Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA TASHABBUSKORLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANISH PARAMETRLARI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA TASHABBUSKORLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANISH PARAMETRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pedagogika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Azimova

Pedagogik faoliyat uchun tashabbuskorlik nihoyatda zarur hisoblanadi. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchi uchun tashabbuskorlik qanday ahamiyatga ega degan haqli savol tug‘iladi. Bugungi kunda zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida har bir shaxs shu jumladan o‘qituvchining tashabbuskorligiga kuchli ehtiyoj mavjud. Mustaqil fikrlovchi har bir shaxs ijtimoiy faoliyatga jalb etiladi. Bu bevosita pedagogik faoliyatga ham xos.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA TASHABBUSKORLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANISH PARAMETRLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA TASHABBUSKORLIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANISH

PARAMETRLARI Nilufar Azimova

O'zPFITI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10014967 Pedagogik faoliyat uchun tashabbuskorlik nihoyatda zarur hisoblanadi. Shuning uchun ham bo'lajak o'qituvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. O'qituvchi uchun tashabbuskorlik qanday ahamiyatga ega degan haqli savol tug'iladi. Bugungi kunda zamonaviy O'zbekiston jamiyatida har bir shaxs shu jumladan o'qituvchining tashabbuskorligiga kuchli ehtiyoj mavjud. Mustaqil fikrlovchi har bir shaxs ijtimoiy faoliyatga jalb etiladi. Bu bevosita pedagogik faoliyatga ham xos.

Tashabbuskorlik atamasi bugungi kunda keng qo'llanilmoqda. Chunki u har qanday kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyotda esa o'qituvchining tashabbuskorligi o'zining alohida o'rni va mazmun-mohiyatiga ega. Tashabbussiz pedagogik faoliyatni oshirish imkonsiz hisoblanadi. Tashabbuskorlikning mohiyatini bo'lajak o'qituvchilar Oliy ta'lim muassasasidayoq anglab yetishlari kerak. Chunki o'qituvchilik kasbi o'quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berishga yo'naltirilgan faoliyatni amalga oshirishga ixtisoslashgan. U o'quvchilarni kamol taoptirishga yo'naltirilgan faoliyat bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda ushbu faoliyatni san'at darajasiga ko'tarishga oid yondashuvlar ilgari surilmoqda.

Ko'pgina mutaxassislar pedagogning tashabbuskorligi muammosiga murojaat qilganlar. Ushbu muammo Sharq allomalaridan boshlab Yevropa va rus fayluslari va pedagoglarigacha barchaning e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Ularning ta'biricha tashabbuskolik bevosita insonning mavjudligi bilan bog'liq holda talqin etiladi. Tashabbuskorlik muammosiga sharq allomalari Abu Rayxon Beruniy, Farobiy, Nasriddin Tusiy, Alisher Navoiy kabilar bilan bir qatorda Yan Amos Komenskiy ham e'tibor qaratgan.

Inson dunyoga kelarkan dastlab harakatlarni o'zlashtiradi. Tashabbuskorlik esa shaxsning alohida sifati hisoblanadi. Tashabbuskorlik muammosi R.Safarova, B.Adizov, G.Ibragimova, X.Ibraimov, H.Tojiboyeva hamda taniqli pedagog S.T.Shaskiylarning e'tiborini jalb qilgan. Shaxsni tarbiyalash jarayonida faollik va tashabbuskorlik sifatlarini shakllantirish muhim hisoblanishini mutaxassislar qayta qayta ta'kidlaganlar. Shaxsni o'z-o'zini shakllantirishda tashabbuskorlikning o'rni pedagogik falsafa nuqtai nazaridan M.I.Gessen tomonidan o'rganilgan. Insonning shaxsiyati uning shaxsiy faolligi, tashabbuskorligi mahsuli ekanligi pedagogik jihatdan asoslab berilgan. Shaxs har doim tayyor narsalarni qabul qilmasdan uni yaratish bilan shug'ullanishi lozim. Yaratuvchanlik sifati esa tashabbuskorlik, faollikni taqozo etadi. Natijada mutaxassislar tashabbuskorlikni eng asosiy sifati deb e'tirof etishga muvaffaq bo'ldilar. Tashabbuskorlik betakror g'oyalarni ilgari surish va faollik ko'rsatish jarayoni sifatida talqin etiladi. Tashabbuskor shaxs betakror harakatlarni amalga oshiradi, o'z o'zini rivojlantirish jarayonida faollik ko'rsatadi. U insonni faoliyatning yangi turini amalga oshirishga undaydi. Mazkur jarayonda shaxsning quyidagi sifatlari namoyon bo'ladi: faoliyatning yangi turini amalga oshirish, tashabbus ko'rsatish, yangi harakatlarni boshlash, o'z ko'nikmalari va layoqatlarini namoyon etish, mustaqil harakatlanishga intilish, me'yoridan yuqori faoliyat ko'rsatish, yanglikni namoyon etish, faoliyat yo'nalishini aniqlashda topqirlik va ziyraklik ko'rsatish, yangliklarni amalgi oshirishga moyillik kabilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Pedagogik tashabbuskorlik shaxsni shakllantirishda o'ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. O'qituvchi birinchi navbatda tashabbuskor shaxs bo'lishi lozim. Buning uchun bo'lajak o'qituvchining aql-zakovatini charxlash, xarakterini tarbiyalash talab etiladi. Keng ma'noda ijtimoiy pedagogik tashabbuskorlik mustaqil qarorlar qabul qilishga yo'naltirilgan kasbiy harakatlar majmuidir. U quyidagilarni amalga oshirishga yo'naltiriladi: ta'lim amaliyotini yangilash va rivojlantirish, ta'lim oldiga qo'yilgan maqsadga erishishning yangi usullari va yo'llarini izlab topish, yangi ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish kabilar.

Ta'lim jarayonini modernizatsiyalashning muhim yo'nalishlaridan biri kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etishdir. Kompetensiya tushunchasi ostida pedagogning faoliyat ko'rsatish imkoniyati angalanadi. Tayanch kompetensiyalar har qanday faoliyat sohasi uchun zarur hisoblanadi. U o'zida mutaxassisning layoqatlaini mujassamlashtiradi. Bu layoqatlar quyidagilardan iborat:

- ko'ra olish va tahrir qila olish;

- muammoni yechish yo'llarini izlab topish;

- tashabbus ko'rsatish, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish;

- mustaqil faoliyat ko'rsatish;

- kasbiy faoliyatini takomillashtirishga intilish;

- uzluksiz ta'lim olish;

- zarur axborotlarni izlab topish va qayta ishlash;

- kommunikativ ko'nikmalarga ega bo'lish kabilar.

Tayanch kompetensiyalar doriasida tashabbuskorlik muhim o'rin egallaydi. Oliy pedagogik ta'lim jarayonida talabalarda tashabbuskorlikning shakllanishi uchun aynan tashabbuskorlikni namoyon bo'lishi uchun ta'lim muhitida qulay vaziyat vujudga keltirilishi zarur. Bo'lajak o'qituvchilarda tashabbuskorlikning shakllanishida ustoz shogird munosabati, kasbiy muloqot jarayoni, o'zaro tajriba almashinish, ibrat ko'rsatish kabilar ham muhim ahamiyatga ega.

Ijodkorlik va tashabbuskorlik o'qituvchi shaxsining muhim sifati, uning innovatsion faoliyatga tayyorligini ifodalovchi kasbiy harakatlaridir.

Pedagogik tashabusskorlik ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxsiy kasbiy sifat hisoblanadi. Ta'lim jarayonida ijtimoiy pedagogik tashabbuskorlik muhim ahamiyatga ega bo'lib, u quyidagilar asosida aniqlanadi:

1. Ta'limiiy faoliyatning shakllari, usullari va metodlarini yangilash.

2. O'quvchilarni tarbiyalash jarayonlarini kengaytirish va rivojlantirish.

3. Pedagoglar jamoasining ijtimoiy muammosiga yechim topish.

4. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash va uni o'z faoliyati orqali joriy etish.

5. Ta'lim jarayoni sub'ektlarining manfaatlarini himoyalash.

6. Pedagoglar jamoasi orasida obro'-e'tibor qaratish kabilar.

Novatorlik bilan bog'liq tashabbuskorlik ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirishga asos bo'ladi, shuning uchun ham bo'lajak o'qituvchilarda bunday tashabbuskorlikni shakllantirish alohida ahamiyatga ega.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati. Toshkent, A. Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007

1. Safarova R.G. Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences. Miasto Przyszlosci Kielce 2023. ISSN-L: 2544-980X. Impact Factor: 9.2 View of Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences (miastoprzyszlosci.com.pl)

2. 7. Safarova R.G. Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS)Volume: 02 Issue: 051 2023ISSN:2751-

3. Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time | Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (innosci.org)

4. Urazova M.B. Bo'lajak kasbiy ta'lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish. Dokt.....diss. avtoref. - T.: 2015. - 79 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.