Научная статья на тему 'ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI'

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1402
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ichki ishlar organlari / jamoat tartibi / jamoat xavfsizligini / fuqarolar ishtiroki / jamoat tartibini saqlash / jamoat xavfsizligini ta’minlash. / law enforcement / public order / public safety / citizen participation / maintenance of public order / ensuring public safety.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ibragimov, Sherzod Shokirovich

Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari hamda bu boradagi istiqbollar. “Jamoat tartibi”, “Jamoat xavfsizligi” tushunchalariga berilgan ta’riflarning ilmiy tahlili, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashda fuqarolar ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish. Maqolada jamoat tartibini saqlashda fuqarolar ishtirokining xorij tajribasi, bu boradagi zamonaviy ish usullari bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF IMPROVING PUBLIC ORDER AND SECURITY OF THE INTERNAL AFFAIRS

Ensuring public order and security of law enforcement agencies, ongoing reforms in the field of combating crime and their results, as well as prospects in this area. Scientific analysis of the definitions of "public order", "public security", improvement of the legal framework for the participation of citizens in ensuring public order and security, the formation of an active citizenship. The article presents the foreign experience of citizens' participation in the protection of public order, proposals and recommendations on modern methods of work in this area.

Текст научной работы на тему «ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI

Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta 'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari hamda bu boradagi istiqbollar. "Jamoat tartibi", "Jamoat xavfsizligi" tushunchalariga berilgan ta'riflarning ilmiy tahlili, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta 'minlashda fuqarolar ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish. Maqolada jamoat tartibini saqlashda fuqarolar ishtirokining xorij tajribasi, bu boradagi zamonaviy ish usullari bo 'yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ichki ishlar organlari, jamoat tartibi, jamoat xavfsizligini, fuqarolar ishtiroki, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash.

Обеспечение общественного порядка и безопасности правоохранительных органов, проводимые реформы в сфере борьбы с преступностью и их результаты, а также перспективы в этой сфере. Научный анализ дефиниций «общественный порядок», «общественная безопасность», совершенствование правовых основ участия граждан в обеспечении общественного порядка и безопасности, формирование активной гражданской позиции. В статье представлен зарубежный опыт участия граждан в охране общественного порядка, предложения и рекомендации по современным методам работы в этой сфере.

Ключевые слова: правоохранительная деятельность, общественный порядок, общественная безопасность, участие граждан, поддержание общественного порядка, обеспечение общественной безопасности.

Ensuring public order and security of law enforcement agencies, ongoing reforms in the field of combating crime and their results, as well as prospects in this area. Scientific analysis of the definitions of "public order", "public security", improvement of the legal framework for the participation of citizens in ensuring

Ibragimov Sherzod Shokirovich,

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Magistratura tinglovchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

public order and security, the formation of an active citizenship. The article presents the foreign experience of citizens' participation in the protection of public order, proposals and recommendations on modern methods of work in this area.

Keywords: law enforcement, public order, public safety, citizen participation, maintenance ofpublic order, ensuring public safety.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta'minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, jamoat xavfsizligini ta'minlash yo'nalishidagi ishlarni "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o'zaro maqsadli hamkorligi yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas'ul davlat tuzilmalariga o'z faoliyatini "Barcha sa'y-harakatlar inson qadri uchun" degan ustuvor g'oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda [2].

Ma'lumki, so'nggi yillarda ichki ishlar organlarining faoliyatini kompleks takomillashtirishga qaratilgan bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish bu boradagi tizimli ishlarning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xususan, jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasining yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo'g'inidan respublika darajasigacha samarali faoliyatini yo'lga qo'yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish orqali mamlakatimizda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son (2021 yil 26 mart) farmoni qabul qilindi.

Farmonga binoan ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmlari sifatida quyidagilar belgilandi:

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

birinchidan, ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilandi. Unga muvofiq, mahalla huquq-tartibot maskani hududdagi jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishning asosiy quyi bo'g'ini hisoblanib, uning negizida ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya va boshqa davlat organlarining muvofiqlashtirilgan faoliyatini hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash ishlarini tizimli tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi profilaktika inspektoriga yuklatildi;

ikkinchidan, Ichki ishlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish orqali ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohaviy xizmatlari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o'z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi;

uchinchidan, hududiy ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyati tuzilmalari va rahbar lavozimlarini maqbullashtirish orqali mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida, ayrim rahbarlik lavozimlarining tugatilishi hisobidan Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyatlar, tuman va shaharlar ichki ishlar organlari boshliqlarining o'rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i lavozimi joriy etildi va patrul-post hamda yo'l-patrul xizmati bo'linmalari faoliyatini, shuningdek, mahallalar va jamoat joylarida manzilli profilaktik tadbirlar o'tkazilishini muvofiqlashtirish, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan ishlash hamda ichki ishlar organlarining tungi xizmatini tashkil etish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu Farmon bilan ichki ishlar organlari tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Unga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi jamoat xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish belgilandi: O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash; patrul-post va yo'l-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya xizmatlari bo'linmalarining o'zaro hamkorlikda ishlashi bo'yicha yangi mexanizmlarni belgilash; Milliy gvardiya bo'linmalarining jamoat tartibini saqlash tizimidagi vakolatlari va shaxsiy javobgarligini belgilash; probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini kunlik nazorat qilishda profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etgan holda probatsiya bo'linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha o'rnatilayotgan yangi mexanizmlarning samarali amalga oshirilishini ta'minlashda ichki ishlar organlarining roli va mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son (2021 yil 2 aprel) qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi boshqaruv tizimi joriy etildi: birinchidan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta'minlash ushbu hududlardagi ichki ishlar va boshqa vakolatli organlarning mavjud kuch va vositalarini yagona "poytaxt mintaqasi" tamoyili asosida safarbar qilgan holda hamkorlikda amalga oshirilishi belgilandi; ikkinchidan, Toshkent shahridagi patrul-post xizmati batalonlari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining bevosita bo'ysunuvidan chiqarilib, to'g'ridan-to'g'ri tuman ichki ishlar organlari tarkibiga o'tkaziladi va ularning kunlik xizmati mahallalar kesimida yo'lga qo'yildi; uchinchidan, jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog'liq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatildi.

Yagona "poytaxt mintaqasi" tamoyili asosida ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining hamraisligida Jamoat xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Toshkent shahar va Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmalarining boshliqlari mazkur Kengash raisining o'rinbosarlari hisoblandi. Kengash yig'ilishlari har oyda kamida bir marotaba o'tkazilishi hamda unda poytaxt mintaqasida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish natijasida aniqlangan muammolarni o'zaro hamkorlikda hal etish bo'yicha manzilli choralar aniqlanishi belgilandi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazi tashkil etilib, unga quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilandi: birinchidan, poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qilish, jamoat xavfsizligini ta'minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining tegishli kuch va vositalarini boshqarish; ikkinchidan, jinoyatlar,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hodisalar va favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog'liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini markazlashgan holda muvofiqlashtirish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-27-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2022 - 2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi"da: jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tizimlashtirish hamda mavjud huquqiy bo'shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish; jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va probatsiya faoliyatini uyg'unlashtirish; jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni o'tkazishga jalb qilinadigan vazirlik va idoralar kuch va vositalarining birgalikdagi harakatlanish algoritmini ishlab chiqish va uni doimiy takomillashtirib borish; jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatiga zamonaviy shakl va ish usullarini hamda ilg'or axborot texnologiyalarini keng joriy etish; jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish orqali xizmat faoliyatida inson omilini minimallashtirish; profilaktik hisob, ma'muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish kabilar muhim vazifalar sifatida keltirilda [3].

Ushbu yo'nalishda tadqiqot olib borgan olimlarning fikricha, "jamoat xavfsizligining mohiyati va mazmunini ilmiy tahlil qilish, jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi munosabatlar yig'indisining huquqiy tartibga solinishini tavsiflash va bu pozisiyalardan kelib chiqib, uning maqsadini ob'ektiv baholash juda muhimdir, chunki ular pirovard natijada jamoat xavfsizligini ta'minlash sub'ektlari faoliyatini takomillashtirishga qaratiladi" [4, S.29] deb keltirilgan fikrga qo'shilgan holda aytish mumkinki, quyida tahlil qilinadigan masala - ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash sohasini takomillashtirish ham bevosita mazkur sohadagi sub'ektlari faoliyatini takomillashtirishga qaratiladi.

Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini o'rganar ekanmiz avvalo, "Jamoat tartibi" va "Jamoat xavfsizligi" tushunchalarning mazmun-mohiyatini tushunishni talab qiladi.

Tadqiqotlardan ko'rish mumkinki "Jamoat tartibi" tushunchasiga biron bir normativ-huquqiy hujjatlarda ta'rif keltirilmagan, bu esa o'z-o'zidan ushbu tushunchani turlicha talqin qilish va yondashishlarga olib keladi. Bu borada olib borilgan tadqiqot ishlarini tahlil qiladigan bo'lsak, mazkur tushunchani ta'riflash turlicha ko'rinishda bo'lsada, biroq ko'pchilik olimlar "jamoat tartibi - jamiyatda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquq-normalari va axloq qoidalari asosida o'rnatilgan tartib bo'lib, asosan jamoat joylarida yuzaga keladi va rivojlanib boradigan ijtimoiy munosabatlar" degan ta'rifga qo'shiladigan [5, B.83].

Jamoat xavfsizligi jamoat tartibidan farqli ravishda amaldagi qonunchilikda ta'rif keltirilgan ya'ni, jamoat xavfsizligi - jamiyatning qonunga xilof tajovuzlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa tahdidlardan himoyalanganlik holati bo'lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi hamda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro'yobga chiqarilishini ta'minlaydi [2].

Yuqoridagi ta'rifga muvofiq, jamoat xavfsizligiga bo'ladigan tahdidlarga har tomonlama va o'z vaqtida javob berishda jamoat xavfsizligini ta'minlash organlari tomonidan jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zaro hamkorligi muhim ahamiyat ahamiyat kasb etadi.

Nazarimizda fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi davlat boshqaruvida ishtirok etishni amalga oshirish usullaridan biridir. Tadqiqotlardan ko'rish mumkinki, davlat boshqaruvining bu xususiyati tadqiqotchilarni qiziqtirib kelmoqda. Shunday qilib, Ya.Ya. Kayl va S.V. Yepininalar jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtiroki mexanizmini Buyuk Britaniya, AQSh, Ispaniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda qo'llanilishini tahlil qiladilar.

Ularning fikricha, davlat boshqaruvi tizimi faoliyatida fuqarolarning ishtiroki qanchalik faol amalga oshirilsa, ya'ni fuqarolarning davlat ishlariga qanchalik keng jalb etilsa, siyosiy va iqtisodiy sohalar shunchalik muvaffaqiyatli rivojlanadi [6, C.33].

Aytish joizki, fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtiroki avvalom bor ushbu ishtirokning chora-tadbirlarini belgilash, ishtirok etish usullari va hokimiyat hamda aholi o'rtasidagi o'zaro hamkorlik shakllarini belgilash muhim hisoblanadi [7]. Jamoat tartibini saqlashda fuqarolar ishtirokining amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tartibga solinganligini tahlil qiladigan bo'lsak, bu borada ko'rish mumkinki, mazkur faoliyat turi qonun darajasida tartibga solinmagan.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi" nomli ma'ruzasida ta'kidlanganidek, "Ayni vaqtda qonunlarning to'liqligi, hayotiyligi va to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirish mexanizmlariga ega ekani haqida so'z yuritganda, bu borada hali ko'p ish qilishimiz kerakligini ta'kidlash zarur" [1]. Davlat rahbarining ushbu keltirilgan fikrlari tahlil qilinayotgan masalaga ham bevosita ta'lluqli hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Darhaqiqat, ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan birga hali o'z yechimini kutayotgan muhim masalalar ham mavjud.

Bundan tashqari Respublikada sodir etilgan jinoyatchilik darajasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, so'ngi (2021) yilda jamoat joylari va ko'chalarda sodir etilgan jinoyatlar o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshganligi [9], mazkur masalaga jiddiy e'tibor qaratishni taqozo etmoqda.

Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar hamda tahlillardan kelib chiqib, aytish mumkinki, fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtirokini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni taklif va tavsiya sifatida keltirish mumkin.

Birinchidan, ushbu o'ta mas'uliyatli va serqirra faoliyatni tartibga solish, faoliyatga oid huquqiy maydondagi bo'shliq, noaniqlik va ziddiyatlarni bartaraf etish, shuningdek alohida qonun doirasidagi asosiy qoidalarni yagona tizimga solishni ta'minlash maqsadida "Jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtiroki to'g'risida"gi qonunining qabul qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu qonun loyihasida quyidagi munosabatlarni tartibga solish taklif etiladi. Xususan, -qonunda "jamoat tartibi", "jamoat xavfsizligi", "fuqarolar shaxsiy xavfsizligi", "jamoat tartibini saqlash", "fuqarolar ishtiroki", "kundalik sharoitlarda, ommaviy tadbirlar sharoitida, favqulodda vaziyatlar sharoitida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash" kabi asosiy tushunchalariga ta'rif berish; - jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash; - jamoat tartibini saqlashda ishtirok etuvchi fuqarolarni, shuningdek ularning oila a'zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish tizimini belgilash.

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash va unda fuqarolarning ishtiroki to'g'risidagi munosabatlarni qonun doirasida tartibga solinishi yuzasidan Belarus, Ukraina, Rossiya va Isroil davlatlari qonunchiligi o'rganilganda, ushbu davlatlarning qonunchilik tizimida mazkur munosabatlar qonun doirasida tartibga solinganligini ko'rish mumkin[8, B.40].

Ikkinchidan, tahlil va hisobotlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda ko'cha va jamoat joyida sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismi kafe-bar, tungi klublar va restoranlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, "Faol fuqaro" deb nomlangan mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiq. Xususan unga ko'ra, hududdagi har bir ko'ngilochar ob'ekt (kafe,bar...) rahbari, yuridik shaxs maqomidan foydalanib, o'z buyrug'iga asosan ishchi xodimlari orasidan bir nafarini ob'ekt hududida jamoat tartibini saqlashga mas'ul sifatida biriktiradi. Ushbu mas'ul shaxs - "Faol fuqaro"ning asosiy vazifasi hududda biriktirilgan jamoat xavfsizligini ta'minlashga javobgar organlar bilan doimiy aloqada bo'lib, ob'ekt hududida sodir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etilgan har qanday noqonuniy harakatlar hamda uni sodir etish sabab va sharoitlarini bartaraf etish bo'yicha murojaat qilish hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini takomillashtirish doirasida jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtiroki mexanizmini joriy etilishi, ko'ngilochar ob'ektlarda sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jabrlanganlarga tezda yordam ko'rsatish, fuqarolarning qonuni huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi (Speech by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Solemn Ceremony Dedicated to the 24th Anniversary of the Adoption of the Constitution of the Republic of Uzbekistan) // Xalq so'zi.- 2016. - 8

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (2021 yil 29 noyabr) farmoni (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On approval of the Concept of Public Security of the Republic of Uzbekistan and measures for its implementation" (November 29, 2021)) // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021 y., 06/21/27/1116-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "2022 - 2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi" (Approved by the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated November 29, 2021 "Strategy for the development of public safety in the Republic of Uzbekistan in 2022-2025") // https://www.lex.uz/docs/5749291.

4. Степанов А.В. Общественная безопасность: теоретико-правовой анализ // Вестник АНО ВПО «Прикамский социальный 30 институт» - №1(69) - 2015. С. (29-37) (Stepanov A.V. Public safety: theoretical and legal analysis // Bulletin of the ANO VPO "Prikamsk Social Institute" - No. 1 (69) - 2015. P. (29-37).).

5. Sharipov Sanjar Sobirovich. SCIENTIFIC ANALYSIS OF FOREIGN EXPERIENCE IN THE MANAGEMENT OF PATROL-POST SERVICES IN

XULOSA

dek.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

PUBLIC ORDER AND SECURITY SYSTEMS. Journal of Law Research. 2021, 6 vol., issue 5, pp. 81-88.

6. Кайль Я.Я. Партисипация как важный фактор повышения эффективности и результативности публичного управления субъектом Российской Федерации / Я.Я. Кайль, В.С. Епинина // Региональная экономика: теория и практика. 2013. № 16. С. 30-38 (Kyle Y.Y. Participation as an important factor in improving the efficiency and effectiveness of public administration in a constituent entity of the Russian Federation / Y.Y. Keil, V.S. Yepinina // Regional Economics: Theory and Practice. 2013. No. 16. S. 30-38.).

7. Воронина Л.И., Патюков А.В. Участие граждан в охране общественного порядка: сравнительный анализ российского и зарубежного опыта (Voronina L.I., Patyukov A.V. Participation of citizens in the protection of public order: a comparative analysis of Russian and foreign experience) // https://elar.urfu.ru/bitstream/ 10995/77051/1/978-5-7996-2729-4_1_14.pdf.

8. Шарипов С.С. Ички ишлар органлари патруль-пост хизмати фаолиятини такомиллаштириш // Узбекистон Республикаси ИИВ Академиясининг ахборотномаси. - 2017. - № 3. - Б. 37-40 (Sharipov S.S. Improving the activities of the patrol and post service of law enforcement agencies // Bulletin of the Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. - 2017. - № 3. - P. 3740).

9. Узбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг маълумотномаси (Reference of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.