Scientific Journal Impact Factor
О
MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING "PADARKUSH" DRAMASIDA
AYOLLAR OBRAZI
F.f.n.,dots.v/b Xolikova Nodira Djoxongirovna
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute.Gumanitar fanlar
fakulteti. Filologiya fanlari nomzodi
Tojiboyeva Gulshodaxon Abdumannob qizi
Toshkent viloyati, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Gumanitar fanlar
fakulteti. II bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada asardagi ayollarning o 'rni ilmiy-falsafiy, didaktik tahlil etiladi, ayollar obrazini alohida bir timsol, alohida bir mavzu sifatida ko 'tarish sabablari yoritib, misollar tariqasida ochib berishga harakat qilinadi.
Kalit so'zlar — Padarkush ,melodrama, romantik, jamiyat, Liza timsoli, taqdir, ziyoli, ma'rifatparvar, jinoyatchi, qotillik, jaholat, ilmsizlik.
IMAGE OF WOMEN IN MAHMUDKHOJA BEHBUDIY'S DRAMA
"PADARKUSH" Khalikova Nodira Djaxangirovna
Tashkent region Chirchik Pedagogical Institute. Faculty of languages and history. Candidate of philological Sciences
Tojiboyeva Gulshodakhan Abdumannab kizi
Master's degree I of the Chirchik Pedagogical Institute, Faculty of languages and
history
In this article, the role of women in the work is scientifically -philosophical,didactic analysis,attempts are made to shed light on the reasons for raising the image of women as a separate embodiment, a separate topic, as examples.
Keywords - Padarkush, melodrama, romantic, society, the embodiment of Liza, educated, englightened, criminal, murder, ignorance.
ОБРАЗ ЖЕНЩИН В ДРАМЕ МАХМУДХОДЖИ БЕХБУДИЙ
"ПАДАРКУШ"
Халикова Нодира Джаксангировна
Ташкентский областной Чирчикский педагогический институт. Факультет языков и истории. Кандидат филологических наук.
ANNOTATION
Scientific Journal Impact Factor
О
Тоджибоева Гульшодахан Абдуманнаб кизи АННОТАЦИЯ
В статье проводится научно-философский, дидактический анализ роли женщины в творчестве, предпринимаются попытки осветить причины возникновения образа женщины как отдельного воплощения, отдельной темы, в качестве примеров.
Ключевые слова - Падаркуш, мелодрама, романтик, общество, воплощение Лизы, образованный, просвещенный, преступник, убийство, невежество.
Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo'lib, oradan ikki yil o'tgach, ya'ni 1913-yilda kitob holida nashr qilinadi. Behbudiy o'zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo'lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o'zbek teatrining tamal toshini qo'ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat ulug'lanadi. Muallif «o'qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta'lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o'rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o'z g'oyasini: «Bizlarni xonavayron... bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo'sinda bayon qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dramada boy, uning o'g'li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo'lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dramaturg ilgari surgan ma'rifatparvarlik g'oyasi shu obrazlarning o'zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo'ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so'zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko'rsatiladi. Asard a bir ayol obrazi mavjudki, o'sha davrdagi buzuq tuzumni ifodalaydi. U obrazdagi ayol fohishalik, beandishalik timsoli sifatida gavdalanadi. Behbudiy ushbu dramada axloqsiz Lizaning bir kechalik xizmati uchun to'lanadigan 15 rubl (katta miqdordagi pul) va Boyning uyidagi o'qimishli, ziyoli xizmatkoriga bir oyda to'lanadigan 7 rubl o'rtasidagi keskin farqni qiyoslab ko'rishni xalqqa havola etadi. Bunday jinoyatlarning asosiy sababchisi, har qanday g'ofil, savodsiz insonni yomon yo'lga
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
o
boshlaydigan shaytoniy kuch - ichkilik, chilim, maishatbozlik. U yosh o'spirinlarning kuchli istaklari, jilovsiz tuyg'ularini uyg'otishga ta'sir etadi va ularni fohisha ayol suhbatiga yetaklaydi. Shuning barobarida Behbudiy o'smirlarning ichimlik, chilim chekish axloqsiz bazmlariga qo'shilib jinoyat ko'chasiga kirib qolishlariga sababchi bo'lishini oldindan bashorat qiladi. Toshmurodning shaxsiy istaklari (hirsi)ni qondirish uchun o'z uyiga o'g'irlikka tushishiga yuqoridagi sabablardan boshqa bahona yo'q.
Behbudiyning adabiy qobiliyati qotillikning (ikkinchi) sababchisi va yetakchi salbiy obraz Liza (fohisha) ni axloqsizlik ayol sifatida ko'rsatishda ham yorqin namoyon bo'lgan. Lizaning xatti-harakatlari, jamiyatdagi insonlar taqdiriga bevosita qay darajada ta'sir qilayotgani asarda namoyon bo'ladi. Ya'ni birgina ayol butun bir jamiyatga dushman bo'la oladi. Muallif Liza orqali barcha e'tiqodli musulmonlarga yot bo'lgan, ularda nafrat, jirkanch uyg'otadigan tipik obrazni kashf qildi, Turkistonga kirib kelayotgan «yevropacha» hayot illatlarini rad etadi [ 1 ].Ayni zamonda, Behbudiy Liza obrazi va jamiyatdagi yaramas odatlarni qoralash yo'li bilan senzuradan qochishga muvaffaq bo'ladi. Maishatxondagi Artun ham na turkistonlik, na arman millatiga xos bo'lmagan ajnabiy, qiyofasiz inson sifatida ko'rinadi. Lizaning xatti-harakatlari, jamiyatdagi insonlar taqdiriga bevosita qay darajada ta'sir qilayotgani asarda namoyon bo'ladi. Ya'ni birgina ayol butun bir jamiyatga dushman bo'la oladi. Dramani o'qigan inson Lizaga nisbatan nafrat tuyg'usini tuyadi. Bir vaqtning o'zida Boybuchcha xonimga achinish hissi ham kitobxon qalbini egallab oladi. Bu esa adabiyotda qarshilantirish orqali kitobxon qalbida qolish san'atidan unumli foydalanilganligini ham anglatadi
Asardagi Boybuchcha xonim boyning xotini hisoblanib, 3-pardada ana shu ayol obrazi yoritib ko'rsatib o'tiladi. Boybuchcha ham eridan, ham o'g'lidan ayrilgan, bir kunda ikki insonidan ayrilgan ham ona, ham xotin sifatida gavdlanadi. Behbudiy bu obraz tasvirida Markaziy Osiyo adabiyoti an'analaridan yiroqroq bo'lgan, G'arb adabiyoti uslubiga ko'proq murojaat qiladi. "padarkush yoxud o'qimagan bola holi" dramasi Turkiston maishatidan olingan ibratnoma hisoblanadi. Drama didaktik ruhga yo'g'rilgan bo'lib, 3 parda, 4 manzarali birinchi milliy fojiadir. Asarda jami o'n bir kishi ishtirok etadi, undan ikki qatnashuvchi Liza va Boybuchchadir
Asardagi Boybuchcha xonim boyning xotini hisoblanib, 3-pardada ana shu ayol obrazi yoritib ko'rsatib o'tiladi. Boybuchcha ham eridan, ham o'g'lidan ayrilgan, bir kunda ikki insonidan ayrilgan ham ona, ham xotin sifatida gavdlanadi.
1 Ingliz tilidan Zulxumor Mirzayeva tarjimasi Jahon adabiyoti jurnali, 2009 yil, 9-son.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
O'sha asardan parcha keltirish orqali Boybuchcha xonim obrazini yoritib o'tishga harakat qilamiz:
BOYVUCHCHA (to'lg'onib). Oy, voy-voy bolam! Voy boyim, oh, voy u-u-u!
DOMULLA. Boyingiz-da nasihatga quloq solmadi va oxiri ushbu yomon hodisa paydo bo'ldi. Endy sizga, ochig'i, sabrdan boshqa iloj yo'qdir, onajon. Olloh sizga sabr bersun.
BOYVUCHCHA (kamoli betoqatlik ilan oh-vovaylo etar). Dod, voy bolam! Voy boyim! Ikkisidan ham ayrildim, erimni mozorga, bolamni Sibirga yuborarlar! Voy, voy, voy u-u-u!..
Drama o'qish davomida shu narsa anglashiladiki, ikki ayol obrazi bir-biriga qarama-qarshi tarzda dramani yoritgan. Liza obrazi butun jamiyatga kushnadalik qilayotgan buzuqlik timsoli, Boybuchcha timsoli esa ana shu Lizadek ayol kasofatiga jabrlangan jabrdiyda ayol sifatida yoritib o'tilmoqda. Lizadek ayollar jamiyatdan ketmas ekan, Boybuchchadek ayollar jabrlanaveradilar, jamiyat ham ilmsizlikdan, ham fahshdan azoblanib, taraqqiyotdan ortda qolaveradi.
Behbudiyning konsepsiyasi, shuningdek Markaziy Osiyo jamiyatidagi jadidona qarashlarga ko'ra, Boyning xotinidan tashqari barcha personajlar negativ (bizningcha ziddiyatli - Z.M.) obrazlar qatoriga kiradi. Boyning xotini tashqi kuchlar tomonidan butun umri xazon qilingan vaziyatda, ham eridan, ham o'g'lidan judo bo'lgan mushtipar ayol va hushini yo'qotgan ona sifatida uchinchi pardaning birinchi manzarasida og'ir ahvolda namoyon bo'ladi.[2] Boyvuchchaning kutilmagan ayanchli qismati, ayni shu damda o'g'li Toshmurod tomonidan ijaraga olingan to'pponchadan havoga uzilgan o'q asarga melodramatik holatlarni olib kiradi. Melodrama tuyg'u va hissiyotlarni bo'rttirib ko'rsatib, sabab va oqibatlarni to'la aks ettirmaydigan janr deb hisoblasak, bu asar melodrama emas, unda melodramatik elementlar bor, ammo ular to'liq namoyon bo'lmaydi. Agar bu asarda romantik his -tuyg'ularni ifodalovchi harakatlar mavjud deb aytadigan bo'lsak, odatda bunday asar fojia bilan emas, balki baxtiyorlik, xursandlik bilan yakun topishi kerak edi. Behbudiy asari uchun og'ir dolzarb mavzu tanlagan. Asardagi ozgina hissiyot va g'azab, nafratni hisobga olmaganda, unda hech qanday romantik yoki tuyg'ularni ifodalovchi o'rinlar yo'q.
XULOSA
Behbudiyning Padarkush dramasida ayollar timsoli o'ziga xos mavzuga aylana olgan, asardagi ayol obrazi ayolning beqanoat, besabr ko'rinishlarini ayanchli yoritib
2 Mahmudxo'Ja Behbudiy. Tanlangan Asarlar
Scientific Journal Impact Factor
bergan. Shunday ayollar borki, jamiyatimiz rivojiga to'siq, oilalar buzilishiga, erining qing'ir yo'lga kirishiga sababchi bo'lib qolishadi. Asarda ana shunday ayollar obrazi qattiq qoralanadi,
REFERENCES
1. Ahmad Aliyev. Ijod va izlanishlar. G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashiriyoti. T.: 1976.
2. Ingliz tilidan Zulxumor Mirzayeva tarjimasi "Jahon adabiyoti" jurnali, 2009 yil, 9-son.
3. Karimov B. «Adabiyot, badiiyat, abadiyat». T.: Xotiralar, badialar, maqolalar. 2004.
4. Mirvaliev S. «Abdulla Qodiriy». «Fan» nashriyoti. - T.: 1992.
5. Homidov H. va bosh. Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati.1983.
6. Alimova D. A., Golovanov A.A. O'zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlarL-T., "O'zbekiston", 2000.
7. www,ziyo .uz.com.kutubxonasi.Mahmudxo ' j a Behbudiy Padarkush dramasi