Научная статья на тему 'YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA JALB QILISH BO‘YICHA TAKLIFLAR'

YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA JALB QILISH BO‘YICHA TAKLIFLAR Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
998
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm-fan / innovatsiya / innovatsion faoliyat / tadqiqot / startap / ilmiy ish / loyiha / tijoratlashtirish / science / innovation / innovation / research / startup / research / project / commercialization.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Safarova Setora Ulug‘bek Qizi

Maqolada mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. YOshlarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-texnik, ilmiy-innovatsion hamda “startap” loyihalar bo‘yicha qiziqishlarini ortirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUGGESTIONS TO INVOLVE YOUNG PEOPLE IN SCIENCE AND INNOVATION

The article analyzes the opportunities for the rapid development of economic and social spheres of the country, the full use of scientific and innovative potential with the full mobilization of scientific, intellectual and financial resources. Proposals have been developed to involve young people in science and innovation, to develop the integration of education and industry, to increase the interest of young people in science and technology, science and innovation and startup projects.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA JALB QILISH BO‘YICHA TAKLIFLAR»

YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA JALB QILISH

BO'YICHA TAKLIFLAR

Safarova Setora Ulug'bek qizi QarMII 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar - Toshmamatov Bobir Mansurovich, QarMII tadqiqotchisi

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. YOshlarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-texnik, ilmiy-innovatsion hamda "startap " loyihalar bo 'yicha qiziqishlarini ortirish bo 'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: ilm-fan, innovatsiya, innovatsion faoliyat, tadqiqot, startap, ilmiy ish, loyiha, tijoratlashtirish.

Abstract: The article analyzes the opportunities for the rapid development of economic and social spheres of the country, the full use of scientific and innovative potential with the full mobilization of scientific, intellectual and financial resources. Proposals have been developed to involve young people in science and innovation, to develop the integration of education and industry, to increase the interest of young people in science and technology, science and innovation and startup projects.

Keywords: science, innovation, innovation, research, startup, research, project, commercialization.

Аннотация. В статье анализируются возможности для быстрого развития экономической и социальной сфер страны, полноценного использования научного и инновационного потенциала с полной мобилизацией научных, интеллектуальных и финансовых ресурсов. Были разработаны предложения по вовлечению молодежи в науку и инновации, развитию интеграции образования и промышленности, повышению интереса молодых людей к науке и технологиям, науке и инновациям, а также к стартап-проектам.

Ключевые слова: наука, инновации, инновации, исследования, стартап, исследования, проект, коммерциализация.

KIRISH

Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka etaklash yo'llari, qonun va qoidalarini izlaganlar.

R

Bugungi yangilanayotgan O'zbekistonda barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida ko'plab tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi davlatimiz rahbari tomonidan rahbarligining ilk yillaridayoq chizilgan yo'l xaritasi "2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da ilgari surilgan g'oyalar asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm - fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab borish, yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan, jahon standartlariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, hududlarda yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab quvvatlash, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlash maqsadida ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarning ilmiy-texnik, ilmiy-innovatsion hamda "startap" loyihalarni moliyalashtirish, amaliyotga joriy qilish va tijoratlashtirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda yoshlarni ilm-fanga, ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb qilishning prinsipial yangi usullarini ishlab chiqish va joriy etish muammosi dolzarbdir.

SHu munosabat bilan mamlakatning innovatsion rivojlanishining eng muhim yo'nalishi yoshlarning, avvalambor talabalarning innovatsion ijodiy faolligini rag'batlantirish va ularning salohiyatini ijodiy va ilmiy rivojlantirish, ularning biznes g'oyalarini tijoratlashtirish uchun juda ko'p turli xil imkoniyatlar yaratish darkor.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi "YOshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4433-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi "Respublika hududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'rsida"gi 313-sonli qarorida hududlarda yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, yoshlar texnoparklarini tashkil etish, oliy ta'lim muassasalariga investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan [1-2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bu borada Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ham iqtidorli talaba yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, OTMlarning jozibadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy-innovatsion ishlanmalari, starap loyihalarini amaliyotga keng joriy qilish, ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, QarMII Energetika fakulteti "Muqobil energiya manbalari" kafedrasi 5312400-Muqobil energiya manbalari (turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi iqtidorli talabalari Toshmamatov B.M. ilmiy rahbarligida "Qattiq maishiy chiqindilardan gazsimon yoqilg'i olish qurilmasini ishlab chiqish va joriy qilish" mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda va bu ishlarning natijasi sifatida "Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash qurilmasi" ga foydali modelga patent FAP 01557 (29.10.2020) olingan. Olib borayotgan ilmiy-innovatsion loyiha ilmiy-texnik va ijtimoiy yo'nalishga ega bo'lib, loyiha natijalari O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada rivojlanishni ta'minlaydigan malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy va texnologik zahiralarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Jumladan, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida respublikamizda yangi rivojlanib kelayotgan muqobil energetika yo'nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi, sohani rivojlantirish uchun energiya samaradorlikni oshirishga mo'ljallangan texnologik reglamentlar, texnik shartlar ishlab chiqiladi, qattiq maishiy chiqindilarni to'plash, tashish, qayta ishlash asosida bioenergiya olishning energiyasamarador tizimi ishlab chiqiladi, qattiq maishiy chiqindilarni atrof-muhut, aholi salomatligiga ta'siri bartaraf etilib, atmosferada "Parnik effekti" hosil bo'lishini kamaytirilishiga erishiladi. SHu bilan birga aholiga qulay va ekologik havfsiz sharoit yaratish, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida YAshil iqtisodiyotni rivojlantirishga asos soluvchi ilmiy-texnik echimlar va muqobil energiya manbalaridan foydalanish mexanizmlari ishlab chiqiladi [4,5,6].

Maqolada yoshlarni ilm-fan va ilmiy innovatsion faoliyatga qiziqtirish va keng jalb qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqish jarayonida adabiyotlarni o'rganish, kuzatish, anketalar va ilg'or tajribalarni o'rganish metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Biz xohlaymizmi yoki yo'qmi, hayot haqiqatlari shundayki, o'qitishning etakchi usullaridan biri tajriba usuli hisoblanadi. U umumiy ta'lim qobiliyatlari va ko'nikmalarini rivojlantiradi, nafaqat ko'nikmalarni, balki kompetensiyalarni shakllantiradi, ta'limni hayot bilan bog'lash prinsipini amalga oshiradi va, ehtimol, talabaga fan bilan shug'ullanishga imkon beradi, chunki eng qimmatli va uzoq muddatli bilimlar o'zlarining ilmiy-ijodiy, tajriba o'tkazish jarayonida mustaqil ravishda olinishi ma'lum. SHuning uchun, ehtimol, talabalarga bu yo'ldan yurish imkoniyatini berish yaxshiroqdir. Zero, bolalarning ijodkorligi va yoshligidanoq ilm-fanining ulkan yutuqlarini bilishi - bu uning ilm-fanning yuksak cho'qqilarini egallash uchun qo'yilgan birinchi dadil qadamdir.

163

Ilm-fan rivoji - mahsulotlarning raqobatbardoshligini va mamlakatning jahon bozoridagi obro'sini ta'minlashning asosiy omilidir. SHuning uchun dunyoning etakchi davlatlari tadqiqot ishlariga katta e'tibor berishadi, bunga katta mablag' sarflaydilar. Tajriba va ilmiy - tadqiqot ishlarini boshlash hech qachon kech emas, lekin eng yaxshisi bu boshlang'ich maktablar o'quvchilarida ilm-fan, innovatsion faoliyat haqida ta'surot uyg'otish va motivatsiya berishdan boshlash zarur.

YOshlarni ilm-fanga va ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb qilish bo'yicha iqtidorli innovator yoshlarni O'rta maktablar, mahalla yoshlari va OTM talabalariga biriktirilib, ularni uzviy bog'lovchi "UCHLIK ZANJIRI" hosil qilinsa yoshlar orasida ilm-fan, ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi qatlam soni ko'payadi, yoshlarning ishsizlik muammosiga qisman barham beriladi va ularning startap loyihalar, ratsionalizatorlik takliflari ortib mamlakatimizning import hajmi qisqaradi.

XULOSA

Agar biz maktab bitiruvchilari hayotda nimani xohlashlarini biladigan muvaffaqiyatli odamlar bo'lishini istasak, u holda bolalar tarbiyasida tadqiqotchi xulq-atvorini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim.

Demak, biz, yoshlarni maktab davridayoq ilm-fanga, ilmiy-innovatsion faoliyatga qiziqtira olsak, yoshlarni, OTM ga o'qishga kirgan maktab bitiruvchilarini ilmiy-faoliyatga jalb qila olamiz!

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi "YOshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4433-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi "Respublika hududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'rsida"gi 313-sonli qarori.

3. B.M. Toshmamatov, G.N. Uzakov, S.M. Shomuratova, L.Z. Temirova, "Calculation of energy efficiency of the solar installation for the processing of municipal solid waste", International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, Vol. 6, Issue 12, pp 12097-12102, December 2019, India.

4. Uzakov G.N., Toshmamatov B.M, Mamedova D.N.,Temirova L. Experimental solar installation for the processing of municipal solid waste EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume: 5 | Issue: 3 | March 2020 - Peer Reviewed Journal. SJIF Impact Factor: 6.260| ISI I.F.Value:1.241| Journal

DOI: 10.36713/epra2016 ISSN: 2455-7838(Online). India. PP. 299-303

5. Uzakov G.N., Toshmamatov B.M., Baratova S.R. Utilizatsiya tverdtix bbitovtix otxodov s ispolzovaniem solnechnoy energii. Nauchntie gorizontti, Mejdunarodntiy nauchntiy jurnal № 2 (18) | 2019, Rossiya, 255-260 s.

6. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan

xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

7. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari.

//"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

8. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi //

Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

9. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi

qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

10. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.