Научная статья на тему 'MAHALLALANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O`RNI'

MAHALLALANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O`RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
69
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vertikal tizim / ma’naviy muhit / uyushmagan yoshlar / yoshlarga oid davlat siyosati / “Bir mahallaga bir ziyoli ma’naviy homiy” / “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Raximov I.A.

Maqolada, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish doirasida, O‘zbekiston yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xuquq va erkinliklarini ta’minlash, mavzuga doir muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va xolis ifodalash zarurligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLALANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O`RNI»

Raximov I.A.

Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi o^qituvchisi MAHALLALANING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O RNI

Annotatsiya. Maqolada, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish doirasida, O'zbekiston yoshlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning xuquq va erkinliklarini ta'minlash, mavzuga doir muammolarni o 'z vaqtida aniqlash va xolis ifodalash zarurligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Vertikal tizim, ma'naviy muhit, uyushmagan yoshlar, yoshlarga oid davlat siyosati, "Bir mahallaga bir ziyoli ma'naviy homiy", "Uzluksiz ma 'naviy tarbiya konsepsiyasi".

Rakhimov I.A. teacher

Department of Social Sciences and Sports THE ROLE OF THE NEIGHBORHOOD IN YOUTH EDUCATION

Abstract. The article highlights the need to provide comprehensive support to the youth of Uzbekistan, ensure their rights and freedoms, identify problems related to the topic in a timely manner and express them objectively within the framework of improving the social and spiritual environment in the neighborhoods.

Key words: Vertical system, spiritual environment, unorganized youth, state policy regarding youth, "One intellectual spiritual patron for one neighborhood", "Concept of continuous spiritual education".

Kirish. Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan demokratik, erkin fuqarolik jamiyatiga asoslangan mahalla instituti, bugungi kunda milliy boshqaruv tizimi sifatida dunyo davlatlari tomonidan e'tirof etilmoqda. Uning huquqiy asosi 2023 yil 30- aprel sanasida bo'lib o'tgan referendum asosida qo' shimcha va o' zgartirihlar kiritilgan Konstitusiyamizning 127-moddasida to'la-to'kis belgilab qo'yildi: "Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular raisni saylaydi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o'ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Davlat fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida

ko'maklashadi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi" [1].

Yoshlar siyosatiga bolgan e'tiborning kuchayishi 2017 yildan boshlab o'zining yuqori cho'qqisiga chiqqanligini alohida takidlagan holda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga qarata "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so'zlagan nutqi, 2019-yilning mart oyida yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan Prezidentimizning beshta muhim tashabbusda ilgari surilgan masalalar, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagi" qonunlarda shuningdek, "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-92-sonli qarorlari keltirilgan vazifalar fikrimizga asos bo'lib xizmat qiladi.

Mustaqillik yillarida respublikamizda mahallaning yanada rivojlanishiga uning ravnaq topishiga gullab-yashnashiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Aynan mahallalarda shakllangan milliy va ma'naviy qadriyatlarni e'zozlash va izchil targ'ib qilish xalqimizning eng yaxshi udum va an'analarini keng ommalashtirish, yoshlarni milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalashda mahallaning rolini o'rganish, tadqiq qilish dolzarb mavzulardan hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" 19.01.2022 yildagi PQ-92-sonli qarorida; Mazkur qarorda to'rt asosiy maqsad nazarda tutiladi: yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish; ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish; yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish; ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini yanada oshirish [2]. Ushbu maqsadga erishish uchun O'zbekistonda yoshlar bilan ishlash tizimining eng muammoli nuqtasiga diqqat qaratilmoqda. Mahalla yigit va qizlarini qamrab olishning o'ziga xos mexanizmi vujudga keltirilyapti. Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimining joriy etilishini ana shunday baholash mumkin.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizi yoki 10 millioni 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni tashkil etadi [3]. Bundan ko'rinib turibdiki, aynan 30 yoshgacha yoshlar o'rtasida sog'lom ijtimoiy ma'naviy muhitni ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash zaruriyatdir. "Biz mutlaqo yangi tuzum va davlatning yangi modelini yaratamiz, bizga shu modelga hayot baxsh etadigan kishilar kerak... Biz hozirgi og'ir damlarni bartaraf eta oladigan yosh avlodga tayanamiz. Biz ular uchun barcha yo'llarni ochib beramiz, ularning ish harakatlari uchun to'la imkon beramiz" [4]."Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoniga muvofiq, har bir mahallada "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etiladi. Jamiyatda "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining to'laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko'maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o'rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xulosa va takliflar. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish lozimki, Mahalla - azal-azaldan xalqimiz uchun yaxshilik va tarbiya beshigi bo'lib kelgan. Shuningdek, u yerda yashayotgan barcha xalqlarni milliy urf-odat va qadriyatlari bilan ham o'zaro bog'lab turguvchi maskan hisoblanadi. Shuningdek, mahalla aholining har tomonlama ijtimoiy ham ma'naviy yelkadoshi bo'lib, qo'llab-quvvatlaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta'biri bilan aytganda, "Mahalla - jamiyatimizning yorug' yuzi va vijdoni ko'zgusi" [6], demak shuni anglash mumkinki, mahallalardagi sog'lom ma'naviy muhit ko'p jihatidan mahallaning vijdonidan dalolat beradi.

Shu o'rinda 2019-yil 3-mayda "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-sonli qaroriga ko'ra "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi"loyihasini tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya asosida oilada, shuningdek, ta'limning barcha bosqichlarida farzand tarbiyasining uzluksizligini ta'minlash tizimi ishlab chiqildi. Ya'ni bola tug'ilmasidan boshlab to 25 yoshgacha vaqt davomida uning ma'naviyatini, yoshiga mos ko'nikma va malakalar, kompetensiyalarining kutilayotgan aniq darajasini kafolatli ta'minlashning ilmiy asoslangan dasturiy-metodik ta'minotini tashkil etishdan iborat.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yilning 19-yanvarida o'tkazilgan yig'ilishdagi "Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir" ma'ruzasi ham mahalladagi qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga bee'tiborlik kabi holatlarga vaqtida barham berish, mahalla yoshlari o'rtasida huquqbuzarlikning erta oldini olish maqsadida joylardagi ta'lim muassasalaridan tarbiyasi og'ir bo'lgan o'quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan manzilli ishlarni olib borish, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan, mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, faxriy avlod vakillari ishtirokida "Avlodlar uchrashuvi" loyihasi, "Bir mahallaga bir ziyoli ma'naviy homiy", "Bir nuroniy - besh nafar yoshga murabbiy" tamoyillari asosida oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, ijodkor ziyolilar, ijtimoiy faol nuroniylarni jalb qilgan holda "mahallabay", "xonodanbay", "fuqarobay",ishlash tizimi yaratildi. Shuningdek, mahallada ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishga qaratilgan va ma'naviy sohada aniq mexanizmlarini yaratish zarur. Ushbu jarayonlar doirasida biz quyidagi takliflarni joriy qilish kerakligini nihoyatda muhim deb bildik.

1. Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda kitobni alohida o'rni bor,shuning uchun, aholi, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish yo'nalishida aholi va yoshlar o'rtasida kitob mutolaa qilishi hamda sevib o'qiydigan kitoblarini sosiologik so'rovnoma asosida o'rganib, har bir mahalla binosining ichida kutubxona tashkil etishni asosiy vazifa qilib belgilash

zarur. Shu bilan birga, aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqtirish usullarini amalda joriy qilish orqali aniq va manzilli ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiq.

2. Bugungi kunda oilaviy ajrimlarning soni ortib borayotganligini xisobga olgan holda, uni oldini olish yo'nalishida ajrashish arafasida turgan va ehtimoli yuqori bo'lgan oilalar bilan alohida ishlashni yo'lga qo'yish kerak. Bunda, bu kabi oilalarni uchun, psixologik treninglarni tashkil etish zarur. Mazkur yo'nalishda din sohasi vakillarini ham keng jalb etilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.

3. Ichki turizm sayohatini yanada rivojlantirish yo'nalishida mahalladagi uyushmagan yoshlaridan iborat aholi qatlamini yurtimizdagi tarixiy obida va ma'naviy meroslarimiz joylashgan hududlarga sayohatini tashkil etish zarur. O'z mahallasidan nariga chiqmagan uyushmagan yoshlar uchun turizm sayohatini tashkil etilsa, sezilarli darajada vatanparvarlik g'oyalari shakllanishiga ijobiy ta'sir qiladi.

4. O'z mahallasiga nisbatan mehr-muxabbat tuyg'ularini yanada kuchaytirish maqsadida mahallalar qoshida mahalla muzuyini tashkil etib, u yerda mahalla tarixi va maxallalar faxriga aylangan shaxslardan iborat eksponatlar joy olsa, yoshlar ongigida milliy o'zlik tuyg'usi yanada jonlanadi.

5. Mahallalarda milliy qadriyatlarni aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish yo'nalishida targ'ibotning eng ta'sirchan usullaridan keng foydalanish zarur. Har bir millat o'zining tili, urf odati, an'anasi, madaniyati, tarixi bilan millat hisoblanadi. Biz qanday yetuk, barkamol inson bo'lamizki, o'zimizning milliy urf-odatimizni bilmasak, unga rioya qilmasak, undan hayotimizda, bolalarimiz tarbiyasida foydalanmasak! O'zining milliy urf-odatini bilmagan kishini barkamol inson deb bo'lmaydi.

Adabiyotlar:

1. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Toshkent, "Adolat" milliy xuquqiy axborot markazi, 127-modda. 2023 -B. 95-96. https: //lex.uz/docs/6445145.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari" PQ-92-sonli 2022.01.19. https://lex.uz/docs/5831865

3. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Т: "Ozbekiston", 2017. -Б.14.

4. M.A.Karimov. Ozbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlikshartlari va taraqqiyot kafolatlari. -: "Ozbekiston", 1997. -B. 173174.

5. Мирзиёев Ш. Выступление на торжественном мероприятии, посвященном 26-летию принятия Конституции Республики Узбекистан,7 декабря 2018 года. Газета «Народная слова», 8 декабря 2018 г., №2 253 (7211).

6. Sh.M.Mirziyoyev Yangi Ozbekiston strategiyasi - Toshkent: "OZbekiston", 2021. -B. 115

7."O,zbekiston Respublikasi Prezidentining "Manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar тадбирлар to^risida" PQ-4307-2019-yil 3-may https://lex.uz/docs/4320700

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.