INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
KORXONALARDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHNING
IQTISODIY SAMARADORLIGI Haydarova Aziza Karimkulovna
Biznes va tadbirkorlik oliy maktab tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7185756 Annotatsiya. Tashqi iqtisodiy faoliyat bugungi kunda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi vaqtda tashqi bozorlar bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga ega bo'lmagan sanoat deyarli yo'q. Bunday sharoitda tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligi masalalari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tashqi bozorlarda samarali faoliyat yuritish uchun tashqi bozorlarning rivojlanish prognozlari, tebranishlari va atrofdagi marketing muhitining xususiyatlarini hisobga olgan holda turli marketing usullaridan juda moslashuvchan foydalanish kerak. Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishining asosiy motivi xalqaro bozorlardir. Chunkiyirik korxonalarning ko'pchiligida daromadlariningyarmi chet elda amalga oshirilgan savdolar hisobiga shakllanmoqda. Tashqi savdodagi muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik ko'p jihatdan jahon bozoridagi raqobatbardoshlik va tovar taklifi bilan bog'liq. Bu esa xalqaro marketing siyosatining strategiyasi raqobatdosh ustunlikka erishish muhimligini tushuntiradi.
Kalit so'zlar: tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi bozorlar, marketing, marketing muhiti, raqobatbardoshlik, samaradorlik, tovar taklifi.
ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ РАЗВИТИЯ ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. Сегодня внешнеэкономическая деятельность оказывает существенное влияние на экономическое развитие страны. В настоящее время практически нет отрасли, не имеющей прямого или косвенного контакта с зарубежными рынками. В таких условиях все большее значение приобретают вопросы эффективности внешнеэкономической деятельности. Для эффективной работы на внешних рынках необходимо очень гибко использовать различные методы маркетинга, учитывая прогнозы развития внешних рынков и особенности окружающей маркетинговой среды. Международные рынки являются основной мотивацией выхода предприятий на зарубежные рынки. Потому что половина доходов большинства крупных предприятий формируется за счет продаж за границу. Успех или неудача во внешней торговле во многом зависит от конкурентоспособности и предложения товаров на мировом рынке. Это объясняет важность стратегии международной маркетинговой политики для достижения конкурентного преимущества.
Ключевые слова: внешнеэкономическая деятельность, внешние рынки, маркетинг, маркетинговая среда, конкурентоспособность, эффективность, товарное предложение.
ECONOMIC EFFICIENCY OF THE DEVELOPMENT OF FOREIGN ECONOMIC
ACTIVITY IN ENTERPRISES
Abstract. Today, foreign economic activity has a significant impact on the economic development of the country. Currently, there is almost no industry that does not have direct or indirect contact with foreign markets. In such conditions, issues of foreign economic activity effectiveness are becoming more and more important. To operate effectively in foreign markets, it is necessary to use various marketing methods very flexibly, taking into account the
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
development forecasts offoreign markets, fluctuations and the characteristics of the surrounding marketing environment. International markets are the main motivation for enterprises to enter foreign markets. Because half of the income of most of the large enterprises is formed due to sales made abroad. Success or failure in foreign trade largely depends on the competitiveness and supply of goods in the world market. This explains the importance of international marketing policy strategy to achieve competitive advantage.
Keywords: foreign economic activity, foreign markets, marketing, marketing environment, competitiveness, efficiency, product offering.
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada o'sishida korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, milliy tovarlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta'minlaydigan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, eksport faoliyatini soddalashtirish va erkinlashtirish, eksport tuzilmasini diversifikatsiya qilish, eksportga ixtisoslashgan qo'shma korxonalarni barpo etish, iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini kengaytirish, eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo'llash bilan bir qatorda importning salmog'ini qisqartirishga qaratilgan ishlarni jadal olib borish zarur.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Tadqiqotning nazariy asosini O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, tashqi savdo faoliyati bo'yicha ko'rsatmalar va normativ materiallar tashkil etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining boshqa xorijiy davlatlar, ularning ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali hamkorlik o'rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo'nalishlari:
- tashqi savdo faoliyati;
- xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
- chet el investitsiyalarini jalb qilish.
Tashqi savdo faoliyati - bu mahsulotlar, mehnat, xizmatlar, axborotlar va intellektual soha natijalari bo'yicha dunyo miqyosida tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, xizmatlarni eksport va import qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati - bu xalqaro ishlab chiqarish integratsiyasi va kooperatsiyasi, tovar va xizmatlar eksporti va importi, tashqi bozorga chiqish bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat sohasi. Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari tashqi savdo faoliyati va ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyasi hisoblanadi.
Korxona uchun iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etishda murakkab bo'lgan jarayon -bu kuchli raqobat sharoitida faoliyat yuritishdir. Shuning uchun iqtisodiyot tarmog'idagi jami ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari, shu bilan birga xizmat ko'rsatish sohasida ham raqobatbardosh muhitni hosil qilish, jahonda ro'y berayotgan kuchli raqobat sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish, diversifikatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni qo'llash, moliyaviy jozibadorlikni oshirish bilan chet el investitsiyalarini jalb qilish, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda yangicha boshqaruv usullarini qo'llash lozim bo'ladi. Yana shuni ta'kidlash jozki mavjud hom ashyo
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
zaxiralaridan foydalanib yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ushbu mahsulotlarni tashqi bozorlarda sotish, buning natijasida mamlakatga eksportdan valyuta tushumini bir necha barobarga oshirish zarur.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar sifatini muntazam ravishda yaxshilab borish korxonaning muhim siyosati va iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan vaziyatdir. Bu vaziyatning tinmay amalga oshirilib borishi moddiy-texnika bazasi yaratilishiga munosib hissa qo'shish demakdir.
Yuqori sifat, mehnat va moddiy resurslarni tejash, eksport imkoniyatlarini oshirish, korxonaning pirovard maqsadi bo'lishi lozimdir.
Undan tashqari korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini moliyaviy ta'minlashning mexanizmini qo'llash natijasida quyidagi imkoniyatlarni ta'minlash muhimdir. Xususan:
- amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy operatsiyalar samaradorlik darajasining yuqori saviyada bo'lishi;
- ixtiyoridagi moliyaviy resurslarni nazorat qilish;
- tashqi savdo bitimlari va pul majburiyatlarining mos keluvchi shaklda va belgilangan muddatda amaldagi milliy qonunchilik me'yorlari va xalqaro bank qoidalari rioya qilish asosida bajarishi;
- innovatsion strategiyalar asosida rivojlanish, ishlab chiqarishni doimiy modernizatsiya qilish, samarali investitsion va innovatsion siyosat yuritish salohiyati.
MUHOKAMA
Tashqi iqtisodiy faoliyatni mamlakat uchun zarur va ustuvorligini quyidagi misollar bilan ifodalash mumkin:
1. mamlakatning eksport qudratini rivoj lantirish va yanada mustahkamlash;
2. eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
3. eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib boorish uchun, avvalo, xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonalarni rivojlantirish;
4. import tovarlarni mahalliylashtirish evaziga import salmog'ini qisqartishga qaratilga chora tadbirlarni amalga oshirish;
5. tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo'jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o'z mahsulotini chet ellarda sotishda ko'proq erkinlik berish;
6. xorijiy sarmoyalarni, asosan bevosita kapital mablag'lar tarzidagi sarmoyalarni Respublika iqtisodiyotiga keng ko'lamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa shart-sharoitlarni vujudga keltirish;
7. xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistic hisobot sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mana shu va boshqa yo'nalishlarini amalga oshirish O'zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotida yana ham yuqori o'rin egallash imkonini beradi.
XULOSA
Iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat'iy nazar, dunyodagi hech bir mamlakat jahon iqtisodiyotidan tashqaridagi boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarisiz rivojlanishi mumkin emas. Davlatning milliy daromadini oshirish potensialiga ko'ra chet el valyutasidagi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
daromadlarning o'sishi asosan eksport ulushining o'sishi bilan bog'liqdir. Mavjud iqtisodiy sharoitda davlat, korxonalar, vositachilik tuzilmalari jalb etilayotgan bu faoliyat moliyaviy holatini yaxshilashga imkon beradi.
REFERENCES
1. Alimov А., Ahmedov I. O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. Т. 2004.
2. Стровский Л.Е. «Внешнеэкономическая деятельность предприятия» Учебник. 5-е изд., перераб. и доп. — М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2011.
3. O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyati to'g'risidagi qonuni.
4. http://lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=67345