Научная статья на тему 'ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETILISHI BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR'

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETILISHI BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
516
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / axborot texnologiyasi / fuqarolik huquqi / erkinlik / tizimlashtirilgan siyosat. / innovation / information technology / civil rights / freedom / structured policy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ismatov, Bahodir Abdurahmonovich

Mazkur tadqiqot jarayonida yurtimizda olib borilayotgan islohatlarning samarasi tadqiq qilib o’tildi. Jumladan, ichki ishlar organlarida axborot texnologiyalarni joriy etilishi borasida olib borilayotgan ishlar buning yorqin misolidir. So‘ngi vaqtda mamlakatimizda barcha sohalarga axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORK ON THE INTRODUCTION OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN INTERNAL AFFAIRS

In the course of this research, the effectiveness of the reforms being carried out in our country was studied. In particular, the work on the introduction of information technology in law enforcement agencies is a vivid example of this. Recently, the country has been taking comprehensive measures to introduce information and telecommunications technologies in all areas.

Текст научной работы на тему «ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETILISHI BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETILISHI BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

Ismatov Bahodir Abdurahmonovich

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy Departamenti muhim topshiriqlar bo'yicha inspektori, mayor

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot jarayonida yurtimizda olib borilayotgan islohatlarning samarasi tadqiq qilib o 'tildi. Jumladan, ichki ishlar organlarida axborot texnologiyalarni joriy etilishi borasida olib borilayotgan ishlar buning yorqin misolidir. So 'ngi vaqtda mamlakatimizda barcha sohalarga axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kalit so'zlar: innovatsiya, axborot texnologiyasi, fuqarolik huquqi, erkinlik, tizimlashtirilgan siyosat.

ABSTRACT

In the course of this research, the effectiveness of the reforms being carried out in our country was studied. In particular, the work on the introduction of information technology in law enforcement agencies is a vivid example of this. Recently, the country has been taking comprehensive measures to introduce information and telecommunications technologies in all areas.

Keywords: innovation, information technology, civil rights, freedom, structured policy.

АННОТАЦИЯ

В ходе исследования изучалась эффективность проводимых в нашей стране реформ. В частности, работа по внедрению информационных технологий в правоохранительных органах - яркий тому пример. В последнее время в стране принимаются комплексные меры по внедрению информационных и телекоммуникационных технологий во всех сферах.

Ключевые слова: инновации, информационные технологии, гражданские права, свобода, структурированная политика.

KIRISH

Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarga axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini keng yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan bosh maqsad - fuqarolarga davlat xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlarni yaratish, davlat organlari va idoralarida ortiqcha

15

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

qog'ozbozlik va byurokratiyani kamaytirishdir. Bu borada, ichki ishlar organlari tizimida fuqarolarning haq-huquqlarini ta'minlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga davlat xizmatlarini ko'rsatish sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda.

Eng asosiysi, tizimda bir qator inovatsion yondashuvlar va ilm-fan yutuqlariga tayangan yangi ish uslublarini tatbiq etish, "inson omilini" kamaytirish, raqamlashtirish orqali zamonaviy yaxlit ish metodikasi yaratilmoqda.

Xususan, xizmat faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ichki ishlar organlari 70 foiz yagona lokal tarmoq bilan qamrab olinib, 60 foizi raqamlashtirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan kundalik faoliyatga 16 ta idoraviy axborot tizimlari joriy etilgan. Ularning 7 tasi fuqarolikni rasmiylashtirish va pasport-viza sohasidagi xizmatlarni ko'rsatish, 4 tasi yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, 5 tasi tezkor va kriminalistik ma'lumotlarning elektron bazalaridir.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida

1. "Pasport-viza"

2. "Manzil" - doimiy va vaqtinchalik ro'yxatga olish tizimi;

3. "E-mehmon" - turistlarni ro'yxatga olish tizimi;

4. "Shaxsni tasdiqlash";

5. "Sertifikat" - chet elda bo'lgan vaqtda fuqarolik pasportini yo'qotgan shaxslarga berilgan sertifîkatlarning saqlash tizimi (Reestr raqami - 0200082, 02.04.2008y.);

6. "Bio-pasport" lug'ati;

7. "Bio-pasport" - Biometrik pasportlarni rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi;

Yo'l harakati xavfsizligi sohasida

8. "Texosmotr" - Avtomototransport vositalarining texnik ko'riklarini avtomatlashtirilgan tizimi;

9. "Ma'muriy amaliyot";

10. "Avtomototransport vositalari hisobini yuritish";

11. "Haydovchilik guvohnomalari hisobini yuritish" (Reestr raqami - 0200083, 02.04.2008y.).

Tezkor ma'lumotlar boshqarmasining

12. "ABD-UZBEKISTAN" - ichki ishlar organlarida tezkor, kriminalistik

ma'lumotlarning markazlashtirilgan tizimi (Reestr raqami - 0200079, 02.04.2008y.);

16

Scientific Journal Impact Factor

13. "Tezkor ma'lumotlar kartotekasi" - jinoyatlar, qidiruv, sud-tibbiyot, arxiv va boshqa ma'lumotlar tizimi;

14. "Ma'muriy huquqbuzarliklarni qayd etish";

Ekspert-kriminalistika bosh markazining

15. "Multibiometrik ma'lumotlari orqali shaxsni aniqlash" "ASIL-M" - (Reestr raqami - 0200080, 02.04.2008y.);

16. "Avtomatlashtirilgan daktiloskopik tizimi" "ADIS" (Reestr raqami -0200081, 02.04.2008y.);

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 iyundagi 444-son qarori talablari asosida Davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari Yagona reestrdan o'tkazilishi belgilangan. Mazkur tizimlardan foydalanib, 16 mlndan ziyod ma'lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari hamda fuqarolarga taqdim etildi. Bugungi kunda, Vazirlik tizimidagi 206 ta tuman-shahar ichki ishlar organlari, 314 ta ichki ishlar bo'linmalari (GOM) va 5 801 ta tayanch punktlarining jami 96 foizi optik tolali aloqa liniyalari, 89 foizi esa zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlandi. Buning natijasida ichki ishlar organlarida kelayotgan hujjatlarning 63 foizi (37 601 tadan 23 652 ta) elektron shaklda qabul qilinib, xizmatda foydalanildi. Qolgan 13 449 ta (37 %) hujjatlar qog'oz ko'rinishida qabul qilindi. 2019 yilning 12 oyida kelib tushgan 54 528 ta hujjatlarning 25 339 tasi (46 %) qog'oz ko'rinishida, 29 189 tasi (54 %) elektron ko'rinishda qabul qilindi. O'z navbatida, Vazirlikda faoliyat ochiqligini ta'minlash maqsadida zamonaviy kommunikatsiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Bu maqsadda tizimda 21 ta veb-saytlar va ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarda 47 ta rasmiy sahifalar yuritilishi yo'lga qo'yildi. Ichki ishlar vazirligining veb-sayti - iiv.uz, telegram (iivuz), yu-tub (Ichkiishlarvazirligi), feysbuk (iiv.uz) va instagramm (iiv.uz) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, TAS-IKS media xostingida alohida videokanal (mvduz);

IIV Tergov departamentining veb-sayti tergov.uz, telegram (tergov_uz), feysbuk (tergov.uz), instagramm (tergov.uz) va yu-tub (UC7B);

IIV Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining veb-sayti yhxbb.uz, telegram (yhxbb_uz), feysbuk (yhxbb.uz), instagramm (yhxbb.uz) va yu-tub (YHXBB_UZ);

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining veb-sayti gumiog.uz, telegram (MIGRASIYA), feysbuk (mvafrbb) va instagramm (iivmfrbb);

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining veb-sayti hpbb.uz, telegram (iiv_hpbb_uz);

IIV Akademiyasining veb-sayti akadmvd.uz

Scientific Journal Impact Factor

IIV "Postda" gazetasining veb-sayti postda.uz, telegram (postdarasmiy) faoliyat yuritadi.

Odam savdosiga qarshi kurashish kichik komissiyasining veb-sayti ht.gov.uz

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va viloyatlar IIBB-IIBlarning 14 ta veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi 31 ta sahifalar faoliyat yuritmoqda. Ular orqali har kuni faoliyatga oid ochiq ma'lumotlar, xabar va yangiliklar joylashtirilib, 1 mln 204 ming 392 nafar foydalanuvchilarning e'tiboriga havola etilmoqda. Veb-saytlardan ma'lumot yuklaganlar - 901 993 nafar, telegram kanallarning a'zolari - 178 806 nafar, facebook- 67 927 nafar, instagramm - 45 710 nafar, youtube - 9 956 nafar.

Shu bilan birga, Hukumatning "Ochiq ma'lumotlar portali"ga 14 turdagi ma'lumotlar joylashtirilib, bugunga qadar fuqarolar ulardan 12 181 marotaba foydalandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligida joriy etilgan "Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimi" orqali barcha tuman-shahar ichki ishlar organlarida aniqlangan qoidabuzarliklar bo'yicha belgilangan jarima to'lovlarini "Billing" tizimi orqali onlayn to'lash imkoniyati yaratildi (2019 yilning 1 iyundan boshlab yo'lga qo'yildi).

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi "Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 645-sonli qaror bilan ichki ishlar organlarining faoliyatiga raqamli va axborot texnologiyalarni faol joriy etish, aholiga elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish hamda byurokratik to'siq va g'ovlarga yo'l qo'ymaslik choralari ko'riladi. Ichki ishlar organlarini 2023 yilga qadar 80 foizini elektron shaklga o'tkazish vazifasi belgilandi. Mazkur qaror bilan ichki ishlar organlari tergov bo'linmalariga zarur texnikalar harid qilish, maxsus tergov xonalari tashkil etish, jinoyat ishlari bo'yicha protsessual harakatlar yozib olingan videomateriallarni saqlash imkonini beruvchi elektron arxivlar yaratish hamda "E-Tergov" maxsus dasturini joriy etish vazifalari yuklatildi. Ushbu qaror bilan tergov bo'linmalarida protsessual harakatlarda qog'ozbozlikdan voz kechib, elektron shaklga o'tkazishda "elektron jinoyat ishi", yoxud "elektron dalil yoxud raqamli dalil"lar kabi tushunchalar yuzaga kelishi hamda uning rasmiylashtirishda aniq mezon va tartib taomillari belgilanadi. Bu bilan tergov bo'linmalarini ochiq va shaffofligini ta'minlashda o'z hissasini qo'shadi. Shu bilan birga, fosh etilmagan jinoyatlarni tezkorlik bilan ochishni, tergov bo'linmalariga aniq ma'lumot hamda dalil taqdim etishda shaxsning genomiga oid ma'lumotlar avtomatlashtiriladi.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Xususan, ichki ishlar organlarida Odam DNKsining sud biologik ekspertiza tadqiqotlar o'tkazilishi yo'lga qo'yiladi.

Mamlakatimiz aholisining tinch-osuda hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ta'minlash va shu asnoda eng muhimi, suverenitetimiz, hududimiz mustahkamligini ta'minlash dolzarb harbiy strategik masalarlardan hisoblanadi. Jamiyatdagi integratsiyalashuv jarayonining faollashuvi axborotlashgan tizimning shakllanishi nuqtai nazaridan tahlil qilinsa, uning asosida aniq bir siyosatning g'oyalari ifodalanganini anglash mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T: O'zbekiston, 2018.

2. Mnp3HëeB M.M.-'XanKUMH3HUHr po3HnurH 6u3HHHr ^aonuaraMrora 6epunraH энг ohhh 6axogup. - T: «Y36eKHCT0H» HMHY, 2018. 143-144 6.

3. Y36eKHCTOH Pecny6nuKacHHHHr 2010 hhh 2 uroHgaru "Cyg экспеpтнзaсн TyrpHCHga"rH K^HyHH. // https://lex.uz/docs/1633102

4. Y36eKHCTOH Pecny6nuKacHHHHr ^HHoar-npo^ccyan KogeKCH. https://lex.uz/docs/111460 .

5. Cyg^KcnepraHK ^aonuaraHH aHaga TaKOMunnamrapum Hopa-Tag6HpnapH Tyrpucuga. nK-4125-coH Kapopu. https://lex.uz/docs/4172023

6. MaMamKyxoe T. E., 3aKypmee ea 6OM% A. K. Y36eKHCTOH Pecny6nuKacHHHHr «Cyg экспеpтнзaсн TyrpHCHga»rH KOHyHHra mapx,. - T.: Y36eKHCTOH Pecny6nHKacH HHB AxageMuacu, 2017. - 176 6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.