Научная статья на тему '“MAHBUB UL QULUB” ASARINING MUQADDIMASI'

“MAHBUB UL QULUB” ASARINING MUQADDIMASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muqaddima / ijodiy niyat / hamd / nat’ / ijtimoiy hayot / tajriba / ibrat / nasr. / preface / creative intention / praise / nat / social life / experience / lesson / prose.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayidolimov, Javoxirbek Baxtiyorjon O‘G‘Li

Maqolada Alisher Navoiyning so‘nggi asari hisoblangan “Hayrat ul-abror”ning muqaddima qismi haqida qisqacha so‘z yuritilgan. Makur asarda muallif jamiyatning turli qatlamlarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiradi. Yoshlik chog‘ida boshlab umrining so‘nggi damlarigacha bo‘lgan oraliqda boshdan kechirganlarini badiiy usulda tasvirlaydi. Asarning muqaddima qismi esa ijodkorning ijodiy niyati aks ettirish bilan birga asosiy qismning kitobxon uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Muqaddima qismidagi hamd, nat’, asar yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlar ijodkor tomonidan ta’kidlab o‘tiladi. “Hayrat ul-abror”ning muqaddimasi asarni tushunish yo‘lidagi dastlabki qadam hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREAMBLE OF “MAHBUB UL QULUB”

The article briefly mentions the preamble to “Hayrat ul-abror”, considered the last work of Alisher Nawai. In the work Makur, the author comments on the peculiarities of different layers of society. Artistically describes what they experience in the interval from youth to the end of their lives. And the preamble part of the work, along with the reflection of the creative intention of the creator, ensures that the main part is understandable to the reader. Praise in the preamble part, nat', the processes associated with the creation of the work are insisted on by the creator. The preface to the “Hayrat ul-abror” is an early step towards understanding the work.

Текст научной работы на тему «“MAHBUB UL QULUB” ASARINING MUQADDIMASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

UO'K: 821+811.512+141.31 "MAHBUB UL QULUB" ASARINING MUQADDIMASI

Sayidolimov Javoxirbek Baxtiyorjon o'g'li

FarDU adabiyotshunoslik kafedrasi o'qituvchisi javoxirsayidolimov@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada Alisher Navoiyning so'nggi asari hisoblangan "Hayrat ul-abror"ning muqaddima qismi haqida qisqacha so 'z yuritilgan. Makur asarda muallif jamiyatning turli qatlamlarining o'ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiradi. Yoshlik chog'ida boshlab umrining so'nggi damlarigacha bo'lgan oraliqda boshdan kechirganlarini badiiy usulda tasvirlaydi. Asarning muqaddima qismi esa ijodkorning ijodiy niyati aks ettirish bilan birga asosiy qismning kitobxon uchun tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Muqaddima qismidagi hamd, nat', asaryaratilishi bilan bog'liq jarayonlar ijodkor tomonidan ta 'kidlab o 'tiladi. "Hayrat ul-abror"ning muqaddimasi asarni tushunish yo 'lidagi dastlabki qadam hisoblanadi.

Kalitso'zlar: muqaddima, ijodiy niyat, hamd, nat', ijtimoiy hayot, tajriba, ibrat,

nasr.

ПРЕЛЮДИЯ К ПРОИЗВЕДЕНИЮ "МАХБУБ УЛЬ КУЛУБ"

АННОТАЦИЯ

В статье кратко рассказывается о предисловии к "Хайрат улъ-аброр", считающемуся последним произведением Алишера Навои. В работе автор высказывает мнение об особенностях различных слоев общества. Он художественно описывает то, что он испытал, начиная с юности и заканчивая последними моментами своей жизни. Предисловие к произведению, с другой стороны, гарантирует, что основная часть будет понятна читателю, отражая творческие намерения создателя. Похвала в предисловии, нат, процессы, связанные с созданием произведения, будут отмечены создателем. Предисловие к "Хайрат улъ-аброру" считается первым шагом на пути к пониманию произведения.

Ключевые слова: предисловие, творческое намерение, похвала, Нат, общественная жизнь, опыт, поучение, проза.

PREAMBLE OF "MAHBUB UL QULUB" ABSTRACT

The article briefly mentions the preamble to "Hayrat ul-abror", considered the last work of Alisher Nawai. In the work Makur, the author comments on the

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

peculiarities of different layers of society. Artistically describes what they experience in the interval from youth to the end of their lives. And the preamble part of the work, along with the reflection of the creative intention of the creator, ensures that the main part is understandable to the reader. Praise in the preamble part, nat\ the processes associated with the creation of the work are insisted on by the creator. The preface to the "Hayrat ul-abror" is an early step towards understanding the work.

Keywords: preface, creative intention, praise, nat, social life, experience, lesson, prose.

KIRISH

Alisher Navoiyning chuqur falsafiy ma'nolar, hayotiy tajriba va kuzatishlar natijasida yaratilgan "Hayrat ul-abror" asari ijodkorning kelajak avlod uchun qoldirgan "hikmatnomasi" hisoblanadi. Muallif uzoq yillik tajriblari asosida jamiyatdagi turli qatlamlarning o'ziga xos xususiyatlarini ta'riflab o'tgan. Alisher Navoiy mazkur asarida ma'lum bir toifa haqida so'z yuritgan vaqtida ularning ijobiy va salibiy jihatlarini kitobxonga yetkazishga harakat qiladi. Bu orqali o'quvchini mushohada qilish va xulosa chiqarishga undaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbek adabiyotshunosligida ko'plab tadqiqotlarga uchun asos bo'lgan "Hayrat ul-abror" asari olim va tadqiqotchilar tomonida anchayin keng o'rganilgan. Hamid Sulamon, Aziz Qaumov, Suyma G'aniyeav, Shuxtar Sirojiddinov singari yetuk olimlar tomonidan asarning tanqidiy matnlar, tabdillari ryaratilgan. Yuqoridagi olimlarning asarlariga, maqolalariga murojaat qilingan holda "Hayrat ul-abror" asari muqaddimasining badiiy va falsafiy jihatlariga e'tior qaratildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Alisher Navoiy nafaqat Sharq she'riyati, balki nasrining rivojiga ham munosib hissa qo'shgan hamda yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olgan. "Mahbub ul-qulub" asrida bu yaqqol ko'zga tashlanadi. Navoiy o'zigacha yaratilgan mazkur turdagi manbalarni sinchiklab o'rgangan va ulardan farqli ravishda mumtoz adabiyotimizda takrorlanmas asar yaratdi. Muallifgacha bo'lgan davrda pandnoma ruhida yaratilgan asarlarda ijtimoiylikka kam e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari ma'lim bir mavzu haqida so'z yuritilganda faqat yaxshi jihatlari ayrim vaqtda yomon tomonlari haqida fikr bildirilgan. Shu bilan bir qatorda jamiyatning quyi tabaqalari haqidagi qarashlar bayon etilgan. "Mahbub ul-qulub" asarida esa buning aksini ko'rishimiz mumkin. Alisher Navoiy mazkur asarda jamiyatning ham quyi, ham yuqori tabaqalari haqida so'z yuritish barobarida ulardagi ijobiy va salbiy jihatlarni

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ochib beradi. Eng asosiysi esa bunday ta'riflar muallifning boshdan kechirganlari -hayotiy tajriblari va kuzatishlari natijasida reallikdan uzilmagan holda ijodkor yashagan davrdagi ijtimoiy hayotni namoyon etadi. Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida buni quyidagicha izohlaydi: "... bu xoksor parishon ro'zgor shabob avonining bidoyatidin kuhulat zamoning nihoyatig'acha davron voqeotidin va sipehr gardon hodisotidin va dahri fitnaangiz buqalamunlig'idin va zamonayi rangomiz gunogunlig'din muddati madid va ahdi baid har nav shiq va suratda aqdom urdim va tavr suluk va kisvatda yugurdum va o'zumni yaxshi-yamon xizmat va suhbatig'a yetkurdim. Goh mazzalat va ano vayronida shevan ko'rguzdum va goh izzat g'ino bo'stonida anjuman tuzdum" [1. 5]. Yoshlik chog'laridan to umrining oxirgi damlarigacha bo'lgan vaqtda muallif boshidan turli sinovlar o'tganligini va hayotiy tarjriblarining oshganligini alohida e'tirof etadi. Bu hayoti tajribalarda muallif qalbida dog'lar qoldirganligini ham unutmaslik kerak. Shu sababda asar muqaddimasini Alisher Navoiy quyidagicha yakunlaydi: "Umid ulkim, chun o'qug'uvchilar diqqat va e'tobor ko'zi bila nazar solg'aylar va har qaysi o'z fahm-u idkorlarig'a ko'ra bahra olg'aylar, bitguchiga ham bir duo bila bahra yetkurgaylar va ruhini ul duo futuhi sevundurgaylar" [1. 8]. Muallif o'quvchidan asarni o'qigach to'g'ri xulosa chiqarishini umid qiladi. O'z navbatida asarni mutolaa qilgan kitobxon ma'lum bir toifaning sifatlarini atroflicha bilib oladi va hayotda duch keladigan qiyinchilikarni bartaraf etish mazkur asardan olgan xulosalari asosida fikr yuritadi. Shuning uchun ham mazkur asarni anglagan kitobxon o'zgalarga o'rnak bo'lish, yaxshilik va yomonlikni anglash, chirkin illatlardan uzoq bo'lish, din va e'tiqoddan sobit turish, ezgulikka intilish, poklikni saqlash, tinchlikni ezozlash kabi insoniy tushunchlarning aslida balandparvoz gap emasligini asarga amal qilganlar yaxshi anglashni tushunib yetadi. "Inson o'zining ma'naviy dunyosi bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turar ekan, har bir kishining insonlik darajasi ham uning ma'naviy boyligi bilan belgilanadi. Ma'naviy yetuklik kishini ezgu amalga boshlab, yovuzliklardan saqlaydi" [2. 15]. Alisher Navoiy ma'naviy dunyosini anglashimizda "Hayrat ul-abror" asari ahamiyatlidir.

Alisher Navoiy asarda keltirilgan toifalarning sifatlarini ta'riflar ekan mazkur tasnifni ma'lum ma'noda muqaddimadan boshlaydi. Ya'ni hamda qismida Yaratganning sifatlarini bayon etish chog'ida bandalariga nisbatan mehribon ekanligini takidlash barobarida haq yo'ldan adashganlar uchun jazo berishiga ham e'tibor qaratadi. Shu o'rinda Yaratganning bandalariga nisbatan "jazo berishi"ni ham to'g'ri anglash lozim, ya'ni adolatli zot ekanligi nazarda tutilmoqda. Chunki asarda keltirilgan tabaqalarning yomon qilmishlari, xususan, yuqori tabaqadagilar uchun Yaratganning o'zi adolatli hukm chiqarish quyi tabaqalarning qalbiga taskinlik

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

berishiga ishora borday taassurot qoldiradi. "Qahorlig'i sarsari uchururga sobit va sayyor, nastarinning sochilg'on yafrog'lari jabborlig' quyuni sovurg'a dahri g'addor. Bayt ul-hazanning to'kulg'on tufrog'lari yo'qni bor qilmoq va borni yo'q qilmoq aning qudratig'a oson, bor-u yo'q va yo'q-u bor aning ehsonidin umidvor va qahridin haroson." Makur jumlalarda Yaratganning "Qahor" va "Jabor"lik sifatlari bejizga keltirilmagan. Quyidagi jumlalarda esa bu yanada ochiqroq bayon etiladi. "Bir ovuch tufrog'ini malakut xaylida xilofot taxtig'a o'lturmoq anga yarashur va yillar maloyikayi muqarrabing'a peshvolik qilg'onning bo'ynig'a la'nat tavqi ul solur"

Nat' qismda ham asarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda keyingi o'rinlarga ishora borligini ko'rishimiz mumkin. Mazkur qismda Muhammad alayhissalomning sifatlari haqida so'z yuritilib bashariyat uchun namuna ekanligiga e'tibor qaratiladi. "Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va varxunda, xilqati anosir tarkibidin pok erkani zohir. Anosirning yeli Masih anfosi va tufrog'i Ya'qub ko'zining to'tiyosi va suyi Xizr chashmasining zuloli va o'ti Kalim daraxtining nori ishti'oli" Muallif Muhammad alayhissalomda barcha payg'ambarlarning xulqi mujassamlashganligini ul zotning o'zi ham ruhi ham pok ekanligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari Muhammad alayhissalomgacha bo'lgan payg'ambarlarning qissalari Muhammad alayhissalom ummatiga ibrat ekanligi, ya'ni oldingi ummatlar xatosini takrorlamaslik uchun bayon qilingan. Alisher Navoiy ham hayotiy kuzatishlari orqali kelajak avlodning to'g'ri yo'lda sobit bo'lishlari uchun o'ziga xos dasturilamal sifatida mazkur asarni yaratdi. Bizningcha Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub"da keltirilgan tabaqalarning afolini umumlashtirib ularning yaxshi xulqlarini o'zlashtirganlarning jisman va ruhan poklanishligiga ishora qilganday. Chunki asarda keltirilgan tabaqalarning yaxshi fe'llari islomiy qadriyatlar asosida shakllanganligini ham unutmaslik lozim.

Nat' qismidan so'ng muallif asar yozish sabablarini bayon etadi. Alisher Navoiyning badiiy mahorati tasvir etilayotga voqealarni ham nasrda, ham nazmda ta'sirchan usulda berishidadir. Quyidagi to'rtlikda buni ko'rishimiz mumkin. Gahe topdim falakdin notavonlig', Gahe ko'rdim zamondin kamronlig', Base issig', sovug' ko'rdim zamonda, Base achchig', chuchuk tottim jahonda.

"Alisher Navoiy tarix zarvaraqlarida mangu naqshlanishiga uch asos sababligini yaxshi bilamiz. Bular: uning benazir istedodidan darak beruvchi buyuk asarlari, mashhur davlar arbobi bo'lgani va nihoyat, ulug' pir maqomiga ko'tarilgan xulq -atvori" [3. 68]. Shu jihatdan ham mazkur asar Navoiy shaxsiyatini o'rganishda ahamiyatli, sababi "Hayrat ul-abror" asarida akademik Sh.Sirojiddinov takidlab

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'tgan uch xislatni o'zida namoyon etadi. Alisher Navoiy boshdan kechirgan barcha mushkulotlarda ilm orqali najot topganligini alohida e'tirof etadi. "Iflos va notavonlig'hangomida, ya'ni falokat va nomurodlig' ayyomida goh ilm madorisida safi niolda yer tuttum, goh ulamo majlisida ilm nuridin ko'ngullni yoruttum". Asarda keltirilgan tabaqalarning ulug'likka erishishlariga ilm sabab bo'lgan bo'lsa, yomon illatlar ilmga amal qilmaslik natijasida yuzaga kelganligi mahorat bilan tasvirlangan. Bundan tashqari ijodkor ayrim vaqtlarda fe'li yomon insonlar tufayli aziyat chekkanligini ham takidlaydi: "Va goh laimlar ollida xorlig'li va goh arzollar ollida bee'tiborlig' ko'rdim" Navoiy mansab pilapoyalaridan yuqori ko'tarilgan chog'larida bir dam bo'lsa-da, xalq ahvoliga e'tiborsiz bo'ladi. "Ammo shug'ul va kamronliq chog'ida va ko'ngul mulki xalq hujumi bulg'og'ida va goh amorat masnadida o'lturdim va hukm va hukumat mahkamasida dodxoh so'rdim va goh podshoh nayobatida taqarrub tuzdum va nazzororagar elga o'zumni komrom ko'rguzdim". Bunday hayotiy tajribaga - yo'qsillik hamda amaldorlikni ko'rgan ijodkor asardagi barcha voqealarni haqqoniy tasvirlaydi. Og'ir kunlar boshiga tushganda atrofida sodiq do'stlari qolgan, mol-davlat, mansab nasib qilganda esa parvonalar ko'payganligi, odamlarning yaxshi-yomon xislatlarning guvohi bo'lgan. Xalq ko'nglini topa olgan Navoiy siyossiy kurashlar, harbiy urushlar davrida hayotiy tajriblari asosida bir-biriga qarshi tomonlarni ham murosaga keltirgan. "Va goh salotin muxolafatlarida arog'a kirdim va munozaatlarni muvafaqatg'a qaror berdim. Goh harb ma'rakasig'a o'zumni soldim va jahl va nodonliq tuhmatin bo'ynumga oldim" Alisher Navoiy hari bir narsadan yaxshi xulosa chiqarganligi va hayoti davomida qo'llaganligi yuqoridagi fikrlarda ham ko'rishimiz mumkin. Shunday bo'lsa ham muallif o'zini har vaqt kamtarlikni o'ziga kasb qilib olganligi mazkur asar muqaddimasida namoyon bo'ladi. "Ammo ba'd: fuqoroning gadoyi va g'aroyib masturalarning chehrakushoyi al-faqir ul-haqir Alisher al-mulaqqab bin-Navoiy" Alisher Navoiy boshqa asarlarida farqli ravishda mazkur asarni uch qismga ajratadi:

1. Har xil toifa odamlar fe'l atvori va ahvoli kayfiyati.

2. Yaxshi fe'llar va yomon xislatlar xosiyati.

3. Xilma-xil foydalar va hikmatli so'zlarning ko'rinishi.

Bunday qismlarga bo'linish ma'lum ma'noda asar g'oyasini ham namoyon etadi. Alisher Navoiy muqaddimada jamiyat a'zolaring barchasi bir xatoni takror qilmasliklariga e'tibor qaratadi. Aql egalar boshqalarning ishidan o'rnak olishlarini ta'kidlaydi. "Va har nav el suhbat va xususiyatiki, alarg'a havas bo'lg'ay, bu faqirning tajribasi alarg'a bas bo'lg'ay". Shunda kelib chiqqan holda muallif asarga "Mahbub ul-qulub" deya nom berilganligini aytib o'tadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Asarning asosiy qismiga e'tibor qaratsak, barcha tabaqalarning avval yaxshi xislatlari haqida so'z yuritilgandan so'ng insonni insoniylikdan begona qiladigan sifatlar bayon etiladi. Bu ham ijodkor shaxsiyatini tushunishimizda katta ahamiyatga ega. "Shoirning badiiy mahoratini va ijodiy muvaffaqiyatini to'liq anglash uchun uning estetik prinsiplarini aniqlash kerak. Buni bilish uchun esa san'atkorning borliq, jumladan, inson haqidagi fikrlarining falsafiy asoslarini bilish zarur" [2. 7]. Hazrat Navoiy har qanday holatda ham birinchi navbatda xalq mafaatlarini ko'zlagani, hamisha insonlarni tushungan, ularga nisbatan chiroyli xulq bilan muomala qilgan. Xondamirning "Makorim ul-axloq" asari bilan tanish kitobxon buni holni yanada yaxshiroq anglaydi.

Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asari ijodkorning hayotiy tajribalariga kuzatishlari natijasida yaratilgan. Asar muqaddimasi asar mohiyatini ochish va voqelikni baholashda kitobxon uchun o'ziga xos dastur vazifasini bajaradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018.

2. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1979.

3. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy. Manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. - Toshkent: Akademnashr, 2011

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.