Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDA OLDINI OLISHDA MAHALLANING O‘RNI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING HUDUDIY JAMOAT XAVFSIZLIGI XIZMATLARIDA MAHALLABAY ISHLASH TIZIMINI TASHKIL ETISH YO’NALISHLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDA OLDINI OLISHDA MAHALLANING O‘RNI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING HUDUDIY JAMOAT XAVFSIZLIGI XIZMATLARIDA MAHALLABAY ISHLASH TIZIMINI TASHKIL ETISH YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
479
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
yo‘l-transport hodisasi / yo‘l-transport hodisasini oldini olish / jamoatchilik / mahalla / mahallabay ishlash / ko‘chalarning yoritilishi / ichki ishlar organlari / yo‘l patrul xizmati xodimlari / profilaktika inspektorlari.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xasan Ilxomovich Axmedov

Ushbu maqola bugungi kunda dolzarb hisoblanib, u mamlakatimizdagi sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining mahalla miqiyosida jamoatchilik bilan hamkorlikda oldini olish masalalariga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDA OLDINI OLISHDA MAHALLANING O‘RNI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING HUDUDIY JAMOAT XAVFSIZLIGI XIZMATLARIDA MAHALLABAY ISHLASH TIZIMINI TASHKIL ETISH YO’NALISHLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YO'L-TRANSPORT HODISALARINING JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDA OLDINI OLISHDA MAHALLANING O'RNI VA ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING HUDUDIY JAMOAT XAVFSIZLIGI XIZMATLARIDA MAHALLABAY ISHLASH TIZIMINI TASHKIL ETISH YO'NALISHLARI

Xasan Ilxomovich Axmedov

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo'l harakati havfsizligi boshqarmasi yo'l-patrul xizmati Maxsus otryad komandirining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari

ANNOTASIYA

Ushbu maqola bugungi kunda dolzarb hisoblanib, u mamlakatimizdagi sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalarining mahalla miqiyosida jamoatchilik bilan hamkorlikda oldini olish masalalariga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: yo'l-transport hodisasi, yo'l-transport hodisasini oldini olish, jamoatchilik, mahalla, mahallabay ishlash, ko'chalarning yoritilishi, ichki ishlar organlari, yo'l patrul xizmati xodimlari, profilaktika inspektorlari.

O'zbekistonda yil sayin transport vositalarining soni va yo'llarda harakatlanish jadalligi o'sib bormoqda. Bu esa o'z navbatida harakat xavfsizligini ta'minlash, yo'l-transport hodisalaring oldini olish, fuqarolarimiz hayoti va sog'ligi, mol-mulklarni himoya qilish yuzasidan samarali tadbirlarni amalga oshirish, sodir etilgan hodisalarning oqibatlarini kuchaytirib, bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozimligini taqazo etmoqda.

Ichki ishlar vazirligining 2021 yil uchun yo'l-transport hodisalari qurbonlari soni bo'yicha rasmiy ma'lumotlarida, O'zbekistonda 2426 kishi yo'l-transport hodisalari qurboni bo'lgan, bu kuniga o'rtacha 6 nafarni tashkil etadi. 1150 holatda haydovchilar piyodalar o'tish joyida odamlarni urib yuborgan. Yo'l-transport hodisalarini asosan hali 30 yoshga to'lmaganlar sodir etgan.

2021 yil davomida O'zbekistonda 10001 ta yo'l-transport hodisasi rasman qayd etilgan, 2426 kishi halok bo'lgan, 9230 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, eng ko'p baxtsiz hodisalar Farg'ona viloyatida -1469 ta, Toshkent viloyatida - 1336 ta va Samarqandda qayd etilgan - 1129 ta. Undan keyin Namangan viloyatida - 1082 ta, Toshkent shahrida - 1073 ta, Andijon viloyatida - 848 ta, Qashqadaryo viloyatida 552 ta, Qoraqalpog'iston - 506, Buxoro viloyati - 436, Surxondaryo viloyati - 376, Xorazm viloyati - 342, Navoiy viloyati - 329, Jizzax viloyati - 321 va Sirdaryo viloyatida kuzatilgan - 202 ta.

Yo'l-transport hodisalarining asosiy sabablari belgilangan tezlik me'yoriga rioya qilmaslik - 2010 ta (20,1 foiz), yo'llar nosozligi - 2009 ta (20,1 foiz), shuningdek, piyodalarning yo'llarni belgilanmagan joylardan kesib o'tishiga aloqador - 1380 ta (13,8 foiz).

YTHlarning salmoqli qismida piyodalar ishtirok etgan - 4698 nafar, shundan 1621 nafari bolalardir. Velosipedchilar ishtirokida - 1075 ta, mototsiklchilar ishtirokida 84 ta YTH ro'y bergan.

Yo'l-transport hodisalarining 2008 tasini 25 yoshgacha bo'lgan haydovchilar, 2057 tasini esa 30 yoshgacha bo'lgan haydovchilar sodir etgan.

Rivojlangan davlatlar bilan raqobatbardoshlik xususiyatini oshirib borishning ijtimoiy sharti — boshlang'ich bo'g'inlardagi og'riqli nuqtalarni aniqlash va uni bartaraf etishda jamoaviy yondashuvlarni tashkil etish hisoblanadi.

Keng jamoatchilik ishtirokida mahallalarda yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ularni bartaraf etish borasida ko'rilayotgan choralarni tanqidiy muhokama qilish bu turdagi hodisalarni oldini olishga xizmat qiladi.

Har qanday islohot fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa amaldagi harakatlar quyidan boshlanmog'i maqsadga muvofiqdir. Zero, Vatan oiladan, mahalladan boshlanadi, degan ibora bor. Shunday ekan, biz yashayotgan hudud o'zida yurtimiz aksini namoyon etadi. Masalaga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, keyingi yillarda nafaqat, mahallaga, balki, har bir xonadonga bo'lgan e'tibor hamyurtlarimizning ertangi kunga bo'lgan ishonchini mustahkamladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Buning natijasida uzoq yillardan buyon o'z yechimini kutib turgan muammolar ijobiy yechim topa boshladi. Masalaga yanada chuqurroq kirib borish, kamchiliklarning tub ildiziga bolta urish, aholi turmush darajasini yaxshilab, mamlakatda har sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligiga erishish uchun «mahallabay" ishlash tizimining joriy etilishi bu boradagi jarayonning yangi bosqichini boshlab berdi.

Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon bo'lishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan o'zgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy o'sishlar bilangina emas, balki aholining o'z hayotidan mamnunligi bilan o'lchash kabi mezonlar mavjud.

Ushbu tizim o'z navbatida, siyosiy chaqiruv ham hisoblanadi. Unga ko'ra ijtimoiy-iqtisodiy reformalar, ichki va tashqi resurslar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar, turli idora va tashkilotlarning «faoliyat yo'laklari" mahallalar kesimida tashkil etiladi.

Shuning natijasida ayni vaqtda yurtimizdagi barcha sohalar faoliyatida va kechayotgan o'zgarishlar mohiyatida mahallabay so'zining ahamiyati kundan kun ortib bormoqda. Respublikamizdagi barcha tashkilot va idoralarning mazkur amaliyot

natijasida joylarda tashkil etayotgan ish faoliyati aynan mahallalardagi o'zgarishlar va bu orqali mavjud muammolarning hal etilishiga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Darhaqiqat, mahalladagi mavjud muammolar va aholining kundalik masalalarini hal etish birgina mahalla tizimi xodimlari tomonidan bartaraf etish imkonsiz. Shu sababli bu jarayonda har bir soha mas'ullarining ishtiroki va aralashuvi muhim jihatdir. Joylarda olib borilayotgan mahallabay ishlash mexanizmining ham muhim asosini ana shu tamoyil — barcha soha vakillarining hamjihat bo'lib, hududlardagi masalalarni yechishga kompleks yondashishi tushuniladi.

Aytaylik, bugun odamlarning eng muhim muammosiga aylanib borayotgan gaz va issiqlik ta'minotini yaxshilash masalasini joylardagi mas'ul korxona va tashkilotlar ishtirokisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Shuningdek, suv, yo'l va boshqa muhim sohalarda sezilarli o'zgarish yasash uchun ham shu hududdagi aynan o'sha tizim xodimlarining doimiy ishtiroki muhim ahamiyatga egadir.

Mahallabay ishlash, bu — barcha soha mutasaddilarining bir musht bo'lib, mahallalardagi muammolar, aholi turmushidagi muhim masalalarni birgalikda hal etishning yangicha mexanizmidir.

Joylardagi muammolarni mahallabay aniqlash va bartaraf etish, xususan, hududlarda «Obod qishloq" va «Obod mahalla" dasturlari ijrosini ta'minlash maqsadida Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo'linmalari mas'ul xodimlaridan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan. Mazkur amaliyot natijasida joylardagi odamlarni qiynayotgan ko'plab ijtimoiy muammolar hal eti lmoqda.

Xususan, joriy yil davomida Ishchi guruhlar tomonidan yurtimizdagi murakkab vaziyatdagi mahallalarning ichki yo'llari, ichimlik suvi va elektr ta'minoti, irrigatsiya tarmog'ini yaxshilash bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda yoshi ulug' otaxonu mo''tabar onaxonlarimizni e'zozlash, hurmatini joyiga qo'yish, har bir ezgu ishni ularning duosi bilan boshlash xalqimizning uzoq asrlik urf-odati, milliy an'analari hamda yashash tarzining ajralmas qismiga aylangan, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Bu, eng avvalo, bizning keksalarga bo'lgan g'amxo'rlik va e'tiborimiz namunasi bo'lsa, ikkinchi tomondan yosh avlod uchun ulkan tarbiya va tajriba maktabi hamdir. Shu sababli mahallarda sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining yoshi ulug' avlod va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinishi hamda yosh avlod ongiga singdirilishi muhim ahamiyatga ega.

E'tiborlisi, so'nggi yillarda bu kabi ezgu an'analar yanada sayqal topib, mamlakatimizda keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, nuroniylarning turmush darajasini yaxshilash, salomatliklarini tiklash, bu borada qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash yo'lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrifi chog'ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida ayni vaqtda boy hayotiy tajribaga ega, o'z ortidan odamlarni ergashtira oladigan, mahallada ijtimoiy-ma'naviy

muhitni barqarorlashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olishda namuna bo'ladigan 140 ming 805 nafar nuroniylar ro'yxati shakllantirilib, mahallalardagi tarbiyasi og'ir, ishsiz yoshlarga, notinch va ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarga biriktirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yil Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy urf-odat va qadriyatlarimizni chuqur singdirish borasida o'rnak bo'lgan nuroniylar o'rtasida «Yoshlar murabbiysi" ko'rik tanlovi o'tkazish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 25 dekabr kungi Yoshlar forumidagi nutqida keltirib o'tilgan topshiriq doirasida yurtimizdagi barcha mahallalarda har shanba kuni «Ahil oila kuni" deb e'lon qilinib, mustaqil hayotga qadam qo'yish ostonasida turgan yigit-qizlar, yosh oilalar vakillari o'rtasida targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

Yo'l-transport hodisalari mahallalar hududidan o'tgan halqaro, davlat ahamiyatidagi hamda ichki yo'llarida sodir etilishini hisobga olib keng jamoatchilik hamda mas'ul korxonalar va tashkilotlar ishtirokida kompleks muhokama qilishi asosida zarur choralar ko'rilsagina bu turdagi ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish mumkin bo'ladi. Ayniqsa, ushbu yo'llarning qoniqarsiz yoritilishini, yo'l qoplamalaridagi nosozliklarni va yo'l infrastrukturasidagi boshqa kamchiliklarni bartaraf etilishi bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida mahalla hamda jamoatchilikni o'rni katta.

Yuzaga kelayotgan yo'l-transport hodisalarini kuzatish natijasida aksariyat yo'l-transport hodisalarining aksariyat qismi kunning qorong'u vaqtida sodir bo'layotganini ko'rishimiz mumkin. Avtomobillarning odam urib yuborishi va boshqa ulov bilan to'qnashishi hamda yo'l chetidagi to'siqlarga urilish hodisalari tahlil etilganda ularning katta qismi kech tushgan vaqtga to'g'ri kelishi aniqlandi. Toshkent shahar va viloyat markazlaridan tashqari, mahallalarda ko'chalarning yoritilishi qoniqarli darajada emas. Respublikamizdagi ko'chalari to'liq yoritilsa, kechasi sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalarining kamayishiga erishilgan bo'lardi.

Shuningdek, mavsumiy yog'ingarchiliklarda yaxshi yoritilmagan ko'chalarda transport vositalarining harakatlanish xavfsizligi yanayam kamayadi. Sababi, oddiy kunlarda avtomobil chirog'i 50 metr uzoqlikni yoritsa, yer nam bo'lgan holatda bu masofa 15-20 metrni tashkil etadi. Natijada yo'l-transport hodisalarining ko'payishiga zamin yaratiladi.

Vazirlar Mahkamasining "2020-2025 yillarda yirik shaharlarni rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qaroriga muvofiq O'zbekistonda ko'chalarni yoritishda "aqlli" chiroqlardan foydalanish yo'lga qo'yiladi. Ushbu qarorda ta'kidlanishicha, shaharlarda ko'chalarni yoritish tizimida energo-tejamkor, qo'yosh energiyasida quvvatlanadigan ekologik toza, aqlli ko'cha yoritish chiroqlaridan foylanish yo'lga qo'yiladi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil oktabr oyidagi ko'rsatmasi asosida 2022 yil yanvar oyidan respublikamiz hududlaridagi hududiy ichki ishlar organlarida yo'l-transport hodisalarining olishning mahallabay tizimini joriy etildi. Ushbu ko'rsatma bilan ichki ishlar organlarida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish hamda joylarda yo'l-transport hodisalarining oldinini olishning mahallabay tizimini joriy etish maqsadida yo'l-patrul xizmati inspektorlarining profilaktika inspektorlari bilan hamkorligi tizimli tashkil etildi. Hududiy ichki ishlar organlaridagi yo'l-patrul xizmati inspektorlari hududdagi yo'l-transport hodisalari, ularda vafot etgan va tan jarohati olganlarning salmog'i yuqori bo'lgan mahallalarga biriktirib chiqilib, ularga quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari belgilab berildi:

- hududdagi yo'l-transport hodisalarida vafot etgan va tan jarohati olganlarning salmog'i yuqori bo'lgan mahallalarga biriktirilgan yo'l-patrul xizmati va profilaktika inspektorlarining mahalla hududida harakat xavfsizligini ta'minlash, yo'l -transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi xizmat vazifalari ishlab chiqilib, yo'l-transport hodisalari har bir mahalla hududida tahlil etilib, sabablari aniqlangan holda ularni oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar belgilash;

- mahallalarga biriktirilgan yo'l harakati xavfsizligi xodimalari haftada kamida bir marotaba maxallalarda bo'lib, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda yo'l-transport hodisalari tahlili asosida ularni oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli ishlar amalga oshirilgan holda profilaktika inspektorlari bilan birga mahalla hududida harakat xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq barcha muammolarni tizimli ravishda o'rganib borib, ularni hal etish choralari ko'rib borish;

- bunda mahalla hududidagi maktabgacha ta'lim, maktab, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari, bozorlar va boshqa aholi gavjum bo'ladigan joylar, yo'llarning serqatnovligi, tirbandligi va shu kabi omillar inobatga olish;

- har bir mahallaga biriktirilgan yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimi hamda hudud profilaktika inspektorida yo'l-transport hodisalari tahlili aks ettirilgan mahalla xaritasi, mavjud yo'llar, aholi va transport vositalari soni, maktabgacha ta'lim, maktab, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalari, bozorlar, aholi gavjum bo'ladigan joylar to'g'risida yig'ma jildlar shakllantirilib, har bir xodimda bo'lishi ta'minlash;

- mahallaga biriktirilgan yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hudud profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda o'rnatilgan tartibda mahalla ichki yo'llari va ko'chalarni ko'rikdan o'tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga taqdimnoma va axborotnomalar kiritib borilib, uning amalda bajarilishini ushbu xodimlar tomonidan nazoratga olish;

- mahalla hududida sodir bo'lgan har bir yo'l-transport hodisasi chuqur tahlil etilib, mahalla va jamoatchilik ishtrokida muhokama etilgan holda targ'ibot va tashviqot ishlari kuchaytirish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi "Yo'l harakati xavfsizligi kunini o'tkazish va yo'l-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 701-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi ""Maxallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholini tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 152-son qarori.

3. Akhmedov Kh(2021). Improving the coverage of economic losses as a result of road accidents with the help of insurance money// Scientific progress. 2021 №6. 1259-1264 p. ISSN 2181-1601

4. www.lex.uz

5. www.iiv.uz

6. www.kun.uz

7. www.xs.uz

8. www.gazeta.uz

9. www.teznews.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.