Научная статья на тему 'MAHALLIYLASHTIRISH ASOSIDA RAQOBATDOSHLIK SIYOSATINI RIVOJLANTIRISH'

MAHALLIYLASHTIRISH ASOSIDA RAQOBATDOSHLIK SIYOSATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
47
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ichki va tashqi bozor / mahsulot raqobatbardoshligi / mahalliy xom-ashyo / marketing tadqiqotlari / mahsulot eksporti / bozorni o’rganish / domestic and foreign market / product competitiveness / local raw materials / marketing research / export of products / market research

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Iskandarov Bekzod Abdijalilovich

Maqolada mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperasiyani kengaytirish, mahalliy xom ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini ko’paytirish va ular ichki va tashqi bozorda raqobatdosh bo’la olishidagi, jahon andozalariga javob beradigan bo’lishidagi mavjud muammolar va ular yechimidagi yondoshishlar, eksport strategiyasi va boshqalar ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article outlines the existing problems and approaches to further development of domestic industry, expansion of intra-sectoral and inter-sectoral cooperation, increasing the volume of products made from local raw materials and their competitiveness in domestic and foreign markets, meeting world standards, export strategies, etc. mentioned

Текст научной работы на тему «MAHALLIYLASHTIRISH ASOSIDA RAQOBATDOSHLIK SIYOSATINI RIVOJLANTIRISH»

MAHALLIYLASHTIRISH ASOSIDA RAQOBATDOSHLIK SIYOSATINI

RIVOJLANTIRISH

Iskandarov Bekzod Abdijalilovich

SamISI "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi e-mail: [email protected]

Annotasiya: Maqolada mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperasiyani kengaytirish, mahalliy xom ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini ko'paytirish va ular ichki va tashqi bozorda raqobatdosh bo'la olishidagi, jahon andozalariga javob beradigan bo'lishidagi mavjud muammolar va ular yechimidagi yondoshishlar, eksport strategiyasi va boshqalar ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ichki va tashqi bozor; mahsulot raqobatbardoshligi, mahalliy xom-ashyo; marketing tadqiqotlari; mahsulot eksporti; bozorni o'rganish.

Abstract: The article outlines the existing problems and approaches to further development of domestic industry, expansion of intra-sectoral and inter-sectoral cooperation, increasing the volume of products made from local raw materials and their competitiveness in domestic and foreign markets, meeting world standards, export strategies, etc. mentioned

Keywords: domestic and foreign market; product competitiveness, local raw materials; marketing research; export of products; market research.

O'zbekistonda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarda o'z ichki bozorini mahalliy tovarlar bilan to'ldirish, jahon bozoriga tovarlar eksport qilish siyosati ham afzal o'ringa qo'yilgan. Shu maqsadda, mamlakat hududlari va iqtisodiyoti tarmoqlariga yo'naltirilgan investisiyalarni moliyalashtirish birinchi navbatda aholini oziq-ovqat bilan ta'minlashni yaxshilashga xizmat qiladigan agrosanoat kompleksini rivojlantirish, sanoatning ustuvor tarmoqlarini, xususan yoqilri-energetika majmuasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotning ilmtalab sohalarida yangi quvvatlarni barpo etish, hozir ishlab turgan korxonalarni yangilash, respublikaning importga qaramligini kamaytirish, respublikaning eksport imkoniyatlarini kuchaytirish, mahsulotlarning raqobatdoshligini ko'tarish, eksportda mashinasozlik va kimyo sanoati mahsulotlari, hissasini ko'paytirish, xom ashyo eksportidan tayyor mahsulotlar eksportiga o'tish, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish, qadimgi hunarmandlik va an'anaviy kasb-korlarni tiklash, Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirishda ishtirok etish, mintaqadagi korxonalarning hamkorligi uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish, o'zaro manfaatli loyihalarni hamkorlikda yaratish yo'nalishlarida sarflanmoqda.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, birinchi o'n yillik iqtisodiy rivojlanish davridayoq asosiy e'tiborlardan biri sifatida ishlab chiqarishni

mahalliylashtirish asosida respublika iqtisodiy o'tish davri islohatlari muammolarini samarali hal etishga qaratildi.

Shunga ko'ra, 2000 yil 5 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahalliy xom ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi" qabul qilindi. Bu dasturning asosiy maqsadi va vazifasi Mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperasiyani kengaytirish, mahalliy xom ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini ko'paytirish va ular ichki va tashqi bozorda raqobatdosh bo'la olishi, jahon andozalariga javob beradigan bo'lishiga, ishlab chiqarishga mo'ljallangan mahsulotlarni import qilishni qisqartirishga, hamda yangi ish joylarini yaratish va valyuta mablarlarini tejashga qaratilgan [1].

Mahalliylashtirish dasturini samarali amalga oshirish O'zbekistonda chet elnikidan qolishmaydigan, eksportbop maxsulotlar ishlab chiqarish, aholini ish bilan ta'minlash, hududlar infratuzilmasini yaxshilash, sanoat rivojini yanada jadallashtirish, narxlarning pasayishiga xizmat qiladi. Yurtimizda import o'rnini bosadigan maxsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalar safining kengayishi mamlakatimizda yaratilgan qulay tadbirkorlik muhiti bilan bevosita bog'liq. Natijada yurtimiz bozorlarida «O'zbekistonda ishlab chiqarilgan» belgisi ostida har tomonlama qulay, tejamkor, sifatli va arzon maxsulotlar turi kengayib bormoqda.

Respublikada olib borilayotgan keng miqyosli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida ish yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qator imtiyoz va yengilliklar berish ko'zda tutilgan [2]. Jumladan:

- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditning 50 foizi miqdoriga kafillik berish va tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining 5 foiz miqdorgacha o'rnatilgan tartibda qoplanishi;

- uch yoki undan ortiq ishtirokchilar - mahalliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lgan taqdirda, davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga ko'ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasida amalga oshirilishi;

- ayrim tarmoqlarning mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi qo'llanishi mumkinligi;

- O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag'batlantirish agentligi ayrim turdagi mahsulotlarni eksport qiluvchilarga tijorat banklarining eksportdan oldingi kreditlari bo'yicha foizli xarajatlarni qoplashga kompensasiyalar, tijorat banklarining kreditlari bo'yicha kafillik, temir yo'l transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etishi, xalqaro standartlashtirish va sertifikatlash tizimlarini joriy etish, xorijiy mamlakatlarda milliy mahsulotlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha masalalarga moliyaviy yordam ko'rsatishi hamda eksportni sug'urtalash shart-sharoitlarini yaxshilashga ko'maklashish ishlarini olib borish.

Ammo, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini raqobatdosh bo'la olishida to'siq bo'layotgan muayyan shart-sharoitlar ham mavjud bo'lib qolayotganligiga e'tibor qaratish lozim.

Eksport-import tuzilmasida yetakchi o'rinni xom ashyo importi egallashini hisobga olganda, korxona mahsuloti tashqi bozor narxiga ko'ra raqobatdosh bo'la olmaydi. Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarishni texnologik jihatdan zamonaviylashtirish, mahsulot tannarxini kamaytirish yo'llari izlanmoqda. Tahlillar ko'rsatadiki, korxonalarning raqobatdosh va sifatli mahsulot ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklari asosan ularning import xom ashyosi bilan borliqligidir. Xom ashyolar asosan MDH mamlakatlaridan olib kelinadi, texnologik liniyalar va uskunalar eskirgan, ularga ehtiyot qismlar yetishmaydi, chunki ularning aksariyat ko'pchiligi respublikamizda ishlab chiqarilmaydi. Bundan tashqari, buyurtmachilarning to'lovga qobil bo'la olmaslik holatlari ham mazkur korxonalar moliyaviy ahvoliga o'z ta'sirini o'tkazadi.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bugungi iqtisodiy islohatlar sharoitida raqobatchilikni rivojlantirish siyosati investisiyalarni jalb etishda qulayroq muhit yaratishga yo'naltirilishi lozim. Raqobatchilik siyosati shu bilan borliq ravishda mahalliy o'ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida hududiy muammolarni samarali hal etishga qaratilishi zarur.

Raqobatdoshlik siyosatini olib borish bilan tuzilmaviy o'zgarishlarga erishishda ichki bozorni rivojlantirishga imkon beruvchi yuqori raqobatdoshlik xususiyatiga ega bo'lgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda davlat ko'magi talab etiladi. Biroq bu borada hali yetarli muaffaqiyatlarga erishilgani yo'q. Xususan, hukumatning "Mahalliy xom ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi"ga kiritilgan korxonalarning ko'pchiligida belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlanmagan. Buning asosiy sababi moliyaviy mablarlar yetishmovchiligi, xom ashyoni yetkazishdagi muammolar, texnologik qayta qurollantirishdagi muammolar va hakozolar bo'lib qolmoqda.

Nazarimizda, mahalliy xom ashyo negizida import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda quyidagi tadbirlar muhim rol o'ynashi mumkin:

- mahalliy xom ashyo negizida eksportga mo'ljallangan yoki import o'rnini bosuvchi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik va xususiy biznes korxonalariga tender asosida imtiyozli kreditlar berish uchun limitlar ajratish;

- yog'-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun soya, masxara va kungoboqar xom ashyolarining respublikaga asosan chetdan keltirilishini hisobga olib, bu o'simliklarni respublikamiz hududlarida yetishtirish va ishlab chiqarishni kengaytirish;

- mahalliy xom ashyo negizida mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan korxonalar ehtiyojlari, muammolari va imkoniyatlari to'rrisida reklama tarmoqlari va ommaviy axborot vositalarida keng tarrib etish va u muntazam yo'nalishga ega bo'lishi zarurligini ta'minlash.

Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati muammosi hanuz o'tkiгligicha qolmoqda. Bunday sharoitda, hattoki, ichki bozorning o'zida mahalliy korxonalarning raqobatdosh bo'la olmayotganligini ta'kidlash joizdir. Ichki bozorni esa chet el tovaгlaгi tamonidan "ishrol etish" davom etmoqda. Albatta, bu borada mamlakatda o'ziga xos "muhofaza" chouan ham ko'гilmoqda. Ammo, fikrimizcha, raqobatdoshlikka oid bozor tadqiqotlarini yetarli tarzda o'tkazmasdan bu boradagi muammolar yechimi samarasizligi davom etaveradi. Bunday holatda, bizning korxonalarimiz ishlab chiqarishidagi mahsulotlar raqobatdoshligi past darajada qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 sentyabrdagi "Mahalliy xom ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi"

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi 136-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida"

3. Kurpayanidi K.I. Nekotorbiye voprosbi konkurentnbix preimuщyestv predpriyatiy malogo biznesa // Aktualnbiye problembi gumanitarnbix i yestestvennbix nauk. - 2013. - №2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.