Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA BOZOR MUNOSABATLARINI IKKI SEKTORLI MODELLASHTIRISH'

ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA BOZOR MUNOSABATLARINI IKKI SEKTORLI MODELLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
196
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyotda ikki tarmoqli model / ichki va tashqi bozor / o‘zaro tovar ayrboshlash / tenglamalar sistemasi / mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi / balans / depressiya / sanoat / tarmoqlararo / samarador / kompensatsiya / kamayuvchi samaradorlik / dinamika / muvozanat / двухсекторная модель в экономике / внутренний и внешний рынок / обмен товарами / система уравнений / производственный план / баланс / депрессия / отрасль / межотраслевая / эффективность / компенсация / убывающая эффективность / динамика / равновесие

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shukurov Ikrom Abdurashitovich

Ushbu maqolada mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish masalalarida marketing sohasining qo‘llanilishi hamda undan sohani modellashtirishning dolzar masalasi haqida tahliliy ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлена аналитическая информация об использовании маркетингового поля в дальнейшем развитии местной промышленности, а также увеличении объемов производства потребительской промышленной продукции на внутреннем и внешнем рынках, а также вопрос моделирование промышленности из него

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA BOZOR MUNOSABATLARINI IKKI SEKTORLI MODELLASHTIRISH»

ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA BOZOR MUNOSABATLARINI IKKI

SEKTORLI MODELLASHTIRISH

Shukurov Ikrom Abdurashitovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Oliy matematika" kafedrasi o'qituvchisi https : //t.me/ikromrashitovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish masalalarida marketing sohasining qo'llanilishi hamda undan sohani modellashtirishning dolzar masalasi haqida tahliliy ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyotda ikki tarmoqli model, ichki va tashqi bozor, o'zaro tovar ayrboshlash, tenglamalar sistemasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi, balans, depressiya, sanoat, tarmoqlararo, samarador, kompensatsiya, kamayuvchi samaradorlik, dinamika, muvozanat.

Аннотация: В данной статье представлена аналитическая информация об использовании маркетингового поля в дальнейшем развитии местной промышленности, а также увеличении объемов производства потребительской промышленной продукции на внутреннем и внешнем рынках, а также вопрос моделирование промышленности из него.

Ключевые слова: двухсекторная модель в экономике, внутренний и внешний рынок, обмен товарами, система уравнений, производственный план, баланс, депрессия, отрасль, межотраслевая, эффективность, компенсация, убывающая эффективность, динамика, равновесие.

Abstract: This article provides analytical information about the use of the marketing field in the further development of the local industry, as well as the increase in the volume of production of consumer industrial products in the domestic and foreign markets, as well as the question of modeling the industry from it.

Key words: two-sector model in the economy, internal and external market, exchange of goods, system of equations, production plan, balance, depression, industry, inter-industry, efficient, compensation, diminishing efficiency, dynamics, equilibrium.

Mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishda qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini ko'paytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish masalalari bugungi kunning dolzar mavzularidan biridir.

Ushbu sohalarning iqtisodiy rivojida marketing sohasidagi kadrlarning o'rni katta. O'zbekiston Respublikasida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha tasdiqlangan 13 ta dasturda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni

mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoq ichida va tarmoqlararo kooperatsiyani, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarni jalb qilgan holda rivojlantirish, shu asosda mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarini oshirish hamda yangi ish o'rinlarini tashkil qilish nazarda tutilgan. Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni ichki bozorda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli tranformatsiya markazining elektron kooperatsiya portali orqali taklif etish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratilganligi, shuningdek, barcha iste'molchilar uchun tender tartibotlarini o'tkazmasdan, portal orqali xaridlarni to'g'ridan to'g'ri amalga oshirish imkoniyatlari joriy qilinganligi ishlab chiqarfuvchilarning marketing sohasidagi muammolarini yechib bermoqda [1].

Bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasidagi maqsadli ko'rsatkichlarga erishish dolzar bo'lib qolmoqda.

Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ikki tarmoq o'z mahsulotlarini ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarish jarayonida o'zaro tovar ayrboshlash orqali munosabatda bo'lsin. Ya'ni har bir tarmoq o'z mahsulotini ishlab chiqarish uchun ikkinchi tarmoqning mahsulotidan foydalanadi. Masalan, mashinasozlik va energetika sanoatlari va boshqalar. Iqtisodiyotda yuz beradigan bunday holatlarda har bir tarmoq qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarsa ham ichki, ham tashqi bozor talabini qondira oladi degan masla dolzarb masala sifatida qaraladi.

Iqtisodiyotda bunday masalalarni hal etish uchun quyidagi tenglamalar sistemasidan iborat modellar qo'llaniladi: [x- = 0.-12X2 + b-

lx2 = a21x1 + ^2 bu yerda x1, x2 - mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi; a12,a21,b1,b2 - manfiy bo'lmagan parametrlar.

a12 - 1 milion so'mlik ikkinchi mahsulotni ishlab chiqaris uchun birinchi mahsulotning sarfi, a21 - 1 milion so'mlik birinchi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikkinchi mahsulotning sarfi, b1,b2 - birinchi va ikkinchi mahsulotlarning tashqi bozorga chiqariladigan qismi.

(1) tenglamalar sistemasi ikki tarmoqli ishlab chiqarish modeli deb ataladi va u

quyidagi yechimga ega:

_ b1+airb2 _ _ b2+a2ib1

X- — -, X2 — --(2 )

1-ai2^2i 1-ai2^2i

Ushbu yechim modelning parametrlari a12 • a21 ^ 1, a12 < 1, a21 < 1 shartlarni qanoatlantirgan hollarda yagona bo'ladi [2].

Bozor munosabatlarini modellashtirishning ikki sektorli modelini tuzish uchun quyidagi masalani ko'rib chiqamiz.

O'zaro hamkorlikda faoliyat ko'rsatuvchi ikki tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish va ularning mahsulotlarini ichki iste'mol va tashqi bozorga taqsimlanishi masalasini ko'rib chiqamiz.

Birinchi tarmoqda 2 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarish uchun ikkinchi tarmoqning 0,5 miliard so'mlik mahsuloti sarflansin, ikkinchi tarmoqda 2 miliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarish uchun esa birinchi tarmoqning 0,6 miliard so'mlik mahsulotin sarflansin. Shu bilan birga birinchi tarmoq 4 miliard so'mlik, ikkinchi tarmoq esa 6 miliard so'mlik mahsulotni tashqi bozor uchun ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo'lsin. Bunday rejani bajarish uchun har bir tarmoq qanchadan mahsulot ishlab chiqarishini aniqlaymiz[3].

Berilgan ma'lumotlarga asosida mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasiga ko'ra manfiy bo'lmagan parametrlar quyidagicha:

= 4 000 000 000 so'm, b2 = 6 000 000 000 so'm hamda

a12 = 0,6; a21 = 0,5; a12 • a21 = 0,6 • 0,5 = 0,3 Ф 1 ekanligidan bizga ma'lumki yechim yagona. Ushbu aniqlangan parametrlarni (1) tenglamalar sistemasiga qo'yamiz. Natijada quyidagi ko'rinishdagi ikki tarmoqli ishlab chiqarish modelini tuzamiz:

x1 = 0,6x2 + 4 000 000 000 x2 = 0,5x1 + 6 000 000 000

Ushbu model parametrlari yechimning yagonalik shartlarini qanoatlantirganligi sababli yagona yechim quyidagicha bo'ladi:

4 000 000 000 + 0,6 • 6 000 000 000 x1 =---""-г—"""z-= 10 857 142 857,142,

1 1 - 0,6 • 0,5

6 000 000 000 + 0,5 • 4 000 000 000 x2 =-----—---= 11 428 571 428,571

2 1 - 0,6 • 0,5

Tahlildan ko'rinib turibdiki, birinchi tarmoq korxonasi 10 857 142 857,142 so'mlik mahsulot ishlab chiqarish, 4 000 000 000 so'mlik mahsulotni tashqi bozorga chiqaradi, 6 857 142 857,142 so'mlik mahsulotni ichki iste'molga sarflaydi. Ikkinchi tarmoq korxonasi 11 428 571 428,571 so'mlik mahsulot ishlab chiqarib, 6 000 000 000 so'mlik mahsulotni tashqi bozorga chiqaradi, 5 428 571 428,571 so'mlik mahsulotni esa iste'mol uchun sarflaydi [4].

Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, iqtisodiyotda ikki tarmoq o'z mahsulotlarini ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarish jarayonida o'zaro tovar ayrboshlash orqali munosabatda bo'lsa, bir tarmoq o'z mahsulotini ishlab chiqarish uchun ikkinchi tarmoqning mahsulotidan foydalanar ekan. Bunday ikki sektorli modellashtirish orqali har bir tarmoq qancha hajmda mahsulot ishlab chiqarsa ham ichki, ham tashqi bozor talabini qondira oladimi yoki yo'qmi degan savolga javob olish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son qarori.

2. Парная регрессия и корреляция. UNIVERSUM: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ, г. МОСКВА. 2021 год, Выпуск №5(86) Часть 1.

3. ИаЫЬиПауеу I. Екопошейка: Ба^Ик. - ТоБЪке^: ЧОТООВ-МОЫУЛ" 2020 уй. 236 Ь.

4. Применение метода наименьших квадратов для определения уравнений кривых спроса и предложения и состояния рыночного равновесия. БЕНЕФИЦИАР (журнал об экономических наук), г. КЕМЕРОВО. 2020, №82

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.