Научная статья на тему 'HAYDOVCHILARNI TAYYORLASHDA RAQAMLI O‘ZBEKISTON 2030 DASTURINI JORIY ETISH'

HAYDOVCHILARNI TAYYORLASHDA RAQAMLI O‘ZBEKISTON 2030 DASTURINI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
313
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsiya / Haydovchi / texnologiya / Yo‘l harakati xavfsizlik. / Innovation / Driver / Technology / Traffic Safety

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Jo‘rayev, Yashnarjon Rovshan O‘g‘li, Abdusamatov, Erkinjon Xalim O‘g‘li, Tursunov, Nodir Hamroyevich

Mualliflar maqolada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda haydovchi malakasining o‘rni va haydovchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish, ishlab chiqilgan usullarni baholashga ahamiyat qaratishgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL IN DRIVER TRAINING UZBEKISTAN 2030 PROGRAM INTRODUCTION

The authors of the article focused on the role of driver skills in road safety and the development of innovative methods of training and retraining of drivers, the evaluation of the developed methods

Текст научной работы на тему «HAYDOVCHILARNI TAYYORLASHDA RAQAMLI O‘ZBEKISTON 2030 DASTURINI JORIY ETISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

HAYDOVCHILARNI TAYYORLASHDA RAQAMLI O'ZBEKISTON - 2030 DASTURINI JORIY ETISH

Jo'rayev Yashnarjon Rovshan o'g'li Abdusamatov Erkinjon Xalim o'g'li Tursunov Nodir Hamroyevich

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Mualliflar maqolada yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda haydovchi malakasining o 'rni va haydovchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish, ishlab chiqilgan usullarni baholashga ahamiyat qaratishgan.

Kalit so'zlar: Innovatsiya, Haydovchi, texnologiya, Yo'l harakati xavfsizlik.

АННОТАЦИЯ

Авторы статьи сосредоточили внимание на роли навыков водителя в обеспечении безопасности дорожного движения и разработке инновационных методов обучения и переподготовки водителей, оценке разработанных методик.

Ключевые слова: инновации, водитель, технологии, безопасность дорожного движения.

ABSTRACT

The authors of the article focused on the role of driver skills in road safety and the development of innovative methods of training and retraining of drivers, the evaluation of the developed methods.

Keywords: Innovation, Driver, Technology, Traffic Safety.

KIRISH

Innovatsiyalar - bu qandaydir tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va mukammallashtirishgina emasdir. Innovatsiyalar ijtimoiy ham bo'lishi mumkin: amaliyot davomida amalga oshirilgan va kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokiga o'z hissasini qo'shuvchi yechimlar odatda moddiy boylik va salomatlik, ta'lim va farovonlik darajasini oshirib boradi. «Innovatsiya» tushunchasini kengaytirish - yaxshi va to'g'ri fikrdir. Bizning farovonligimiz faqatgina yangi texnik yechimlarning joriy etilishi va faoliyatga kiritilishiga emas, balki jamiyat rivojlanishi va taraqqiyotga ham asoslangandir. Innovatsiyalarni qaysi biri yaxshiroq, muhimroq yoki mohirroq ekanligi jihatidan ratsional tasniflashning iloji yo'qdir. Innovatsiyalar ro'yxati kundalik hayotni osonlashtiruvchi amaliy

749

Scientific Journal Impact Factor

yechim va mavzularni o'z ichiga olgani kabi, fuqarolarning farovonligiga salmoqli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi, jamiyatga aloqador yechim va faoliyat turlarini ham o'z ichiga oladi.

Avtotransport vositasini boshqarishga qiziquvchilarning soni ortishi hisobiga yo'llarda avtomobil soni mos ravishda ortmoqda.Bunda haydovchilar yo'l harakati xavfsizligi boshqarmalarda haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida bir martagina avtomobilni boshqarish bo'yicha imtihon topshiradi va ijobiy baho olgan taqdirda unga ega bo'ladi. Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori nomzodni oddiy usul bilan baholaydi, ya'ni yo'l harakati qoidasini buzmadimi, demak, imtihon topshirgan hisoblanadi. Haydovchilar va avtotransport vositalarining yo'llarda ortishi, o'z-o'zidan harakat xavfsizligini ta'minlashning dolzarbligini anglatadi. Shunga ko'ra haydovchilar malakasini baholash uslubini ishlab chiqish zarurati tug'ilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda asosiy masuliyat Haydovchi zvenosiga to'g'ri keladi. Agar haydovchi yo'lovchilarni tashish faoliyati bilan shug'ullansa mas'uliyat yanada oshadi.l-rasmda keltirilgan ma'lumotlar Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan va 2020 yilning 8 oyida sodir etilgan yo'l-transport hodisalari tahlili keltirilgan. Yo'l-transport hodisalari soni 2020yilda 2019yilga nisbatan 520 taga kamaygan bo'lsa-da, pandemiya oqibatida e'lon qilingan qatiy karantin davrini e'tiborga olsak, halokatlilikni yuqori deb baholasak bo'ladi. [2]

Yo'l-transport hodisalar sodir bo'lishi omillariga haydovchining yo'l harakati qoidalarini buzishi bo'lmoqda.Yuqorida keltirilgan statistika ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, haydovchilarning yo'l harakati qoidalari bo'yicha bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish lozim. Innovatsion o'qitish uslublarini joriy etish yo'li bilan haydovchilarni qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi 31.05. 2018 yildagi O'zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi 408-sonli Qarori ijrosi bo'yicha yo'l harakati xavfsizligini, fukarolar hayoti va salomatligini ta'minlash, yul-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek o'quv jarayoniga innovatsiya uslublarini joriy etish yo'li bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshkarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish sifatini takomillashtirish maqsadida elektron

[1,2,3]

Scientific Journal Impact Factor

nusxadagi "Yo'l harakati qoidalari bo'yicha elektron qo'llanmani ovozli farmati" ishlab chiqiladi. [2]

Haydovchilarni tayyorlash, ularga bilim berish saviyasini oshirish, uning uslubiyotini takomillashtirish yoki ishlab chiqish haydovchilar malakasini oshirishning innovatsion usulini ishlab chiqish, uni masofada xarajatlarsiz oshirish uslubini ishlab chiqish bugungi kunning talabidir. Sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining haydovchilar aybi bilan sodir etilayotganini e'tiborga oladigan bo'lsak, haydovchilarni tayyorlash tizimi, haydovchilarning malakasini oshirish, harakat xavfsizligini

ta'minlashga doir qonun, qaror va ularga tegishli o'zgarishlarni muntazam yetkazib turishimiz zarur. Shu sababli ilmiy tadqiqod uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan.

1-bosqich. Haydovchilarning malakasini oshirishning innovatsion uslubining ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

2-bosqich. Loyihani amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Markaziy teleradiokompaniyasi,Ta'lim Vazirligi).

3-bosqich. Haydovchilar malakasini oshirishning innovatsion usulini masofada xarajatlarsiz amalga oshirish uslubini ishlab chiqishga oid ilmiyamaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.

Yurtimiz aholisi yuqori suratlarda o'sib borar ekan, piyodalar transport vositalarining haydovchilari yo'l harakati qoidalarini o'rgatish dolzarb masalardan biriga aylanib bormoqda, Respublikamiz hududida birgina 2020 yilning birinchi yarmida mamlakat hududida o'tgan yilga nisbatan deyarli 7 foizga yo'l-transport hodisalari kamaygan. yo'l-transport hodisalarining asosiy sabablari qatorida piyodalar yo'lning belgilanmagan joyidan o'tishi (26,2 foiz), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (14,5 foiz), piyoda yo'lga to'satdan chiqib qolishi (10,3 foiz), quvib o'tish yoki qarama-qarshi yo'nalishga chiqish (7 foiz), velosipedlar yo'lning qatnov qismida harakatlanishi (5,3 foiz), haydovchilarni rulda uxlab qolishi (5,1 foiz) va avtomobilni mast holatda boshqarish (4,2 foiz) bundan ko'rinadiki hali soxada qilinishi kerak bo'lgan ishlar yetarli darajada.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, transport tizimlari, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi prezidentining 05.10.2020 yildagi «Raqamli O'zbekiston

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

- 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PF 6079 sonli farmoni va O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi "Oliy ta'lim muassasalarida masofaviy ta'limni joriy etish to'g'risida"gi 233-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash, talabalarning bilim olish darajasini ananaviy va masofadan turib qo'llab-quvvatlash maqsadida "Windows" "android" "IOS" tizimlarining eng ko'p ishlatiladiganlaridan biri android bo'lib, ushbu android tizimida ishlovchi telefonlar uchun "Yo'l harakati qoidalari va havfsiz xarakatlanish asoslari" modulidan elektron darslik ishlab chiqildi. [2]

Rasm 1. Elektron darslikda qo'llanilgan tizimlar.

Tadqiqotlar Toshkent davlat transport universitetining Transport intellektual tizimlari muhandisligi kafedrasi talabalari va "AVTO TRANS KASB" MChJ avtomaktabi tinglovchilari o'rtasida tadqiqot o'tkazildi. Tadqiqot mazmuni shundan iborat bo'ldiki, uning ishtirokchilariga "Yo'l harakati qoidalari va havfsiz xarakatlanish asoslari" modulidan o'rgatuvchi mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion uslub asosida o'rgatildi. Tinglovchilarning mazkur uslub to'g'risidagi fikr-mulohazalarini va baholarini bilish maqsadida quyidagi mazmunda so'rovnoma o'tkazildi hamda so'rovnoma natijalari TITM kafedrasi telegram kanaliga yuborildi:

TUT M KatjjeflpacM

yni6y KiKiopufla Ke/iTMpmiraH flacryp tiyuima *o/imc 4iMKpnHrii3, LLly tj3MKpMHrn3 opKiann Ke/iaxan^a Tab/inM coxacura moSmji flacrypHM xtopui/i k,i/i/imiii ëkm K,miMacnmi CMBHMHr cJ)MKpnHrn3 ôyiÎMMa x;a/i ?mnafli/i.

Scientific Journal Impact Factor

So'rovnomada 107 nafar "Yo'l harakati qoidalari va havfsiz xarakatlanish asoslari" modulidan o'rganayotgan tinglovchilar ishtirok etishdi. So'rovnoma natijalari quyidagicha:

XULOSA

So'rovnomada 107 nafar ishtirokchi qatnashgan bo'lib,uning natijalari bo'yicha

Natijaga ko'ra 58% Yaxshi, 41% o'rta, 11% tushunarsiz deya baholadi.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, so'rovnomada modulning mobil ilovasidan foydalanishni yoqlab ovoz berganlar ishtirokchilarning 58%ni tashkil qiladi. Shu o'rinda mobil ilovadan foydalanishnig afzalligi quydagilardan iborat:

-internet kerak emasligi, bu esa ortiqcha harajatlar yo'qligi (talabalarga bepul tarqatilshi mo'jallangan) va internet ishlashida muammo bo'lgan xududlarda xam o'qish imkoniyatini beradi.

- mobil ilova kitob ko'rinishida emas balki taqdimot sifatida dasturlangan, bu esa talabaga o'qish jarayonida qulaylik yaratadi.

- taqdimot so'ngida video maruza joylashtirilganligi talabalar va tinglovchilarning bilim olish jarayonida qulaylik yaratadi.

- mobil ilova uyali telefonda bo'lganligi uchun uni istalgan xududda foydalanishning imkoni mavjud .

- ortiqcha harajatlarsiz ko'paytirish imkoniyati mavjud.

REFERENCES

1. Usmanova M.N. "Mathematical and statistical modeling of road safety processes. Dissertation for the degree of candidate of economic sciences. 1991.

2. Xakimov Sh.K va Jo'raev Ya.R. Mobil android telfonlar uchun "Yo'l harakati qoidalari va havfsiz xarakatlanish" asoslari fanidan elektron o'quv qo'lanma. 2020.

3. Usmanova M.N. An approach to assessing driver skills factors in traffic safety. Bulletin of TADI. Scientific and technical journal. 4.2016 90-93 pp.

Scientific Journal Impact Factor

4.Usmanova MN Directions of traffic organization in large cities. Business Expert. №8,2019.42-44p

5. Slesarchuk, S. V. Analysis of the causes of road traffic accidents involving young drivers / S. V. Slesarchuk. - Text: direct // Young scientist. - 2019. - No. 20 (258). - S. 360-361. - URL: https://moluch.ru/archive/258/59169/ (date of access: 24.02.2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.