHHT, 2000. -256
6.
6. FuecugguH XoHgaMup. MaKopuM y^-ax^o^. -T.: Fa^yp Fy^oM HoMugaru HMMY, 2017. -123 6.
7. ^aB^aTmox, CaMap^aHgufi. ffloup^ap 6ycroHH. -T.:Fa$yp Fy^oM HoMugaru Aga6ueT Ba caH^aT HampueTH, 1981. -189 6.
Volume 2, Issue 6, November 2024 Page 27