Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA OMMAVIY TADBIRLARNI O'TKAZISH VAQTIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O'ZBEKISTONDA OMMAVIY TADBIRLARNI O'TKAZISH VAQTIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

1560
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ommaviy tadbirlar / anjumanlar / konferensiyalar / s'yezdlar va boshqalar) / madaniy-ommaviy va ko‗ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy / adabiy va boshqa festivallar / konsert / teatr / sport / reklama tadbirlari / xalq sayillari / sirk / milliy namoyishlar va o‗yinlar / ko‗rik-tanlovlar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Sanjar Sadullayevich Atybayev

Ushbu maqolada O'zbekistonda ommaviy tadbirlarni o'tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari ommaviy tadbirni o`tkazish ob‘ektining ma‘muriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-tadbirlari holatini o`rganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi kabi fikrlar yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA OMMAVIY TADBIRLARNI O'TKAZISH VAQTIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'ZBEKISTONDA OMMAVIY TADBIRLARNI O'TKAZISH VAQTIDA JAMOAT TARTIBINI SAQLASH VA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sanjar Sadullayevich Atybayev

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda ommaviy tadbirlarni o'tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari ommaviy tadbirni o'tkazish ob'ektining ma'muriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-tadbirlari holatini o'rganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi kabi fikrlar yoritiladi.

Kalit so'zlar: Ommaviy tadbirlar,anjumanlar, konferensiyalar, s'yezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va ko'ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va o'yinlar, ko'rik-tanlovlar.

KIRISH

Ommaviy tadbirni o'tkazishda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda, komissiya tomonidan yangi yuzaga kelgan holatlarni hisobga olgan holda, ob'ektning ruxsat berilgan ommaviy tadbirni o'tkazishga tayyorligini va ommaviy tadbirni o'tkazish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o'tkazish ob'ektining ma'muriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-tadbirlari holatini o'rganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan «O'zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni o'tkazish to'g'risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo'yildi. Ushbu qonun maqsadi O'zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Hujjatda ommaviy tadbir tushunchasiga ta'rif berilgan - 100 va undan ko'p kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, s'yezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

215

ko'ngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va o'yinlar, ko'rik-tanlovlar va boshqalar), shuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini o'tkazish maqsadida ommaviy tadbirni o'tkazish obektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari. Mavzuning maqsadlari va vazifalari: Ommaviy tadbirlar ikki toifaga ajratilgan:

- 200 va undan ko'p kishilar ishtirokida Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida o'tkaziladigan ommaviy tadbir;

- birinchi toifaga kirmaydigan ommaviy tadbir;

Ommaviy tadbirlar ijtimoiy-siyosiy, madaniy, sport va boshqa turda bo'ladi. Ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishga maxsus komissiya (ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish vakolatiga ega bo'lgan shaxslar guruhi) ruxsat berishi kerak bo'ladi.

Qonunning 7-moddasida ommaviy tadbirlarni o'tkazishning umumiy shartlari belgilangan.

• ommaviy tadbirning ishtirokchisi tomonidan ommaviy tadbirni tayyorlash va o'tkazishni tartibga soluvchi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari normalari talablariga majburiy rioya qilinishi;

• ommaviy tadbir ishtirokchisining ushbu Qonunda belgilangan talablarga javob berishi;

• ommaviy tadbirning ushbu Qonun talablariga javob beradigan ommaviy tadbirni o'tkazish obektida o'tkazilishini ta'minlash;

• ommaviy tadbirlar ochiq maydonlarda o'tkazilgan xollarda hududning xususiyatidan kelib chiqqan xolda tashrif buyuruvchilar sonini oldindan belgilash;

• ommaviy tadbir o'tkazilishining joyi va vaqti bo'yicha boshqa ommaviy tadbir bilan to'g'ri kelib qolmasligi;

• jamoat transportining mavjudligi yoki ommaviy tadbir tugagandan keyin ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tadbir ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlarini ta'minlash;

• ommaviy tadbirning ruxsatnoma shartlariga va ommaviy tadbir dasturiga muvofiq o'tkazilishi;

• agar ommaviy tadbirning o'tkazilishi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish va (yoki) ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat

olinishini talab qiluvchi harakatlarni bajarish bilan bog'liq bo'lsa,

faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish va (yoki) harakatlarni

February, 2022

bajarish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat)ning mavjudligi.

Tadbir o'tkazishga ruxsatnoma olish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi ommaviy tadbirni o'tkazish mo'ljallangan sanadan oldin 30 ish kunidan kechiktirmay tegishli hujjatlarni ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish komissiyalariga taqdim etadi.

Bir qator ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur bo'yicha aynan bitta ommaviy tadbirni o'tkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan o'tkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari,ssirk tomoshalari va shu kabilar) ommaviy tadbir ishtirokchisining arizasiga ko'ra vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarning umumiy sonini ko'rsatgan holda, bir yilgacha amal qilish muddati bilan, bir qator ommaviy tadbirlarni o'tkazish uchun yagona ruxsatnoma berilishi mumkin. O'zbekiston hududida «Navro'z», «Mustaqillik» va «Yangi yil» umumxalq bayramlarini o'tkazish bo'yicha prezident, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq tashkil qilinadigan ommaviy tadbirlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari asosida o'tkaziladi.

Jamoat xavfsizligi - jamoat xavfsizligi obektlarining ularga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan xavf va tahdidlardan himoyalanganlik holati;

Jamoat xavfsizligi obekti - jamoat joylarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, shaxsiy xavfsizligi va mulklarining himoyasini ta'minlash;

Jamoat xavfsizligini ta'minlash - davlat tomonidan jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan siyosiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, axborot, huquqiy va boshqa tadbirlar tizimini amalga oshirish;

Jamoat tartibi - fuqarolarning jamoat joylarida birga bo'lganda, odob-axloq, an'ana va urf-odatlar normalariga asoslangan holda, jamoat hayotining muayyan tarzini belgilab beradigan huquqiy normalar va qoidalar majmuasi. Jamoat joyiga berilgan ta'rif esa bizni eng qiziqtirgan va uzoq kuttirgan ta'rif ekanligi shubhasiz. Chunki, uzoq yillar davomida ushbu tushunchaga birorta qonunimizda ta'rif berilmagan edi. Loyihada mazkur tushunchaga quyidagicha ta'rif berilgan:

Jamoat joyi - to'sqinliksiz tashrif buyurish (bo'lish) mumkin bo'lgan yoxud fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan yerlar, binolar, imoratlar, inshootlar, ularning qismlari, shuningdek, transport kommunikatsiyalari.

XULOSA

Ushbu maqolada xulosa qilib so'ngi so'zimni davlatimiz

rahbarining so'zi bilan yakunlamoqchiman ya'ni butun dunyoda

February, 2022

mamlakat ichida tartib-intizom va jamoat xavfsizligini ta'minlash bilan armiya emas, Mudofaa vazirligi emas, balki alohida tuzilmalar shug'ullanadi. Ma'lumki, bugungi kunda biz "Xavfsiz shahar - xavfsiz mamlakat" konsepsiyasi asosida yurtimizda jamoat tartibini ta'minlashga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Shu munosabat bilan mana shu yangi tuzilma, ya'ni, Milliy gvardiya tashkil etildi, — dedi Prezident. — Endi bundan buyon har bir shahar va viloyatda xavfsiz hudud loyihasini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun Ichki ishlar vazirligi bilan birga Milliy gvardiya mas'ul va javobgar etib belgilanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Demak har birimiz jamoat xavfsizligiga masulmiz.

REFERENCES

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son 1-ilova

2. Ijtimoiy masalalar bo'limidan jamoat xavfsizligi vazirligiga qadar, Xuezhi Guo-da: Xitoyning xavfsizlik holati: falsafa, evolyutsiya va siyosat, 2012 yil, Kembrij universiteti matbuoti

3.Razvedka boshqarmasi, Markaziy razvedka boshqarmasi (1971 yil dekabr). "Razvedka hisoboti: Xitoy Kommunistik partiyasining xalqaro aloqalar bo'limi" (PDF). Arxivlandi asl nusxasi (PDF) 2012 yil 31 mayda. Olingan 17 iyun, 2019.

4. Vang Zhongfang, "Gonganbu shi zemyang chenglide", Zhu Chunlin (tahr.) Lishi shunjian (Pekin: Qunzhong chubanshe, 1999), j. 1, 3-16 betlar.

5. (xitoy tilida). Arxivlandi asl nusxasidan 2020 yil 27 avgustda. Olingan 26 avgust, 2020.

6."Arxivlangan nusxa". Arxivlandi asl nusxasi 2012 yil 8 dekabrda. Olingan 12 sentyabr, 2011.

7. Shoenhals, Maykl (2013 yil 18-fevral). Xalq uchun josuslik: Maoning maxfiy agentlari, 1949-1967. Kembrij universiteti matbuoti. 105-6 betlar. ISBN 9781139619714.

8.Yonoq, Timo'tiy (2010 yil 23-avgust). Maoga tanqidiy kirish. Kembrij universiteti matbuoti. p. 116. ISBN 9781139789042.

9.Shoenhals, Maykl (2013 yil 18-fevral). Xalq uchun josuslik: Maoning maxfiy agentlari, 1949-1967. Kembrij universiteti matbuoti. 31, 42, 106

betlar. ISBN 9781139619714.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.